Authors

Author Biography

  • Musharraf Yusubjanova, Namangan State University
    2nd year foundation doctoral student

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.new-uzbekistan.32161

Keywords:

Data variant variational series mode median interactive methods "Charkhpalak" method

Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida moda va medianaga doir masalalarni interfaol metodlar yordamida yechish masalasi keltirilgan. Interfaol “Charxpalak” usulini qo‘llagan holda darsni o‘tish yo‘llari tushuntirilgan. “Charxpalak” metodidan foydalanib bir nechta masalalar yechimlari taklif qilingan.


background image

544

11. Rahmonov M. O‘zbek teatri tarixi (ХVIII asrdan ХХ asr avvaligacha o‘zbek teatr

madaniyatining taraqqiyot yo‘llari). – Toshkent: Fan, 1966. – 430 b.

12. Tojiboyeva O. Epos va teatr. Xalq epik ijodiyotining teatr san’atidagi o‘rni. Birinchi

kitob. – Toshkent: San’at, 2015. – 240 b.



MODA VA MEDIANAGA DOIR MASALALAR YECHISHDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH

Yusubjanova Musharraf Tursunali qizi

Namdu 2-kurs tayanch doktoranti

yusubjanovamusharraf271994@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida moda va medianaga doir

masalalarni interfaol metodlar yordamida yechish masalasi keltirilgan. Interfaol “Charxpalak”
usulini qo‘llagan holda darsni o‘tish yo‘llari tushuntirilgan. “Charxpalak” metodidan foydalanib
bir nechta masalalar yechimlari taklif qilingan.

Kalit so’zlar:

Ma’lumotlar, varianta, variatsion qator, moda, mediana, interfaol metodlar,

“Charxpalak” metodi.

Hоzirgi kundа bаrchа tа’lim muаssаsаlаridа о‘qitish jаrаyоnidа intеrfаоl metodlardan

fоydаlаngan holda dars jarayonini tashkil etishga еrishilmоqdа. Bu еsа intеrfаоl tа’lim аsоsidа
tаshkil еtilаyоtgаn pеdаgоgik jаrаyоnlаrni mаzmun-mоhiyаtini tо‘liq anglab yеtishgа vа ulаrni
boyitishga, sаmаrаli, qiziqаrli, sifаtli bо‘lishini tа’minlаshgа kо‘mаklаshаdi. Birinchi navbatda,
intеrfаоl mеtоd o‘zi nimа va nimаni аnglаtаdi degan savollarga javob berish zarur. “Intеrаktiv”
sо‘zi ingliz sо‘zidаn оlingаn bо‘lib “Intеrаkt”, yа’ni “Intеr” - bu “ о‘zаrо”, “аkt” - “hаrаkаt,
tа’sir, fаоllik” mа’nоlаrini bildirаdi. Demak, intеrfаоl mеtоd– bu о‘quvchilаrning о‘zаrо
mulоqоtga kirishgan holda, birgalikda vа o‘zaro faollikda dаrs jаrаyоnini аmаlgа оshiruvchi
usul ekan. Intеrfаоl usullаrdаgi dаrslаr о‘quvchini ijоdiy fikrlаshgа, оlingаn аxbоrоtlаrni
fаоllikdа hаl еtishgа, fikrni еrkin bаyоn еtishgа, tаshаbuskоrlikkа, guruhlаrdа mаsаlаlаr
yеchimini tоpishgа, hаmkоrlikdа ish yuritishgа, fikrni yоzmа rаvishdа bаyоn еtishgа chоrlаydi.
Hоzirdа yаngichа mеtоdlаrni yоki innоvаtsiyаlаrni tа’lim jаrаyоnigа tаtbiq еtish hаqidа
tо‘xtаlgаndа intеrfаоl usullаrning о‘quv jаrаyоnidа qо‘llаnishi tushunilаdi.[1]

Moqalada matematika darslarida moda va medianaga oid misollar yechishni “Charxpalak

metodi” orqali tushuntirilgan. Avval moda va mediananing ta’riflarini keltiramiz. Bizga
variatsion qator berilgan bo‘lsin.

Berilgan variatsion qatorda o‘rganilayotgan belgining eng ko‘p uchraydigan qiymati

moda

deyiladi. [2, 196]

Variatsion qator hadlarining soni toq bo‘lsa, bu qator o‘rtasida joylashgan hadi, agar juft

bo‘lsa o‘rtada turgan ikkita sonning o‘rta arifmetigi

mediana

deyiladi. [2, 197]

Qo‘llanish usuli:
1.Faoliyatni boshlash. O‘quvchilarga “Charxpalak” metodi tushuntiriladi. Avvaldan

tayyorlab qo‘yilgan masalalar ro‘yxati bilan tanishtiriladi va dars jarayonini tashkil qilish uchun
vazifalar belgilab olinadi. O‘quvchilar bu faoliyatdada qatnashishlari uchun mavzuga doir ba’zi
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.

2.Guruhlarni shakllantirish. Sinfdagi o‘quvchilar soniga, o‘zlashtirish darajasiga qarab

guruhlar shakllantiriladi. Har bir guruhda 4-6 tadan o‘quvchi bo‘lish kerak. Ishtirokchilar doira
bo‘lib stol atrofida o‘tiradilar.

3.Ko‘rsatmalar berish. O‘quvchilarga `savollar varoqlari tarqatiladi va yo‘l-yo‘riqlar

ko‘rsatiladi. Birin-ketin o‘quvchilar masalalarni ishlay boshlashadi. Ya’ni charxpalak aylanishni
boshlaydi. O‘qituvchi esa aniq vaqtni belgilab qo‘yadi.

4.Nazorat qilish va yo‘naltirish. O‘qituvchi guruhlarni aylanib har bir ishtirokchini

qatnashishini va to‘g‘ri yo‘nalishdaligini nazorat qiladi. Zarur holatda yordam beradi.


background image

545

5.Muhokama qilish va baholash. Vaqt tugagach guruh sardorlari natijalar haqida axborot

beradi va javoblarini asoslaydi. O‘qituvchi esa javoblarni tekshiradi va o‘quvchilarni baholaydi.

Bu metod yordamida o‘quvchilar topshiriqni aniq va to‘g‘ri bajarish, vaqtni to‘g‘ri

taqsimlash ko‘nikmalariga ega bo’ladilar. Barcha o‘quvchilarni dars jarayoniga qiziqishi ortadi
va jalb etiladi. Dars jarayonini samarali va foydali bo‘lishiga erishiladi.

Charxpalak metodining afzalliklari:
-dars mavzusini yaxshi o‘zlashtirilishiga olib keladi;
-o‘zaro muloqot, bir-biriga yordam berish, birgalikda ishlash ko‘nikmalarini

shakllantiradi;

-vaqtni tejashga erishiladi va barchani dars jarayoniga jalb etiladi;
-qisqa vaqtda barchani baholash imkoniyati mavjud.
Charxpalak metodining kamchiliklari:
-barchani nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;
-guruhlarda kuchsiz o‘quvchilar bo‘lganligi sababli kuchli o‘quvchilar past baholanishi

mumkin

Shu sabablarni hisobga olib Variatsion qatorning moda va medianasini topishga doir

masalalarni turli darajalarini tavsiya qilish samaraliroq natija beradi.

1-masala

: Statistik ma’lumotlar qatorining modasi va medianasini toping: 3, 3, 6,

4, 5, 6, 4, 5, 4, 7, 7

Yechish: Berilgan ma’lumotlar asosida variatsion qator tuzib olamiz: 3, 3, 4,

4, 4, 5, 5, 6, 6, 7, 7. Bu qatorning modasi 4 ga teng. (u 3 marta takrorlanadi). Bu variatsion
qatorning medianasi o‘rtada turganligi uchun 5 ga teng.

2-masala:

Sinfdagi 10 nafar o‘quvchilarining bo‘ylari o‘lchanganda quyidagi natijalar

qayd etildi. 155, 166, 158, 159, 160, 155, 158, 165, 160, 161. Shu qatorning moda va
medianasini toping.

Yechish: Masalani yechish uchun berilgan ma’lumotlar asosida variatsin qator tuzib

olamiz:155, 155, 158, 158, 159, 161, 162, 162, 162, 165. Bu qatorda 162 sonining chastotasi eng
katta bo‘lgani uchun, qatorning modasi 162 ga teng. Variatsion qatordagi variantalar juft
bo’lganli uchun o’rtada turgan ikkita sonning o‘rta arifmetigi mediana bo’ladi. Ya’ni mediana
(159+161)/2=160 ga teng.

3-masala:

Polizdagi 5 ta qovunning massasi o‘lchanganda 3,8, 4, 4,5, 5,2, 4,9 natijalar

olindi. Bu variatsion qatorning moda va medianasini toping.

Yechish: Berilgan ma’lumotlar asosida variatsion qator tuzib olamiz: 3,8, 4, 4,5, 4,9, 5,2 .

Ushbu qatorda barcha variantalar chastotalari 1 ga tengligi uchun qator modasi mavjud emas.
Qatorning medianasi esa variantalar soni toq bo‘lgani uchun 4,5 ga teng.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yxati:

1.Abdunazarova

Gavhar.

INTЕRFАОL

MЕTОDLАRNING

UMUMIY

TАSNIFI.

“PEDAGOGS”

international

research

journal

Volume-21,November-2022.

42-46.

www.pedagoglar.uz

2.Sh.Alimov,

O.Xolmuhamedov,

M.Mirzaahmedov.“Algebra”

8-sinf

uchun

darslik

“O‘QITUVCHI”. Toshkent-2019. 194-199.
3.Mamurov Boboxon, Bozorova Dilfuza. “Moda va mediana tushunchalarini interfaol usullarni
qo‘llab o‘qitish” «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА ВXXI ВЕКЕ» Выпуск No25(том 4)(апрель,
2022). 1326-1335.

https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/5636/3570

4.A.Abdushukurov “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” Toshkent-2010.
5. Xатаmоvа Маtluba “Matematika darslarida interfaol usullardan”
Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 03 | 2022 ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/ 337


References

Abdunazarova Gavhar. INTЕRFАОL MЕTОDLАRNING UMUMIY TАSNIFI. “PEDAGOGS” international research journal Volume-21,November-2022. 42-46. www.pedagoglar.uz

Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov, M.Mirzaahmedov.“Algebra” 8-sinf uchun darslik “O‘QITUVCHI”. Toshkent-2019. 194-199.

Mamurov Boboxon, Bozorova Dilfuza. “Moda va mediana tushunchalarini interfaol usullarni qo‘llab o‘qitish” «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА ВXXI ВЕКЕ» Выпуск No25(том 4)(апрель, 2022). 1326-1335. https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/5636/3570

A.Abdushukurov “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” Toshkent-2010.

Xатаmоvа Маtluba “Matematika darslarida interfaol usullardan” Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 03 | 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 337