Mualliflar

  • Durdona Mardonova Shermurotovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.134395

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ona mehr fidoyilik muhabbat oilaviy qadriyatlar hayotiy misol ota-ona hurmati.

Annotasiya

  Ushbu maqola ona timsolining hayotdagi o‘rni, uning fidoyiligi, mehribonligi va o‘z farzandiga bo‘lgan sof muhabbatini yoritadi. Matnda onaning o‘z manfaatini unutib, farzandi uchun barcha narsadan kechishga tayyorligi amaliy hayotiy misollar orqali tasvirlangan. Shuningdek, tarixdagi ayollarning jasoratlari haqida ma’lumotlar keltirilgan,“Onani yaratmasin ekan” iborasining chuqur ma’nosi yillar osha insonning hayotiy tajribasi bilan ochib beriladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-87, Issue-1, August -2025

63

ONANI YARATMASIN EKAN...

Durdona Mardonova Shermurotovna

Toshkent Profi University

Xorijiy til va adabiyoti 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola ona timsolining hayotdagi o‘rni, uning fidoyiligi, mehribonligi va

o‘z farzandiga bo‘lgan sof muhabbatini yoritadi. Matnda onaning o‘z manfaatini
unutib, farzandi uchun barcha narsadan kechishga tayyorligi amaliy hayotiy misollar
orqali tasvirlangan. Shuningdek, tarixdagi ayollarning jasoratlari haqida ma’lumotlar
keltirilgan,“Onani yaratmasin ekan” iborasining chuqur ma’nosi yillar osha insonning
hayotiy tajribasi bilan ochib beriladi.

Kalit so‘zlar

: ona, mehr, fidoyilik, muhabbat, oilaviy qadriyatlar, hayotiy misol,

ota-ona hurmati.

KIRISH

Ona mavzusiga toʻxtalar ekanmiz onani ta’riflash uchun dunyo soʻzlarini

toʻplasangiz ham bir ona so‘zini ifoda etolmaydi. Biroq ko‘zga yosh olib kelgan
hikoyani eslatmoqchiman sizlarga sevimli yozuvchilarimizdan biri Oʻtkir
Hoshimovning DUNYONING ISHLARI nomi asarida Gilam paypoq degan hikoya
bor. Siz ham eslagan boʻlsangiz kerak. Gilam paypoq hikoyasida bir ona va uning
yolgʻiz oʻgli yashar edilar. Kunlardan bir kun ona ne koʻz bilan koʻrsinki bolasi olov
boʻlib yonardi isitmalab yotgandi Ona juda qoʻrqib ketdi va endi nima qilaman, bolam
oʻlib qoladi! deb chinqira ketdi yugurib tashqariga otildi tashqarida oppoq qor izgʻirin
sovuq edi, bolasini koʻtargancha tabibning uyiga kelishdi bolasini tabib tomog‘ini
chayqab qo‘ydi, keyin bola biroz oʻziga keldi. Tabib birdan onasining qip-qizil
go‘shtdek oyoqlariga qarab voy oyogʻingni sovuq olibdiku dedi, chunki ona bolasining
sogʻligʻi uchun qorda yalangoyoq kelgan edi. Shu joyini oʻqigan sarim koʻzimga yosh
keladi ona shunchalar bolasi uchun jonini ham ayamaydimi?

ASOSIY QISM

Onani yaratmasin ekan... Ona... Bu uch jumla zamirida olam-olam bardosh,

matonat yashirin. Ona bu sening yorug‘ dunyodagi koʻngli oq farishtang, eng yaqin
do‘sting, mehribon insoningdir. Ona seni hech qanday manfaatsiz yaxshilik ko‘ruvchi
yagona insondir.

Bundan bir necha yillar oldin “Onani yaratmasin ekan” degan jumlani

eshitganedim, o‘sha paytlar men maktab oʻquvchisi edim ,bu gapni yaxshi anglamagan
ekanman afsus.. Mana, endi yillar o‘tib, oilali bo‘lib, bu jumla ortida butun bir


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-87, Issue-1, August -2025

64

olamma’no borligini anglab yetdim. “Onani yaratmasin ekan” degan jumlalar
shunchaki so‘z emas, balki hayotiy haqiqat ekan.

Ayol zotining dunyoga kelishi bilan uning zimmasiga oilaga xizmat,

farzandtarbiyasi, eriga mehr berish kabi ulkan mas’uliyatlar yuklanadi. Bu
mas’uliyatlar orasida agar oʻqisa yo ishlasa yaxshi xodima boʻlish ham qoʻshiladi
Bular ham hech narsa emas, ular uchun ...

Biroq Ayol “ona” maqomiga erishgach, o‘zini butkul unutadi, butun borlig‘ini

farzandiga bag‘ishlaydi. Nima bo‘lsa, nima yesa, qayerga borsa – hammasini bolasi
bilan o‘rtoqlashadi. Ko‘z oldingizga keltiring: oila a'zolarining bilan birga ovqatlanish
uchun restaranga bordingiz, bir sabab boldiyu mashgʻulotlari borgili uchun ukangiz
borolmadi, shu payt onangizga etibor bering dasturxon ustida eng yaxshi taom bo‘lsa,
ham ona bolam kelmadiya, tomogʻimdan oʻtmayapdi usiz deydi, bolasi uchun olib
qo‘yadi ,hatto eng sara narsalarni bolasiga olib boradigan yagona shaxs bu onadir....

Ona ko‘ngli shunchalik mehribonki bolasi kichkina vaqtlarda oyoq kiyimini

kiyolmasa, ona yugurib boradi, unga yordam beradi. Agar uyda oxirgi non bo‘lsa, uni
bolasi yeb qo‘yishini istaydi. Bunday fidoyilikni hech kim, hech qachon ona kabi qila
olmaydi. Shunday onalarni ko‘rganmanki.. beixtiyor ko‘zimga yosh keladi. Ona uchun
bolasi turganda ko‘zga hech narsa ko‘rinmaydi, o‘zi pulga muhtoj bo‘lsa
ham,Roʻzgʻorda kamchilik boʻlsa ham,bolasi uchun borini beradi. Farzandi biror
narsani so‘rasa, topib beradi. “Bolam yig‘lamasin, bolam o‘kinmasin”, deydi. Ana endi
angladingizmi, “Onani yaratmasin ekan” degan jumlaning ma’nosini? Shunday aziz,
shunday betakror zot bo‘lganlari uchun ham:

“Jannat onalar oyog‘i ostidadir” –

deb bekorga aytilmagan. Ona shunday buyuk zotki, uning o‘rnini hech kim
bosolmaydi. Onangizni asrang, zero sizni manfaat kutmasdan sof muhabbat bilan
sevuvchi yagona inson onadir.

Ona bu hayotimizdagi eng oliy ne’mat, eng sof muhabbat, eng cheksiz sabr

timsolidir. U dunyoga kelgan kundan boshlab faqat berishni, mehr ulashishni,
boshqalarning baxtidan baxt topishni biladi. Onaning mehri shunday bir daryo bo‘lib,
u hech qachon qurimaydi, hech qachon kamaymaydi. Hatto ko‘ngli ranjigan paytda
ham u bolasini duo bilan yod etadi.

Yodingizdami, endigina atay chechak qilib yuradigan kichkina qizaloqlar ham,

oʻyinlari davomida adyoldan chaqaloq yasab koʻtarvolishadi,xato kichkina qizaloqlar
ham muqaddas Ona unvoniga intilishlari bejizga emas, qishning qahratonida
maktabdan qaytayotib qo‘llaringiz muzlab ketganida, ona sizga qo‘lqopini yechib
bergan, lekin o‘zi sovuqdan qaltirab qolgan paytlar? Yoki issiq yoz kunida sovuq
ichimlik faqat bitta bo‘lib, uni sizga bergan, o‘zi esa chanqoq qolgan damlar? Bu oddiy
holatdek tuyulsa-da, aslida u dunyodagi eng yuksak fidoyilikdir.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-87, Issue-1, August -2025

65

She’r tilida aytsak:

Ona - quyosh, nur sochar, mehr sochar,

Ona - bahor, yuraklarga gul ochar.

Ona - yomg‘ir, yuvadi dard-u g‘amni,

Ona - shunday, almashtirib bo‘lmas kamni.

Ona hayotimizda eng buyuk ustoz hamdir. U bizga nafaqat so‘z bilan, balki har

bir harakati bilan saboq beradi. Masalan, bolangiz biror narsani sindirib qo‘ysa, siz
urushish o‘rniga, sabr bilan tushuntirishga urinishingiz bu onadan o‘rganilgan tarbiya
sabog‘idir.

Ona insoniylik maktabining bosh o‘qituvchisi. U bizga yaxshilikni qaytarish

shart emasligini, yordam qo‘lini cho‘zish uchun sabab kerak emasligini, o‘z baxtini
boshqalarning ko‘zidagi tabassumdan topishni o‘rgatadi.

Buni yana she’r bilan ifodalash mumkin:

Ona - tunlar bedor bo‘lib ko‘rgan tushim,

Ona - bolam deya urgan yurak ishvim.

Ona - kulib qarab, alamimni yo‘qotgan,

Ona - meni qo‘llab, hayotimga rang qatgan.

Ona haqida gapirganda, hayotiy amaliy misollar juda ko‘p. Bir kuni bir do‘stim

shunday dedi: “Bolaligimda onam menga yangi poyabzal olib berdi, o‘zi esa eski oyoq
kiyimini kiyishda davom etdi. Men ulg‘ayib bilsam, u yil davomida o‘ziga kiyim
olmagan ekan. Faqat bizning quvonchimiz uchun yashagan ekan.” Bu voqealar
millionlab oilalarda ro‘y beradi va bu faqat onaga xos xulqdir.

Shu sababli ham xalqimiz “Onaning ko‘ngli Ka’ba” deydi. Chunki onaning

ko‘ngliga ozor berish, eng go‘zal joyni vayron qilish bilan teng. Onaning roziligi esa
inson hayotidagi eng katta duo, eng mustahkam qalqondir.

Ona haqidagi har bir fikr, har bir she’r, har bir misol aslida bir umrlik dostonning

kichik bir parchasidir. Onani sevish, unga hurmat ko‘rsatish esa hech qachon
kechikmasligi kerak bo‘lgan hayotiy burchimizdir.

XULOSA

Hayotimizdagi eng oliy ne’mat, mehr-muhabbatning cheksiz manbai, sabr va

fidoyilik timsoli bor u ona qalbi. Bu qalb faqat berishni, boshqalarning baxtidan baxt
topishni biladi. Har qanday sinovda ham, eng qiyin vaziyatda ham uning mehr-
muhabbati so‘nmaydi, aksincha yanada kuchayadi.

“Onani yaratmasin ekan” degan so‘zlar hayot haqiqatining teran ifodasidir.

Mehribonlik va fidoyilikda ona bilan teng keladigan inson yo‘q. Shu bois uni asrash,
qadrlash va hurmat qilish – har birimizning ulkan burchimizdir.

Uning roziligi esa dunyodagi eng katta duo, uning mehr-muhabbati esa

hayotimizni yorqin nur bilan to‘ldiruvchi eng buyuk ne’matdir.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-87, Issue-1, August -2025

66

Ona – bu dunyodagi eng buyuk, eng sof va eng muqaddas mehr manbai. U faqat

berishni biladigan, o‘zini farzandlari va oilasi uchun butkul bag‘ishlaydigan ulug‘
zotdir. Onaning sabri, fidoyiligi va mehr-muhabbati hech qachon kamaymaydi,
aksincha, hayotning barcha sinovlarida yanada kuchayadi. “Onani yaratmasin ekan”
degan so‘zlar – shunchaki gap emas, balki hayotning eng haqiqatli va teran ta’rrifidir.

Ona hayotimizdagi eng yaqin do‘st, eng ishonchli yordamchi va eng yaxshi

ustozdir.Shu bilan birgalikda yurt ishonchi- millat umidi U bizga nafaqat mehr va
g‘amxo‘rlik, balki insoniylik, sabr-toqat va mehr-muruvvatni ham o‘rgatadi.Hozirgi
rivojlangan Jannatmonad yurtimizda ayolarimiz uchun keng imkoniyat eshiklari lang
ochilgan.Har sohada yetakchi ayolarimiz borligi aslo mubolagʻa emas; ayol oʻqituvchi
,ayol tadbirkor, ayol doʻktr,ayol deputad, bular barchasi bir vaqtlar mumkin boʻlmagan
holatlar edi. Biroq shunday lavozimli ishlarda rahbar bo’lsa ham uyga kelgach
mehribon ona ,pazanda ayolga aylanadi. Onaning mehrini oltinga qiyoslash mumkin
,chunki yilar oʻtsada hech qachon bolasiga boʻlgan mehri zanglamaydi. Ona mehrining
o‘rnini hech kim bosa olmaydi, shuning uchun uni asrash, hurmat qilish va qadrlash –
har birimizning eng oliy burchimizdir.

Ona qalbi – bu Ka’badir, uning roziligi esa dunyodagi eng buyuk duo va eng

mustahkam qalqondir. Ona mehrini qadrlab, unga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish,
hayotimizdagi eng ezgu va muqaddas vazifa hisoblanadi. Hatto tarixga nazar solsak
ham Amir Temur davrida Bibixonim onamiz urush safarlariga ketganlarida yurtinini
mardonavor boshqarganlar. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda xato urush davrida ham
,qiyin vaziyatga tushib qolganda Bibixonim Amir Temur ga ishonch bildirib dalda
boʻlganlari haqida ayiladi.

Shunday buyuk, shunday muqaddas onalarimiz borligi biz uchun sharafdir aslida.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.Oʻtkir Hoshimovning Dunyoning ishlari “Gilam paypoq “asaridan onaning yuksak
inson ekanligi ochib berilgan.
2.Abdulla Qodiriy, O‘tgan kunlar — Ona va oila mavzusidagi milliy qadriyatlarni
ochib beruvchi asar.
3.Abdulla Oripov, Ona she’riyati — Ona mehrini madh etgan mashhur o‘zbek shoiri
asari.
4.Hamid Olimjon, Onam haqida — Ona sevgisi va hurmatini ifodalovchi lirik asar.
5.Abdulla Aripov, Ona qalbi — Ona obrazining ulug‘vorligini ta’riflovchi adabiy esse.
6.Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasidan foydalanildi.

Bibliografik manbalar

Oʻtkir Hoshimovning Dunyoning ishlari “Gilam paypoq “asaridan onaning yuksak inson ekanligi ochib berilgan.

Abdulla Qodiriy, O‘tgan kunlar — Ona va oila mavzusidagi milliy qadriyatlarni ochib beruvchi asar.

Abdulla Oripov, Ona she’riyati — Ona mehrini madh etgan mashhur o‘zbek shoiri asari.

Hamid Olimjon, Onam haqida — Ona sevgisi va hurmatini ifodalovchi lirik asar.

Abdulla Aripov, Ona qalbi — Ona obrazining ulug‘vorligini ta’riflovchi adabiy esse.

Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasidan foydalanildi.