Mualliflar

  • Intizor Ismoilova
  • Sevinch Berdiqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.85129

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: biznes sotsialistik iqtisodiyot TIA auksionlar start up mikrofirmalar kichik biznes tadbirkorlik investitsiya bozor infratuzilmasi.

Annotasiya

Annotatsiya: ushbu maqolada kichik biznes turlari, uni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari, hamda tadbirkorlik va kichik tadbirkorlik turlari va erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash uchun kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bundan tashqari yoshlarga, ayniqsa, ayollarga katta imkoniyatlar yaratish haqida to'liq ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

101

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING IQTISODIY

BARQARORLIKDAGI O‘RNI

Ismoilova Intizor

Toshkent kimyo texnologuya instituti Yangiyer filiali

2-bosqich talabasi

Berdiqulova Sevinch

Toshkent kimyo texnologuya instituti Yangiyer filiali

stajyor o‘qituvchisi

Annotatsiya:

ushbu maqolada kichik biznes turlari, uni shakllantirish va

rivojlantirish yo‘llari, hamda tadbirkorlik va kichik tadbirkorlik turlari va erkin bozor
munosabatlarining keng ravnaq topishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash
uchun kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bundan tashqari yoshlarga,
ayniqsa, ayollarga katta imkoniyatlar yaratish haqida to'liq ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

biznes, sotsialistik iqtisodiyot, TIA, auksionlar, start up,

mikrofirmalar, kichik biznes, tadbirkorlik, investitsiya, bozor infratuzilmasi.


Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama

rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatining asosiy yo‘llaridan biri
bu kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham
tadbirkorlikning hammasi O‘zbekistonni poydevori hisoblangan barkamol avlodni
yetishtirishni taqazo etadi. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar
hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarini o‘zida aks
ettirgan. Buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan
mamlakatlarda iqtisodiyoti va uning o‘zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining
mazmuni va metodologik asoslari to‘g‘risidagi tafakkur kengaydi va nazariy bilimlar
chuqurlashdi.

Tadbirkorlik va kichik biznesni yanada yuksaltirish va bu ishni amalga oshirish

uchun turli chora tadbirlarni amalga oshirish. Tadbirkorlarimizni har tomonlama
moliyaviy, g‘oya berish, texnika tomonlama yordam berish.

Tadbirkor o‘z is’temollarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga

olib tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga moslashadi:

Tovar yoki xizmatlarning sifati;

Tovar yoki xizmatlarning narxi;

Tovarning universallik darajasi;

Tovarning tashqi ko‘rinishi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

102

Asosiy qism.

Tadbirkorlik yoki biznes (inglizcha:

business

– “bandlik”), deb har

qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi
shaxs tadbirkor

deyiladi.

Xususiy

tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot

negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki
ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi. Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga
qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500
dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20–500 kishi band boʻlgan korxona
(firma)lar, kichik tadbirkorlik 10–20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni
qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli
tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi.
Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng
tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan
farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.

Tadbirkorlik - foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga

qaratilgan xo`jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali
izohlanadi :

tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas’uliyat bilan bog‘liq

tashabbuskorlik faoliyati demakdir;

tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan resurslardan

yanada oqilona foydalanishga qaratiladi;

tadbirkorlik faoliyati qo‘shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o‘zini

oqlagan hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyatini rnuvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan

biri - bu tadbirkorlik subyekti (korxona, tashkilot, firma) ichki rejalarining
mukammalligi, sifat darajasi hisoblanadi. U o‘z ichiga istiqboldagi maqsadlami
aniqlash va ularga erishish yo‘llari hamda resurs ta’minotini oladi.

Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi kabi tadbirkorlik faoliyatida ham har bir

tadbirkor uchta masalani hal qilishi kerak.

Qanday tovar va xizmatlar ishiab chiqarish kerak ?

Bu tovar va xizmatlami qayerda hamda qaysi texnologiya orqali ishiab chiqarish

kerak ?

Bu tovar va xizmatlami kim uchun ishiab chiqarish kerak ?

Muayyan

tadbirkorlik

g‘oyasini

amalga

oshirish

uchun

tartibsiz,

rejalashtirilmagan xatti-harakatlar emas, balki g‘oyani amalga oshirish maqsadlari,
vositalari va yollarining mumkin bo‘lgan barcha muqobil variantlarini taqqoslash
imkonini beradigan yaxlit tizimga tushirilgan tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish
jarayoni zarur bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq,
tadbirkorlik faoliyati bu yakka ish yuritish va tavakkalchihkka asoslangan, mulkdan


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

103

foydalanish, foyda olish omilidir.

Reja - oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga

erishishga qaratilgan kelajak modeli yoki chora-tadbirlar tizimidir.

Korxona rejasi -

oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishni, resurslaming o‘zaro nisbati, balansi,
hajmi, uslubi, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishning
izchilligini, ishlab chiqarishni bajarish muddatini belgilovchi oldindan ishlab chiqilgan
tadbirlar tizimi hisoblanadi. Rejalashtirish - bu tadbirkorlik subyektini tashkil etish,
rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun ishlab chiqilgan reja va uning amalga
oshirilishini nazorat qilishdir.


1-jadval

1


Investitsiya loyihasi - bu ijtimoiy samaraga erishish yoki daromad olish uchun

yangi tovar (xizmat)ni ishiab chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishiab chiqarishni
modemizatsiya qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar yig‘indisidir. Biz
ushbu qo‘llanmada zarurlik darajasiga qarab reja, biznes reja, tadbirkorlik loyihasi,
TIA kabi atamalami uyg‘unlashgan holda ishlatdik, Tadbirkorlik loyihasi - daromad
olish maqsadida ishiab chiqarish yoki tadbirkorlikning turli sohalarida xizmatlar
ko'rsatish bo‘yicha ishiab chiqarishni tashkil etishga yo'naltirilgan loyiha tushuniladi.
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish asosida shu loyihani amalga oshirish
imkoniyatlarmi aniqlash yotadi.

Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda

amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor
xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlar

1

https://stat.uz/img/press-reliz-01_03_2025-uzb_compressed_p67967.pdf


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

104

koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar
(birjalar, auksionlar, savdo uylari,

savdo-sotiq

idoralari

va

agentliklari

kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi
muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari)
va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat
idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari
ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni
toʻplash,

umumlashtirish

va

sotish

bilan

shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.


1-grafik

2

Korxona va tashkilotlar soni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra 732,9 mingta korxona va tashkilotlar ro‘yxatdan

o‘tib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 105,8 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va
tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 439,0 mingtani tashkil
etdi, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 370,4 mingta.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta

dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar
ajratiladi. “Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha

2

https://stat.uz/img/press-reliz-01_03_2025-uzb_compressed_p67967.pdf


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

105

katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan” dedi davlat rahbari. Xususan, aholini
tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan
2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun
yo‘naltiriladi. Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon
bo‘ladi. “Uy-ro‘zg‘or va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli,
daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi” dedi Prezident.
Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda
bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150
million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50
million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Mutasaddilarga oldingi kreditidan
kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini
yaratish topshirildi.

Yuqoridagi tashabbuslardan kutilayotgan natijalar, ya’ni 2025 yil uchun sohadagi

asosiy maqsad va vazifalar quyidagilar ekani ta’kidlandi:

kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko‘tarib, 70

milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish;

yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart

masalalariga ko‘maklashib, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 milliarddan 12
milliard dollarga olib chiqish;

ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, yetkazib

berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes
ulushini 2-3 karra oshirish;

1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75

foizga yetkazish;

100 nafardan ko‘p ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;

kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

kichik biznes ishtirokida 200 ta start up loyihalarni moliyalashtirish.

Amerika iqtisodiyotining asosini kichik biznes tashkil qiladi. AQSh Kichik biznes

ma’muriyatining so‘nggi ma’lumotlari ajoyib ko‘rsatkichni ochib beradi: Qo‘shma
Shtatlardagi 33,3 million biznes kichik biznes sifatida tasniflanadi, bu AQShdagi
barcha biznesning 99,9 foizini tashkil qiladi. Bu raqam nafaqat kichik korxonalarning
tadbirkorlik sohasida ustunligini, balki ularning bandlike yaratish va iqtisodiy
barqarorlikka hissa qo‘shishdagi muhim rolini ham ko‘rsatadi. Kichik biznes
subyektlarining aksariyati, ya’ni 80 foizdan ortig‘i xodimlarsiz ishlayotgan bo‘lsa-da,
bu sub’ektlarda jami 61,6 million kishi mehnat qilmoqda. Bu raqam butun AQSh ishchi
kuchining 45,9% ni tashkil qiladi, ayniqsa kichik korxonalarning 20% dan kamrog‘ida
ishchilar borligini hisobga olsak, ajoyib statistika. Bu maʼlumotlar nafaqat kichik


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

106

korxonalarning yangi ish oʻrinlari yaratishdagi ahamiyatini, balki iqtisodiyotni
barqarorlashtirishdagi rolini ham koʻrsatadi. Kichik biznesning o‘sishi mamlakatning
bandlik salomatligi va umumiy iqtisodiy muvaffaqiyatining ajralmas qismi ekanligi
aniq. AQSh da kichik biznesning 80% dan ortig‘i yakka tartibdagi tadbirkor tashkil
qiladi. Mamlakatdagi 33,3 million kichik biznes sub’ektlaridan 27,1 millioni faqat o‘z
egalari tomonidan boshqariladi va ularda qo‘shimcha xodimlar ishlamaydi. Xususan,
kichik korxonalarning 16 foizi birdan 19 nafargacha ishchilar toifasiga kiradi. Bu 5,4
milliondan ortiq biznesga to‘g‘ri keladi. Kichik biznes spektrining katta qismida 647
921 ta korxonada ishchi kuchi soni 20 dan 499 nafargacha. Bu raqamlar kichik
korxonalarda xodimlar sonining taqsimlanishi haqida tushuncha beradi, bu ko‘pchilik
xodimlarning minimal yoki umuman yo‘qligiga moyilligini, kichikroq, ammo sezilarli
nisbatda ko‘proq ishchilarni ish bilan ta’minlaydi.


2-grafik

3

Yillar bo'yicha ish bilan band amerikaliklar soni (millionda)


2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik

korxona va mikrofirmalarning umumiy soni 417,1 mingtani tashkil qildi. Hududlar
bo‘yicha eng ko‘p kichik biznes sub’ektlari Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi - 87,5 ming
dona.

Shuningdek, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va

mikrofirmalar soni:

Toshkent viloyati – 38 953

Samarqand viloyati – 37 39

Farg‘ona viloyati – 36238

Qashqadaryo viloyati – 27980

Buxoro viloyati – 27594

Andijon viloyati – 24381

3

https://www.forbes.com/advisor/business/small-business-

statistics/#small_business_employment_statistics_section


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

107

Xorazm viloyati – 23854

Sirdaryo viloyati – 11217

Namangan viloyati – 23136

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22066

Surxondaryo viloyati – 20589

Navoiy viloyati – 19539

Jizzax viloyati – 16677

2025 yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli

ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular:

kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda -

34 foizga, eksportda - 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 - foizga yetkazish;

kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining yiriklashishiga

ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

ichimlik va oqova suv, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, utilizatsiya, migratsiya,

madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini kamida 2 baravarga oshirish;

100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’ektlari sonini 4 mingga yetkazish;

sanoatni jadal rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga

kamida 100 ta kichik va o‘rta biznes sub’ektlarida brend mahsulotlar ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish;

kichik biznes sub’ektlari ishtirokida kamida 200 ta startap loyihalarni amalga

oshirish;

uzoq muddatli ijaraga berilgan 30 ming gektar ekin yer maydonida yuqori

daromadli ekinlarni yetishtirish, 16 ta ixtisoslashgan agrokompaniya faoliyatini yo‘lga
qo‘yish hamda 9 ta zamonaviy agrosanoat xo‘jaligini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.

2025-yilda barcha manbalar hisobidan $10 mlrd so‘m kichik va o‘rta biznesni

rivojlantirish dastur uchun ajratiladi. Davlat rahbari joriy yilda kichik va o‘rta biznesga
120 trln so‘m resurs berilishini va buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon
bo‘lmaganini ta’kidlagan. Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trln
so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trln so‘m yoshlarga, yana shunchasi
ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi
boshqalarga nisbatan 2% arzon bo‘ladi. Bu yildan kichik biznesga 300 mln so‘mgacha
kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga
aylangan tadbirkorlarga shuni 150 mln so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy
tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

108

Xulosa.

Kichik biznes va tadbirkorlik zamonaviy iqtisodiyotda barqarorlikni

ta’minlovchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Har bir mamlakat uchun iqtisodiy
rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va bandlik darajasining oshishi bevosita kichik biznes
va tadbirkorlikning holati bilan chambarchas bog‘liq. Ular iqtisodiy tizimda
muvozanatni saqlab turish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ichki bozorni to‘ldirish va
eksport salohiyatini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.Kichik tadbirkorlik
subyektlari iqtisodiy inqirozlar yoki global bozor tebranishlariga nisbatan tez
moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Yirik korxonalar ko‘plab resurslarga ega bo‘lsa-
da, ularning moslashuvchanligi pastroq bo‘lishi mumkin. Kichik biznes esa o‘zining
soddaligi, erkinligi va joylardagi resurslardan foydalanish imkoniyati tufayli har
qanday vaziyatda faoliyatini davom ettirishga qodir. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining
umumiy barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.- М.:
Проспект, 2005.- с. 144-208-544.

2.

Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.: Дашков
и К, 2016.- с. 696

3.

Видяпин В.И., Добрынин А.И., Журавлева Г.П., Тарасевич Л.С.
Экономическая теория. Учебник. Под общ. ред. авторов изд., испр. и доп.-
М.: ИНФРА-М, 2005, X-XI главы.

4.

https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/595/347

5.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/iqtisodiyot/kichik-biznesni-
rivojlantirishda-bozor-infratuzilmasi-o-rni

6.

https://www.xabar.uz/uz/mahalliy/kichik-va-orta-biznesga-buy-il-120-trln-som-r


Bibliografik manbalar

Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.- М.: Проспект, 2005.- с. 144-208-544.

Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.: Дашков и К, 2016.- с. 696

Видяпин В.И., Добрынин А.И., Журавлева Г.П., Тарасевич Л.С. Экономическая теория. Учебник. Под общ. ред. авторов изд., испр. и доп.- М.: ИНФРА-М, 2005, X-XI главы.