Mualliflar

  • Zarnigor Umidjon qizi Komiljonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.85131

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Mahoratli yozuvchi tasvirlash urush voqealari personaj obrazlar insoniy tuyg`ular ona sog`inchi front.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqola O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridagi insonning ruhiy iztiroblari, muhabbat, vijdon va azob uqubatlarga bardoshlilik kabi murakkab mavzularni muhokama qiladi.

background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

114

O`TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI”

ASARIDA BADIIY OBRAZLAR TALQINI

Komiljonova Zarnigor Umidjon qizi

O`zbekiston davlat Jahon tillari

Universiteti, Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili

3-fakulteti 2406-guruh talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqola O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridagi

insonning ruhiy iztiroblari, muhabbat, vijdon va azob uqubatlarga bardoshlilik kabi
murakkab mavzularni muhokama qiladi.

Kalit so`zlar:

Mahoratli yozuvchi, tasvirlash, urush voqealari , personaj,

obrazlar, insoniy tuyg`ular, ona sog`inchi, front.

Kirish:

“Ikki eshik orasi” – O`tkir Hoshimov xazinasidagi eng nodir marvaridlaridan

biri hisoblanadi. O`tkir Hoshimov o`zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri
bo`lib, uning asarlari xalqona ruh, samimiyat, chuqur ijtimoiy mazmun va badiiy ifoda
uyg`unligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, mazkur muhokama qilinayotgan asarda bu
sifatlar yaqqol namoyon bo`ladi. Kitobga berilgan nom ham aslida ramziy ma`noga
ega bo`lib, unda insonning tug`ilishidan to vafot etgunigacha bosib o`tgan yo`li, ushbu
ikkala eshik orasidagi yo`lda qanday sinov-qiyinchiliklarga duch kelishiga ishora
qilingan. Roman O`zbekiston va Sovet ittifoqi tarixida muhim burulish nuqtasi bo`lgan
davrni o`z ichiga oladi. Xalq hayotida tub o`zgarishlar bo`layotgan, insonlar ruhiy
bosim ostida yashagan, jamiyatda adolatsizlik, ma`muriy zo`ravonlik va erkin fikrning
bostirilishi hukm surgan shunday murakkab sharoitda, odamlar o`zligini, vijdonini
yo`qotayotgan bir paytda, ularning ichki dunyosini ochib berishga harakat qiladi.
Umuman olganda, adib qalamga olgan obrazlari orqali urush va urushdan keyingi
davrdagi qishloq odamlari hayoti shu qadar reallik bilan yoritib beriladiki, bu bevosita
asarning qiymatini yana bir karra oshiradi. Kitobni o`qish jarayonida urushning barcha
og`irliklari-yu, qurbonlarini yelkasida ko`targan matonatli dehqonlar, beshikdagi
bolasinini tashlab dalada traktor haydagan ayollar, bir-birining visoliga yetmasdanoq
oralariga urush sababli ayriliq chang solgan yosh ko`ngillar, frontning qaysidir
burchagida jonsiz jasadi qolgan farzandiga to`ylar qilishni niyati bilan ilhaq kutayotgan
onalar-u, dardini birovga bildirmay o`z yog`ida o`zi qovurilgan otalar qismati bilab
tanishib chiqar ekansiz, bugungi kunda siz-u biz ega bo`lgan tinchlik, erkinlik tekinga
emas aynan ularning istiqlol uchun qurbon bo`lgan umri, orzu- umidlari evaziga
kelgani yana bir marta ko`z oldingizda gavdalanadi. Har bir sahifasi azob bilan
sug`orilgan ushbu asar kitobxonning ruhiy holatiga chuqur tasir ko`rsatadi, shu bilan


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

115

birga har bir qahramonning ichki dunyosini his qilishga majbur qiladi. Romandagi
hodisalar bayonida ishtirok etgan to`qqizta asosiy personajlar hikoyalarini ham adib
bir biriga ustalik bilan bog`lagan.

Muhokama:

“Ikki eshik orasi” – bu hayot va o`lim, orzu va iztirob, muhabbat va hijron kabi

qarama-qarshi tuyg`ular oralig`idagi hayotning timsoli. O`tkir Hoshimov ushbu asar
orqali odamzodning qalbida kechadigan og`riqli jarayonlarni, hayotning ayovsiz
haqiqatlarini nozik badiiy tilda ifoda etgan. Asar voqealari bir qarashda oddiy tuyulsa-
da, undagi ruhiy kechinmalar, ichki iztiroblar har bir satrda jonli gavdalanadi, har bir
sahifasi yurakka sezdirmay kirib og`riqli haqiqatlarni ochib beradi. Qora amma- oddiy
qishloq ayoli, ammo uning yuragida bir umrga cho`zilgan kutish , ko`zlarida tugamas
farzand sog`inchi bor. Kitobxon asarni mutoalaa qilar ekan, Qora ammaning yuragi
bilan yurakdosh bo`lgan holda, uning har bir og`ir nafasidan o`zini topadi. U o`z
farzandi Kimsanni dardli bir quchog`ida so`nggi bora ko`rgan, so`ng esa ayovsiz taqdir
ularni ikki olam orasi – ikki eshik oralig`ida ajratib qo`yadi. Har bir harakatida, har bir
o`y-fikrida o`g`lining hidi, o`g`lining yurish-turishi, bolaligidagi yorqin xotiralari aks
etardi. Ayniqsa, bu mushtipar onaning tilidan aytilgan quyidagi jumlalar orqali
yozuvchi uning yuragiga nish qadab turgan hijronni o`quvchiga ta`sirli tarzda yetkazib
beradi: “Qayoqdasan bolam? Qaysi yurtlarda yuribsan? Joning sog`mi o`zi? Mayli,
oyoq-qo`lsiz bo`lsang ham, birov zambilda ko`tarib kelsa ham jon derdim! Kaftimda
olib yurardim! Otang yo`lingga termula-termula o`tdi. Endi aqalli meni tuproqqa o`z
qo`ling bilan qo`ysang-chi! Yo`q yig`layotganim yo`q, bolam! Yig`lamayman.
Mabodo yig`lasam ham… Yo`q o`g`lim men yig`lasam sen bezovta bo`lasan…” Qora
amma tilidan aytilgan bu kabi monologlar talaygina. Uning har bir nafasida hijron, har
bir nigohida intizorlik aks etadi. Asardagi ushbu personaj – bu barcha onalarning,
ayol qiyofasida jamlangan umid va cheksiz sabrning timsoli. Qolaversa, Qora amma
urush payti farzand dog`ida kuygan millionlab onalarning ham bir misoli sifatida
keltiriladi.

Yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib , qari inson

dunyoqarashigacha har birining roliga kirishib yozadi. Asar jami to`qqizta personaj
tilidan yozilgan bo`lib, ularning har biri turli yoshdagi va turli dunyoqarashlarga ega
odamlardir. Kitobdagi har bitta qahramon tilidan qilingan hikoyani o`qiganingingizda,
ularning har biri alohida his tuyg`ularga, bir-biridan farq qiladigan o`zgacha olamga
ega ekanligiga chinakamiga guvoh bo`lasiz . Qanday qilib birgina odam shu qadar
ustalik bilan to`qqiz xil qiyofali insonlarni birgina asarda gavdalantirishi mumkin?
Bundan tashqari roman jami 140dan ortiq personajlarni o`z ichiga olgan va ularning
ham shaxsiyatiga alohida e`tibor qaratilib, asarda muhim o`rin egallagan. Bularning
hammasi O`tkir Hoshimovning naqadar mahoratli yozuvchi ekanligiga rad qilib
bo`lmas dalil bo`la oladi. U so`zlarini kitob varog`iga emas, odamlarning qalbiga yoza


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

116

olgan, har bir satrida qahramonning “men” iga kirib hayotning achchiq haqiqatlarini
nozik tuyg`ular bilan aralashtirgan betakror adib. Uning “Ikki eshik orasi” asaridagi
har bir jumla – bu yolg`iz bir oila haqida emas, butun bir xalqning yuragidan og`ir
damlardagi og`ir mashaqqati haqida so`z yuritadi. Adibning so`zlari nafaqat qog`ozda,
balki inson qalbida, xotirasida muhrlanib qoladi. U yozgan har bir jumla – hayotning
o`zginasi, yurakni ezuvchi hijron, yoniq mehr va chidamli inson taqdiridir. Adibning
ijodi zamonlar og`ushida qolgan, ammo hech qachon eskirmaydigan, yurakka
o`rnashib qolgan gavharlar bilan boyitilgan xazinaning o`zginasi. Ayniqsa, “Ikki eshik
orasi” ushbu xazinaning eng qimmatli va yirik javohiridir. Chunki bu asar nafaqat
hayotni, balki yashashning o`ziga xos ma`nosini sabr-toqatning eng nozik qatlamlarini
vijdon va e`tiqod degan ilohiy tushunchalarni ochib beradi. Ushbu asari orqali u “adib”
degan nomga emas, “Xalqning yurak tarjimoni” degan unvonga munosibligini
isbotlaydi.

Chindan ham yozuvchining ijod mahsulini o`qiyotganda qahramonlarning

hayoti ko`z o`ngimizda yaqqol namoyon bo`ladi, asarni o`qib bo`lgach ongimiz va
shuurimizda ularning qiyofasi qayta jonlanadi: ular siz bilan dillashadi, his-
tuyg`ularingizga ta`sir etib, hayot haqida o`yga toldiradi. Ancha vaqt shular ta`sirida
yurasiz, qahramonlar tarafga o`tib olib, ularning muxoliflari bilan kurashasiz. Aslida
badiiy asarning ta`sir kuchi, kitobxon qalbini zabt etish mo`jizasi ham shunda. O`tkir
Hoshimov “Ikki eshik orasi” da uslubiga xos ravonlik, ohangdorlik orqali
qaqhramonlarning his tuyg`ulari ifodasiga mayinlik va ta`sirchanlik bag`ishlagan. Bu
jihatdan adibni “prozaning shoiri” deganda ustoz shoirimiz Erkin Vohidov to`la haq .

Asarni muhokama qilar ekanmiz, ko`pchilik e`tibor bermay o`tgan, ammo

kitobda yoritilgan davr siyosati qurboni bo`lgan muallim Samadov (Robiyaning otasi)
qismatiga ozmuncha to`xtalib o`tmoqchiman. Muallim obrazida xalqning ma`naviy
qiyofasini saqlab qolmoqchi va oshirmoqchi bo`lgan zamonasining fidoyisi
tasvirlanadi. Oqsoqol bilan suhbatidagi uning tilidan aytilgan quyidagi jumlalar esa
buning to`la isboti:

-Mana, ma`lim, o`lmagan qul, sen je-men je kunlarga ham yetdik.Endi sizga

o1n ikki vassal uy qurib beramiz. Odamlarni hasharga aytib qo`ydim. Belida belbog`i
bori kelaveradi.

Dadam xijolat chekibroq bobomga qaradi.
-Agar Husan akani qisib qo`ymagan bo`lsak, hasharchilarni maktab qurishga

solsakmikin…

Bizga-ku

uy

topilar,

maktab

kerak…

U xalqning o`tmishidagi hikmatni, kelajagidagi najotni ko`rgan odam edi. Ammo davr
egalari tuzumiga bunday nigohlar xush kelmasdi. Ular so`zdan, haqiqatdan, odamlarga
singayotgan ilm ozuqasidan qo`rqishardi. Shuning uchun u ham “xalq dushmani”
degan tamg`a bilan qoralanib, yolg`on guvohliklar asosida qatag`onning begunoh


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

117

qurboniga aylandi. Darhaqiqat , uning ilmi, ma`naviy va tarixiy qadriyatlarni targ`ib
qiluvchi faoliyati bir guruh mansabparastlar uchun nihoyatda katta xavf edi.

“Aybi shumishki, darsni programma bo`yicha o`tmasmish. Hisob ilmini

Xorazmiy yaratgan deb millatchilik qilarmish. Bolalarga Bobur poshshoning
she`rlarini o`qitganmish.” Asarda Orif Oqsoqol tomonidan Muallim haqida aytilgan
ushbu ikki og`iz jumla nafaqat mustamlaka davridagi turkiston ziyolilarini, balki,
butun bir millat tarixi, an`analari va milliyligini yo`q qilishga bo`lgan urunishilarning
bir qismini ochib beradi. Eng achinarlisi, bu kabi chirkinliklarda millatning o`z
farzandlarining ham qo`li borligi buyuk tariximiz uchun qanchalar isnod.

Samadovning achchiq qismatidan shuni xulosa qilish mumkinki, sovet

ittifoqi o`zbek xalqi tarixini unuttirishga majbur qiladi. Chunki tarix – bu xalqning
o`zligini anglashidir, o`zligini anglagan xalq esa bo`ysunmaydi. Madaniyat esa inson
qalbini uyg`otadi. Uyg`ongan qalb mustamlakachilar yolg`oniga ishonmaydi. Shu bois,
ular tariximizni “eskilik sarqiti” deb atab, madaniyatimiz hamda milliyligimizni targ`ib
qiluvchilarni “millatchilik”da aybladi. Ularga “Xalq dushmani” degan tamg`ani
qadadi. Samadov kabi “uyg`onganlar” o`zbek tarixini yosh avlodga o`qitmoqchi
bo`lgan, ammo o`quv dasturida bu tarixga joy bo`lmagan. Shulardan ham ma`lumki,
vatanimiz tarixini, uning o`zligini bizga yetkazgunga qadar qanchadan-qancha
millatparvar jadidlar-u ularning yelkadoshlari shirin jonlari evaziga saqlab kelganlar.

Xulosa:

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ushbu durdona asarning asosiy mazmuni

sifatida urush va undan so`ngi yillardagi qiyinchiliklar, sodda qishloq odamlarining
fidoyiliklari, ayollarning matonat bilan qaddini tik tutib og`ir mehnatlarga
sho`ng`ishlari, suyagi qotmagan go`daklarning frontga ketgan otasi o`rniga dalalarda
jon berib ishlashlari-yu, nikoh kechasining ertasi kuniyoq kelinchaklik libosini ish
kiyimiga almashtirganlarini inkor eta olmasakda, aslida roman ruslar istilosidan to
mustaqillikga qadar o`zbek xalqiga qilingan adolatsizlig-u zulmlarni, mansab
egalarining naqadar xudbinligini, qolaversa, muhabbat mavzularini ham keng yoritib
beradi. Shu o`rinda muallifning mashhur jumlasini keltirib o`tishni lozim deb topdim:
“Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o`qigan kitobxon
hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o`qib bo`lgan
kuni kechasi bilan uxlolmay, to`lg`onib chiqsa. Oradan yillar o`tib asarniqo`liga qayta
olganida tag`in hayajonlansa, yangi ma`nolar topsa. Eng katta orzuyim shu…” Mening
fikrimcha, “Ikki eshik orasi” yozuvchi aks ettirishni xohlagan ushbu xususiyatlarning
barchasiga va hatto, undan ham ortig`iga noyob asardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Hoshimov.O`. (2009). Sakkizinchi mo`jiza. Toshkent

2.

Boltaboyev.H. (2011). El sevgan adib. www.ziyouz.com

3.

Said Ahmad. (2014) “Ikki eshik orasi” romani haqida. ziyouz.com


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs

Volume-81, Issue-1, May -2025

118

4.

Sharofiddinov.O.(2016) “Ikki eshik orasi” romani haqida. “Hurriyat” gazetasi

5.

Dusenboyev.O (2023) “Ikki eshik orasi “ romani haqida. universalpublishings.com

6.

“Poetical performance of the National Spirit in the novel “Between two doors”.”
AJEES Journal, 2024

7.

Abduhamidov.G`, Yangiboyeva.Sh. (2023). O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik
orasi” asari talqini. Uzresearchers.com

8.

Tojimatova.Z, Jo`raxoldorova.Sh. (2024). O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”
asarida urush hodisasining talqini. bestpublication.org

Bibliografik manbalar

Hoshimov.O`. (2009). Sakkizinchi mo`jiza. Toshkent

Boltaboyev.H. (2011). El sevgan adib. www.ziyouz.com

Said Ahmad. (2014) “Ikki eshik orasi” romani haqida. ziyouz.com

Sharofiddinov.O.(2016) “Ikki eshik orasi” romani haqida. “Hurriyat” gazetasi

Dusenboyev.O (2023) “Ikki eshik orasi “ romani haqida. universalpublishings.com

“Poetical performance of the National Spirit in the novel “Between two doors”.” AJEES Journal, 2024

Abduhamidov.G`, Yangiboyeva.Sh. (2023). O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari talqini. Uzresearchers.com

Tojimatova.Z, Jo`raxoldorova.Sh. (2024). O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida urush hodisasining talqini. bestpublication.org