“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
18
PEDAGOGIK ETIKA VA O’QITUVCHI MADANIYATI
Olimova Dono Shakirovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri p.f.n dotsent.
Rametova Oydinoy Rustam qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Stomatologiya yo‘nalishi magistri.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik etika va o’qituvchi madaniyatining
zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni, ahamiyati va asosiy tamoyillari tahlil qilinadi.
O’qituvchining axloqiy qiyofasi, kasbiy faoliyatdagi odob-axloq me’yorlariga rioya
qilishi, shuningdek, shaxsiy madaniyat darajasining ta’lim sifati va o’quvchilar
tarbiyasiga ta’siri yoritiladi. Maqolada o’qituvchining o’z kasbiga sadoqati, doimiy
o’zini rivojlantirib borishi va o’quvchilar bilan ijobiy muloqotga kirishish qobiliyati
asosiy e’tiborda tutilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogik etika, o’qituvchi madaniyati, axloqiy me’yorlar, kasbiy
sadoqat, muloqot madaniyati, shaxsiy rivojlanish, ta’lim sifati.
Zamonaviy jamiyatda o’qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodning
ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlovchi yetakchi shaxs hisoblanadi. Shu bois
pedagogik etika va o’qituvchi madaniyati masalasi ta’lim sohasida dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. O’qituvchining axloqiy fazilatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga amal
qilishi va o’z shaxsiy madaniyatini yuqori darajada saqlashi ta’lim jarayonining
samaradorligini belgilab beradi.
Pedagog kim? U - yuksak madaniyatga ega, o’z fanini chuqur biladigan, inson
psixologiyasini yaxshi tushunadigan, ta’lim-tarbiya metodikasini mukammal
egallagan mutaxassisdir. Ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi - har tomonlama yetuk,
barkamol shaxs hamda malakali kadrlar yetishtirishdir. Shu boisdan, biz ta’lim
samaradorligini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malaka darajasiga qarab, ularning
mustaqil o’rganishga qanchalik tayyorligi va jamiyatda o’z o’rnini topa olish
qobiliyatiga qarab baholashimiz kerak.
Ta’lim insoniyat taraqqiyotining asosidir. Yangi asrda jamiyatning har
tomonlama rivojlanishi bevosita ta’lim tizimining yangilanib, takomillashib borishiga
bog’liq. Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar
joriy etilmoqda, axborot oqimi esa ta’lim mazmunining doimiy yangilanishini talab
qilmoqda. Innovatsiya deganda sohaga yangilik kiritish jarayoni tushuniladi.
Innovatsion texnologiyalar esa pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiluvchi
faoliyatdir.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
19
Zamonaviy taraqqiyot sharoitida innovatsion pedagogik faoliyat, ya’ni yangi
texnologiyalarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ehtiyoj quyidagi
omillar bilan belgilanadi:
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ta’lim tizimida tub islohotlar zarurati
yuzaga kelmoqda. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangi metodlar va
texnologiyalardan foydalanish tobora muhim bo’lib bormoqda.
Ta’lim mazmunida fanlar soni va tarkibida o’zgarishlar yuz berib, insonparvarlik
g’oyalari kuchaymoqda. Ta’lim tizimiga yangi fanlar kiritilishi muntazam tashkil
etilayotgan yangiliklarni aks ettiradi. Bu holat pedagoglarning kasbiy salohiyati va
mavqeining oshishiga olib keladi.
O’qituvchilarning yangiliklarga bo’lgan munosabatida ijobiy o’zgarishlar yuz
bermoqda. Ta’lim jarayonida qat’iy vaqt me’yorlariga amal qilinadigan sharoitlarda
pedagoglar nafaqat dastur va darsliklarni tanlash, balki o’z metod va vositalarini
tanlash borasida ham cheklovlarga duch keladilar.
Pedagogik etika - bu o’qituvchining kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim
bo’lgan axloqiy me’yorlar, kasb madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatini ifoda etuvchi
tushuncha. Pedagogik etika doirasida o’qituvchi:
1.
har bir o’quvchiga hurmat bilan yondashishi;
2.
adolatli va xolis bo’lishi;
3.
shaxsiy muomala madaniyatiga ega bo’lishi;
4.
sir saqlash, tinglay olish, to’g’ri baho bera olish kabi qobiliyatlarga ega
bo’lishi lozim.
Pedagogik etikani buzish nafaqat o’quvchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi, balki ta’lim tizimiga bo’lgan ishonchni kamaytiradi.
O’qituvchi madaniyati esa, bu o’qituvchining tashqi ko’rinishi, nutq madaniyati,
muloqot uslubi, kasbiy bilimlari va shaxsiy odob-ahloqi bilan uzviy bog’liq. Bundan
tashqari, o’qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining
kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning
rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish
darajasi. Insonning madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari,
xulqining muxit tomonidan rivojlanish jarayonidir. O’qituvchi quyidagilarga e’tibor
qaratishi kerak:
1)
O’zini tutish va tashqi ko’rinishdagi saranjomlik;
2)
Nutqning aniqligi, ravonligi va odobga mosligi;
3)
Yangi bilimlarni muntazam o’rganish va ulardan dars jarayonida
foydalanish;
4)
O’quvchilar bilan mehribon va sabrli munosabatda bo’lish.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
20
Bu jihatlar o’quvchilar o’rtasida o’qituvchiga nisbatan ishonch uyg’otadi, ta’lim
samaradorligini oshiradi va madaniyatli avlodni tarbiyalashda muhim omil bo’lib
xizmat qiladi.
Shuningdek, pedagogning ish o’rni madaniyati - uning ish vaqti va shaxsiy
vaqtini tashkil eta olishda hujjatlar bilan, adabiy manbalar bilan ishlay olishi, zarur
axborotlarni belgilash, qayta ishlash, uni tanlash va saqlash ko’nikmalarini nazarga
tutadi. Pedagogik madaniyatning muhim komponentlardan biri pedagogik mahoratdir.
O’qituvchi har doim o’zining namunali xatti-harakati, nutqi, kiyinish
madaniyati, adolatli baholashi bilan boshqalarga ibrat bo’lishi kerak. Uning faoliyati
faqat dars berish bilan cheklanmaydi, balki o’quvchilar ongiga ijobiy qadriyatlarni
singdirish, ijtimoiy faollikni shakllantirish va insoniylikni tarbiyalash bilan
chambarchas bog’liq.
1
Xulosa qilib aytganda, pedagogik etika va o’qituvchi madaniyati zamonaviy
ta’lim tizimining asosiy tayanchlaridan biridir. O’qituvchining axloqiy fazilatlari,
kasbiy madaniyati va o’z shaxsiy rivojiga bo’lgan e’tibori nafaqat ta’lim sifatiga, balki
jamiyatning umumiy ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi. Shu sababli, har bir
o’qituvchi o’z kasbining tarbiyaviy kuchini chuqur anglab, doimo o’z ustida ishlashi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ochilov M. Muallim - qalb me’mori. - T.: O’qituvchi, 2001. - 430 b.
2.
Satib-Aldiyev A. Pedagogik atamalar izohli lug’ati. // O’quv-metodik
qo’llanma. -T.: TOUQBY, 2011. - 73 b.
3.
B. Ma’murov. Umumiy pedagogika// Barcha ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
darslik: -Toshkent 2020 118 b.
1
B. Ma’murov. Umumiy pedagogika// Barcha talim yonalishi talabalari uchun darslik: Toshkent 2020 118 b.