“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
88
XI-XIII ASRLARDA XORAZM VOHASIDA HUNARMANDCHILIK
SOHASI VA UNING TARAQQIYOTI
Yunusova Dilnoza Mametsharipovna
Toshkent amaliy fanlar Universiteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Xorazm vohasining Anushteginiylar davrida
ijtimoiy sohalardan biri hunarmandchilik va uning tarmoqlarga bo‘linishi hamda
rivojlanishi. Hunarmandchilikning Anushteginiylar davlati ijtimoiy taraqqiyotiga
ta`siri manbalar misolida yoritildi.
Kalit so‘z:
Anushteginiylar, Gurganj, zargarlik, arxitektura, qoshinsozlik, qandil,
me`morchilik, chitgar, arxeologiya.
Аннотация
В данной статье рассматривается одна из социальных сфер
Хорезмского оазиса в эпоху Ануштегинидов, а именно ремесло, его разделение
на отрасли и развитие. На примере источников проиллюстрировано влияние
ремесел на общественное развитие государства Ануштегини.
Ключевые слова:
Ануштегини, Гургандж, ювелирные изделия,
архитектура, изготовление плитки, люстра, архитектура, читгар, археология.
Abstract
This article examines the development and division of crafts, one of the
social spheres of the Anushteginid period in the Khorezm oasis. The influence of crafts
on the social development of the Anushteginid state is illustrated by the example of
sources.
Keywords:
Anushteginids, Gurganj, jewelry, architecture, tile-making,
chandelier, architecture, chitgar, archeology.
Xorazmshohlardan Takash va Alovuddin Muhammad hukmronligi yillarida
Gurganjning eng gullab yashnagan davri edi. Xorazmshohlar o‘z davlatining
istiqboliga katta e’tibor bilan qaraganlar hunarmandchilikning rivojlanishiga, savdo-
sotiqning kengayishiga homiylik qilganlar al-Kazviniy o‘sha davrda Gurganjda 50 dan
ortiq hunarmanchilik turi mavjud bo‘lganini va Gurganj hunarmandlari o‘z mahoratlari
jihatidan jahonda tengi yo‘q ekanliklarini aytgan
1
.
VIII—XII asrlarda O‘rta Osiyoda ilk O‘rta asr musulmon madaniyatining
shakllanishi, rivojlanishi va yuksak choʻqqilarga koʻtarilishida madaniyatlarning
oʻzaro ta'siri, qorishuvi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu davrda moddiy madaniyat,
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi asosida san'atning turli sohalari ham taraqqiy etdi,
arxitektura, oʻymakorlik, badiiy hunarmandchilik, musiqa, qoʻlyozma bezash kabi
sohalar yuksaldi. O‘rta asrdagi qator sayyohlar, tarixchilar bu davrda O‘rta Osiyo
1
Buniyadov Z.M. Anushtagin Xorazmshoxlar davladi, (1097-1231). T, «Adabiyot va sanat», 1997, 103- 104 бетлар.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
89
boshqa Sharq mamlakatlari ichida eng rivojlangan oʻlka boʻlganligi haqida hikoya
qiladilar. Bu oʻlkada koʻrkam shaharlar koʻp boʻlgan, suv inshootlariga, binolarga,
qurilishlarga boy boʻlgan, qishloq hoʻjaligi rivojlangan, hunarmandchilik taraqqiy
etgan.
Zargarlik hunarmandchilikning qadimiy va ananaviy sohalaridan biridir.
Zargarlik buyumlari xalqning etnik va axoloqiy ideallarini belgilab beradigan amaliy
san’atning ommaviy turlaridan biri. Zargarlik buyumlarini tasnifiy oʻrganish
Xorazmning antik davrdagi savdo iqtisodiy va madaniy aloqalardagi oʻrnini aniqlashda
hamda estetik hayotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Ko‘zaliqir, Bozorqal'a,
Qo'yqilganqal'a, Tuproqqal`a edgorliklaridagi arxeologik topilmalar guvohlik beradi.
Tuproqqala saroyidan shisha, anor, carnelian toshidan tayorlangan xilma-xil
munchoqlar va boshqa zargarlik buyumlari topilgan
2
.
Xorazmda o‘rta asrlarda hunarmandchilikning turli sohalari taraqqiy qilgan bo‘lsa
ham voha hali agrar davlat edi. Xalqning asosiy qismi dehqonchilik va chorvachilik
ishlari bilan shug‘ullangan. O‘rta asrlarda qishloq ho‘jaligi va hunarmandchilik
mahsulotlarini atrofdagi ko‘chmanchi xalqlar va Sharqiy Evropa davlatlariga eksport
qilish Xorazm iqtisodiyotining asosini tashkil etgan. Bu to‘grisida Arab sayyohi al-
Maqdisiy (X asr) “u juda ko’p shaharlarga ega bo’lgan, yoppasiga, keng va muhtasham
bir o’lkadir... Son-sonoqsiz uy-joy, tutash bog’lar, daraxtzor va ekinzorlar; uzum
sharbati siqadigan qurilmalar bor, meva mo’l, tijorat ahliga mol-hol bemalol…..
Darg’on shahri atrofidagi 500 tokzor daryo bo’ylab ikki farsah (11,4 km) ga cho'zilgan.
Shahardan kishmish tashqi savdoga chiqarilgan. Mizdahqon shahri 12 mingdan ortiq
rustoqlar (qishloq joylari) markazi bo’lgan
3
" deya tariflaydi.
O‘rta asrlarda jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar hunarmandchilik
sohalarining taraqqiyotiga ham ta'sir qildi. O‘rganilyotgan davrda Xorazm nafaqat
Markaziy Osiyodagi, balki Sharqdagi iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan
rivojlangan vohalardan biri edi. Vohaning shahar va qishloqlarida hunarmandchilik
markazlari qizg’in faoliyat olib bordi. Bu davrda hunarmandchilik tarmoqlarining
rivoji vohada iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyotiga zamin yaratdi. Ayniqsa, o’rta
asrlarda Xorazmda hunarmandchilikning sopolchilik, shishsozlik, to’qimachilik,
toshga ishlov berish, metalsozlik sohalari mahsulotlarni ishlab chiqarish alohida
ahamiyatga ega bo’lgan.
Ma’lumki, Anushteginiylar boshqaruvi davrida Xorazmda katta iqtisodiy va
madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xorazmshohlar davrida eski shaharlar bilan birga,
chegaradosh harbiy mudofaa qo‘rgonlari yonida yangi shahriston va rabodlar
2
Абдуллаев Т.П. XII-XV асрларда Хоразм ҳунармандчилиги. тарих фан. Номзоди. Дис 2011. Б.-247.
3
ТУРГАНОВ БАХЫТ ҚУРБАНБАЕВИЧ ХОРАЗМНИНГ ЎРТА АСРЛАРДАГИ МЕТАЛЛСОЗЛИК ҲУНАРМАНДЧИЛИГИ. Тарих
фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дис.- Самарқанд.2019.-Б.255.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
90
shakllandi. Yangidan qad rostlagan shaharlar atrof hududlar aholisiga dehqonchilik va
hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib bera boshladi
4
.
Tarixiy manbalarda X-XIII asrlarda Xorazm vohasi hududlari iqtisodiy va
madaniy jihatdan taraqqiy qilganligi to‘grisidagi ma‘lumotlar mavjud. Bu haqda ilk
manbalar Ibn Rusta, al-Istahriy, al-Maqdisiylarning asarlari, “Hudud al-olam” va
boshqa asarlar yetarlicha ma‘lumot beradi
5
.
O‘rta asrlar davri Xorazm hunarmandchiligiga oid ma’lumotlar C.P.Tolstov,
E.E.Nerazik,
H.H.Vakturskaya,
Yu.II.Manilov,
M.Sh.Qidirniyazov
singari
mutahassislarning ilmiy maqola va asarlarida o‘z aksini topgan. Bu boradagi
tadqiqotlar hanuz davom etmoqda. So‘nggi yillarda tadqiqotchi B.Q.Turganov
Xorazmning VIII-XIV asrlardagi metallsozli hunarmandchiligiga oid arxeologik
topilmalar va yozma manbalar ma‘lumotlarini tahlil qilib, metall buyumlarni
xronologik tavsiflash va davrlashtirish muammolariga o‘z e’tiborini qaratdi. Xorazm
kulolchiligi rivojining yangi bosqichi rivojlangan o‘rta asrlarlarga to‘gri keladi.
Xorazmshoh-Anushteginiylar davrida hamda Xorazm Chig‘atoy va Jo‘ji uluslari
tarkibiga kirgan davrda vohaning moddiy madaniyati tarixida kulolchilik ravnaq
topganligini ko‘ramiz. XII-XV asrlarda voha kulolchiligida uy sharoitida, qo‘lda
yasalgan idishlar ancha kamayadi va asosan, kulolchilik charhida yasalgan ommaviy
mahsulotlar va maxsus qoliplarda tayyorlangan qoshin tipidagi buyumlar idish-tovoq,
me’moriy bezak taxtachalari (maolika va mozaika), taqinchoqlar keng ommalashadi.
Ikkinchidan esa sopol buyumlar o‘z vazifasiga ko‘ra turlarga bo‘lindi. Shu bilan birga,
o‘rta asrlar Xorazm vohasi kulolchiligida o‘ziga hosligi bilan farq qiladigan jarayonlar
yuzaga kelganligini ham ta’kidlash joiz. Xorazm kulolchilik buyumlari qo‘shni
hududlardan topilgan shu turdagi mahsulotlar bilan solishtirib ko‘rilganda yaqqol
ko‘zga tashlanadi, ya’ni mahalliy buyumlar o‘zining shakli va bezalish uslubi jihatidan
boshqa mintaqalardan olingan buyumlardan ancha-muncha farq qiladi. XII-XV asrlar
sopol buyumlari, asosan, ho‘jalik va oshxona idishlaridan iborat. Oshxona idishlariga
hum, ko‘za, g‘ulcha, tog‘ora, kosa, piyola, likobcha, qozon kabi buyumlar ta`lluqli. XII
asrga kelib, Xorazm kulolchiligi o‘z taraqqiyotining eng yuqori nuqtasiga etadi va
qoshinsozlik hunarmandchiligi shakllanadi. Qoshinsozlik asosida uy-ro‘zgor
idishlaridan tortib, me`moriy bezaklar va taqinchoqlarga qadar buyumlar tayyorlangan.
Bu esa, o‘z-o‘zidan, yangi mahsulot turlarining ko‘payishiga olib kelgan.
6
.
XII-XIII asrlarda Markaziy Osiyoning shaharsozlik markazlarida qandil deb
nomlangan hamda yuksak badiy san’at darajasida tayyorlangan idishlar keng tarqaladi.
4
Эгамбердиева Н.А. Амударё ҳавзаси ҳудудларининг қадимги маданияти (мил.авв. VIII-мил. IV асрлар). Тарих фанлари доктори (DSc)
илмий даражасини олиш учун ёзилган дис. –Тошкент.2021. –Б.137.
5
Абдуллаев Т.П. XII-XV асрларда Хоразм ҳунармандчилиги. тарих фан. Номзоди. Дис.-Тошкент. 2011. Б.247.
6
ТУРГАНОВ БАХЫТ ҚУРБАНБАЕВИЧ ХОРАЗМНИНГ ЎРТА АСРЛАРДАГИ МЕТАЛЛСОЗЛИК ҲУНАРМАНДЧИЛИГИ. Тарих
фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дис.- Самарқанд.2019.-Б.255.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
91
Qandil tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, maxsus kuydirish tehnologiyasini bilishni
talab qilardi.
Hunarmandchilikning temirchilik sohasi. Xorazmda ko‘plab temir va mis
eritadigan hunarmandlar ustaxonalari, metalltoblaydigan o‘choqlar qoldiqlari ochib
o‘rganilgan. O‘rta asr yodgorliklaridan metall buyumlardan tayyorlangan, ho‘jalik va
qurilish ishlariga mo‘ljallangan oddiy metall buyumlardan tortib, san’at asarlari
darajasiga ko‘tarilgan idish-tovoqlar, chiroqlar singari buyumlar topib o‘rganilgan.
Yodgorliklarda mehnat qurollari, uy-ro‘zgor va ho‘jalik buyumlari,duradgorlik
asboblari, harbiy qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari,taqinchoqlar va ot-ulov
anjomlari majmuasi ko‘plab qayd qilingan.
Xorazmshohlar davlati tomonidan olibborgan son-sanoqsiz urushlar XI-XIII
asr boshlarida vohada, ayniqsa, temirchilik hunarmandchiligining taraqqiy qilishiga
sabab bo‘ldi. Yozma manbalar ma’lumotlari bu davrda Xorazm harbiy qurol-
aslahalar va harbiy uskunalar ishlab chiqarish borasida zamonasidan ancha oldinda
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Xorazm qo‘shini qilich, shamshir, kamon, nayza kabi
oddiy harbiy qurollar bilan birga, manjaniq (katapulta), dabbabat (qamal
mashinasi),toshbaqa
(devorbuzar
moslama),
salalim
va
boshqa
harbiy
mashinalardan foydalanganligi manbalarda o‘z aksini topgan
7
. Xorazm aholisi
qurol-aslahalar tayyorlashning bir qancha bosqichlaridan o‘tishgan. Qadimgi va
o‘rta asrlarlar davrida qurol-aslahalarning takomillashuvi davlatchilik siyosati bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan. Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlatining harbiy
salohiyati va qurol aslahalarga bo‘lgan ehtiyoji hunarmandchilikning temirchilik
yo‘nalishi rivojlanishining asosiy omili bo‘lib, uni yuqori cho‘qqiga ko‘tardi.
Xorazmda o‘rta asrlar davri temirchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni,
asosan, mehnat faoliyatini takomillashtirishga, hunarmandlar uchun qulay
asboblarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Bu esa vohadagi shaharsozlik jarayoni
omillaridan biri bo’lib, iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi hamda
hunarmandchilikning yuqori darajada bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Zarb etilgan tanga-chaqalarni ham Xorazm misgar ustalarining ajoyib
mahsulotlari qatoriga qo’shish lozim. Chunki Xorazmda qadim zamonlardan
boshlab savdo aloqalarida mis, kumush, oltin (o‘rta asrlarda)tangalardan
foydalanilgan. Ulardagi yozuvlar (qadimiy xorazm, arabcha) va ikonografik
tasvirlar (aniq bitilgan ma’buda, podshoh, hayvon, qush, quyosh,olov) voha
shaharlarida mohir o‘ymakorlar bilan birgalikda, ajoyib husnixat egalari ham
mavjud bo‘lganlngini tasdiqlaydi.
Shishasozlik hunarmandchiligi O‘rta Osiyoning urbanizatsiya markazlarida
kulolchilik va temirchilik mahsulotlari bilan bir qatorda, shishasozlik
7
ТУРГАНОВ БАХЫТ ҚУРБАНБАЕВИЧ ХОРАЗМНИНГ ЎРТА АСРЛАРДАГИ МЕТАЛЛСОЗЛИК ҲУНАРМАНДЧИЛИГИ. Тарих
фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дис.- Самарқанд.2019.-Б.255.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
92
hunarmandchiligi to‘grisida ham ma’lumotlar to‘plangan. O‘rganilayotgan davr
Xorazm shishasozlik buyumlari orasida yoshbolalar beshigi anjomlari “tuvak” va
“sumak”lar ham mavjud bo‘lib, bu davrlardayoq mahalliy aholi hayotida sanitariya-
gigiyena tushunchalarining yuqori bo‘lganidan dalolat beradi. Tuvak va sumaklar
narhi arzon buyumlar sanalgan va ko‘p ishlatilgan. Sopol idishlar orasida ham
tuvaklar uchraydi. “Tuvak” va “sumak”lar namunalari Ko‘hna Urganch,
Shemahaqa’la, Shehrliq, Mizdahqon, Shohsanam va boshqa yodgorliqlardan
ma’lum
8
. Ma’lumki, o‘rta asrlarlarda oddiy shisha idishlar ommabop tayyorlangan.
Shu bilan birga, san’at asari darajasiga ko‘tarilgan ayrim shisha idishlar ham
mavjudlignni ta’kidlash lozim. Ularning ko‘pchiligi mahalliy shishasozlar tarafidan
tayyorlangan bo‘lsada; Vizantiya, Suriya, Iroq an’analari ta’sirida shakllanib,
mazkur buyumlarning yorqin namunalari sifatida namoyon bo‘ladi. Tashqaridan
olib kelingan shisha buyumlar vohaning shahar aholsi turmushida uy-joylarning
maxsus tokchalarini bezashda foydalanilgan. Ibn Battuta o‘zining “Sayohatnoma”
asarida xorazmliklarning mehmondo‘stligini maqtab shunday yozadi: “... bu
shaharda (Gurganj) bo‘lgan vaqtimda biz qozi Abu Hafs Umar al-Baqriy uyiga juma
namozidan so‘ng tashrif buyurdik. Qabulxonasi chiroyli gilamlar bilan bezatilgan,
devorlari tokchalarida oltin suvi yuritilgan kumush idishlar va iroqi(shisha) ko‘zalar
qo‘yilgan edi”
9
. Sayyoh boshqa bir joyda Xorazm amiri Qutlug‘ Temur
qabulxonasidagi noz-ne’matlarni ta’riflar ekan,“Tozalangan anor donalari ichiga
tilla qoshiqlar solingan oltin va kumush idishlarda, bir qismi esa iroqi shisha
idishlarda tortildi”
10
, - deya takidlaydi. Umuman olganda, Xorazm o‘rta asrlarda
(XII-XV asrlar) iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi o‘z salohiyati bilan ko‘plab
hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan.
Manbalarda vohada o‘rta asrlarda shaharsozlik va me’morchilikda yog‘ochdan
qurilish materiali sifatida foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bor. Arab
yozma manbalari Xorazmning yog’och sozlik hunarmandchiligi to‘grisida oz
bo‘lsada, ma’lumot beradi. Jumladan, Ibn Fadlan, al-Maqdisiy, al-Yoqut kabi o‘rta
asr tarixchi-geograflarining asarlarida shu haqda ma’lumotlar uchraydi. Yoqut al-
Hamaviy Xorazmnnig shahar va qishloqlarida o‘zi guvoh, bo‘lgan uy-joylar
qurilishi ishlarida to‘xtalar ekan, “...Ularning turar joylari yog‘ochdan quriladi,
so‘ng oralarida oftobda quritilgan hom g‘ishtlar bilan mahkamlanadi. Bunday uy-
joylar ko‘pchilikni tashkil qiladi”
11
, deya ma’lumot beradi. Kemasozlikda, shahar
darvozalari kabi katta obyektlarni qurishda ham yog‘ochdan foydalanilgan. Bunda
ular, yuqorida aytilganidek, temir parchinlar, mix, zulfin va kursovlar yordamida
mahkamlagan.
8
Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-удабо. Миср, 1925, 1929, 1931
9
Ne'matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati .-T,1993. 104 bet.
10
Ne'matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati .-T,1993. 104 bet.
11
Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-удабо. Миср, 1925, 1929, 1931
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
93
Yozma manbalar ma’lumotlariga tayangan holda, Xorazmshohlar davrida
harbiy qurol-aslahalar va harbiy mashinalar ishlab chiqarish yuqori darajada
bo‘lganligini yuqorida aytib o‘tgan edik. Albatta, harbiy mashinalarning alohida
qismlarini tayyorlashda qattiq yog’ochlardan ham keng foydalanilgan.
“Sayohatnoma” muallifi Ibn Battutaning Xorazm amiri Qutlug‘ Temyr saroyi
hususidagi quyidagi ma’lumoti ham ushbu fikrni tasdiqlaydi:“...keng qabulxonasi
va uy xonalarining aksariyati yog‘ochdan ishlangan. Keyin esa gumbazi o‘ymakor
yog‘ochdan ishlangan kichikroq xonaga kirdik”
12
. Duradgorlar yog‘ochga ishlov
berish va o‘ymakorlik ishlarida biz yuqorida tadqiq qilgan temirsozlik mahsuloti va
randalardan foydalanishgan. Bu esa o‘rta asrlarda qurilish ishlari va maishiy talablar
asosida hunarmandlarning ayrim ixtisoslashgan guruhlari vujudga kelishiga olib
kelgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yozma manbalar ma’lumotlari va arxeologik
qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilgan ashyoviy dalillar hunarmandchilik
sohasining boshqa tarmoqlari ham bo‘lganligini ko‘rsatadi.
To‘qimachilik, suyakni qayta ishlash, ko‘nchilik (teri oshlash,unga ishlov
berish va mahsulotlar tayyorlash) va hunarmandchilik bilan bog‘liq boshqa kasblar
shular jumlasiga kiradi. Yozma manbalar, xususan, al-Maqdisiy “Ahsan at-
taqosim...” asarida Xorazmda ipak aralashmasidan to‘qilgan yo‘l-yo‘l matodan
(“olacha”) tikilgan kiyimlar, gilamlar, nafis parchalar tayyorlanishi haqida yozsa,
al-Istahriy va “Hudud al-Olam”muallifi bu yerda (Xorazmda) chetga chiqariladigan
paxta va jun matolar (qarbos) ko‘plab ishlab chiqarilishi hususida ma’lumot
beradilar
13
. Vohada bo‘z va olacha matolari XIX asrlarning oxirlariga qadar, ya’ni
rus manufakturasi mahsulotlari kirib kelguncha mahalliy sharoitda tayyorlangan.
Yoqut al-Hamaviyning mo‘gullar bosqinidan avvalgi Xorazm haqidagi
ma’lumotlariga e’tibor qilsak, muallif o‘z asarida “...daraxtlarining ko‘pi tut va
terakdir, tut ipak qurti uchun ozuqa” deya, vohadagi to‘qimachilik
hunarmandchiligining bir sohasi bo‘lmish ipakchilikning hom ashyo manbasi
to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldiradi. Manbalarda qayd qilingan “qarbos”paxta
gazlamasi bo‘lib, o‘zbek xalqi to‘qimachilari tomonidan “bazz, bo‘z”shaklida
talaffuz qilinadi. Arzon va amalda ko‘p foydalanilgan ushbu mato etnografik
ma’lumotlarda “chit” nomi bilan ham tilga olinadi. Xiva xonligida gazlama
to‘quvchilarning ixtisoslashgan chitgarlar guruhi mavjud bo‘lgan. “Chitgar”
atamasi tarixiy-etnografik ma’lumotlar va arxiv materiallaridan ma’lum.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘rta asrlarlarda Xorazm o‘zining iqtisodiy
salohiyati bilan ko‘plab hunarmandchilik sohalarini rivojlantirishga qodir edi.
12
Ne'matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati .-T,1993. 104 bet.
13
Ne'matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati .-T,1993. 104 bet.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
94
Yozma manbalarda ko‘nchilik bilan bog‘liq ma’lumotlar ham uchraydi.
Jumladan, al-Maqdisiy Volga bo‘yi Bulg’oriyasidan Xorazmga oq qayn po‘stlog‘i
keltirilishi haqida ma’lumot beradi. Oq qayin po‘stlog‘i o‘ramlari Shemahaqal’a,
Ko‘hna Urganch, Oy ota, Jampiqqal’a, Mizdahqon yodgorliklarida qayd etilganligi
ushbu ma’lumotni tasdiqlaydi.
A.Yu.Yaqubovskiy ta’kidlaganidek, oq qayin po‘stlog‘idan mahalliy sharoitda
teri oshlashda foydalanilgan. bu kabi moslamalar terini qayta ishlash jarayoni bilan
aloqador. Yakka Porson, Jampiqqala, Mizdahqon va boshqa yodgorliklardan teridan
tayyorlangan poyabzal, qayish, tasma kesmalari topilgan. Bu esa Xorazmning
rivojlangan o‘rta asr shaharlarida hunarmandchilikning ko‘nchilik sohasi mavjud
bo‘lganligidan dalolat beradi
14
.
Ma’lumki, Xorazm Sharqiy Yevropa, O‘rta yer dengizi hamda Sharq
mamlakatlari bilan olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim o‘rin
tutgan. Takashning Xorazm sarhadlarini kengaytirish va qudratli harbiy davlat
barpo etish siyosati uning vorisi Alovuddin Muhammad (1200-1220) tomonidan
davom ettirilib, Movarounnahrni qo‘shib olish bilan yakunlandi. XII-XIII asr
boshlarida hukmronlik qilgan Xorazmshohlar-Anushteginiylar sulolasi vakillari
tuzgan markazlashgan kuchli davlat imperiya Iroqdan Hindistongacha, Mang‘ishloq
va Orol dengizidan Hind okeanigacha cho‘zilgan keng geografik hududlardagi
beqaror vaziyatni izga solishi bilan birga voha aholisining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Xorazmshohlar davlati
tarkibiga jalb qilingan katta hudulardagi 400 ga yaqin shaharlar va vohalar o‘zaro
integratsiya jarayonlariga kirishdi. Bepoyon katta hududning markazlashuvi
iqtisodiy hayotning faollashuviga, shaharlarning kengayishiga, hunarmandchilik va
savdo madaniyatining rivojlanishiga olib keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-удабо. Миср, 1925, 1929, 1931.
2.
Ne’matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O`rta Osiyoga sayohati .-T,1993. 104
bet.
3.
Бунёдов З. Ануштегин Хоразмшоҳлар давлати. – Тошкент: Ғофур Ғулом
номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1998. – Б 205.
4.
Ғуломов Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон ССР
Фанлар Академияси нашриёти. 1959. – Б 102.
5.
Неразик Е.Е. К проблеме развития городов Хорезма // Вкн.: Культура и
искусство древнего Хорезма. - М.: Наука, 1981. – C. 219-227.
6.
Бобоев Ҳ., Хидиров З. ва бошқалар. Ўзбек давлатчилиги тарихи (2-китоб). –
Тошкент: Фан ва технология. 2009. Б- 85-86.
14
Зиё А. Узбек давлатчилиги тарихи. - Т.: 2000.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-80, Issue-1, April -2025
95
7.
Абулғозий. Шажарайи турк. // Мерос туркумидан. – Тошкент: Мерос, 1992,
19-21- бетлар.
8.
Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. - Т.: 2000.
9.
Эгамбердиева Н.А. Амударё ҳавзаси ҳудудларининг қадимги маданияти
(мил.авв. VIII-мил. IV асрлар). Тарих фанлари доктори (DSc) илмий
даражасини олиш учун ёзилган дис. –Тошкент.2021. –Б.137.
10.
Абдуллаев Т.П. XII-XV асрларда Хоразм ҳунармандчилиги. тарих фан.
Номзоди. Дис.-Тошкент. 2011. Б-247.
11.
Турганов Бахыт Қурбунбуевич. Хоразмнинг ўрта асрлардаги металсозлик
ҳунармандчилиги. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун
ёзилган дис.- Самарқанд. 2019. - Б-255.