Barcha maqolalar
Islom shariatida huquqlar taqsimoti
Insoniyatning muqaddas kitoblarini anglashda madaniyatlar dialogi
Maqolada insoniyatning Muqaddas kitoblari va Qur'ondan boy materiallardan foydalangan holda, xususan, adabiy aloqaning zamonaviy o'ziga xos muammolarini tushuntirishda madaniyatlar muloqotining muhim jarayoni muammolari ko'rib chiqildi. Qur’oni Karimdagi madaniy va timsoliy matnning mohiyatini abadiy ma’naviy qadriyatlar kvintessensiyasi sifatida ochib berish, islom ma’naviyati va umuminsoniy g‘oyalarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirib, insoniyatning umuminsoniy qadriyatlar koordinatalarini aniqlashga yordam beradi va bu hodisani tahlil qilishning ahamiyati va zarurligini tasdiqlaydi.
IMOM AL-BUXORIY: IX ASR O‘RTA OSIYO TARIXIDA HADIS ILMINING TARIXIY POYDEVORI
Ushbu maqola IX asr O‘rta Osiyo tarixida Imom Al-Buxoriyning hadis ilmidagi o‘ziga xos o‘rnini yoritadi. Buxoroda tug‘ilgan Al-Buxoriy otasi Ismoil va o‘z davrining yetuk muhaddislaridan ta’lim olib, ilmiy faoliyatini boshlagan. 16 yoshida Makkaga safar qilib, keyin Madinada mashhur ulamolardan saboq olgan. Uning “Sahih al-Buxoriy” asari sahih hadislarni tizimga solib, hadis ilmining eng muhim manbayi sifatida e’tirof etilgan. “Al-adab al-mufrad” odob-axloqni, “At-tarix al-kabir” esa O‘rta Osiyo ilmiy muhitini aks ettiradi. Al-Buxoriyning rihlat safarlari va ilmiy metodologiyasi islom olamiga ulkan meros qoldirdi. Maqola uning faoliyatini tahlil qilib, hadis ilmining tarixiy poydevorlarini ochadi va “Al-jome as-sahih”ning keyingi avlodlarga ta’sirini ko‘rsatadi.
Diniy va dunyoviy sohalarda totuvlikka ta'sir etuvchi omillarni aniqlash
Dafn an’analarining Ustrushona aholisi ma’naviy diniy hayotidagi o‘rni xususida
Ustrushona aholisining ma’naviy hayoti – diniy e’tiqodlari, aholi diniy tasavvurlari va mifologik qarashlari turli urf-odat va marosimlarga juda boy bo‘lib, bu udum va marosimlarda aholining yashash tarzi bilan bog’liq an’analari haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Bibleistikada diniy manbalarni o‘rganishda ilmiy-tanqidiy metodlardan foydalanishning ahamiyati
Maqolada zamonaviy bibleistika (yoki isagogika)ning yo‘nalishidan biri bo‘lgan – Bibliya matnlari tanqidining nazariy va metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Jumladan uning, tekstologik, tarixiy, adabiy, manbaviy, an’anaviy va tahririy tanqid yondashuvlari keltirib o‘tilgan. Bunday yondashuv va nazariy asoslar bilan diniy manbaning yaratilish va tarqalish vaqtlarini identifikatsiya qilishga yordam beradi.
Aspects of a historical and cultural commonness of the countries of Central Asia
- Orqaga
- 26-32 / 32