Barcha maqolalar

377-380 32 0

“TASHQI SIYOSAT VA MINTAQAVIY HAMKORLIK”

Lutfullo Ilmiddinov
Ushbu maqola orqali hozirgi kunda O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan iqtisodiy integratsiya, xavfsizlik va barqarorlik, madaniy va ilmiy aloqalar, shuningdek, faol tashqi siyosat yuritishning ijobiy tomonlari qisqacha yoritib berilgan.
225 0

“TARJUMON” ASARINING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI

Kamola Temirova
Ushbu maqolada turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi va shakllanishini o‘rganishda muhim manbalardan biri, arab tilida yozilgan filologik asar – XIV asr obidasi “Tarjumon” asari tahlilga tortilgan. Shuningdek, “Tarjumon” asarining leksikografiyaga qo‘shgan hissasi va asarda keltirilgan leksik birliklar, jumladan, gastronomik birliklarning leksikografik tadqiqi haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
1-6 157 0

“TARIXIY SALIMIY” - BUXORO TARIXI OID MUHIM MANBA

Isomiddin Jo’rayev
Mirza Salimbekning asosiy ahamiyatga ega bo`lgan memuar asar hisoblanmish “Tarixi Salimi” asari yagona nusxada qo`lyozma shaklidadir. Bu qo`lyozma Buxoro amirliginining oxirgi yillarini aks ettirgan. Mirzo Salimbek mazkur asarni 1917-1920-yillar davomida yozilgan bo`lib, qo`lyozmaning bir necha joylarida o`zi guvohi bo`lgan tarixiy sanalarni sharhlab bergan. Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo`jayev, Fitratlarning Buxoro amiri to`g`risidagi yozgan tarixiy voqealari Mirzo Salimbekning mazkur memuar asari kabi voqealarni to`liq aks ettirmaydi. Chunki ular Buxoroda yuz bergan siyosiy voqeliklarnigina aks ettirishgan.
1-9 135 0

“TARIXI SALIMIY” ASARIDA AMIR MUZAFFAR FARZANDLARINING TARJIMAI HOLI

Murodjon Qurbonov
“Tarixi Salimiy” asarida Buxoro amirligining so‘nggi uch mang‘it hukmdorlari: Muzaffar (1860-1885), Abdulaxad (1885-1910) va Olimxon (1910-1910) davridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi haqida qimmatli va batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu xotiralar muallifi, zikr etilgan uch amir davrida yashagan Mirza Rahimning o‘g‘li Salimbek Mirza (1848-1930) ular qo‘l ostida xizmat qilgan, yuqori davlat lavozimlarida ishlagan.
800-803 232 0

“TARBIYAI ATFOL” JAMIYATI VA MUNZIM

Maqsud Beshimov
Mazkur maqolada Buxoroda tashkil etilgan “Tarbiyai atfol” jamiyati to’g’risida bo’lib, undagi Munzim va boshqa yosh buxoroliklarning faoliyati, jamiyat tomonidan ilgari surilgan dolzarb masalalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bu jamiyat to’g’risidagi zamondoshlarining fikrlari ham iqtibos qilingan.
553-556 27 0

“SUD-HUQUQ ISLOHOTLARI VA YURIDIK YORDAM TIZIMINING RIVOJLANISHI: ADVOKATURA INSTITUTINING ROLI VA FUQAROLARNING HUQUQIY HIMOYASI.”

Sardorbek Fayzullayev
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va ularning yuridik yordam tizimini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning adolatli sud himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini kengaytirish, advokatura institutini rivojlantirish, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam tizimini takomillashtirish kabi masalalar chuqur o‘rganilgan. Yuridik yordam tizimining amaliy va institutsional muammolari, ularni bartaraf etish yo‘llari, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar keltirilgan. Maqola sud-huquq islohotlarining zamonaviy bosqichda yuridik yordam tizimi bilan uyg‘unlashuvini yoritib, mazkur yo‘nalishdagi integratsion jarayonlar va huquqiy rivojlanishning dolzarb jihatlarini ochib beradi.
148-150 46 0

“SMART-PATRONAJ: AHOLI SALOMATLIGINI MASOFAVIY NAZORAT QILISHNING MILLIY MODELI”

Mardonbek Axmedov
Ushbu ilmiy ishda patronaj xodimlarining faoliyati, bemor monitoringi, ularning reytingi va tibbiy xizmat sifatini oshirish mexanizmlari chuqur tahlil qilingan.
Diagrammalar asosida xizmat ko‘rsatish samaradorligi, bemorlar bilan ishlash dinamikasi va patronaj tizimining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqotda amaliy kuzatuvlar, monitoring natijalari va statistika ma’lumotlari asosida patronaj tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
1111-1116 140 0

“SIROJ UL-MUSLIMIN” ASARIDA ROʻZA MASALALARINING BAYONI

Nargiza Hamrayeva
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari mazmun-mohiyati, roʻza ibodati masalalari bayon etiladi. Asarda roʻzaning ahamiyati, uning diniy va maʼnaviy maqsadlari, shuningdek, roʻza sababli inson nafsini tiyish va taqvoni oshirish kabi jihatlar yoritilgan.
247 0

“SINCHALAK” QISSASINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Sabina Ruziyeva
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Sinchalak” qissasining til xususiyatlari,asardagi so’zlarning o‘quvchiga ko’rsatadigan pragmatik ta’siri hamda ifodalaydigan ma’nolar ko’rsatib o’tiladi.
1159-1163 75 0

“SHUM BOLA” QISSASIDA QO‘LLANILGAN MAISHIY LEKSIKA TADQIQI

Madina Muhammadiyeva
Ushbu maqolada Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi tili misolida o‘zbek tilining maishiy leksik qatlamiga oid birliklar leksik-semantik va tarixiy-etimologik jihatdan tahlil etilgan. Asarda ishlatilgan uy-roʻzgʻor buyumlariga oid soʻzlar (ignа, paqir, kosa, gʻalvir, o‘choq, o‘qlov va b.) o‘zining qadimgi turkiy ildizlari, fonetik o‘zgarishlari hamda ko‘chma ma’nolari orqali xalqning madaniy-maishiy hayotini aks ettiradi. Tahlil natijalarida bu leksik birliklarning semantik taraqqiyoti, nutqiy holatdagi variantlari, arxaik shakllari va iboraviy qo‘llanishlari ochib berilgan. “Shum bola” asaridagi maishiy leksika o‘zbek xalqining tarixiy tafakkuri, ijtimoiy hayoti va kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi muhim lingvistik manba sifatida qaraladi.
17-21 44 0

“SHAXSIY ERKINLIK VA XAVFSIZLIK HUQUQI: KONSTITUTSIYAVIY HIMOYANING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI”

Sora Mingyasharova, Mushtariy Jamshidova
Ushbu maqola Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxsiy erkinlik va shaxsiy xavfsizlik huquqining nazariy-huquqiy asoslarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi.
Tadqiqotda insonning tug‘ma va ajralmas huquqi sifatida e’tirof etilgan shaxsiy erkinlikning huquqiy tabiati, uning mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaviy normalar orqali ta’minlanish mexanizmlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, shaxsning noqonuniy hibsga olinishi, asossiz javobgarlikka tortilishi yoki erkinligining turli shakllarda cheklanishi ustidan samarali himoyani ta’minlovchi protsessual kafolatlar, jumladan sud nazorati, advokat yordami, habeas corpus instituti va odil sudlov prinsiplari keng tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy konstitutsiyaviy rivojlanish jarayonlari, xalqaro inson huquqlari standartlari (Xalqaro paktlar, Yevropa va Amerika konvensiyalari tajribasi) hamda milliy qonunchilik o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari qiyosiy uslubda ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy xavfsizlik huquqining amaliy jihatlari, xususan, davlat organlarining majburiyati, ularning protsessual vakolatlarini cheklash, inson sha’ni va qadr-qimmatini asrashga doir huquqiy mexanizmlar ham batafsil ochib beriladi.
Muallif zamonaviy konstitutsion yondashuvlarda shakllanib borayotgan yangi tamoyillar — inson huquqlarining ustuvorligi, davlatning javobgarligi, huquqni suiiste’mol qilishga qarshi kafolatlar, raqamli xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligining kuchayib borishi kabi tendensiyalarni ham tahlil qiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy erkinlik va xavfsizlik huquqlarining inson manfaatlari yo‘lida samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-huquqiy xulosalar va takliflar ishlab chiqiladi. Maqola inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislar, yuridik ta’lim olish jarayonidagi talabalar, amaliyotchi yuristlar hamda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga qiziqayotgan barcha o‘quvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
844-847 96 0

“SHÁRYAR” DÁSTANÍNDA SOMATIKALÍQ FRAZEOLOGIZMLERDIŃ QOLLANÍLÍWÍ

Gúljáhán Allambergenova, Gúlparshın Joldasbaeva
Dástan tilinde qollanılǵan frazeologizmler arqalı belgili bir dáwirdegi jámiyetlik-tariyxıy turmıs, mádeniyat belgileri saqlanadı. Solay eken, xalıq dástanlarınıń tilindegi frazeologiyalıq sóz dizbeklerin úyreniw arqalı sol xalıqtıń tariyxı hám tili, onıń rawajlanıw basqıshları tuwralı bahalı maǵlıwmatlar alıwǵa boladı. Bul maqalada qaraqalpaq xalıq dástanlarınıń biri bolǵan "Sháryar" dástanındaǵı somatikalıq frazeologizmler, dástan tilinde qollanılıw ózgeshelikleri, bul turaqlı sóz dizbekleriniń jumsalıw ózgeshelikleri analiz etildi.
1024-1027 201 0

“SHARQ RENESANSI” DAVRI MAVZUSINI “FIKRIY HUJUM” METODIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO’LLARI

Munira Gadayeva
Ushbu maqolada “Sharq renesansi” davri mavzusini “Fikriy hujum” metodidan foydalanishning samarali yo’llarIga doir ma’lumotlar berilgan.
1503-1506 938 0

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING UMUMIY TAVSIFI

Sohiba Quvondiqova
Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” dostoni tahlil qilinadi. Asarning umumiy hajmi, tuzilishi, janr xususiyatlari hamda tarixiy va diniy manbalarga asoslangani ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Dostonning Qurʼoni Karimdagi Zulqarnayn haqidagi oyatlar bilan bogʻliqligi, shuningdek, unda Iskandar obrazining badiiy-falsafiy talqini ochib beriladi. Asar orqali adolatli va ilmli rahbar timsoli yaratilib, o‘zbek epik an’analarida yangi bosqich boshlab berilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, dostondagi g‘oyaviy mazmunning bugungi davr uchun ham dolzarbligi asoslab beriladi.
1102-1105 247 0

“SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA ANTROPONIMLAR SEMANTIKASI.

Hurriyat Urmonova
Onomastika (nomshunoslik) ning eng katta va asosiy qismini antroponimlar egallaydi. Antroponimlar ham bir kategoriyadir. O‘z ichida yana mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Maqolada Navoiyning “Sab’ai sayyor”idan antroponimlarning sodda va qo‘shma shakllariga misollar keltirilgan.
1-9 1279 0

“RAQAMLI OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Aktam Xolov, Faxriddin Abdusalyamov
Mazkur maqolada “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirishning mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, Raqamli texnologiyalar milliy bozori va axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka oshirishni rivojlantirish masalalari sharhlangan hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasin samarali amalga oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
111-114 174 0

“RAMAYANA” EPOSIDA OBRAZLAR TIMSOLI

Mahzuna Saidova
Ushbu maqolada qadimgi hindlarning mashhur eposi hisoblanmish “Ramayana” eposi haqida, shu bilan birga asarda ishtirok etgan har bir obrazlar, qahramonlar haqida hamda ularga xos xususiyatlar, ularning ta’rifi va tavsifi haqida so`z yuritilgan.
250-254 60 0

“QURILISH SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYASI: “YASHIL IQTISODIYOT” TASHABBUSLARI ORQALI ATROF-MUHITGA TA'SIRNI KAMAYTIRISH”

Feruza Raxmonova
Qurilish sohasining o‘sishi, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, uning tez sur'atlar bilan o‘sishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqot qurilish sohasining barqaror rivojlanish strategiyalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa "yashil iqtisodiyot" tashabbuslari orqali qurilish faoliyatining ekologik ta’sirini kamaytirish imkoniyatlariga diqqat qaratadi. Tadqiqot, xalqaro tajribalarni va mahalliy imkoniyatlarni tahlil qilib, qurilish sohasida atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun samarali yechimlarni aniqlashni maqsad qilgan. Innovatsion texnologiyalar, tartibga solish tizimlari va eng yaxshi amaliyotlarni tadbiq etish orqali, O‘zbekiston qurilish sohasini ekologik jihatdan mas'uliyatli va barqaror qilish yo‘llarini izlaydi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni iqtisodiy o‘sish va ekologik muhofazani birlashtirgan holda global barqarorlik maqsadlariga erishishga yordam beradi.
490-492 126 0

“QO’RQUT OTA” VA BOSHQA DOSTONLARIDAGI TURKIY XALQLAR MIFOLOGIYASI TAHLILI

Bahora Avazberdiyeva
Maqolada turkiy xalqlarning dostonlari va afsonalari asosida turkiy xalqlar mifologiyasi tahlil qilindi. “Qo’rqut ota” kabi boshqa bir qator turkiy xalqlar dostonlaridan keng foydalanildi.
293-296 34 0

“QIYOMAT” ROMANIDA INSONIY FAZILATLARNING AKS ETISHI

Mahliyo Alimardonova
Ushbu maqolada “Qiyomat” romanida insoniy fazilatlarning badiiy talqini, inson xarakterining murakkab qatlamlari va axloqiy tanlovlar tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan personajlar orqali ezgulik va yovuzlikning ichki kurashi tasvirlangani ilmiy asosda yoritiladi.
Muallifning badiiy mahorati, obrazlar tizimi va psixologik tasvir orqali insonning ijtimoiy hamda ma’naviy mohiyati ochib beriladi. Romandagi axloqiy qarama-qarshiliklar jamiyat hayotidagi real jarayonlar bilan bog‘lanib o‘rganiladi. Asarda vijdon, adolat, sabr, mehr, insonparvarlik kabi fazilatlarning o‘zaro uyg‘unligi ilmiy jihatdan sharhlanadi. Tadqiqot natijalarida insoniy fazilatlar badiiy tasvirning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini belgilashi isbotlanadi.
Maqola roman personajlari misolida ijtimoiy-ruhiy jarayonlarning badiiy ifodasi tahlil qilingan.
266-268 105 0

“QATTIQ JISMLARNING ELEKTR XOSSALARI” MAVZUSINI DARSLARDA QO‘LLASH

Ruxsora Amonova
O`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda qattiq jismlar fizikasining hozirgi paytdagi istiqbollari to`g`risida tushunchalar yaxshi natija beradi. Mazkur maqolada «Qattiq jismlar xossalari» xususida ayrim ma’lumotlar berishga harakat qilindi.
1191-1193 94 0

“PEDAGOGNING MAQOMI TO`G`RISIDA”GI QONUNDA INSON HUQUQLARINI AKS ETISHI

Xurshid Fayziev
Ushbu maqolada “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi qonunning o’ziga xos xususiyatlari va ushbu qonunda inson huquqlarini ifodalanishi haqida so`z yuritilgan.
93-98 308 0

“Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari

Nilufar Isakulova

Mazkur maqolada “Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Kategoriya, tushuncha va terminlaming izohi o’rganilgan. Pedagogika kategegoriyalari tasnifi keltirilgan. Pedagogika kategoriyalari nazariy kategoriyalar, empirik kategoriyalar, tarixiy kategoriyalar, fanlararo kategoriyalar, integrativ kategoriyalar, sohalararo kategoriyalar, umumiste’moldagi kategoriyalarga ajratilgan.

166-169 108 0

“PADARKUSH” DRAMASINING BADIIY G'OYASI XUSUSIDA

Yulduz Xaitova
Jadidchilik harakati xalqni jaholatdan uyg'otish, ma'rifatli qilishni o'z oldiga maqsad sifatida qo'ygan. Xalqning ijtimoiy rivojlanishi va mustamlakachilikka qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan Mahmudxo'ja Behbudiy bu yo'lda teatr san'atidan xalqqa ko'zgu tutish yo'lida foydalangan. Uning “Padarkush” dramasi ana shu g'oyalarni o'zida mujassam etgan, o'qimagan bolaning ahvolini ifoda etadi. Maqolada dramaning badiiy g'oyasi haqida tahlillar va mulohazalar bildiriladi.
53-57 130 0

“O‘zbek” davlatchiligi tarixida ayollarning o‘rni va roli

M Abulova

Mazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan. Unda davlatchiligimiz tarixida munosib o‘rin egallagan dono, oqila va jasur ayollarimizning davlatni bodhqarish, xalqni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, farzandlar tarbiyasi va harbiy sohani rivojlantirish haqidagi faoliyatlari manbalar asosida ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan.