ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
“COVID-19” INFEKTSIYASINI DAVOLASH UCHUN ISHLATILGAN
DORILARNING O’ZBEKISTON BOYICHA FARMAKOEPIDEMIOLOGIYASI
Mavlyanov I.R., Olimov A.R.
Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
2020 yil mart oyida jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Coronaviridae oilasining
RNK o'z ichiga olgan SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan yangi koronavirus infektsiyasi
(COVID-19) pandemiyasini e'lon qildi. SARS-CoV-2 asosan havo tomchilari orqali tez
tarqaladi. Kasallikning og'irligi engil yoki o'rtacha og'ir shakllardan nafas olish etishmovchiligi
bo'lgan og'ir virusli pnevmoniyaga qadar belgilanadi.
2020 yil fevral oyida JSST yirik randomizatsiyalangan klinik tadkikotlarda COVID-
19 davolash usullarini baholashni tavsiya qildi. Eng keng ko'lamli va ahamiyatlilaridan biri
buyuk Britaniyaning RECOVERY milliy tadqiqoti bo'lib, kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda
gidroksiklorokin (gdz) klinik samaradorligi yo'qligini ko'rsatdi, uning natijalari 2020-yil 5-
iyunda e’lon qilindi. Keyinchalik, 2020-yil 29-iyun kuni lopinavir + ritonavir
kombinatsiyasining samaradorligi yo'qligi e'lon qilindi.
JSST tomonidan boshlangan yana bir tadqiqot SOLIDARITY ning natijalari
kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda GDZ va lopinavir + ritonavir kombinatsiyasidan
foydalanishning samarasizligini va ularning bemorlarning omon qolishiga ta'siri yo'qligini
tasdiqladi. Shunungdek, tadqiqotlarda aniqlanishicha Interferon (IFN)- P -1a ni monoterapiya
shaklida yoki lopinavir bilan birgalikda, shuningdek remdesivirni qo'llash o'limni kamaytirmadi,
bu faqat kasallikning davomiyligini qisqartirdi.
COVID-19 ni davolashda etarli tajriba to'plangan hozirgi bosqichda, ushbu
infektsiyaga qarshi vaktsinalar ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda, shuningdek,
retrospektiv tahlilni va shunga mos ravishda chuqur tahlilni talab qiladigan bemorlar uchun juda
ko'p materiallar mavjud.
Shu munosabat bilan tuzilish nuqtai nazaridan O’zbekistonning ayrim mintaqalarida
kasallikning og'irligi va natijalariga qarab 2020-2022 yillarda COVID-19 bilan kasallangan 32
ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
bemorlarni davolash uchun foydalanilgan dori vositalarini kasallik tarixi materiallarini o'rganish
va tahlil qilish orqali o’rganish rejalashtirildi.
Tadqiqotning maqsadi kasallikning og'irligini hisobga olgan holda, COVID-19 bilan
kasallangan bemorlarni davolash uchun ishlatiladigan dori vositalarining farmakoepidemiologik
xususiyatlarini aniqlash va baholashdan iborat bol’di.
2020 yildan "COVID-19, virus aniqlanib (U07.1)" tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan
bemorlarning kasallik tarixini retrospektiv tahlil qilish amalga oshirildi. O’zbekistonning 14
mintaqasidagi tibbiy muassasalarda statsionar davolanayotgan bemorlar to'g'risidagi ma'lumotlar
to’plandi va tahlil qilindi.
Tibbiy yordam ko'rsatish standartlari bilan bog'liq ravishda kasalxonaga yotqizish
davomiyligi farq qilmadi va o'rtacha 14,4±4,2 kunni tashkil etdi (M - 14). SARS-CoV-2 RNK PCR
testining birinchi salbiy natijasini olish uchun o'rtacha vaqt kasallik boshlanganidan 11,8±5,1
kunni tashkil etdi. Kasallikning boshlanishidan bemorlarni kasalxonaga yotqizishgacha bo'lgan
o'rtacha vaqt 4,1±3,4 kunni tashkil etdi (M - 4).
Gospitalizatsiyagacha bo’lgan davrda bemorlarning 52%i simptomatik terapiyani (steroid
bo'lmagan yallig'lanishga qarshi va yo’talga qarshi dorilar) qabul qilgan, kasalxonaga yotqizish
paytida esa simptomatik terapiya (steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilar va yo'talga
qarshi dorilar va boshqalar) olgan bemorlarning ulushi 100% gacha ko'tarilgan.
Gospitalizatsiyagacha bemorlarning 11,2%i davolashda antivirus preparatlarni qo'llagan bo’lsa,
kasalxonaga yotqizish paytida esa ular 71,8% ni tashkil etgan. Shuni yodda tutish kerakki,
bemorlarning 25,8 foizi COVID-19 uchun tavsiya etilganlar ro'yxatiga kiritilmagan boshqa
antivirus preparatlarni qabul qilgan. Gospitalizatsiyagacha viusga qarshi dori vositalari
monoterapiyasi bilan 71,1% bemor davolangan bo’lsa, kasalxonaga yotqizish paytidaga kelib IFN
preparatlari bilan davolanish 5,4%ni, GDX yoki UMF va ifn kombinatsiyasi bilan 6%ni tashkil
etgan.
Gospitalizatsiyagacha bo’lgan davrda antibakterial dorilarni bemorlarning 18,7 foizi
qabul qilgan (14,1% -azitromitsin, 4,6% - boshqa antibiotiklar), kasalxonaga yotqizish paytidaga
kelib esa bemorlarning ko'pchiligiga (71,2%) antibakterial dorilar buyurilgan (bemorlarning
42,3% azitromitsin, boshqa turdagi antibiotiklar - 28,9%). Davolash paytida kortikosteroidlar
(deksametazon) asosan KT (KT-3, KT-4) natijalariga ko'ra o'pka shikastlanishi yuqori bo'lgan
28,3% bemorlarda ishlatilgan.
Tadqiqotning dastlabki xulosalariga ko’ra, gospitalizatsiyagacha bo’lgan davrda
ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
simptomatik terapiya to’liq o’tkazilmaganligini, antivirus preparatlardan foydalanish
kechiktirilganligi, asosan monoterapiyaga asoslanilganligi, shuningdek, antibakterial dori vositalar
va kortikosteroidlarni qo’llash kechiktirilganligi hamda tavsiya etilgan dori vositalarining o'pka
shikastlanishining og’ir va o’ta ogir bosqichlarida qo’llanilishi davo jarayonlarining
qiyinlashishiga va davolanish vaqtining cho’zilishiga olib kelgan deb xulosa qilsak bo’ladi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Мубитдинова X.Хамраева Г.Назаров, Б.Фатхуллаева , Д.& Муминова , Н. (2024).
Circadian' rhythm of total peripheral vascular resistance in acute renal failure in c hildren aged
7.1-18
years
old.
in
Library,
7(1),
3-12.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36896
2.
Мухитдинова, X., Алауатдинова, Г., Хамраева, Г., Шомуродов, А., & Сабирова, Ф. (2024).
Кореляционные связи интенсивной терапии и гемодинамики при ожоговой токсемии
детей
до
3
лет.
in
Library,
2(2),
215-220.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36900
3.
Красненкова, М., & Хамраева, Г. (2024). Особенности нарушения баланса электролитов
у пациентов с тяжелой черепно-мозговой травмой . in Library, 2(2), 122-125. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36901
