Global iqlim oʻzgarishi sharoitida qorakoʻl qoʻylarini urchitishning ahamiyati

CC BY f
20-23
15
2
Поделиться
Хатамов, А. (2023). Global iqlim oʻzgarishi sharoitida qorakoʻl qoʻylarini urchitishning ahamiyati. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 20–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24878
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada global iqlim oʻzgarishi sharoitida yuz berayotgan oʻzgarishlar, ularning oqibatlari, iqlim oʻzgarishi sharoitida choʻl yaylovlaridan samarali foydalanish, choʻl yaylovlariga yaxshi moslashgan qorakoʻl qoʻylarining biologik xususiyatlari va ularni urchitishning samarali jihatlari yoritilgan.  


background image

20

I. CHO‘L CHORVACHILIGINI

RIVOJLANTIRISHNING SELEKSION VA GENETIK

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI



UOʻK: 636.32/38.082

Global iqlim oʻzgarishi sharoitida qorakoʻl qoʻylarini urchitishning ahamiyati

A.X.Xatamov-

ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,

q-x.f.d. (PhD)., katta ilmiy xodim

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti

asror.xatamov@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada global iqlim oʻzgarishi sharoitida yuz berayotgan oʻzgarishlar,

ularning oqibatlari, iqlim oʻzgarishi sharoitida choʻl yaylovlaridan samarali foydalanish, choʻl
yaylovlariga yaxshi moslashgan qorakoʻl qoʻylarining biologik xususiyatlari va ularni
urchitishning samarali jihatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: iqlim oʻzgarishi, ekstremal iqlim, issiq havo, chorvachilik, oziq-ovqat

xavfsizligi, choʻl mintaqasi, qorakoʻl qoʻylari, biologik xususiyatlari

Summary. The article describes the changes occurring under global climate change, their

consequences, the effective use of desert pastures in conditions of climate change, the
biological characteristics of Karakul sheep, well adapted to desert pastures, as well as effective
aspects of their breeding.

Key words: climate change, extreme climate, hot weather, livestock farming, food

security, desert region, Karakul sheep, biological features


Hozirgi vaqtda butun dunyoda global iqlim o‘zgarishi iqtisodiy, ijtimoiy sohalarga salbiy

ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq
isib borayotganini ma’lim qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga
ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi. Issiq
to‘lqinlar, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari yanada ko‘proq sodir bo‘lmoqda.
Ushbu holatni yoz oyida kuzatilayotgan havo haroratining koʻtarilishidan ham sezish mumkin.

Fransiyaning ijtimoiy masalalar va sog‘liqni saqlash vaziri Anes Byuzenning

ta’kidlashicha yozda kuzatilgan anomal issiqlik 1,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500

kishi vafot etgan. Provinsiyada havo harorati rekord ko‘rsatkich - 49,6 darajaga yetgan.
Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan.

Yaponiyada 8000 dan ortiq odam kasalxonalarga yotqizilishiga jazirama tufayli issiqlik

urishi sabab boʻlgan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan iqlim oʻzgarishi inson salomatligiga qanchalik xavf

tug‘dirayotganini kuzatish mumkin. Shu bilan birga ushbu holat oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi
hayvonlarining fiziologik holatiga hamda mahsuldorligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi tabiiy hol.

“Cloud to Streyet” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan

tadqiqotlarga ko‘ra, XXI asr boshidan buyon suv toshqinidan jabr ko‘rgan odamlar soni 24
foizga ortgan. Bu ko‘rsatkich olimlarning bashoratidan 10 barobar ko‘p [9].

Olimlarning hisob-kitobicha, 2000 yildan 2018 yilgacha toshqinlar sayyoramizning 2,23

mln kvadrat kilometrlik hududiga zarar keltirgan, toshqinlardan 290 millionga yaqin kishi jabr
ko‘rgan.


background image

21

Suv toshqinlarining qariyb 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga,

ayniqsa Hind, Ganga-Braxmaputra va Mekong daryolari mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar Lotin Amerikasining janubiy qismi,
Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida ham ko‘payganini ko‘rsatgan.

Iqlim va demografik o‘zgarishlar tufayli 2030 yilga borib suv toshqinlari yana 25 ta

mamlakatda yuz bera boshlashi bashorat qilinmoqda.

N.Kazulening yozishicha, global isish oqibatida dunyo okeanining sathi koʻtarilib, Tinch

okeanidagi ayrim orol davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin [9].

Isish va sovish kabi anomal hodisalarning sodir boʻlishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va

mevalarning nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida chorvachilik sohasiga
oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammosi
yanada kuchayadi.

BMT ning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishlari oʻsimliklar hosildorligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi, ushbu holat Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Hosildorlikning kamayib ketishi oziq-ovqat muammolarini keltirib chiqaradi.
Vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, 2080 yilga borib 600 millionga yaqin kishi ochlikdan
jabr koʻrishi mumkin.

XXII asrga borib yil fasllari bahor va kuzdan iborat boʻlishi, oziq-ovqat yetishmovchiligi

yuzaga kelishi, 2050 yilga borib g‘alla hosili 25 foizga kamayib ketishi mumkin [10].

Kvigginning yozishicha, “Kelasi 30 yilda sayyora aholisi sonining o‘sishi natijasida oziq-

ovqatga talab taxminan 50 foizga oshadi, Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyoda go‘sht iste’moli
kuchayadi. Ammo shu bilan bir paytda hosil taxminan 30 foizga kamayadi” [11].

Ekstensiv chorvachilikda go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish

uchun yer yuzining yarmidan ko‘pi juda o‘zgaruvchan yaylovlardan foydalanadi. Bunday ishlab
chiqarish ko‘p millionlab insonlarning turmush tarzini, tirikchiligini ta’minlaydi [12].

Respublikamizning cho‘l mintaqasida joylashgan yaylovlari 16-17 mln. gektarni tashkil

etadi. Ushbu cho‘l xududlarida asosan qorako‘l qo‘ylari, echki, ot va tuyalar urchitiladi. So‘nggi
yillarda global anonim issiq haroratning kuzatilishi cho‘l hududlarida qorako‘l qo‘yidan boshqa
qishloq xo‘jaligi hayvonlari o‘zining biologik xususiyatlarini saqlab qolishda jiddiy
qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu esa cho‘l yaylovlaridan foydalanish samaradorligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Qorako‘l qo‘ylari esa juda qimmatli biologik xususiyatga ega bo‘lib, ular yoz
fasli juda issiq va qish fasli juda sovuq bo‘lgan cho‘l yaylovlariga juda yaxshi moslashgan. Ular
o‘simlik qoplami siyrak, sho‘r suvli, qurg‘oqchil yaylovlarda, yoz, kuz va qish fasllarida
mutlaqo ko‘k ozuqalarni iste’mol qilmasdan, urchish, jadal o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini
saqlagan holda mahsulot bera oladigan qo‘y hisoblanadi [6].

Respublikamizda aholi sonining ko‘payib borishi, aholining oziq–ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan talabining ortishi, aholining oziq–ovqat xavfsizligini ta’minlash cho‘l hududlaridan
samarali foydalanishni taqazo etadi.

Qorako‘l qo‘ylari ko‘p asrlar mobaynida issiq cho‘l va yarim cho‘l yaylovlarining og‘ir

sharoitlariga moslashtirilgan. Oʻsimliklari doimo kam bo‘lgan cho‘llarda qorako‘l qo‘ylari
kuniga 15-20 km masofani bosib o‘tib, kerakli miqdordagi ozuqani topib yeydi.

Cho‘l va yarim cho‘ldagi iqlim sharoiti qorako‘l qo‘ylari organizmiga ta’sir ko‘rsatishi

natijasida zotga xos fiziologik va biologik xususiyatlarni shakllanishiga olib kelgan.

Qorako‘l qo‘ylari boshqa qo‘y zotlariga qaraganda cho‘l va sahro yaylovlarida butun yil

fasllarida boqishga yaxshi moslashgan.

Qorako‘l qo‘ylari unchalik yirik bo‘lmaydi. Oʻrtacha semizlikka ega sovliqlar tirik vazni

42-48 kg, naslli qo‘chqorlar 60-75 kg ni tashkil qiladi. Bir kunlik urg‘ochi qo‘zining tirik
vazni 3,7-4,2 kg va qo‘chqor qo‘zilar 4,3-5,2 kg dan oshmaydi [3].

Qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan jun boshqa dag‘al jun beradigan qo‘y zotlariga qaraganda

ancha yuqori. Sovliqlaridan ikki qirqimda 2,5 kg va qo‘chqorlaridan 3,5-4 kg jun olinadi [8].


background image

22

Tabiiy sharoitda 100 bosh sovliqdan 105-110 bosh qo‘zi olish mumkin.
Qorako‘l qo‘ylarini boqish uchun yaxshi sharoit yaratilganda ular 11-12 yil yashaydi.

Lekin sovliqlar 6-7 yilgacha mahsuldorligini yo‘qotmaydi.

Qorakoʻl qoʻylaridan 8-9 oylik yoshida 60 kunlik boʻrdoqilashdan soʻng turli etologik

tiplar kesimida 47,7-49,5% soʻyim chiqimiga ega boʻlgan 17,8-19,6 kg miqdorda goʻsht
yetishtirish mumkin [1, 2, 4, 5, 7]. Bu esa ekstremal choʻl sharoitlarida aholini ish bilan
ta’minlash, ularni turmush darajasini oshirish hamda mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy
jihatdan samarali ekanligidan dalolat beradi.

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, jumladan, haroratning kechasi va kunduzi turlicha

bo‘lishi, uzoq davom etadigan qattiq sovuq va izg‘irin, qurg‘oqchilik, o‘tloqlarda o‘tlarning
kam bo‘lishi kabi hodisalar qo‘y organizmining normal fiziologik holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shunday holatda ham ushbu ta’sirlar natijasida ulardan foydalanish muddati 1-2
yilga qisqarishi mumkin. Bu esa qorako‘l qo‘ylarining ob-havoning noqulay sharoitlarida ham
urchish, ko‘payish hamda mahsulot berish qobilyatini saqlab qolishini ko‘rsatadi.

Qorako‘l qo‘ylari ovqat hazm qilish organlarining maxsus tuzilishga egaligi -

oshqozonining murakkabligi, ichaklarining uzunligi, tumshug‘ining ingichkaligi, lablarining
yupqa va serharakat bo‘lishi, oyoqlarining uzun va mustahkamligi, tuyoqlarining qattiqligi
ularning yaylovdagi har xil o‘tlardan yaxshi foydalanish imkonini beradi. Ular juda past bo‘yli
maysa o‘tlarni va yerga to‘kilgan o‘t bo‘laklarini yeya oladi. Ularning pastki, ustki jag‘
suyaklari va tishlari mustahkam tuzilgan, jag‘lari tolmaydi, tishlari esa tez yeyilmaydi. Yana bir
biologik xususiyati shundan iboratki, ular qishning qattiq sovuq kunlarida yaylovlardagi qor
ostida qolib ketgan o‘tlarni tuyoqlari yordamida ochib oziqlanadi [8].

Qorako‘l qo‘y zoti suvsizlikka chidamli. Ular yozda kuniga ikki marta, qishda ko‘pincha

ikki kunda bir marta, bahorda kuniga, asosan, quduq suvi bilan sug‘oriladi. Qorako‘l
qo‘ylarining suvsizlikka chidamlilik xususiyatidan foydalanib, quduqdan 10-15 km uzoqdagi
yaylovlarda ham boqish mumkin.

Qorako‘l qo‘ylarining yuqorida sanab o‘tilgan biologik xususiyatlari ularni ekstremal

cho‘l sharoitlarida urchitish samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida ekstremal cho‘l sharoitlarida rivojlangan

qorako‘lchilik sohasi mamlakatimizda oziq–ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy o‘rinlardan
birini egallashi mumkin. Iqlim o‘zgarishi sharoitida respublikamizning qurg‘oqchil
mintaqalarida, cho‘l yaylovlaridan samarali foydalanishda qorako‘l qo‘ylarining qimmatli
biologik xususiyatlaridan samarali foydalanib ularni urchitish ham iqtisodiy ham ijtimoiy
jihatdan samarali hisoblanadi. Ya’ni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mahsulot ishlab
chiqarish, cho‘l hududlarida daromad olish, cho‘lda yashovchi aholini ish bilan ta’minlash
hamda turmush tarzini yaxshilash imkoniyati mavjud.

Foydalanilgan adabiyorlar roʻyxati

1. Bobokulov, N., Khatamov, A., Abduzoirova, D., Yusupov, A., Urimbetov, A., &

Olmasov, B. (2021). Meat productivity of sheep in Uzbekistan and its relationship with
different factors. In E3S Web of Conferences (Vol. 258, p. 04020). EDP Sciences.

2. Kh, Khatamov A. "Meat Productivity of Karakul Sheep in Uzbekistan." International

Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences 1.6 (2021): 153-155.

3. Raximov A.A. Qorakoʻlchilik. Toshkent, 1967. 385 bet
4. Хатамов А. Х. Мясная продуктивность каракульских овец каракалпакского сура

различных этологических типов //Овцы, козы, шерстяное дело. – 2018. – №. 4. – С. 26-26.

5. Xatamov, A. (2021). Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining etologiyasi,

biologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Toshkent “OOO Zamin-nashr”, 2021y. 126 B.

6. Xatamov, A. (2022). Turli hududlarda qorako’l qo’ylarini urchitishga yo’naltirilgan

samarali seleksiya yo’nalishlari. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2022. №6. 20-21 B.


background image

23

7. Xatamov, A., & Shaptakov, E. (2023). Qishloq xo’jaligi hayvonlarining

etologiyasi. O’quv qo’llanma. Usmon Nosir Media. Samarqand 2023. 187 B.

8. Zokirov M., Valiyev U., Shirinboyev Sh. Qorako'lchilik. Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1983,

301 bet

9.

https://kun.uz/uz/91711393

10.

https://uzhurriyat.uz/2016/03/21/iqlim-o-zgarishlari-va-oqibatlari/

11.

https://www.google.com/amp/s/www.amerikaovozi.com/amp/climate-change-

review/6291085.html

12.

https://pastres.files.wordpress.com/2021/09/infosheets-1ru.pdf


UDK: 636.32/38.082.11.

BOBOTOG‘ SURI XO‘JALIGIDAGI QORAKO‘L QO‘YLARINING BIOLOGIK VA

MAHSULDORLIK XUSUSIYATLARI

U.X.Aripov-

q.x.f.d., professor,

G.T.Axrorova

-tayanch doktorant,

M.M.Urinboyeva

-tayanch doktorant,

X.N.Imomov

-tayanch doktorant

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada ko‘k va sur rangli qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik

xususiyatlariga ta’sir qiluvchi omillar, mahsuldorlikni oshirishning genetik imkoniyatlari
haqida fikrlar bayon ettirilgan.

Kalit so‘zlar: Qorako‘l qo‘y zoti, gomo va geterogen juftlash, rang va rang barangliklar,

iqlim, harorat, mahsuldorlik, genetik imkoniyat.

Abstract. The article describes the factors affecting the biological and productivity

characteristics of blue and gray Karakul sheep, and the genetic possibilities of increasing
productivity.

Key words: Karakol sheep breed, homogeneous and heterogeneous mating, color and

color variations, climate, temperature, productivity, genetic potential


Kirish.

Qorako‘l qo‘y zoti dunyodagi eng mashhur qo‘y zotlaridan biridir. U Yevropa,

Osiyo va Amerikaning 50 dan ortiq mamlakatlarida urchitiladi. Qorako‘l qo‘ylarining keng
tarqalgan hududi, turli iqlim, saqlash, asrash va ozuqa sharoitlari, seleksiya va naslchilik
ishlarining darajasi va yo‘nalishlari – bularning barchasi ularning biologik va mahsuldorlik
xususiyatlariga ta’sir qilgan.

O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy omillari ichida iqlim omili eng kuchli hisoblanadi.

Iqlim tushunchasiga kiruvchi quyosh radiatsiyasi, atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati,
yog‘ingarchilik va boshqalar bu iqlimda yashovchi qo‘ylarga nafaqat bevosita, balki asosan
tuproq, o‘simlik, suv rejimi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston iqlimi ko‘p jihatdan o‘ziga xos o‘simlik shakllarining rivojlanishi va o‘ziga

xos tuproqlarning shakllanishini belgilaydi. Yuqori harorat, quruqlik, haroratning keskin
o‘zgarishi va shamolning birgalikdagi ta’siri yer va havo namligining sifatiga keskin ta’sir
qiladi va hayotning ushbu tashqi omilini minimallashtiradi. Shuning uchun qorako‘l qo‘ylari
tabiiy sharoitda doimiy ravishda iqlim omillarining ta’siriga duchor bo‘ladi.

Organizmning atrof-muhitga bo‘lgan reaksiyasi va sun’iy tanlash zot ichida har xil

turlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qorako‘l zotida quyidagi konstitutsiya turlari ajralib
turadi - mustahkam, qo‘pol, nozik. Shu bilan birga, ayrim konstitutsiya tipidagi qo‘zilar va
qo‘ylar bir qator biologik va iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.

Библиографические ссылки

Bobokulov, N., Khatamov, A., Abduzoirova, D., Yusupov, A., Urimbetov, A., & Olmasov, B. (2021). Meat productivity of sheep in Uzbekistan and its relationship with different factors. In E3S Web of Conferences (Vol. 258, p. 04020). EDP Sciences.

Kh, Khatamov A. "Meat Productivity of Karakul Sheep in Uzbekistan." International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences 1.6 (2021): 153-155.

Raximov A.A. Qorakoʻlchilik. Toshkent, 1967. 385 bet

Хатамов А. Х. Мясная продуктивность каракульских овец каракалпакского сура различных этологических типов //Овцы, козы, шерстяное дело. – 2018. – №. 4. – С. 26-26.

Xatamov, A. (2021). Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining etologiyasi, biologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Toshkent “OOO Zamin-nashr”, 2021y. 126 B.

Xatamov, A. (2022). Turli hududlarda qorako’l qo’ylarini urchitishga yo’naltirilgan samarali seleksiya yo’nalishlari. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2022. №6. 20-21 B.

Xatamov, A., & Shaptakov, E. (2023). Qishloq xo’jaligi hayvonlarining etologiyasi. O’quv qo’llanma. Usmon Nosir Media. Samarqand 2023. 187 B.

Zokirov M., Valiyev U., Shirinboyev Sh. Qorako'lchilik. Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1983, 301 bet

https://kun.uz/uz/91711393

https://uzhurriyat.uz/2016/03/21/iqlim-o-zgarishlari-va-oqibatlari/

https://www.google.com/amp/s/www.amerikaovozi.com/amp/climate-change-review/6291085.html

https://pastres.files.wordpress.com/2021/09/infosheets-1ru.pdf

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов