Qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va sovliqlarining tirik vazn oʻzgaruvchanligi

Abstract

Maqolada qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va sovliqlarining tirik vazn koʻrsatkichi va oʻzgaruvchanligi hamda seleksiyadagi ahamiyati toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan.

CC BY f
29-31
37

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xatamov, A. (2023). Qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va sovliqlarining tirik vazn oʻzgaruvchanligi. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 29–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24881
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va sovliqlarining tirik vazn koʻrsatkichi va oʻzgaruvchanligi hamda seleksiyadagi ahamiyati toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

29

UOʻK: 636.32/38.081.(252.33)

Qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va sovliqlarining tirik vazn

oʻzgaruvchanligi

A.X.Xatamov

–ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,

q-x.f.d (PhD)., katta ilmiy xodim

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya.
Maqolada qumli choʻl va adir sharoitida qorakoʻl qoʻchqorlari va

sovliqlarining tirik vazn koʻrsatkichi va oʻzgaruvchanligi hamda seleksiyadagi ahamiyati
toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar: qorakoʻl qoʻyi, qoʻchqor, sovliq, qumli choʻl, adir, tirik vazn, mahsuldorlik,

korrelyatsiya

Summary. The article provides information about the indicator of live weight and its

variability in Karakul rams and ewes in the conditions of the sandy desert and adir, as well as
their importance in breeding.

Kalit so‘zlar: karakul sheep, ram, ewes, sandy desert, adir, live weight, productivity,

correlation

Kirish.

Qorakoʻl qoʻylari oʻzining qimmatli biologik xususiyatlari tufayli choʻl

yaylovlarining ogʻir ekstremal sharoitlarida urchitilib kelinadi. Ekstremal sharoitda urchilishi
barobarida qimmatli qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishga hizmat qiladi. Qorakoʻl
qoʻylaridan qorakoʻl teri, goʻsht, jun, postinbop teri va sut mahsulotlari olinadi.

Ma’lumki, hayvonlarning tirik vazni ularning barcha seleksion va mahsuldorlik

koʻrsatkichlarini ifodalashda muhim hisoblanadi.

Tirik mavjudotning o‘sishi - organizmning faol qismlarining vazni oshishi deb

I.I.Shmalgauzen (1935) tomonidan ta’kidlangan [7].

Tirik vazn qo‘ylarning sog‘lomligini, mahsuldorligini, konstitutsional mustahkamligini

belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich qo‘ylarda yil
mavsumlari va ularning fiziologik holatiga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarib turadi. Imkon
darajada ushbu ko‘rsatkichning yuqori holatini, ya’ni qo‘ylarning semizligini bir maromda
ushlab turish sog‘lomlik, yuqori mahsuldorlik, konstitutsional mustahkamlik, hayotchanlik,
olinadigan avlodlarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi [5].

Hayvonlar organizmining rivojlanishi bilan ularning yoshi va tirik og‘irligi o‘rtasida

ma’lum darajada bog‘liqlik borligi, ayniqsa rivojlanish va tirik og‘irlikning o‘zgarishi o‘rtasida
juda yaqin o‘zaro bog‘liqlik borligini aniqlangan [2].

Qo‘zilar skeletining eng jadal o‘sishi tug‘ilganidan 2,5 oylik yoshigacha kuzatiladi, keyin

5 oygacha bunday o‘sish pasayadi. Yosh kattarishi bilan skeletning nisbiy vazni sezilarli
darajada kamayadi [1].

Tadqiqotlarda qorakoʻl qoʻylarining tirik vazn koʻrsatkichlariga ularning etologik

xususiyatlari ta’sir koʻrsatishi [6] hamda naslli erkak qoʻzilar ratsioniga probiotiklar qoʻshish
orqali ular organizmida ozuqalarning hazmlanish jarayonlarini yaxshilashi natijasida tirik vazn
koʻrsatkichlarini oshirishiga hizmat qilishi aniqlangan [4].

Tadqiqot uslullari.

Tadqiqotlar Buxoro viloyati “Jongeldi” MChJ hamda Navoiy viloyati

Nurota tumani “Istiqlol” MChJda urchitiluvchi qora va sur rangli qorakoʻl qoʻylarida olib
borildi.

Turli rangdagi naslli qoʻchqorlar va sovliqlarning tirik vazni elektron tarozirda o‘lchash

yordamida aniqlandi.

Tajribadan olingan ma’lumotlar variatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Har bir

belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (S

x

), o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti

(C

v

) hisoblandi [3].

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotlarda qora va sur rangli qorakoʻl qoʻylarining tirik vazn


background image

30

koʻrsatkichlari oʻrganilib, olingan ma’lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Tajribadagi qo‘chqorlarning tirik vazni, kg

Gul tipi

n

Qora rangli

Sur rangli

X̅±Sx̅

C

v

,

%

X̅±Sx̅

C

v

,

%

Yarim doira qalamgul

20

55,5±0,06

0,51

54,7±0,14

1,10

Qovurg‘asimon qalamgul

20

54,2±0,06

0,56

53,8±0,09

0,76

Yassi qalamgul

20

53,6±0,05

0,49

52,5±0,08

0,74

Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, rangbarangliklar kesimida farqlanishlar yuzaga

kelgan, shuningdek gul tiplari kesimida ham bu holat kuzatilgan. Bu esa bevosita qorakoʻl
qoʻylarini urchitish hududi bilan bogʻliq.

Yarim doira gul tipli qora rangli qoʻchqorlarning ustunligi 0,8 kg ni tashkil qilgan.

Umuman olganda farqlanishlar 0,4-1,1 kg atrofida boʻlgan. Shuningdek ushbu koʻrsatkichlarni
0,56-1,10 foizga oshirish mumkinligi aniqlangan.

2-jadval

Tajribadagi sovliqlarning tirik vazni, kg

Gul tipi

Qora rangli

Sur rangli

n

X̅±Sx̅

C

v

,

%

n

X̅±Sx̅

C

v

,

%

Yarim doira
qalamgul

295

41,61±0,46

18,89

265

40,30±0,52

21,08

Qovurg‘asimon
qalamgul

90

40,60±0,51

11,87

78

41,12±0,55

11,83

Yassi qalamgul

74

39,62±0,58

12,53

69

38,20±0,53

11,61

Oʻsiqgul

56

43,61±0,53

9,14

51

42,51±0,48

8,14

Naslchilikda foydalanilayotgan sovliqlarning tirik vazn koʻrsatkichlarini aniqlash muhim

ahamiyatga ega. Buning sababi sovliqlarning tirik vazn koʻrsatkichlari bilan ulardan olinadigan
avlodlarning tirik vazn koʻrsatkichlari oʻrtasida ijobiy korrelyatsion bogʻlanish mavjud.

Tadqiqotlarda qora rangli sovliqlar sur rangli sovliqlardan tirik vazni bilan ustun boʻlishi

bilan bir qatorda oʻsiqgul tipidagi sovliqlar ham boshqa gul tipidagi sovliqlardan ustunlik
qilishgan. Sovliqlar tirik vazni boʻyicha koʻrsatkichlar 38,2-43,61 kg atrofida boʻlgan. Olingan
koʻrsatkichlarning variatsiyalanishi esa 8,14-21,08 foizni tashkil qilgan. Demak sovliqlarning
tirik vazn koʻrsatkichlarini turli texnologiyalarni qoʻllash orqali oshirish imkoniyatlari mavjud
ekan.

Xulosa.

Qorakoʻl qoʻylari urchitish hududlari kesimida nafaqat mahsuldorlik balki, tirik

vazn koʻrsatkichlarini ham turli darajada namoyon qilar ekan. Naslli qoʻchqorlarda tirik vazn
koʻrsatkichlarini turli uslublarni qoʻllagan holda 0,56-1,10 foizga, sovliqlarda 8,14-21,08 foizga
oshirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Боголюбский С.Н. Развитие мясности овец и морфологические методы ее

изучения. –Алма-Ата: Наука, 1971. –С.140-142.

2.

Hammond G. Becf from the didru herd //Agrioulrure. -1985. –Vol. 65 –P. 9.

3.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -

256 с.

4.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining

kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y.
№03. 26-28 B.

5.

Xatamov, A. (2021). Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining etologiyasi,

biologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Toshkent “OOO Zamin-nashr”, 2021y. 126 B.

6.

Xatamov, A. (2019). Turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining tirik

vazn ko’rsatkichlari va uning dinamikasi. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2019 Y.
№02. 11-12 B.


background image

31

7.

Шмальгаузен И.И. Определение основных понятии и методика исследований

роста. //Рост животных. –М., 1935. –С.8-60.


УЎК: 636.933.2: 082.11

СУР РАНГЛИ ҚОРАКЎЛ ҚЎЙЛАРИНИНГ НАСЛИЙ ХУСУСИЯТЛАРИНИ

ЎРГАНИШ НАТИЖАЛАРИ

Б.С.Маматов–қ.х.ф.ф.д. (PhD), ката илмий ходим,bshms@mail.ru

А.Газиев–қ.х.ф.д., катта илмий ходим

А.Ж.Болтаев–илмий ходим

Қоракўлчилик ва чўлэкологияси илмий-тадқиқот институти

Аннотация. Мақолада турли жуфтлаш вариантларида қоракўл қўйларининг

рангбарангликлар, гул типлари ва синфларининг наслга берилиши бўйича олиб борилган
тадқиқот натижалари ёритилган.

Калит сўзлар: қоракўл қўйлари, қўзилари, жуфтлаш, рангбаранглик, гул типи,

синф, ирсий салоҳият, танлаш.

Annotation.

The article presents the results of studies to establish the hereditary

characteristics of Karakul sur sheep according to colors, curl types and classes with different
selections.

Key words:

Karakul sheep, lambs, selection, coloring, curl type, class, hereditary

potential, selection.


Кириш.

Қоракўл қўйларининг наслини, маҳсулот сифатини яхшилаш сурувда олиб

бориладиган танлаш ишларига боғлиқ бўлиб, ушбу ҳайвонларни кўпайтиришда мақсадли
урчитиш усулларини қўллаш муҳим аҳамият касб этади. Бу йўналишда айтиш мумкинки,
соҳанинг энг йирик ҳудудларидан бири қумли чўл ҳисобланиб, бу шароит селекцион
белгиларнинг бошқа ҳудудларга нисбатан юқорироқ даражада намоён бўлишини
таъминлайди. Лекин бу юқори даража зотнинг ирсий имкониятларини тўлиқ очиб беради
дегани эмас.

Шу нуқтаи назардан танланган мавзу йўналишида қумли чўл ҳудудида қоракўл

қўйларининг селекцион белгиларини такомиллаштириш, уларнинг намоён бўлишини
юқорироқ даражага чиқаришни таъминловчи урчитиш ва селекциялашнинг самарали
илмий-услубий асосларини ишлаб чиқиш ҳозирги куннинг долзарб муаммоларига
киради.

Қоракўл

қўйларининг

ирсиятини

такомиллаштириш,

наслни

яхшилаш,

махсулдорлигини оширишда бир қатор селекцион, урчитиш ва жуфтлаш усулларидан
ҳамда қўйларнинг наслини баҳолашда турли статистик, корреляцион, дисперсион
услублардан фойдаланиш асосида селекция самарадорлигини ошириш усулларини
амалиётда қўллаш соҳа самарадорлигини оширишда муҳим селекцион аҳамиятга эга.

Ушбу йўналишда селекция амалиётида селекцион жараённи жадаллаштириш ва

унинг самарасини ошириш имконини яратиш имкониятларикўпчилик тақиқотчилар
(Т.Умурзаков, 1992, А.Газиев, 2007, Ў.Т.Кукенов, 2010, Ў.Т.Кукенов, Б.С.Маматов, 2019)
томонидан қайд этилган.

Ушбу йўналишдаги тадқиқотлар натижалари таҳлил қилинганда қоракўл қўйлар

ирсий салоҳиятида фойдаланилмаган захиралар кўп эканлигини кўриш мумкин. Шу
нуқтаи назардан муҳим селекцион белгиларнинг турли вариантли жуфтлаш натижалари
асосида қўйларни самарали урчитишнинг селекцион асосларини ишлаб чиқиш
йўналишидаги тадқиқотлар муҳим илмий ва амалий аҳамиятга эга.

References

Боголюбский С.Н. Развитие мясности овец и морфологические методы ее изучения. –Алма-Ата: Наука, 1971. –С.140-142.

Hammond G. Becf from the didru herd //Agrioulrure. -1985. –Vol. 65 –P. 9.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y. №03. 26-28 B.

Xatamov, A. (2021). Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining etologiyasi, biologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Toshkent “OOO Zamin-nashr”, 2021y. 126 B.

Xatamov, A. (2019). Turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako’l qo’ylarining tirik vazn ko’rsatkichlari va uning dinamikasi. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2019 Y. №02. 11-12 B.

Шмальгаузен И.И. Определение основных понятии и методика исследований роста. //Рост животных. –М., 1935. –С.8-60