Bobotog‘ suri xo‘jaligidagi qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlari

CC BY f
23-26
3
2
Поделиться
Арипов, У., Ахророва, Г., Уринбоева, М., & Имомов, Х. (2023). Bobotog‘ suri xo‘jaligidagi qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 23–26. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24879
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Мақолада кўк ва сур рангли қоракўл қўйларининг биологик ва маҳсулдорлик хусусиятларига таъсир қилувчи омиллар, маҳсулдорликни оширишнинг генетик имкониятлари ҳақида фикрлар баён эттирилган.


background image

23

7. Xatamov, A., & Shaptakov, E. (2023). Qishloq xo’jaligi hayvonlarining

etologiyasi. O’quv qo’llanma. Usmon Nosir Media. Samarqand 2023. 187 B.

8. Zokirov M., Valiyev U., Shirinboyev Sh. Qorako'lchilik. Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1983,

301 bet

9.

https://kun.uz/uz/91711393

10.

https://uzhurriyat.uz/2016/03/21/iqlim-o-zgarishlari-va-oqibatlari/

11.

https://www.google.com/amp/s/www.amerikaovozi.com/amp/climate-change-

review/6291085.html

12.

https://pastres.files.wordpress.com/2021/09/infosheets-1ru.pdf


UDK: 636.32/38.082.11.

BOBOTOG‘ SURI XO‘JALIGIDAGI QORAKO‘L QO‘YLARINING BIOLOGIK VA

MAHSULDORLIK XUSUSIYATLARI

U.X.Aripov-

q.x.f.d., professor,

G.T.Axrorova

-tayanch doktorant,

M.M.Urinboyeva

-tayanch doktorant,

X.N.Imomov

-tayanch doktorant

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada ko‘k va sur rangli qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik

xususiyatlariga ta’sir qiluvchi omillar, mahsuldorlikni oshirishning genetik imkoniyatlari
haqida fikrlar bayon ettirilgan.

Kalit so‘zlar: Qorako‘l qo‘y zoti, gomo va geterogen juftlash, rang va rang barangliklar,

iqlim, harorat, mahsuldorlik, genetik imkoniyat.

Abstract. The article describes the factors affecting the biological and productivity

characteristics of blue and gray Karakul sheep, and the genetic possibilities of increasing
productivity.

Key words: Karakol sheep breed, homogeneous and heterogeneous mating, color and

color variations, climate, temperature, productivity, genetic potential


Kirish.

Qorako‘l qo‘y zoti dunyodagi eng mashhur qo‘y zotlaridan biridir. U Yevropa,

Osiyo va Amerikaning 50 dan ortiq mamlakatlarida urchitiladi. Qorako‘l qo‘ylarining keng
tarqalgan hududi, turli iqlim, saqlash, asrash va ozuqa sharoitlari, seleksiya va naslchilik
ishlarining darajasi va yo‘nalishlari – bularning barchasi ularning biologik va mahsuldorlik
xususiyatlariga ta’sir qilgan.

O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy omillari ichida iqlim omili eng kuchli hisoblanadi.

Iqlim tushunchasiga kiruvchi quyosh radiatsiyasi, atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati,
yog‘ingarchilik va boshqalar bu iqlimda yashovchi qo‘ylarga nafaqat bevosita, balki asosan
tuproq, o‘simlik, suv rejimi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston iqlimi ko‘p jihatdan o‘ziga xos o‘simlik shakllarining rivojlanishi va o‘ziga

xos tuproqlarning shakllanishini belgilaydi. Yuqori harorat, quruqlik, haroratning keskin
o‘zgarishi va shamolning birgalikdagi ta’siri yer va havo namligining sifatiga keskin ta’sir
qiladi va hayotning ushbu tashqi omilini minimallashtiradi. Shuning uchun qorako‘l qo‘ylari
tabiiy sharoitda doimiy ravishda iqlim omillarining ta’siriga duchor bo‘ladi.

Organizmning atrof-muhitga bo‘lgan reaksiyasi va sun’iy tanlash zot ichida har xil

turlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qorako‘l zotida quyidagi konstitutsiya turlari ajralib
turadi - mustahkam, qo‘pol, nozik. Shu bilan birga, ayrim konstitutsiya tipidagi qo‘zilar va
qo‘ylar bir qator biologik va iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.


background image

24

Qorako‘l qo‘y zotlari ekstereri (gabitus) va tirik vazni bo‘yicha qo‘pol, nozik va

mustahkam konstitutsiyaga, mustahkam suyaklarga, kuchli mushaklarga, harakatchanlik va
chidamlilikka ega. Qorako‘l qo‘ylari tabiiy va sun’iy tanlash natijasida nihoyatda yuqori
moslashuvchanlikka ega bo‘ladi. Qo‘ylar yurish paytida yuqori moslashuvchanlikka ega,
iste’mol qilinadigan suvning sho‘rlanishi va havo haroratining keskin o‘zgarishiga toqat qiladi.
Adaptiv xususiyatlarning ishlab chiqilishi nafas olish turini o‘zgartirish, kunlik ventilyatsiyani
oshirish, eritrotsitlar tarkibi va qondagi quruq moddalarni kamaytirish orqali erishilganligi
alohida ahamiyatga ega. Biroq, ekstremal sharoitlarning hayvonlar uchun chegarasi mavjud
bo‘lib, hayoti uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Qorako‘l qo‘y zotlari mahsuldorlik xususiyatiga ko‘ra teri-sut yo‘nalishidagi zotlarga,

morfologik belgilariga ko‘ra, birinchi navbatda, dumining shakli va o‘lchamiga ko‘ra yog‘-
dumbali qo‘ylarga mansub.

Qorako‘l qo‘ylari boshqa qo‘y zotlariga qaraganda kech yetiluvchan qo‘y zotlariga kiradi.

Ularning birinchi juftlashishi 1,5 yoshiga to‘g‘ri keladi, lekin 6-7 oyligida aksariyat
qo‘zilarning jinsiy voyaga yetganligi yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi.

Turli rang va rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari moslashuvchanlik qobiliyati,

pushtdorligi, jun mahsuldorligi, noqulay sharoitlarda boqish va semizligini saqlash qobiliyati
bilan farqlanadi.

Qorako‘l qo‘ylari tabiatan juda murakkab va serqirradir. Murakkabligi mahsuldorlik

sifatlarini belgilovchi biologik belgilarning xilma-xilligi, belgilarning organizmga bog‘lanish
darajasi va organizmning atrof-muhit omillari bilan turli o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq
ekanligidadir. Shuning uchun qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik sifatlarini oshirish bo‘yicha
naslchilik ishlarini olib borishda mahsuldorlik belgilarining shakllanishini, ularning muayyan
ekologik va iqtisodiy sharoitlarda namoyon bo‘lishini belgilovchi barcha omillarni hisobga
olish kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qorako‘l qo‘ylarining ko‘p qirrali mahsuldorligi, yuqori

biologik, xo‘jalik va tovar belgilari O‘zbekiston cho‘l qorako‘lchiligini qishloq xo‘jaligining
yuqori rentabelli, ekologik toza tarmog‘iga aylantirish imkonini beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda tadqiqotlar olib borilgan xo‘jalikdagi o‘rganilgan

qorako‘l avlodlarining ma’lumotlari keltirildi.

Tadqiqot maqsadi.

Surxondaryo viloyati “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ da

Afg‘onistondan keltirilgan ko‘k qorako‘l qo‘chqorlar bilan ushbu xo‘jalikdagi qorako‘l
qo‘ylarini geterogen hamda sur qo‘chqorlar bilan ushbu xo‘jalikdagi sur qorako‘l qo‘ylarini
♂sur X ♀sur juftlash natijasida olingan avlodlarni biologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini
o‘rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.

Tadqiqot manzili, manba va usullari.

Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on

tumanining “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ sharoitidagi mavjud janubiy O‘zbekiston
zavod tipi qorako‘l qo‘ylarida bajarildi. Tajribada rang bo‘yicha geterogen hamda gomogen
juftlash natijasida olingan qo‘zilarni baholash “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va
qo‘zilarni baholash (bonitirovka) qilish bo‘yicha qo‘llanma”, (Yusupov S.Yu., va boshqalar
2015) ma’lumotlarga matematik ishlov berish variatsion statistika usullarida (N.A.Ploxinskiy,
1969) amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari.

Bizga ma’lumki qo‘ylarning nasliy, biologik va mahsuldorlik

xususiyatlarni belgilashda ularning sinflilik darajasi muhim ahamiyatga ega. Olingan
avlodlarning sinflilik darajasi ma’lumotlari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, seleksion jarayonida Afg‘oniston seleksiyasiga
mansub ko‘k rangli qo‘chqorlardan foydalanishda olinadigan avlodlarda elita va I sinfli qo‘zilar
salmog‘ini keskin oshirish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkichni o‘rganish yo‘nalishidagi
tadqiqotlarda (1-jadval) elita va I sinfli avlodlar salmog‘i getrogen juftlashda 30,6 va 47,1 %
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.


background image

25


1-jadval

Ko‘k rangli afg‘on qorako‘l qo‘chqorlari va janubiy O‘zbekiston qorako‘l qo‘ylarini juftlashdan

olingan avlodlarning sinf ko‘rsatkichlari

Juftlash

Baholangan

avlodlar bosh

Avlodlar sinfi

Elita

I- sinf

II-sinf

yaroqsiz

n

%

n

%

n

%

n

%

Getrogen ♂ko‘k afg‘on

X ♀qora janubiy

O‘zbekiston

Ko‘k n=297

91

30,6 140 47,1 26 8,7

40

13,6

1-rasm. Tadqiqot xo‘jaligidagi ko‘k va sur rangli avlodlarning tashqi ko‘rinishi

2-jadval

Surxondaryo zot tipidagi sur qo‘chqorlar bilan sur qorako‘l qo‘ylarini juftlashdan olingan

avlodlarning sinf ko‘rsatkichlari

Juftlash

n

Avlodlar sinfi

Elita

I- sinf

II-sinf

Yaroqsiz

n

%

n

%

n

%

n

%

♂sur X ♀sur

Sur, n=321

106

33

105

32,7

47

14,6

63

19,7

Jadval ma’lumotlari tahlili shundan dalolat beradiki, Surxondaryo zot tipidagi sur

qo‘chqorlar bilan sur qorako‘l qo‘ylarini juftlashdan olingan avlodlarning ko‘rsatkichlari
quyidagicha bo‘ldi. Elita va I sinfli avlodlar salmog‘i 33 va 32,7 % bo‘lganligi kuzatildi.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, ko‘k qorako‘l qo‘ylarining hozirgi kunda bosh

sonini oshirish asosiy maqsad bo‘lganligini inobatga olib o‘rganishlar natijasida Afg‘oniston
seleksiyasiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlardan foydalanib janubiy O‘zbekiston qorako‘l
sovliqlarini juftlash natijasida olingan avlodlarda 77,7% yaxshi natijaga erishildi hamda bundan
tashqari xo‘jalikda mavjud bo‘lgan sur rangli qo‘ylarning Surxondaryo zavod tipiga xos bo‘lgan
bir qancha rang barangliklar bo‘yicha esa 65,7% yaxshi natijaga ega bo‘ldi. Shunga asosan
avlodlarining mahsuldorlik va biologik ko‘rsatkichlari yaxshi natija berganligidan dalolat
beradi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Aripov U.X., Abdizoirova D.Yu., Imomov X.N. Karakul sheep of gray color (shirozi),

characteristics of karakul sheep and the problem of distribution of their assortement. Journal of
Agriculture $ Horticulture 2023 y. 48-51


background image

26

2.

Aripov U.X., Shaptakov E.S. va boshqalar “Qorako‘l qo‘ylarining genofondini saqlash

bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”. Samarqand 2023.

3.

Арипов У.Х. – Қоракўл қўйларининг яшовчанлиги ва маҳсулдорлигини

оширишнинг илмий асослари. Докторлик диссертатсияси, Самарқанд 1992 йил.

4.

Гигинейшвили Н.С. Рангли қоракўлчиликда наслчилик иши. Москва, Колос

нашриёти, 1976 йил.

5.

Yusupov S.Yu., Gaziyev A. va boshqalar. “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini

yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma”. Toshkent 2015, 22 bet.

6.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва 1969.



УЎК: 636.933.2: 082.11(252)

ҚИЗИЛҚУМ ШАРОИТИДА ҚОРА РАНГЛИ ҚОРАКЎЛ ҚЎЙЛАРИ ИРСИЯТИНИ

ЎРГАНИШ НАТИЖАЛАРИ

А.Газиев – қ.х.ф.д., катта илмий ходим

У.Т.Фазилов – б.ф.н.

Б.С.Маматов - қ.х.ф.ф.д. (PhD), катта илмий ходим,

Қоракўлчилик ва чўл экологияси илмий-тадқиқот институти


Аннотация.
Мақолада Қизилқум шароитида қора рангли қоракўл қўйларининг

ирсиятини ўрганиш бўйича олиб борилган тадқиқот натижалари келтирилган.

Ключевые слова: қоракўл қўйлари, қўзилари, экологик шароит, гомоген ва

гетероген жуфтлаш, селекция, урчитиш, гул типи, гул узунлиги.

Annotation.

The article highlights the results of studies on the heredity of black Karakul

sheep in the conditions of Kzylkum.

Key words:

Karakul sheep, lambs, environmental conditions, homogeneous and

heterogeneous selection, selection, breeding, curl type, curl length.


Кириш.

Қоракўл қўйларининг ирсиятини мустаҳкамлаш ва унинг турғунлигини

ошириш урчитиш шароити билан чамбарчас боғлиқ. Маълум бир селекцион белгининг
маълум экологик шароитда намоён бўлиш даражаси турли экологик шароитда, яъни
ташқи муҳит таъсирига кўрсатадиган муносабатига боғлиқ ҳолда ўзгаради. Таъсир
кўрсатадиган генларнинг ташқи муҳитга турли реакцияси белгиларнинг намоён бўлиши
бўйича маълум ва сезиларли даражалардаги модификацион ўзгарувчанликни келтириб
чиқаради.

Бу борада сезиларли тадқиқотлар бажарилган (М.А. Кошевой, 1953, 1966, 1975; Т.Ў.

Умурзаков, 1992, Ажиметов Н.Н., Паржанов Ж.А., Мустияр Т.А. 2019, С.Ю. Юсупов, Б.
Маматов, 2020; У.Т. Фазилов, А. Газиев, 2020)

Шу нуқтаи назардан турли экологик шароитларда урчитиладиган қоракўл

қўйларида белгилар намоён бўлишининг максимал ва минимал даражаларини аниқлаш
долзарб ва зарур бўлган муаммо ҳисобланади.

Тадқиқот мақсади.

Қизилқум шароитида қоракўл қўйларини урчитишда

самарали усулларни қўллаш асосида уларнинг насл хусусиятларини яхшилаш
тадқиқотларнинг мақсади ҳисобланади.

Тадқиқот манбаи ва усуллари.

Тадқиқотлар Бухоро вилоятининг “Жонгелди”

МЧЖда урчитилувчи қора рангли тоза зотли юқори синфларга мансуб қоракўл
қўйларида олиб борилади.

Ишларни бажаришда зоотехникавий, статистик, корреляцион таҳлил, дисперсион

таҳлил усулларидан фойдаланилди.

Библиографические ссылки

Aripov U.X., Abdizoirova D.Yu., Imomov X.N. Karakul sheep of gray color (shirozi), characteristics of karakul sheep and the problem of distribution of their assortement. Journal of Agriculture $ Horticulture 2023 y. 48-51

Aripov U.X., Shaptakov E.S. va boshqalar “Qorako‘l qo‘ylarining genofondini saqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”. Samarqand 2023.

Арипов У.Х. – Қоракўл қўйларининг яшовчанлиги ва маҳсулдорлигини оширишнинг илмий асослари. Докторлик диссертатсияси, Самарқанд 1992 йил.

Гигинейшвили Н.С. Рангли қоракўлчиликда наслчилик иши. Москва, Колос нашриёти, 1976 йил.

Yusupov S.Yu., Gaziyev A. va boshqalar. “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma”. Toshkent 2015, 22 bet.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва 1969.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов