Turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida rangbaranglikning ifodalanishi

CC BY f
41-43
4
2
Поделиться
Туранов M., Газиев A., & Маматов, Б. (2023). Turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida rangbaranglikning ifodalanishi . Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 41–43. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24929
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Maqolada turli rangdagi sur rangli qorakoʻl qoʻzilarida rangning ifodalanishi va uning namoyon boʻlishi haqida maʻlumot berilgan


background image

41

кўрсатди. Чунки, олинган қоракўл териларининг 86,1 фоизи катта ва ўрта сатҳли қоракўл
тери бўлиб, уларнинг вазн жиҳатидан ёлғиз типда туғилган қоракўл қўзилардан олинган
қоракўл терилар вазнига нисбатан анча енгил эканлиги қоракўл териларнинг товарлик
хусусиятини янада яхши эканлигидан далолат беради.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати

1. Юсупов С. Ю. и др. Селекция и племенные ресурсы в каракульском овцеводстве.

Ташкент «Муҳаррир» нашриёти, 2010, стр. 202.

2. Кошевой М. А. Селекция и условия разведения каракульских овец. Ташкент, изд.

«Фан», 1975, 246 стр.

3. Дьячков И. Н. Племенное дело в каракульском овцеводстве, изд. «Фан», 1976, 153

стр.

4. Исмаилова, М. М., & Кличев, З. С. (2022). СПОСОБЫПОВЫШЕНИЯ

МНОГОПЛОДИЯ КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ. In

ОХРАНА ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ-

ОСНОВА БЕЗОПАСНОСТИ СТРАНЫ

(pp. 227-230).

5. Mirzakulovna, I. M., &Safarovich, K. Z. (2022). Dependence of Birth Type on Live

Weight and Body Dimensions in Black Korakola Lambs.

Periodica Journal of Modern

Philosophy, Social Sciences and Humanities

,

11

, 77-80.

6. Safarovich, K. Z. (2021). The Interaction of Wool Coat Length and Productivity in

Karakul Sheeps.

International Journal on Orange Technologies

,

3

(11), 67-69.


UOʻK: 636.32/38/082/11

TURLI RANGBARANGLIKDAGI SUR QORAKO‘L QO‘ZILARIDA

RANGBARANGLIKNING IFODALANISHI

M.X.Turanov

-q.x.f.d. (PhD), ilmiy

xodim

A.Gaziev

-q.x.f.d, katta ilmiy xodim

B.S.Mamatov

-q.x.f.d. (PhD), bo’lim mudiri

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada turli rangdagi sur rangli qorakoʻl qoʻzilarida rangning

ifodalanishi va uning namoyon boʻlishi haqida maʻlumot berilgan.

Kalit soʻzlar: rasm, ranglar, olmos, kumush, tanlov.
Annotation. The article provides information on the severity of color and its meaning in

Karakul lambs of sur colors of various colors.

Key words: painting, colors, diamond, silver, selection.

Kirish.

Ma’lumki, qorako‘l qo‘ylarida

rangbaranglik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan

seleksion ko‘rsatkich hisoblanadi. Qorako‘l qo‘ylari turli rang(qora, sur, ko‘k va boshqalar)
hamda rangbaragliklarga(olmos, kumushsimon, po‘lati, havorang va boshqalar) bo‘linadi.
Ushbu rang va rangbarangliklar bilan tadqiqot ishlarini olib borish ma’lum bir qonuniyat va
uslublar asosida amalga oshiriladi. Ma’lum rangbaranglikning namoyon bo‘lish darajasini
kuchaytirish suruv bilan olib boriladigan aniq seleksion tadbirlar va uning darajasiga bog‘liq.
Bunday muhim tadbirlardan biri qo‘ylarni rangbaranglik bo‘yicha gomogen juftlash
hisoblanadi.

Buxoro surida mavjud bo‘lgan kumushsimon, tillasimon, olmos va binafsha

rangbarangliklari o‘ziga xos irsiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Ularni turli variantlarda
juftlash ko‘zlangan rangbarangliklarning olinish darajalarini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan sur
qo‘ylarni seleksiyalash samaradorligini oshirish uchun ularning genotipini baholash va uning
natijalaridan amaliyotda foydalanish muhim hisoblanadi [1, 2].


background image

42

Rangbarangliklar bo‘yicha geterogen juftlash olib borishda olmos rangbarangligidagi

qo‘chqorlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya’ni ushbu rangbaranglikdagi naslli
qo‘chqorlardan foydalanib olingan avlodlarda rangning ifodalanishi, rangning o‘tish keskinligi
hamda ushbu rangbaranglikdagi avlodlarning chiqimi yuqori bo‘ladi [3].

Tadqiqot maqsadi.

Turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida rangbaranglikning

ifodalanishini o‘rganish tadqiqot maqsadi hisoblanadi.

Tadqiqotning usullari

. Ilmiy tadqiqotlarni bajarishda turli rangbaranglikdagi qo‘ylar,

ulardan olingan avlodlarni baholashda “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va
qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” dan foydalanildi [4].

Tadqiqot natijalari.

Buxoro suri zot tarkibiga kiruvchi qoraqalpoq va surxondaryo

suridan rangbarangliklarining ifodalanish darajasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanuvchi
qimmatli genotip hisoblanadi. Uning turli rangbarangliklari turli xil ifodalanishi bilan bir–
biridan ajralib turadi. Ushbu holatni shunday izohlash mumkinki, rangbaranglikning
ifodalanishi sur qorako‘l terilarida rangbaranglikni hosil qiluvchi jun tolalarining pastki
pigmentlangan va uchki turli darajada depigmentlangan (rangsizlangan) qismlarining ajralib
turish keskinligi va rangsizlangan qismining uzunligi va teri sathida aniq ko‘rinish hosil
qilishiga bog‘liq. Ushbu ko‘rinishda pigmentsizlangan jun tolalarining ranggiga qarab olmos
(uchki qism olmos rangda), kumushsimon (uchki qism kumush rangda), tillasimon (uchki qism
tilla rangda) binafsha (uchki qism binafsha rangda) rangbarangliklariga bo‘linadi. Ular orasida
eng ko‘p sonlilari va qimmatlilari (90-95%) kumushsimon, olmos tillasimon rangbarangliklari
hisoblanadi.

Tadqiqotlarda aniqlanganki, rangbaranglikning ifodalanishi bir qator faktorlarga bog‘liq.

Bular qatoriga rangning jun- tolasi pigmentlangan ostki qismidan uchki pigmentsizlangan
qismiga o‘tish keskinligi, pigmentlanish darajasi, jun – tola uzunligi bo‘yicha pigmentsizlanish
darajasi, surlikning tekisligi va teri sathi bo‘yicha tarqalishi, gullarning shakli va o‘lchami, jun
tolalarining sifati va tarkibi, turli darajada rangsizlangan qismlarining nisbati, tarkibi va
uzunligi va boshqa qator omillarni, shu bilan bir qatorda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga ta’sir
ko‘rsatuvchi seleksiya ishlarini yuritish darajasi va tashqi muhit sharoitini kiritish mumkin.
Aytish mumkinki, agar rangbaranglik ifodalanishining yuqoridagi omillarga bog‘liqligini
inobatga olinsa, ushbu muhim ko‘rsatkichga seleksiya ishlarini yo‘naltirish orqali yuqorida
qayd etilgan belgilarni ham optimallashtirish, yaxshilashga zamin yaratiladi. Tadqiqotlar
davomida muhim fomillardan biri sifatida e’tirof etiladigan rangbaranglik bo‘yicha qo‘ylarni
gomogen va geterogen juftlashning rangbaranglikning ifodalanishiga ta’sir etishini o‘rganish
yo‘nalishida izlanishlar olib borildi. Ma’lumotlar 1, 2-jadvalda umumlashtirilgan.

1-jadval

Avlodlarda rangbaranglikning ifodalanishi

Juftlash varianti

n

Avlodlarning rang ifodalanishi, % (X±Sx)

A’lo

Yaxshi

Yetarli emas

Olmos

Olmos

68

61,8±5,89

x)

29,4±5,52

8,8±3,44

Kumushsimon 49

49,0±7,14

38,8±6,96

12,2±4,68

Tillasimon

38

34,2±7,69

47,3±8,09

18,5±6,30

Kumushsimon

Olmos

52

55,8±6,88

x

32,7±6,50

11,5±4,42

Kumushsimon 86

52,3±5,38

34,9±5,13

12,5±3,57

Tillasimon

41

36,6±7,52

48,8±7,80

14,5±5,50

X-P<0,05; X)-P<0,001

Tadqiqot natijalari (1-jadval) rangbaranglik ifodalanishining kuchayishi seleksiya

jarayonida olmos rangbaranglikdagi qo‘chqor va qo‘ylardan foydalanish sharoitida yuz
berishini ko‘rsatadi. Bu holatda olmos rangbarangligidagi qo‘ylarni gomogen juftlash
avlodlarda rangbaranglikning a’lo ifodalanish darajasini 61,8±5,89 foizga, yaxshi ifodalanish
darajasini 29,4±5,52 foizga yetkazish imkonini berib, yetarsiz ifodalanish darajasini sezilarli


background image

43

(8,8 foizgacha) tushirishi aniqlandi. Bu ko‘rsatkichning mutanosib ravishda kattaligi “olmos x
kumushsimon” juftlashda 49,0±7,14; 38,8±6,96 va 12,2±4,68 foizni, “olmos x tillasimon
juftlashda esa 34,2±7,69 (P<0,001) 47,3±8,09 va 18,5±6,30 foiz darajalarida qayd etildi, ya’ni
a’lo ifodalanishning pasayib, yaxshi va yetarsiz ifodalanishning ko‘payishi aniqlandi. Shunga
o‘xshash holat kumushsimon qo‘chqorlardan foydalanishda ham kuzatilib, rangbaranglikning
a’lo ifodalanishi birinchi variant juftlashda 55,8±6,88 foiz avlodlarda, ikkinchi variant
juftlashda 52,3±5,38 foiz avlodlarda, uchinchi variant juftlashda esa 36,6±7,52 foiz (P<0,001)
avlodlarda qayd etildiki, aniqlangan natijalarni seleksiya ishlarida inobatga olish samarali
hisoblanadi.

Xulosa.

Olmos rangbarangligidagi qo‘ylarni gomogen juftlashda avlodlarda

rangbaranglikning a’lo ifodalanish darajasini 61,8±5,89 foizga, o‘rta ifodalanish darajasini
29,4±5,52 foizga yetkazish, yetarsiz ifodalanish darajasini sezilarli (8,8 foizgacha) tushirish
imkoni yaratiladi. Maqsadli juftlash ishlarini olib borishning sur qo‘ylarda muhim seleksion
ko‘rsatkich hisoblangan a’lo rang tekisligi salohiyatining avlodlarda sezilarli yuqori darajada
namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Gaziyev A. Qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik va genetik

asoslari. Q.x.f.d. (DSc) doktorligiga yozilgan dissertatsiyasi. Samarqand 2021 y. 225 bet.

2.

Boltayev A., Raximov A., Mamatov B. Buxoro sur qorako‘l qo‘ylarining qovurg‘agulli

va yasigulli yuqori mahsuldor seleksion suruvlarini yaratish usullari. “Cho‘l–yaylov
chorvachiligining ekologik asoslangan texnologiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy
konferensiya materiallari. (2009 y. 20-21 avgust. Samarqand sh.)- Samarqand, 2009, 44-48 bet.

3.

Ибрагимов А.А., Болтаев А.Ж. Гетерогенное спаривание овец по окрасом.

Селское хозяйство Узбекистана. 1993 г. 18-19 с.

4.

Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va

qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. 2021 y.


UOʻK: 636.32/38/082/11

OLMOS VA KUMUSHSIMON RANGBARANGLIKDAGI SUR QORAKO‘L

QO‘ZILARIDA GULLARNING JOYLASHISH RASMI VA MUSTAHKAMLIGI

M.X.Turanov

-q.x.f.d, ilmiy

xodim

A.Boltaev

-ilmiy xodim

M.Yarmanov

- tayanch doktorant

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada olmos va kumushsimon rangbaranglikdagi sur qorakoʻl

qoʻzilarida gullarning joylashish rasmi va mustahkamligi, gullarning ahamiyati yoritilgan.

Kalit soʻzlar: gul, olmos, kumushsimon, qovurgʻasimon, yassi, genotip
Annotation. The article presents data on the study of the density and pattern of curls in

Karakul lambs of diamond and silver sur colors.

Key words. Curl, diamond silver, ribbed, flat, genotype.

Kirish.

Ma’lumki,

qorako’l qo’ylarida guv va rang ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi

hamda bu ko’rsatkichlar bir-biriga uzviy bog’liqdir. Teri yuzasida gul rasmlarining
joylashishiga qarab uning gul tipi hamda teri sifatiga baho berish mumkin.

Qo‘ylarni maqsadli seleksiyalashda avlodlar terisi sathida mustahkam gullar salmog‘ini

juftlash variantlariga bog‘liq holda sezilarli ortishi hamda yetarsiz mustahkam va bo‘sh gullar
salmog‘i kamayadi. Keltirilgan uch xil juftlash varianlarida o‘ta mustahkam va mustahkam

Библиографические ссылки

Gaziyev A. Qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik va genetik asoslari. Q.x.f.d. (DSc) doktorligiga yozilgan dissertatsiyasi. Samarqand 2021 y. 225 bet.

Boltayev A., Raximov A., Mamatov B. Buxoro sur qorako‘l qo‘ylarining qovurg‘agulli va yasigulli yuqori mahsuldor seleksion suruvlarini yaratish usullari. “Cho‘l–yaylov chorvachiligining ekologik asoslangan texnologiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. (2009 y. 20-21 avgust. Samarqand sh.)- Samarqand, 2009, 44-48 bet.

Ибрагимов А.А., Болтаев А.Ж. Гетерогенное спаривание овец по окрасом. Селское хозяйство Узбекистана. 1993 г. 18-19 с.

Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. 2021 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов