Olmos va kumushsimon rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida gullarning joylashish rasmi va mustahkamligi

CC BY f
43-45
5
2
Поделиться
Туранов, М., Болтаев, А., & Ярманов, М. (2023). Olmos va kumushsimon rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida gullarning joylashish rasmi va mustahkamligi. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 43–45. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24930
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

The article presents data on the study of the density and pattern of curls in Karakul lambs of diamond and silver sur colors.

Похожие статьи


background image

43

juftlashda esa 34,2±7,69 (P<0,001) 47,3±8,09 va 18,5±6,30 foiz darajalarida qayd etildi, ya’ni
a’lo ifodalanishning pasayib, yaxshi va yetarsiz ifodalanishning ko‘payishi aniqlandi. Shunga
o‘xshash holat kumushsimon qo‘chqorlardan foydalanishda ham kuzatilib, rangbaranglikning
a’lo ifodalanishi birinchi variant juftlashda 55,8±6,88 foiz avlodlarda, ikkinchi variant
juftlashda 52,3±5,38 foiz avlodlarda, uchinchi variant juftlashda esa 36,6±7,52 foiz (P<0,001)
avlodlarda qayd etildiki, aniqlangan natijalarni seleksiya ishlarida inobatga olish samarali
hisoblanadi.

Xulosa.

Olmos rangbarangligidagi qo‘ylarni gomogen juftlashda avlodlarda

rangbaranglikning a’lo ifodalanish darajasini 61,8±5,89 foizga, o‘rta ifodalanish darajasini
29,4±5,52 foizga yetkazish, yetarsiz ifodalanish darajasini sezilarli (8,8 foizgacha) tushirish
imkoni yaratiladi. Maqsadli juftlash ishlarini olib borishning sur qo‘ylarda muhim seleksion
ko‘rsatkich hisoblangan a’lo rang tekisligi salohiyatining avlodlarda sezilarli yuqori darajada
namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Gaziyev A. Qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik va genetik

asoslari. Q.x.f.d. (DSc) doktorligiga yozilgan dissertatsiyasi. Samarqand 2021 y. 225 bet.

2.

Boltayev A., Raximov A., Mamatov B. Buxoro sur qorako‘l qo‘ylarining qovurg‘agulli

va yasigulli yuqori mahsuldor seleksion suruvlarini yaratish usullari. “Cho‘l–yaylov
chorvachiligining ekologik asoslangan texnologiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy
konferensiya materiallari. (2009 y. 20-21 avgust. Samarqand sh.)- Samarqand, 2009, 44-48 bet.

3.

Ибрагимов А.А., Болтаев А.Ж. Гетерогенное спаривание овец по окрасом.

Селское хозяйство Узбекистана. 1993 г. 18-19 с.

4.

Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va

qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. 2021 y.


UOʻK: 636.32/38/082/11

OLMOS VA KUMUSHSIMON RANGBARANGLIKDAGI SUR QORAKO‘L

QO‘ZILARIDA GULLARNING JOYLASHISH RASMI VA MUSTAHKAMLIGI

M.X.Turanov

-q.x.f.d, ilmiy

xodim

A.Boltaev

-ilmiy xodim

M.Yarmanov

- tayanch doktorant

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada olmos va kumushsimon rangbaranglikdagi sur qorakoʻl

qoʻzilarida gullarning joylashish rasmi va mustahkamligi, gullarning ahamiyati yoritilgan.

Kalit soʻzlar: gul, olmos, kumushsimon, qovurgʻasimon, yassi, genotip
Annotation. The article presents data on the study of the density and pattern of curls in

Karakul lambs of diamond and silver sur colors.

Key words. Curl, diamond silver, ribbed, flat, genotype.

Kirish.

Ma’lumki,

qorako’l qo’ylarida guv va rang ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi

hamda bu ko’rsatkichlar bir-biriga uzviy bog’liqdir. Teri yuzasida gul rasmlarining
joylashishiga qarab uning gul tipi hamda teri sifatiga baho berish mumkin.

Qo‘ylarni maqsadli seleksiyalashda avlodlar terisi sathida mustahkam gullar salmog‘ini

juftlash variantlariga bog‘liq holda sezilarli ortishi hamda yetarsiz mustahkam va bo‘sh gullar
salmog‘i kamayadi. Keltirilgan uch xil juftlash varianlarida o‘ta mustahkam va mustahkam
gullar salmog‘i 84,3-89,2 foizga yetgan bo‘lsa, jun-tola qoplami pigmentatsiyasining kuchayishi
sharoitida bu ko‘rsatkichni 93,5±2,09 foizga yetkazish imkoniyati mavjudligini aniqlangan [1].


background image

44

Tadqiqotlarda gullarning mustahkamligi, joylashish rasmi va teri sathida qimmatli gullar

salmog‘i bo‘yicha uzun gulli qo‘ylar avlodlarida ma’lum darajada ustunlik bo‘lishi aniqlangan
[2].

Tadqiqot maqsadi.

Turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘zilarida gullarning joylashish

rasmi va mustahkamligini o‘rganish tadqiqot maqsadi hisoblanadi.

Tadqiqotning usullari.

Ilmiy tadqiqotlarni bajarishda turli rangbaranglikdagi qo‘ylar,

ulardan olingan avlodlarni baholashda S.Yu.Yusupov va boshqalarning “Qorako‘lchilikda
naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” [3]
va biometrik tahlil qilishda “Руководство по биометрии для зоотехников” usullaridan
foydalanildi [4].

Tadqiqot natijalari.

Avlodlarda gullarning joylashish rasmi. Ushbu muhim seleksion

belgi qo‘ylarning naslini, qorako‘l terilarining qimmatliligini baholashda alohida o‘rin tutadi.
Uning teri sathidagi aniqligi, parallel–konsentrik, parallel–to‘g‘ri, aralash va boshqa shakllariga
qarab nafaqat qo‘ylar va qorako‘l terilari qimmatliligi baholanadi, balkim qo‘ylarning zot
strukturasida mavjud gul tiplari bo‘yicha qaysi genotipga mansubligini aniqlash mumkin.

Ko‘pchilik tadqiqotlarda har bir gul tipiga gullarning ma’lum joylashish rasmining

xosligi, bunda yarim doira qalamgul tipi asosan gullarning parallel–konsentrik, qovurg‘asimon
va yassi tiplari parallel-to‘g‘ri, o‘sikgul tipi esa aralash joylashish rasmi bilan xarakterlanishi
ta’kidlangan.

Ta’kidlash lozimki, qorako‘l qo‘ylarining belgi va xususiyatlari bir-biriga bog‘liq holda

rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, gullar rasmi rang va rangbarangliklarga ham
bog‘liq holda ma’lum darajadagi o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladi. Sur rangi va
rangbarangliklarida jun tolalarining qora rangga nisbatan biroz uzunroq bo‘lishi gullar
rasmining aniq bir ko‘rinish hosil qilishini biroz susaytirishini taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri
hisoblanadi.

Qayd etilganlar nuqtai-nazaridan tadqiqotlar davomida turli rangbaranglikdagi sur

qorako‘l qo‘ylarini ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha gomogen va geterogen juftlashdan olingan
avlodlarda gul rasmlarining namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi. Olingan natijalar 1-jadvalda
umumlashtirilgan.

1-jadval

Avlodlarda gul rasmlarining namoyon bo‘lishi

Juftlash varianti

n

Avlodlar gul rasmi, % (X±Sx)

PK

PT

Aralash

Boshqalar

Olmos

Olmos

68

55,9±6,02

20,6±4,90

16,1±4,46

7,4±3,17

Kumushsimon

49

46,9±7,13

18,4±5,54

28,6±6,45

6,1±3,42

Tillasimon

38

57,9±8,01

15,8±5,92

18,4±6,29

7,9±4,38

Kumush

simon

Olmos

52

51,9±6,93

23,1±5,84

17,3±5,25

7,7±3,70

Kumushsimon

86

51,2±5,39

19,8±4,30

20,1±4,32

8,1±2,94

Tillasimon

41

56,1±7,75

17,1±5,88

17,0±5,87

9,8±4,64

Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda qo‘ylarning bir xil, ya’ni yarim doira

qalamgul tipiga mansub bo‘lsa, juftlash variantlari bo‘yicha gul rasmlarining avlodlarda
namoyon bo‘lishida ma’lum ustunlik va ortda qolishlar aniqlandi. Ushbu holatda parallel–
konsentrik rasmi avlodlar salmog‘ining yetarli bo‘lishi bilan birga, eng yuqori natija “olmos x
olmos” (55,9±6,02%), “olmos x tillasimon” (57,9±8,01%) va “kumushsimon x tillasimon”
(56,1±7,75%) juftlash variantlarida qayd etildi. Olmos rangbaranglikdagi ota-onalar ishtirok
etgan juftlash variantlarida esa qovurg‘asimon va yassi tipli avlodlar chiqimining nisbatan
yuqoriligi hisobiga parallel–to‘g‘ri gul rasmiga ega qo‘zilar chiqimining nisbatan yuqori
chiqimi (20,6±4,90 va 23,1±5,84 foiz), “olmos x kumushsimon” va “kumushsimon” juftlash
variantlarida esa aralash rasmli qo‘zilar salmog‘ining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari
(28,6±6,45 va 20,1±4,32 foiz) qayd etildi.


background image

45

Tadqiqotlar

davomida

gullarning

mustahkamligi

ham o’rganildi. Gullarning

mustahkamligi muhim seleksion ko‘rsatkich hisoblanib, mustahkam gullar qo‘ylarning nasliy
qimmatliligini belgilaydi. Shu bilan bir qatorda ushbu ko‘rsatkichning yuqori darajasi qorako‘l
terilarining xizmat davrini uzaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rsatkichning yuqori darajasi qo‘ylarning rangi va gul tipi,

jun qoplamining quyuqligi, turli xil jun tolalarining nisbati, uzunligi, yo‘g‘on yoki ingichkaligi,
gullarning strukturasi, tashkiliy jihatdan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tanlash, juftlash ishlarini
olib borish va boshqa faktorlarga bog‘liq.

Shu nuqtai nazaridan tadqiqotlar davomida sur qo‘ylarini rangbarangliklar bo‘yicha

juftlash sharoitida olingan avlodlarda ko‘rsatkichning namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi.
Ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

Jadval ma’lumotlari gullarning mustahkamligi seleksiya jarayonida ishtirok etayotgan

qo‘ylarning rangbarangligiga sezilarli darajada bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bunda mustahkam gulli
avlodlar salmog‘ining eng yuqori ko‘rsatkichi “olmos x olmos” juftlash variantida kuzatilib,
ular ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi variantdan 10,9 (1,2 baravar), uchinchi variantdan
6,9% (1,1 baravar), to‘rtinchi variantdan 8,6% (1,12 baravar), beshinchi variantdan 12,8% (1,2
baravar), oltinchi variantdan 13,6% (1,2 baravar) ustunlik qilgani aniqlandi.

2-jadval

Avlodlarda gullarning mustahkamligi, % (X±Sx)

Juftlash varianti

n

Gullar mustahkamligi

Mustahkam

Yetarsiz

Bo‘sh

Olmos

Olmos

68

72,1±5,44

16,1±4,46

11,8±3,91

Kumushsimon

49

61,2±6,96

25,5±6,23

14,3±5,00

Tillasimon

38

65,8±7,70

21,0±6,61

13,2±5,49

Kumushsimon

Olmos

52

63,5±6,68

25,0±6,00

11,5±4,42

Kumushsimon

86

59,3±5,30

26,7±4,77

14,0±3,74

Tillasimon

41

58,5±7,70

26,9±6,93

14,6±5,51

Xulosa.

Ta’kidlash lozimki, gul rasmlarining namoyon bo’lishida gul shakllari hamda

uzunligini inobatga olgan holda seleksiya ishlarini yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shuningdek, yetarsiz va bo‘sh mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham “olmos x olmos”
variantining ustunligi ko‘zga tashlanadi. Bunda ularning avlodlarida boshqa variantlarga
nisbatan gul mustahkamligidagi avlodlar salmog‘i 4,9-10,8 foizga, bo‘sh mustahkamlikdagi
avlodlar salmog‘i esa 1,4-2,2 foizga kam uchrashi aniqlandiki, bu seleksiya jarayonida inobatga
olinishi lozim bo‘lgan muhim holat hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Rizayeva D. Qizilqum sharoitida urchitiluvchi qora rangli qorako‘l qo‘ylarida ba’zi

seleksion belgilarning o‘zaro bog‘liqligi. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali, № 2-3 2018 y.
31-33 b.

2. Mamatov B.S., Gaziyev A. Qo‘ylar gul ko‘rsatkichlari bilan avlodlar seleksion

belgilarining korrelyatsion bog‘liqligi. “Cho‘l–yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari
mavzusidagi QCHEITIning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya
materiallari (2020 yil 10-11 dekabr)- Samarqand, 2020. 60-63 bet.

3. Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni

baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. 2021 y. 15 b.

4. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. 256

стр

Библиографические ссылки

Rizayeva D. Qizilqum sharoitida urchitiluvchi qora rangli qorako‘l qo‘ylarida ba’zi seleksion belgilarning o‘zaro bog‘liqligi. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali, № 2-3 2018 y. 31-33 b.

Mamatov B.S., Gaziyev A. Qo‘ylar gul ko‘rsatkichlari bilan avlodlar seleksion belgilarining korrelyatsion bog‘liqligi. “Cho‘l–yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari mavzusidagi QCHEITIning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya materiallari (2020 yil 10-11 dekabr)- Samarqand, 2020. 60-63 bet.

Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. 2021 y. 15 b.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. 256 стр

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов