This is an outdated version published on 06-11-2023. Read the most recent version.

Qorako‘l gullarining joylashish rasmining irsiy asoslarini baholash

Abstract

Maqolada qora rangli qorako‘l qo‘ylarini gullarining joylashish rasmi bo‘yicha turli variantlarda juftlashda ushbu xususiyatlarning namoyon bo‘lishi darajalarini o‘rganish natijalari yoritilgan.

CC BY f
48-50
77

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Norboyeva, G., & Gaziyev, A. (2023). Qorako‘l gullarining joylashish rasmining irsiy asoslarini baholash. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 4–50. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24932
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada qora rangli qorako‘l qo‘ylarini gullarining joylashish rasmi bo‘yicha turli variantlarda juftlashda ushbu xususiyatlarning namoyon bo‘lishi darajalarini o‘rganish natijalari yoritilgan.


background image

48

5.

Акмаматов Х.А., Беленко А.А. Создание и совершенствование стада

каракульских овец мубарекского заводского типа, материалы международной научно-
практической конференции, “Проблемы пастбищного животноводства и экологии
пустынь” Самарканд 2000. 6-7 сентябрья 24-26 бетлар.


UOʻK: 636.32/.38.082.11.

Qorako‘l gullarining joylashish rasmining irsiy asoslarini baholash

G.S.Norboyeva

–tayanch doktorant

A.Gaziyev

–q.x.f.d., katta ilmiy xodim

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotasiya. Maqolada qora rangli qorako‘l qo‘ylarini gullarining joylashish rasmi

bo‘yicha turli variantlarda juftlashda ushbu xususiyatlarning namoyon bo‘lishi darajalarini
o‘rganish natijalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Qorako‘l qo‘ylari, qo‘zilari, gomogen va getrogen juftlash, naslga berilishi,

gullarining joylashish rasmi

Annotation. The article describes the results of the study of the levels of manifestation of

these characteristics during mating of black-colored Karakul sheep in different variants
according to the arrangement of flowers.

Key words: Karakul sheep, lambs, homogenous and heterogenous mating, forms of

offspring, picture of location of flowers


Kirish.

Dunyo miqyosida urchitiluchi qo‘y zotlari maxsuldorlik yo‘nalishlari bilan bir-

biridan farq qiladi. Bir guruh qo‘y zotlari mayin jun, boshqa guruhlar yarim mayin jun, yarim
dag‘al, dag‘al, jun-go‘sht, go‘sht-jun, sut, go‘sht-yog‘, mo‘yna yo‘nalishlariga ixtisoslashgan
bo‘lib, ularning asosiy maxsuloti qayd etilgan mahsulotlar hisoblanadi va ular bilan olib
borilgan seliksiya-naslchilik ishlari qayd etilgan mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini takomillashga
yo‘naltiriladi.

Qorako‘l qo‘y zoti eng sifatli mo‘yna yo‘nalishidagi zot hisoblanib, baholanadigan

belgilarning

ko‘pligi

ular

bilan

olib

boriladigan

seliksiya-naslchilik

ishlarini

murakkablashtiradi.

Qorako‘l qo‘ylari bilan seleksiya ishlarini olib borishda eng muhim belgilar qatoriga

qorako‘l terilari sathida gullarning hosil qiladigan rasmi hisoblanadi.

Qorako‘l gullarining joylashish rasmi asosan 3 xil ko‘rinishda, ya’ni parallel-konsentrik,

parallel-to‘g‘ri va aralash holatlarda uchraydi. Birinchi ikki ko‘rinish maqsadga muvofiq
hisoblanib, ular asosan qimmatli yarim doira, qovurg‘asimon va yassi gul tiplarida, aralash
ko‘rinish esa qimmatsiz o‘siq gul tiplarida uchraydi.

T.U.Umirzakov (1977; 1992), M.A.Eakara, J.A.Parjanov, B.A.Ajibekov (2017),

R.G.Valiyev(1984), A.Gaziyev (2007) tadqiqotlarida qorako‘l gullari joylashish rasmining
seleksion ahamiyati yoritilgan.

Bajarilgan tadqiqotlarga qaramasdan ushbu ko‘rsatkichlarning seleksion ahamiyati va

genetik tabiatini to‘liqroq ochib berish qorako‘l qo‘ylari seleksiyasining hozirgi bosqichda ham
dolzarb muommosi hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi.

Qorako‘l qo‘ylarini gullarining joylashish rasmi bo‘yicha turli

variantlarda juftlashda avlodlarda ushbu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lish darajalari va
ehtimoliy chegaralarini aniqlash tadqiqotning maqsadi etib belgilandi.

Tadqiqot usulublari.

Tadqiqotlar Qashqadaryo viloyatining “Muborak” naslchilik MChJda

urchitiluvchi qora rangli qorako‘l qo‘ylarida olib borildi. Parallel-konsentrik va parallel-to‘g‘ri


background image

49

rasmli qo‘chqorlar bilan parallel-konsentrik, parallel-to‘g‘ri va aralash rasmli ona qo‘ylar
juftlanib, olingan avlodlarda ushbu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi.

Qo‘zilarni seleksion baholash “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni

baholash (banitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” (S.Yu.Yusupov va boshqalar, 2015) asosida
amalga oshirildi.

Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida ishlov berildi (N.A.Ploxinskiy,

1969).

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotlarda olib borilgan juftlash ishlari natijasida olingan avlodlarning

gullarining joylashish rasmi bo‘yicha taqsimlanish darajalari o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar 1-
jadvalda umumlashtirilgan.

1-jadval

Turli juftlashda avlodlarda gul rasmlarining namoyon bo‘lishi

Juftlash

Jami olingan

avlod, bosh

Shundan, % (X±Sx)

PK rasmli

PT rasmli

aralash

rasmli

PK

PK

270

68,1

±

3,44

16,3

±

5,57

x)

15,6

±

5,6

x)

PT

145

23,4

±

7,26

x)

64,0

±

5,0

12,6

±

7,8

x)

Aralash

120

31,7

±

7,55

x)

18,3

±

8,2

x)

50,0

±

6,5

PT

PK

175

35,4

±

6,1

37,7

±

6,0

26,9

±

6,5

PT

142

27,5

±

7,15

50,7

±

5,9

21,8

±

7,42

Aralash

110

21,8

±

8,43

x

52,7

±

6,6

x

25,5

±

8,24

X)-P<0,001; X-P<0,05

Tadqiqotlarda qo‘ylarni gul rasmi bo‘yicha gomogen va getrogen juftlash asosida avlodlarda

maqsadga muvofiq gul rasmlari bilan xarakterlanuvchi avlodlar chiqishini boshqarish mumkinligi
aniqlandi. Ushbu holatda eng yuqori natijalarga gomogen juftlashda erishish imkoniyatlarining yuqoriligi
qayd etildi. Buni quydagi natijalarda ko‘rish mumkin, ya’ni parallel-konsentrik gul rasmli, ota-
onalarni juftlashning xususiyati avlodlar salmog‘ini 68,1

±

3,44 foizga, parallel-to‘g‘ri gul

rasmli, ota-onalarni juftlashda esa shunday qo‘zilar salmog‘ini 50,7

±

5,9 foizga yetkazish

aniqlandi.

Xulosa:

Qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash jarayonida ularning gul tipi bo‘yicha juftlash

bilan bir qatorda gullarning joylashish rasmiga ham alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. 1-rasmda ish jarayoni keltirilgan.

1-rasm. Terisidagi gullarining joylashish rasmi bo‘yicha parallel-konsentrik, parallel-to‘g‘ri

va aralash holatdagi qo‘zilar


background image

50

Foydalanilgan аdabiyotlar roʻyxati

1. Валиев Р.Г. Теория и практика селекции и разведения черных каракульских овец.

Докт.дисс., Мoсква, 1984, 255 с

2. Газиев А. Cелекционно-генетические аспекты эффективного использования

потенциала каракульских овец в Узбекистане.“ Животнодство, кармороизводство и
ветеринария”, №2 Алматы-2007 с.28-30

3. Ескара М.А. Паржанов Ж.А. Ажибеков. А Наследование признаков смушковости

каракульских овец черной окраски скороспелого типа жомартовской популяции. Сб.
Науг. Трудов ЮЗНИИЖиР. Т.2. Шымкент, 2017, с.79-81

4. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва

,

1969.

С.125-130

5. Умурзаков Т.У. Исследование генетических причин разнообразия каракульского

приплода по типу смушка при однородном подборе родителей жакетного типа. Автореф.
Канд.дисс., Чимкент, 1977, 23 с

6. Умурзаков Т.У. Изменчивосъ признаков и селекция каракульских овец. Алмата,

1992. 232 с.

7. Yusupov S.Yu. va boshqalar, “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va

qo‘zilarni baholash (banitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma”. Toshkent, 2015. 31 bet.


УЎК: 636.32/.38.081:083.37

СУР РАНГЛИ ҚОРАКЎЛ ҚЎЗИЛАРДА ЖУН ТОЛАСИНИНГ ПИГМЕНТЛАНИШ

ДАРАЖАСИНИ БОШҚА ХУСУСИЯТЛАРГА БОҒЛИҚЛИГИ

М.В.Акбарова–

таянч докторант

Б.С.Маматов–

қ.х.ф.ф.д. (PhD), катта илмий ходим,

М.Х.Туранов–

қ.х.ф.ф.д. (PhD)

Қоракўлчилик ва чўл экологияси илмий-тадқиқот институти


Аннотация.
Мақолада сур рангли қоракўл қўзиларида жун толасининг

пигментланиш даражасининг қўзилар ўлчами ва рангбаранглигига боғлиқлигини ўрганиш
бўйича олинган натижалар ёритилган.

Калит сўзлар: қоракўл қўйлари, қўзилари, сур ранги, рангбаранглик, жун

толасининг пигментланиш даражаси, қўзилар ўлчами.

Annotation.

The article presents data from a study of the properties of the pigmentation

level of hair of Karakul lambs of suras of various colors and sizes.

Key words:

Karakul sheep, lambs, sur coloring, coloring, level of hair, pigmentation, size

of lambs

Кириш.

Сур рангли қоракўл қўзиларининг бошқа селекцион белгилари билан бир

қаторда жун толаларининг пигментланиш даражаси муҳим аҳамиятга эга. Шу билан
бирга ушбу белгининг қўзилар ўлчами ҳамда уларнинг рангбаранглиги кесимида намоён
бўлиш хусусиятларини ўрганиш сур рангли қоракўл терилар товарлик хусусиятларини
аниқлашда муҳим аҳамият касб этади.

Ушбу кўрсаткичнинг селекцион аҳамияти

шундаки, юқори гул кўрсаткичлари шароитида ҳам жун-тола сифатининг қониқарли
бўлмаслиги баҳолаш пайтида қўзилар наслини, қоракўл териларининг товарлик
қимматлилигини пасайтиради.

Жун толасининг пигментланиш даражаси кўпгина селекцион белгилар билан ўзаро

боғлиқликда намоён бўлиши кўпчилик тадқиқотларда ўрганилган. Мазкур белгининг
намоён бўлиши ва унинг сифати бошқа муҳим белгилар билан боғлиқ. Бунга гулларнинг

References

Валиев Р.Г. Теория и практика селекции и разведения черных каракульских овец. Докт.дисс., Мoсква, 1984, 255 с

Газиев А. Cелекционно-генетические аспекты эффективного использования потенциала каракульских овец в Узбекистане.“ Животнодство, кармороизводство и ветеринария”, №2 Алматы-2007 с.28-30

Ескара М.А. Паржанов Ж.А. Ажибеков. А Наследование признаков смушковости каракульских овец черной окраски скороспелого типа жомартовской популяции. Сб. Науг. Трудов ЮЗНИИЖиР. Т.2. Шымкент, 2017, с.79-81

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва, 1969. С.125-130

Умурзаков Т.У. Исследование генетических причин разнообразия каракульского приплода по типу смушка при однородном подборе родителей жакетного типа. Автореф. Канд.дисс., Чимкент, 1977, 23 с

Умурзаков Т.У. Изменчивосъ признаков и селекция каракульских овец. Алмата, 1992. 232 с.

Yusupov S.Yu. va boshqalar, “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (banitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma”. Toshkent, 2015. 31 bet.