Sur rangli qorako'l qo'ylarining jun-tola qoplami ko'rsatkichlari

  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
CC BY f
94-96
5
2
Поделиться
Назарова, М. (2023). Sur rangli qorako’l qo’ylarining jun-tola qoplami ko’rsatkichlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 94–96. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24956 (Original work published 6 ноябрь 2023 г.)
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab  jun-tolalarining ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

94

UOʻK: 636.31

SUR RANGLI QORAKO‘L QO‘YLARINING JUN -TOLA QOPLAMI

KO‘RSATKICHLARI

M.A.Nazarova

-q.x.f.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti


Annotatsiya.
Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab jun-tolalarining

ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: yaltiroqlik, ipaksimonlik, sur rang, yassi, zichlik.
Abstract. The article provides information on parameters such as silkiness, luster, and

length of wool fibers depending on lamb selection parameters.

Key words: luster, silkiness, gray color, flatness, density.

Kirish.

Chorvachilikda seleksiyaning amaliyoti o‘rganilayotgan belgilar orasida

bog‘liqlik to‘g‘risida ma’lumotlardan foydalanish hisobga olinadigan belgilar sonini
kamaytirish, seleksion jarayonni tezlashtirish, uning samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.
Ushbu yo‘nalishda turli rangli gul tiplaridagi qo‘ylarning nasliy-mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini
o‘rganish orqali mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha qator olimlar tomonidan tadqiqot ishlari
bajarilgan va natijada qorako‘l qo‘ylarining irsiy – mahsuldorlik, qorako‘l terilarining tovarlik
xususiyatlarining yaxshilanishi kuzatilgan.

Tadqiqot maqsadi.

Qorako‘l qo‘zilarida seleksion belgilarning namoyon bo‘lish

xususiyatlarni o‘rganish yo‘nalishdagi tadqiqotlar ushbu xususiyatlarining turli urchitish
hududlariga bog‘liq holda ma’lum darajadagi farqlanishlari kuzatildi.

Tadqiqot natijalari.

Jun tolalarining ipaksimonlik va yaltiroqlik darajalari, optimal

uzunlikka ega bo‘lishi va teri sathida zich bo‘lishi qorako‘l mahsulotining sifatini, gullarning
qimmatliligini, mustahkamligini belgilaydi. Shu bilan bir qatorda ushbu ko‘rsatkichlarning
optimal va maksimal darajalarda namoyon bo‘lishi qo‘ylarning nasliy qimmatliligini va ular
bilan olib boriladigan seleksiya-naslchilik hamda urchitish ishlarining samaradorligini oshiradi.

Ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu ko‘rsatkichlarning turli gul tipiga mansub qo‘zilarda

namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, farqlanish va o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi
kuzatilgan.

Jun tolalarining ipaksimonligi va yaltiroqligi

. Bu borada yassi gul tipiga mansub

qo‘zilarda ushbu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari boshqa tipli qo‘zilar
ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy o‘rganildi.

1-jadval

Turli gul tipiga mansub qo‘zilarning jun–tola sifat ko‘rsatkichlari

Koʻrsat-

kichlar

Gul tipi

Yassi n=65

Yarim doira

qalamgul n=72

Qovurg‘asimon

n=50

O‘sikgul

n=50

Jun – tola ipaksimonligi, % (X±Sx)

Kuchli

41,2±6,22

x)

32,7±5,56

x)

7,2±5,97

x

8,9±4,21

Me’yorli

41,7±6,27

55,7±5,94

58,2±7,12

53,3±7,43

Etarsiz

12,5±4,02

x)

12,7±3,98

x)

14,6±5,11

x

37,8±7,23

Jun-tola yaltiroqligi, % (X±Sx)

Kuchli

47,2±6,29

x)

33,3±5,63

x

31,5±6,70

x

13,3±5,06

Me’yorli

43,8±6,23

55,6±5,94

54,2±7,19

46,7±7,44

Etarsiz

9,2±3,62

x)

12,1±3,75

x)

14,5±5,05

x

40,1±7,30

X- P<0,05; X) – P<0,001


background image

95

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, har xil gul tipidagi qorako‘l qo‘zilari jun

tolalarining uzunligi bilan bir–biridan ma’lum darajada farqlanadi.

Ushbu belgining turli gul tipli qo‘zilarda o‘zgaruvchanlik va o‘rtacha kvadratik og‘ish

ko‘rsatkichlarining bir-biridan sezilarli darajada farqlanishi tadqiqotlarda aniqlandi. Ushbu
ko‘rsatkichlarning yarim doira qalamgul tipidagiga nisbatan qovurg‘asimon tipida qo‘zilarning
ipaksimonlik, yassi tipida va o‘sikgul tipida qo‘zilardagi farq sezilarli darajada o‘zgargan,
ushbu holatdan seleksiya jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq.

Jun–tola uzunligi va zichligi

. Ma’lumki, qorako‘lchilikda hayvonlarning nasl qimmati

ularda 30 ga yaqin seleksion belgilarning namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Ularning yuqori
darajada namoyon bo‘lishi nasliy qimmatlikni oshiradi, past darajada namoyon bo‘lishi esa
kamaytiradi.

Ko‘pchilik seleksion ko‘rsatkichning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim

belgilardan biri – bu jun tolalarining uzunligi va zichligidir. Shu nuqtai nazardan ushbu
belgilarga seleksiya jarayonida doimiy e’tibor qaratiladi.

Ushbu belgilarning irsiylanishi, naslga berilishi, turli sharoitlarga bog‘liq holda

o‘zgaruvchanligi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan va uning seleksion ahamiyati
ko‘rsatib berilgan.

Belgining o‘zgaruvchanlik xususiyatlari unga doimiy e’tiborni talab qiladi. Shu jihatdan

ularni seleksiya jarayonida doimo nazoratda ushlash, uning namoyon bo‘lishini boshqarib turish
yo‘llarini aniqlash qorako‘lchilikda dolzarb muammolardan biridir.

Tadqiqotlarda turli gul tipidagi qo‘zilarga xos jun – tola uzunligini va uning

o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini hamda qoplami zichligini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib
borildi. Ma’lumotlar 2-jadvalda umumlashtirilgan.

2-jadval

Turli gul tipidagi qo‘zilarda jun – tola uzunligi va zichligi

Gul tipi

n

Jun – tola uzunligi, mm

Jun tola zichligi, % (X±Sx)

(X±Sx)

Sv %

O‘ta zich

Zich

Siyrak

Yassi

63

9,8±0,10

x)

9,21

31,4±5,85

56,7±6,26

12,9±4,22

Yarim doira

qalamgul

70

10,7±0,14

x)

11,20

37,1±5,80

50,8±5,98

12,1±3,75

Qovurg‘asimon

48

9,1±0,12

x)

9,03

39,5±7,06

52,2±7,21

8,3±3,98

O‘sikgul

45

11,54±0,20

12,30

33,3±7,03

48,9±7,45

17,8±5,70

X) - P<0,001

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, har xil gul tipidagi qorako‘l qo‘zilari jun

tolalarining uzunligi bilan bir – biridan ma’lum darajada farqlanadi. Jun–tolalarining eng kalta
ko‘rsatkichiga qovurg‘asimon tipli qo‘zilar (9,1±0,12 mm) ega bo‘lsa, o‘sikgul tipli qo‘zilar jun
tolalarining eng uzun (11,54±0,20 mm) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanib, yarim doira qalamgul
va yassi tipli qo‘zilar oraliq holatni egallaydi.

Ushbu belgining turli gul tipli qo‘zilarda o‘zgaruvchanlik va o‘rtacha kvadratik og‘ish

ko‘rsatkichlarining bir- biridan sezilarli darajada farqlanishi tadqiqotlarda aniqlandi. Ushbu
ko‘rsatkichlarning yarim doira qalamgul tipida 10,20% va 1,10 mm ni, qovurg‘asimon tipida
2,10% va 0,20 mm ni, yassi tipida 9,0% va 0,90 mm ni o‘sikgul tipida 12,3% va 1,42 mm ni
tashkil etishi qayd etilgan fikrni tasdiqlaydiki, ushbu holatdan seleksiya jarayonida foydalanish
maqsadga muvofiq.

Jun qoplamining zichligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar yassi tipida o‘ta zich

ko‘rsatkichga ega qo‘zilar salmog‘ining ma’lum darajada yarim doira qalamgul va
qovurg‘asimon tipli qo‘zilar ko‘rsatkichlaridan pastligini (6,7-8,1%) ko‘rsatadi.


background image

96

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni

baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent 2015 y.

2. Gaziev A., Yusupov S.Yu., Fazilov U.T. Qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi

samaradorligini oshirish usullari. //Uslubiy ko‘rsatmalar. Samarqand, 2001, 9 b.

3. Газиев А., Юсупов С.Ю., Фазилов У.Т. Селексионные основы повышения

эффективности селексии черных каракулских оветс. //«Чўл-яйлов чорвачилиги ва озуқа
этиштириш муаммолари» ҚЧEИТИнинг 85 йиллигига бағишланган ҳалқаро ил.-амал.
конф. материаллари. Самарқанд. 2015. 51-55.

4. Mamatov B.S., Gaziev A. Sur qorako‘l qo‘zilar jun–tola uzunligining ota – onalar gul

tipi bilan bog‘liqligi. “Cho‘l–yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini
olishning ilmiy amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya materiallari.
Samarqand, 2019. 43-44 bet.


UO‘T:636.32

QO‘YCHILIKNI HOZIRGI HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

S.Boshmonov., D.T.Rizayeva.,

M.Q.Sulaymonova

Samarqand davlat veterinariya medisinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada qo‘ychilikning halq xo‘jaligidagi ahamiyati, hozirgi

holati, rivojlantirish istiqbollari, dunyo miqiyosida va mamlakatimizdagi qo‘ylarning bosh
soni, shuningdek, qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
ishlar taxlil qilingan, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: Chorvachilik, qo‘ychilik, otlar bosh soni, oziq-ovqat mahsulotlari,

mahsuldorlik, samaradorlik, qo‘y zotlari, jaydari, hisor, qorako‘l, xom ashyo, go‘sht, jun, teri.

Abstract: This article discusses the importance of sheep breeding in the national

economy, its current state, development prospects, the number of sheep in the world and in our
country, as well as the implementation of increasing production in sheep breeding and
improving quality. manufactured products, analyzed the work done, and gave appropriate
conclusions and recommendations.

Key words: Livestock breeding, sheep breeding, horse population, food products,

productivity, productivity, sheep breeds, Jaidari, Hisar, Karakol, raw materials, meat, wool,
leather.


Kirish.

Qo‘ychilik chorvachilikning eng qadimiy va muhim tarmoqlaridan biri

hisoblanib, asrlar mobaynida kishilik jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin
tutgan. Aholi uchun oziq-ovqat va daromad olishning muhim manbai hisoblangan.

Qo‘ylar chorva hayvonlari orasida eng ko‘p sonlisi bo‘lib, yer yuzining barcha

mintaqalarida tarqalganligi bilan ajralib turadi.

Qo‘ychilik aholini sifatli oziq-ovqat, jumladan go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan

barqaror ta’minlash, sanoatni esa sifatli xom-ashyo hisoblanadigan jun, po‘stinbop, mo‘ynabop
va barra teri bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Keyingi yillarda yer yuzida aholi sonining keskin ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli qo‘ychilik sohasini rivojlantirish,
qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish ilmiy va amaliy jihatdan muhim
ahamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

Chorvachilikda seleksiyaning amaliyoti o‘rganilayotgan belgilar orasida bog‘liqlik to‘g‘risida ma’lumotlardan foydalanish hisobga olinadigan belgilar sonini kamaytirish, seleksion jarayonni tezlashtirish, uning samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Ushbu yo‘nalishda turli rangli gul tiplaridagi qo‘ylarning nasliy-mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha qator olimlar tomonidan tadqiqot ishlari bajarilgan va natijada qorako‘l qo‘ylarining irsiy – mahsuldorlik, qorako‘l terilarining tovarlik xususiyatlarining yaxshilanishi kuzatilgan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов