Probiotik bilan oziqlantirilgan naslli erkak qo„zilarning eksteryer ko„rsatkichlari

CC BY f
1-4
4
2
Поделиться
Хатамов, А., & Казаков, Ж. (2023). Probiotik bilan oziqlantirilgan naslli erkak qo„zilarning eksteryer ko„rsatkichlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 1–4. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24997
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada qorako‘l qo‘zilarning turli yosh davrlarida o‘sish va rivojlanish xususiyatlari yani eksteryeri koʻrsatkichlari va unga probiotiklarning  ta‘sirini o‘rganish natijalari keltirilgan.


background image

101

II. CHO‘L CHORVACHILIGIDA OZIQLANTIRISH

VA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI





UOʻK: 636.32/38.081:084.5.

PROBIOTIK BILAN OZIQLANTIRILGAN NASLLI ERKAK QO‘ZILARNING

EKSTERYER KO‘RSATKICHLARI

A.X.Xatamov

–q.x.f.d (PhD), katta ilmiy xodim,

J.B.Qozoqov

–tayanch doktorant,

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti


Annotatsiya.
Maqolada qorako‘l qo‘zilarning turli yosh davrlarida o‘sish va rivojlanish

xususiyatlari yani eksteryeri koʻrsatkichlari va unga probiotiklarning ta‘sirini o‘rganish
natijalari keltirilgan.

Kalit soʻzlar. qorako‘l qo‘yi, oziqlantirish, probiotik, ozuqaviy qo‘shimcha, eksreryer,

oʻsish, rivojlanish.

Summary. The article presents the results of studying the characteristics of growth and

development, i.e. exterior indicators, and the effect of probiotics on Karakul lambs at different
ages.

Key words: karakul sheep, feeding, probiotic, food supplement, exterior, growth,

development.


Kirish.

Qorako‘lchilik chorvachilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda

respublikada 6 mln ga yaqin qorako‘l zoti qo‘ylar urchitilmoqda. Bugungi kunda chorva
mollaridan yuqori mahsuldorlik olishni istagan xar bir chorvador ularni oziqlantirishni ilmiy
asoslarda tashkil etmasdan oʻz maqsadiga erisha olmasligini yaxshi biladi. Choʻl hududlarda
yaylovlarning hosildorligi ko‘p jihatdan yog‘ingarchilik miqdoriga va yaylovlardan oqilona
foydalanishga bog‘liq. Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishning asosiy yechimlardan
biri bu ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalanish hisoblanadi. Hozirgi kunda zomonaviy
ozuqaviy qo‘shimchalardan yani probiotiklardan foydalanish ishlari chorvachilikning barcha
sohalari kabi qorako‘lchilikda ham foydalanilmoqda.

Tadqiqotlarda “Aktivil-3” probiotiginig sovliqlar sutining kimyoviy tarkibiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatganligi aniqlandi. Bunda yog‘, oqsil, quruq modda, zichlik bo‘yicha tajriba guruhi
nazorat guruhidan mos ravishda 0,13%; 0,3%; 0,98% va 5,3% ga ustunlik qilishi kuzatilgan.
Bundan tashqari qoʻylar mahsuldorligiga probiotiklar ijobiy ta’sir koʻrsatishi qayd etilgan [7].

Tadqiqotlarda Baktovit (j-2) va baktovit probiyotigi qo‘shilgan ozuqalarda fermentlanish

jarayoni nazorat guruhiga nisbatan ancha tez boshlanishi fermentatsiya davrida aminokislatalar
miqdori 28% gacha chorva mollari parrandalar quyonlar mahsuldorligi turlarga qarab 12-30%
gacha oshishi ularning chiqindilarda to‘yimli moddalar qoldiqlarinig kamayishi 4,5-5,5% ga
kamayishi aniqlangan [1].

Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida ozuqaning hazm bo‘lishida bakteriyalar

muhim rol o‘ynaydi ular selluloza (dagʻal asosiy qismi), kraxmal monosaxaridlar, kislotalar (sut
kislotasi va qahrabo, chumoli kislotalar) lipidlarni fermentativ parchalanishiga va azotli
birikmalar konversiyasida ishtirok etadi [2].


background image

102

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash ayniqsa hayvonot olamidan olinadigan

ozuqalar bilan taminlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Qo‘ylardan edilboy zoti go‘sht
yetishtirishda oldingi o‘rinlarda turadi. Edilboy zotli sovliqlardan 100 bosh ajratib olindi va
urug‘langan sovliqlardan 70 ta yakka va 20 bosh egiz qo‘zi olindi. Qo‘zilarning o‘sishi orqali
sovliqlar sutdorligiga baho berildi natijada 21 kunlikdagi tirik vazni sutdorligi yuqori bo‘lgan
sovliqlarning qo‘zilari 2,27 kg ga ustunlik qilgan. 4 va 7 oylikdagi qo‘chqorchalarning go‘sht
mahsuldorligi 4 oylikda 2,29-5,42% va 7 oylikda 2,33-2,88% nazorat guruhiga nisbatan
ustunlik kuzatilgan [3].

Tana o‘lchamlarini olish hayvon tashqi ko‘rinishini o‘rganishning aniq usuli hisoblanadi.

Tajriba uchun volgagrad zotli qo‘chqorlaridan 20 boshdan 2 ta guruh shakllantirilgan va tajriba
guruhiga eksudirlangan yem berilib ularning tana o‘lchamlaridagi o‘zgarishlar o‘rganilgan.
Tajriba boshida guruhlar o‘rtasida unchalik farq kuzatilmagan boʻlsada 8 oylik davrga kelib
farqlanishlar kuzatilgan. Tajriba guruhida yag‘rin balandligi 2,26 sm, gavdaning qiya uzunligi
2,33 sm ko‘krak kengligi 3,85 sm yuqori boʻlishi kuzatilgan [5].

Tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarga asosan probiotiklar va boshqa innovatsion usulda

tayyorlangan ozuqalar hayvon organizmida oshqozon ichaklarda ovqat hazm qilish jarayonini
yaxshilash bilan bir qatorda ularni har xil kassaliklardan himoya qilishi, qorako‘l qo‘ylarining
o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi, sovliqlarning sut miqdorining oshishi va
kimyoviy tarkibining sifati yaxshilanishi aniqlangan [7, 8, 9, 10].

Tadqiqotning maqsadi.

Naslli erkak qo‘zilarning eksterer ko‘rsatkichlariga probiotiklar

bilan oziqlantirishning ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Tadqiqot uslublari.

Tadqiqotlar Samarqand viloyati Nurobod tumani “Saxoba ota”

MCHJ da amalga oshirildi. Tajriba uchun 20 bosh va nazorat uchun 20 bosh erkak qo‘zilar
tanlab olindi.

Tajriba va nazorat guruhi hayvonlari bir xil sharoitda saqlandi va oziqlantirildi va tajriba

guruhiga “Aktivil-3” probiotigi qo‘llanmasiga asosan, 1 kunda 300 gr/t miqdorda ozuqasiga
qo‘shib berildi. Dastlabki 1-oyida har kuni ikkinchi oydan boshlab bir oyda 10 kundan berib
borildi.

“Aktivil-3” probiotigi ozuqa moddalarning ovqat hazm qilish kanali orqali o‘tishini

sekinlashtirishga yordam beradi va shu bilan ozuqa moddalarning yaxshi so‘rilishini
ta’minlaydi. Bundan tashqari yordamchi moddalar hazm qilishni yaxshilaydi va ozuqa
konversiyasini oshiradi.

Eksteryer o‘lchamlari (yag‘rin balandligi, gavdaning qiya uzunligi, ko‘krak chuqurligi,

kengligi va aylanasi, poycha aylanasi) o‘lchov tayog‘i va lentasi, tana tuzilish indekslari
zootexniyada qabul qilingan formulalar orqali aniqlandi (N.A.Kravchenko, 1963) [4].

Tajribadan olingan ma’lumotlar variatsion statistika usulida qayta ishlandi.

(Н.А.Плoхинский, 1969). Bunda belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi
(Sx), o‘zgaruvchanlik koeffisenti va guruhlar o‘rtasidagi farqning ishonchliligi (P) aniqlandi
[6].

Tadqiqot natijalari.

Qorako‘lchilikda oziqaviy qo‘shimchalardan foydalanish natijasida

naslli erkak qo‘zilarda eksteryer ko‘rsatkichlaridagi o‘zgaruvchanliklar 1-jadval ma’lumotlarida
keltirilgan.

Eksterer o‘lchamlari qishloq xo‘jalik xayvonlarining tirik vazni bilan bog‘liq bo‘lgan

muhim biologik ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Eksteryer ko‘rsatkichlarining rivojlanishiga
qo‘zilarni oziqlantirishning ahamyati muhim hisoblanadi. Bizning tadqiqotlar davomida
olingan ma’lumotlar asosida tana o‘lchamlarining tahlili quydagicha bo‘ldi.

Yangi tug‘ilgan qo‘zilarda tana o‘lchamlari mos ravishda tajriba guruhi nazorat

guruhidan 0,2 sm 0,5% ga kam, 0,1 sm 0,3% ga ustun, 0,2 sm 1,4% ga kam, 0,2 sm 2% ga
ustun, 0,6 sm 0,5% ga ustun, 0,1 sm 1,7% ustunlik qilib bu ko‘rsatkichlar 21 kunlikka kelib bu
ko‘rsatkichlar mos ravishda 4,1 sm 10,02% ga, 2,7 sm 7,8% ga, 1 sm 5,6% ga, 0,7 sm 6,3% ga,


background image

103

3,2 sm 7,1% ga, 0,4 sm 6,5% ga yuqori bo‘lgan. 4,5 oylikda ham 6,1 sm 11,2% ga, 3,9 sm 6,1%
ga, 1,8 sm 7,8% ga, 0,9 sm 7,2% ga, 3,7 sm 5,4% ga, 0,5 sm 7,3% ga, 6 oylik yoshiga kelib 4,5
sm 7,9% ga, 3,5 sm 5,8% ga, 1,5 sm 6% ga, 0,8 sm 5,8% ga, 3,7 sm 5,3% ga, 0,4 sm 5,4% ga
barcha ko‘rsatkichlarda ustunlik kuzatildi. Ushbu ma‘lumotlar asosida “Aktivil-3” probiotigi
qo‘ylar ovqat xazm qilish organlarida ozuqalarning hazmlanish darajasini oshirishi hisobiga uni
o‘sish rivojlanish yaxshi bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

1-jadval

Naslli erkak qo‘zilarning eksteryer ko‘rsatkichlari, sm n=20

Guruhlar

Yoshi

Tajriba

Nazorat

X±Sx

Cv %

X±Sx

Cv %

Yag‘rin balandligi

tugʻilganda

36,9±0,13

x)

1,5

37,1±0,14

1,58

21 kunlik

45,0±0,37

x

3,84

40,9±0,35

3,8

4,5 oylik

60,1±0,43

x

3,17

54,0±0,45

3,7

6 oylik

61,2±0,4

x

2,9

56,7±0,43

3,88

Gavdaning qiya

uzunligi

tugʻilganda

29,5±0,3

x)

4,8

29,4±0,17

2,62

21 kunlik

37,1±0,32

x

3,9

34,4±0,31

4,0

4,5 oylik

60,1 ±0,14

x

2,99

56,2±0,47

3,7

6 oylik

63,5±0,44

x

3,13

60,0±0,53

3,95

Ko‘krak chuqurligi

tugʻilganda

14,1±0,12

x

3,97

14,3±0,13

4,12

21 kunlik

18,6±0,25

x

6,12

17,6±0,26

6,4

4,5 oylik

24,7±0,35

x

6,27

22,9±0,35

6,76

6 oylik

26,4±0,37

x

6,36

24,9±0,35

6,18

Ko‘krak kengligi

tugʻilganda

10,2±0,14

x)

6,07

10,0±0,17

7,8

21 kunlik

11,8±0,15

x

5,76

11,1±0,13

5,49

4,5 oylik

13,4±0,19

x

6,41

12,5±0,18

6,3

6 oylik

14,5±0,18

x)

5,65

13,7±0,19

6,2

Ko‘krak aylanasi

tugʻilganda

40±0,15

x)

1.65

5,7±0,1 x)

8,57

21 kunlik

39,8±0,14

1,5

5,6±0,1

8,2

4,5 oylik

47,8±0,43

x

4,0

44,6±0,31

3,1

6 oylik

6,5±0,07

x

5,23

6,1±0,07

5,49

Poycha aylanasi

tugʻilganda

71±0,42

x)

2,66

67,3±0,49

3,3

21 kunlik

7,3±0,07

x

4,65

6,8±0,07

5,1

4,5 oylik

72,5±0,48

x

2,95

68,8±0,47

3,05

6 oylik

7,8±0,09

x

5,12

7,4±0,08

4,72

Izoh: x P˃0,999, x) P˃0,95.

Xulosa

qilib aytganda, qoʻzilarning oʻsishi va rivojlanishiga “Aktivil-3” probiotigini

qo‘shib berilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatib, oshqazon suyuqligi va ichaklarda foydali bakteriyalar
salmog‘ini oshirish va hazmlanish jarayonini yaxshilashiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabyotlar royxati

1.

Alizade Alibala, Yo‘ldashev D Baktavit J va Baktovit probiotigi. Veternariya

meditsinasi .Toshkent 2021-y. №8. 29-32 bet.

2.

Bakirov B., Xayitov B.N. Mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidiozining ertachi

tashxisi, guruhli davolash va oldini olish choralari boyicha tavsiyalar. Toshkent-2022 y. 34 bet.

3.

Бабочкин П.С, Забелина М.В Особенности формиравания убойных качеств

молодняка овец эдильбаевской породы в зависимости от молочности их матерей.
Аграрный научный журнал. №6 43-45 ст

4.

Кравченко Н.А. Разведение сельскохозяйственных животных. Изд-во сельхоз

литературы, журналов и плакатов, 1963. 310 с.


background image

104

5.

Манджиева М.В (2018) Экко-пд-см и экко-тж-см на мясную и шерстную

продуктивность баранчиков. Волгаград 2018 г Дисс. 122 ст.

6.

Плохинский Н.А. Рукаводство по биометрии для зоотехников. – Москва, 1969 г,

256 с.

7.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining

kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y.
№03. 26-28 B.

8. Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE

METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

9. Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth

indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue
11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

10. Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas

Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.


UO‘K: 636.32/.38.084.1:591.111.05.

NASLLI QORAKO‘L QO‘ZILARI QONINING BIOKIMYOVIY TARKIBIGA

PROBIOTIKLARNING TA’SIRI

A.X.Xatamov-

q.x.f.d (PhD), katta ilmiy xodim,

J.B.Qozoqov-

tayanch daktarant

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda

probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini
o‘rganish natijalari keltirilgan.

Kalit sozlar: qorako‘l qo‘zi, probiotik, qon, eritrosit, leykosit, gemoglobin, ozuqa.
Summary. This article presents the rule of the use probiotics in feeding of breeding male

Cormarant lambs, as well as the results of the study of biochemical indicators of blood.

Key words: karakul lamb, probiotic, blood, erythrocyte, leukocyte, hemoglobin, feed.

Kirish.

Qorako‘lchilik chorvachilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib ozuqa bazasini

asosiy qismi dag‘al ozuqalardan iborat bo‘ladi, ushbu ozuqalarning energetik qiymati past
bo‘lganligi uchun oziqlantirish ratsionlarning umumiy to‘yimliligi va biologik qiymatini
oshirish maqsadida ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Dag‘al
ozuqalarning hazmlanishida katta qorin suyuqligi tarkibidagi tirik mavjudotlar ya’ni
bakteriyalar muhim ro‘l o‘ynaydi. Ozuqalarning yaxshi hazmlanishi esa organizmning yaxshi
o‘sishi va rivojlanishi, mahsuldorlikning yuqori bo‘lishi uchun asosiy manba hisoblanadi.

Olimlarning yozishicha eritrositlar organizm uchun ahamyati katta hujayralardir chunki

ular tarkibdagi gemoglabin kislorodni hamda aminokislatalarni biriktirib organizmning barcha
organ va to‘qimalariga tashib berish hamda karbonat angidridni va chiqindi moddalarni ayiruv
organlariga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Leykositlar organizmda asosiy himoya
vazifasini bajaradi shulardan fogositoz-yod moddalarni yemirish, antitelalarni ishlab chiqarish
va oqsil tabiatli toksinlarni chiqarib tashlash vazifalarini bajaradi [4].

Qon tarkibida glyukozaning normada bo‘lishi hayvon organizmida moddalar almashinuvi

me’yorda bo‘lishini taminlaydi. Oqsillar miqdori hayvon organizmida ularning yoshiga, jinsiga,
yilning fasliga qarab o‘zgarib turadi. Oqsillar organizmda asosiy qurilish funksiyasini bajaradi
[6].

Библиографические ссылки

Alizade Alibala, Yo‘ldashev D Baktavit J va Baktovit probiotigi. Veternariya meditsinasi .Toshkent 2021-y. №8. 29-32 bet.

Bakirov B., Xayitov B.N. Mahsuldor sigirlarda katta qorin atsidiozining ertachi tashxisi, guruhli davolash va oldini olish choralari boyicha tavsiyalar. Toshkent-2022 y. 34 bet.

Бабочкин П.С, Забелина М.В Особенности формиравания убойных качеств молодняка овец эдильбаевской породы в зависимости от молочности их матерей. Аграрный научный журнал. №6 43-45 ст

Кравченко Н.А. Разведение сельскохозяйственных животных. Изд-во сельхоз литературы, журналов и плакатов, 1963. 310 с.

Манджиева М.В (2018) Экко-пд-см и экко-тж-см на мясную и шерстную продуктивность баранчиков. Волгаград 2018 г Дисс. 122 ст.

Плохинский Н.А. Рукаводство по биометрии для зоотехников. – Москва, 1969 г, 256 с.

Xatamov, A., & Qozoqov, J. (2023). Qorako’l qo’ylari sut mahsuldorligi va sutining kimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta’siri. Chorvachilik Va Naslchilik Ishi Jurnali. 2023 Y. №03. 26-28 B.

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

Xatamov А., Normuminova M. The effect of "barakat" fertilizer on the growth indicators of lambs and the milk production of children. ISSN: 2776-0979, In Volume 3, Issue 11 of Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Nov., 2022. РР. 1550-1553 https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NRKCT

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов