Golshtin zotli sigirlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari

  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
CC BY f
287-289
8
2
Поделиться
Ташматов, Ф., & Нарбаева, М. (2023). Golshtin zotli sigirlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 287–289. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25129
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqand  viloyati Narpay  tumanida “Agro Goldin Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida golshtin  zotli sigirlar tanasining mutanosib  rivojlanganligini baholashda  tana o‘lchamlari hamda tana o‘lchamlari  asosida  hisoblab chiqilgan tana tuzilish indekslari   haqida ma’lumotlar yoritilgan


background image

287

UOʻK: 632.2.

Golshtin zotli sigirlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari

F.S.Tashmatov

-magistr,

M.K.Narbayeva

-q.x.f.n., dotsent, ilmiy rahbar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Samarqand viloyati Narpay tumanida “Agro Goldin

Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida golshtin zotli sigirlar tanasining
mutanosib rivojlanganligini baholashda tana o‘lchamlari hamda tana o‘lchamlari asosida
hisoblab chiqilgan tana tuzilish indekslari haqida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, qora-ola, golshtin, zot, tana

o‘lchamlar, yag‘rin balandligi, ko‘krak chuqurligi, ko‘krak eni, tana tuzilish indekslari.

Abstract.

This article covers information about div size and div structure indices

calculated on the basis of div size when assessing the proportional development of the div of
Holstein cows in the specialized livestock farm “Agro Goldin Spring” in the Narpai district of
the Samarkand region.

Key words:

cattle breeding farm, black-and-white Holstein, breed, div dimensions,

withers height, chest depth, chest width, div composition indices.

Kirish.

Respublikamiz chorvachiligida qoramolchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki

ishlab chiqarilayotgan va aholi iste’molidagi sutni asosiy qismini sigir suti tashkil qiladi. Go‘sht
strukturasida qoramol go‘shti birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham tarmoqni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, tashkiliy zootexnikaviy seleksion va iqtisodiy tadbirlar
o‘z vaqtida samarali ravishda tashkil etilmoqda.

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy

etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini
mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz
ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash maqsadidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-yanvardagi PQ-
4576 sonli “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori chorvachilikning barcha tarmoqlarini barqaror rivojlanishida
dasturi amal bo‘lmoqda.

Respublikamiz qoramolchiligida keyingi yillarda naslchilik bazasini mustahkamlash va

yuqori mahsuldor podalar yaratish maqsadida qoramolchiligi rivojlangan Yevropa davlatlaridan
turli mahsuldorlik yo‘nalishidagi zotlarga mansub qoramollar keltirilmoqda. Bu qoramollar
mahsuldorligi bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega. Lekin ular bunday mahsuldorligini faqat
to‘la qiymatli oziqlantirish va maqbul asrash sharoitlarida yuzaga chiqaradilar.

Bu zotlarni takomillashtirishda nafaqat to‘la qiymatli oziqlantirish, balki seleksiya-

naslchilik ishlarini yaxshilash, ayniqsa, avlodlarining nasl sifati bo‘yicha baholanib,
yaxshilovchi nasl toifasiga ega nasldor buqalardan keng foydalanish va podalarda yuqori
mahsuldor sigirlarning oilalarini va nasldor buqalarning yuqori mahsuldor podalarini yaratish
muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot uslublari.

Zootexniya sohasida hayvonlarning zot, zotdorlik, jinsi, yoshi va

mahsuldorlik yo‘nalishlari kesimida o‘tkazilgan har qanday ilmiy tadqiqot ishlarida o‘sish va
rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish muhim amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy tadqiqot ishining tajriba qismi Samarqand viloyati Narpay tumanida “Agro Goldin

Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida amalga oshirildi. Tajriba uchun 1-
guruhga sof zotli qora-ola, II-guruhga F

1

(1/2 qora-ola x ½ golshtin) va III- guruhga F

2

(1/4

qora-ola x ¾ golshtin) 1-tug‘im sigirlar olingan.


background image

288

Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash

darajasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi va sigirlardan sutbop podalarda foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Ayniqsa turli genotipga ega sigirlarning o‘sishi organizmidagi
hujayralarning bo‘linishi natijasida, tana massasining ortishi bilan ifodalansa, o‘zgaruvchanlik
hujayralarning ixtisoslashishi natijasida tana shaklining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Eng
asosiysi bu ikki jarayon, yoki ko‘rsatkich hayvon organizmining boshqa xo‘jalik foydali
belgilarining ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqliqda bo‘ladi.

Tadqiqot natijalari.

Sigirlarning ekster’erini baholashda tana o‘lchamlarini o‘rganish

muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuni e’tiborga olgan holda biz ham o‘z
tajribamizdagi sigirlarning yag‘rin balandligi, ko‘krak chuqurligi, ko‘krak eni, va pocha
aylanasi kabi o‘lchamlarni aniqlab guruhlararo farqni hisobladik.

1- jadval ma’lumotlari shuni ko‘rish mumkinki laktatsiya davrida III tajriba guruhidagi

sigirlarining tanasining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha I va II tajriba guruhlaridagi sigirlaridan
biroz yuqoriroq bo‘ldi. Masalan, III tajriba guruhdagi sigirlarining yag‘rin balandligi 132,5 sm-
ni tashkil etib I va II tajriba guruhlaridagi sigirlarni ko‘rsatkichlaridan 5,5 sm (P>0,99) yoki
1,92 foiz; 3,4 sm yoki 1,22 foiz; dumg‘aza balandligi 5,1 sm yoki 1,5 foiz; 3,0 sm yoki 0,7 foiz;
(P>0,95) ko‘krak eni 3,4 sm yoki 3,41 foiz; 1,2 sm yoki 2.53 foiz; ko‘krak aylanasi 3,2 sm
(P>0,95) yoki 1,41 foiz; 2,6 sm yoki 0,7 foiz; ko‘krak chuqurligi 5,1 (P>0,99) sm yoki 3,0 foiz;
3,6 sm yoki 2,27 foiz; tananing qiya uzunligi 6,6 sm (P>0,95) yoki 1,35 foiz; 5.3 sm yoki 1,04
foiz; orqa do‘ng suyak eni 2,5 sm yoki 1,0 foiz; 2,3 sm yoki 0,6 foiz; poycha aylanasi 4,2 sm
yoki 1,0 foiz; 2,1 sm yoki 0,5 foiz; yuqori bo‘lganligini ko‘rsatdi. Sut mahsuldorligi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘krak eni, ko‘krak aylanasi hamda ko‘krak chuqurligi kabi
o‘lchamlar I va II tajriba guruhlaridagi sigirlarga qaraganda III tajriba guruhidagi sigirlarda
biroz yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganligi tadqiqotlarimizda aniqlandi.

1-jadval

Tajribadagi sigirlarning tana o‘lchamlari (n=10), sm

Koʻrsatkichlar

Guruhlar

I

II

III

X±Sx

Cv,%

X±Sx

Cv,%

X±Sx

Cv,%

Yag‘rin balandligi

132,0±0,57

1,63

134,9±0,49

1,41

137,5±0,59

1,67

Dumg‘aza balandligi

133,5±0,78

2,22

135,6±0,56

1,58

138,6±0,58

1,62

Ko‘krak eni

48,9±0,52

4,16

49,3±0,44

3,46

51,5±0,33

2,58

Ko‘krak aylanasi

197,4±0,91

1,72

198,8±0,59

1,10

200,2±0,65

1,22

Ko‘krak chuqurligi

72,8±0,58

3,11

75,3±0,44

2,35

77,9±0,42

2,18

Tananing qiya uzunligi

166,8±0,66

1,52

169,3±0,55

1,28

174,0±0,55

1,25

Orqa do‘ng suyak eni

55,1±0,67

4,92

57,3±0,36

2,63

59,6±0,23

1,66

Poycha aylanasi

19,2±0,21

4,15

21,3±0,20

3,90

23,4±0,20

3,80

Sigirlar tanasining mutanosib rivojlanganligini baholashda tana o‘lchamlari asosida

hisoblab chiqilgan tana tuzilish indekslari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tana tuzilish
indeksi bu anotomik-morfologik jihatdan bir-biroviga bog‘liq bo‘lgan bir o‘lchamni nisbatan
farq hisobida ifodalanishidir.

2-jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki tajriba guruhlaridagi sigirlarning tana

tuzilish indekslarini hisoblaganimizda uzunoyoqlilik indeksi 44,3-45,3; cho‘zinchoqlik indeksi
125,7-126,5; ko‘krak indeksi 65,17-65,85; tos-ko‘krak indeksi 94,0-94,2; no’lishganlik indeksi
123,0 -123,1; hamda suyakdorlik indeksi esa 14,5-17,0; % oralig‘ida bo‘lganligini ko‘rishimiz
mumkin.

2-jadval

Tajriba guruhidagi sigirlarning tana tuzilish indekslari, %


background image

289

Indekslar

Guruhlar

n-10

n-10

n-10

Uzunoyoqlilik

44,3

44,18

45,3

Cho‘zinchoqlik

125,7

126,0

126,5

Ko‘krak

65,17

65,47

65,85

Tos-ko‘krak

94,0

94,2

94,2

Toʻlishganlik

123,0

122,9

123,1

Boʻydorlik

183,3

183,5

183,9

Suyakdorlik

14,5

15,7

17,0

O‘rganilgan tana tuzilish indekslari bo‘yicha guruhlararo keskin farq kuzatilmadi. Barcha

tajriba guruhlaridagi sigirlarning tanasi mutanosib, rivojlanganligini ma’lumotlarining tahlili
ko‘rsatdi.

Xulosa.

Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, F

2

III-tajriba guruhidagi sigirlarning

ko‘krak qafasi, ko‘krak chuqurligi hamda ko‘krak eni yaxshi rivojlangan bo‘lib, ularning tanasi
mutanosib, cho’ziluvchan va sut yo’nalishiga ixtisoslashganligini ko‘rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Sobirov P.S., Kaxarov.A.K., Do‘stqulov S.D. Chorva mollarini urchitish. Toshkent.

2003. 352 b.

2.

Maksudov I.M., Jo‘raev J.Y., Amirov Sh.K. Chorvachilik asoslari. Toshkent. 2012. 230

b.

3. Nosirov U.N. va boshqalar. SHaxsiy, yodamchi va dehqon xo‘jaliklarida zoti

yaxshilangan mahalliy yosh qoramollarning o‘sish va rivojlanishi. //Zooveterinariya. 2012.
№11. 33-35 b.

4.

Egamberdieva, Z. K., & Narbaeva, M. K. (2022). USE OF HYDROPONIC GREEN

FODDER IN CATTLE FEEDING.

5.

Nortasheva, M., & Narbayeva, M. K. (2022). QORAMOLLARNI PODANI QAYTA

TO

‘LDIRISH

XUSUSIYATLARI.

AGROBIOTEXNOLOGIYA

VA

VETERINARIYA

TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 605-607.

6. Nayimovich X. J. et al. TAJRIBADAGI XAYVONLARNING KLINIK

KO‘RSATKICHLARI //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI. – 2023. – С. 198-203.

7. Nomozov H. I., Nortasheva M., Narbayeva M. K. GOLSHTIN ZOTLI

SIGIRLARNING HAR 100 KG TIRIK VAZN HISOBIGA SUT MAHSULOTI ISHLAB
CHIQARISH KURSATKICHLARI //AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI.
– 2023. – С. 25-30.

Библиографические ссылки

Sobirov P.S., Kaxarov.A.K., Do‘stqulov S.D. Chorva mollarini urchitish. Toshkent. 2003. 352 b.

Maksudov I.M., Jo‘raev J.Y., Amirov Sh.K. Chorvachilik asoslari. Toshkent. 2012. 230 b.

Nosirov U.N. va boshqalar. SHaxsiy, yodamchi va dehqon xo‘jaliklarida zoti yaxshilangan mahalliy yosh qoramollarning o‘sish va rivojlanishi. //Zooveterinariya. 2012. №11. 33-35 b.

Egamberdieva, Z. K., & Narbaeva, M. K. (2022). USE OF HYDROPONIC GREEN FODDER IN CATTLE FEEDING.

Nortasheva, M., & Narbayeva, M. K. (2022). QORAMOLLARNI PODANI QAYTA TO ‘LDIRISH XUSUSIYATLARI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 605-607.

Nayimovich X. J. et al. TAJRIBADAGI XAYVONLARNING KLINIK KO‘RSATKICHLARI //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. – 2023. – С. 198-203.

Nomozov H. I., Nortasheva M., Narbayeva M. K. GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNING HAR 100 KG TIRIK VAZN HISOBIGA SUT MAHSULOTI ISHLAB CHIQARISH KURSATKICHLARI //AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI. – 2023. – С. 25-30.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов