Assosiirlangan faolsizlantirilgan “enterovak-5” vaksinasining immun tizimga va qonning gematologik ko‘rsatkichlariga ta’siri

CC BY f
345-348
6
3
Поделиться
Шапулатова, З. (2023). Assosiirlangan faolsizlantirilgan “enterovak-5” vaksinasining immun tizimga va qonning gematologik ko‘rsatkichlariga ta’siri. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 345–348. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25222
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada buzoqlarning virusli diareya, rota- va koronavirus infeksiyasi, kolibaksillyozi va proteoziga qisqacha tavsif berilgan. buzoqlarining virusli diareya, rota, koronavirus infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan "Enterovak- 5" vaksinasini emlangan sigirlar qonining gematologik ko'rsatkichlariga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu vaksinani  emlangan sigirlar qonining gematologik ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi aniqlandi


background image

345

2.Шубина Е.А. автореферат дисс. канд.б.н. «Изучение факторов патогенности P.

multocida с целью разработки нового поколения противо-пастереллёзных вакцин»/
Е.А.Шубина- Щелково, 2003.- 30 с.

3. Патент на изобретение РУз– UZ№ IАР 06161, 2020.


UOʻK: 615.371: 591.111

Assosiirlangan faolsizlantirilgan “enterovak-5”

vaksinasining immun tizimga va qonning gematologik ko‘rsatkichlariga ta’siri

Z.J.Shapulatova

–v.f.n., dotsent

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya. Maqolada buzoqlarning virusli diareya, rota- va koronavirus infeksiyasi,

kolibaksillyozi va proteoziga qisqacha tavsif berilgan. buzoqlarining virusli diareya, rota,
koronavirus infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan
"Enterovak- 5" vaksinasini emlangan sigirlar qonining gematologik ko'rsatkichlariga ta'siri
haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu vaksinani emlangan sigirlar qonining gematologik
ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar – virus, vaksina, qon, enterit, sigir, gematologik ko‘rsatkichlar,

kolibakterioz, proteoz, xo‘jalik.

Annotation.

The article gives a brief description of viral diarrhea, rota- and coronavirus

infection, colibacillosis and proteosis of calves. data on the effect of the blood of cows
vaccinated with the activated, associated vaccine "Enterovak-5" against viral diarrhea, rota,
coronavirus infection, colibacteriosis and proteosis on the hematological indicators of calves. It
was found that this vaccine does not have a negative effect on the hematological parameters of
the blood of vaccinated cows.

Key words - virus, vaccine, blood, enteritis, cow, hematological indicators,

colibacteriosis, proteosis, economy.

Kirish.

Hozirgi kunda chorvachilikning dolzarb muammosi yosh hayvonlarni saqlab

qolish, xavfsizligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Ilg‘or fermer xo‘jaliklari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chorva mollari sonini jadal

ko‘paytirish va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish uchun mustahkam ozuqa bazasini
yaratish bilan bir qatorda parvarishlash, oziqlantirish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilish va
chorvachilik binolari, ferma maydonlarida tegishli sanitariya sharoitlarini yaratish zarur.

Chorvachilik binolarida juda koʻp miqdordagi turli xil mikrofloralar, shu jumladan shartli

patogen mikroblar to'planadi, ular ba'zi hollarda hayvonlarda yalpi infeksion kasalliklarining
paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin [2, 3, 7, 8]

Buzoqlar orasida enteritlar keng tarqalgan va chorva mollariga juda katta iqtisodiy zarar

keltiradi. Buzoqlar enteritining etiologik tarkibida diareya, rotaviruslar, koronaviruslar,
escherixioz va proteus infeksiyasi alohida o'rin tutadi.

Yirik

shoxli hayvonlar virusli diareyasi qo‘zg‘atuvchisi Flaviviridae oilasi, Pestivirus

avlodiga kiruvchi RNK-genomli virusdir. Yirik

shoxli hayvonlarning virusli diareyasi

ko’proq

yosh hayvonlarning kontagioz (yuqumli) kasalligi bo‘lib, hazm trakti shilliq qavatlarini eroziya-
yarali yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha respirator kasallik sindromi, oqsoqlik bilan
kechadigan eroziv va yarali stomatit, shuningdek homilaning o‘tkir infeksiyasiga olib keladigan
- uning mumiyalanishi, homila tashlash, yangi tug‘ilgan buzoqlarda tug‘ma nuqsonlarni va
diyareyaga olib keladigan qoramollarning yashirin infeksiyasi paydo bo’ladi

Rotavirusli infeksiyaning qo‘zg‘atuvchisi Rotavirus avlodi, Reoviridae oilasiga kiradi.

Buzoqlarning rotavirusli infeksiyasi - yangi tug‘ilgan buzoqlarning yuqorikontagioz o‘tkir


background image

346

kechadigan kasalligi bo‘lib, kuchli ich ketishi, organizmning suvsizlanishi, kataral yoki kataral-
gemorragik gastroenterit rivojlanishi va o‘limning yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Tabiiy sharoitda
yangi tug‘ilgan buzoqlar 2-12 kunligida, ammo ko‘pincha hayotining ilk 2-6 kunida
kasallanadi, bunda kasallanish 75,5-100% ni, o‘lim holatlari 30% ni tashkil etadi.

Buqachalarga nisbatan (32,0%) tanachalar (45,5%) kasallikka ko‘proq moyil bo ‘ladi.

Katta yoshdagi hayvonlarda kasallik belgilarsiz o‘tadi va qo‘zg‘atuvchi uzoq vaqt tashqi
muhitga ajralishi bilan kechadi. Infeksiya qo‘zg‘atuvchisining manbai – bu kasal va tuzalib
ketgan hayvonlardir, ular virusni tashqi muhitga tezagi bilan ajratadi. Kasal buzoqning 1 ml
tezagida 1 milliardgacha virion bo ‘lishi mymkin.

Koronavirusli infeksiya – yangi tug‘ilgan buzoqlarning o‘tkir kechadigan kasalligi bo‘lib,

kuchli diareya, ba’zida tezagida shilliq va qon, organizmning suvsizlanishi, depressiya va ozib
ketish bilan tavsiflanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - Сoronaviridae oilasidan murakkab virus.
Virion tashqi lipoproteid qobiq bilan qoplangan spiralsimon nukleokapsiddan iborat bo‘lib,
uning yuzasida tojga o ‘xshash 10-23 nm uzunlikdagi keng joylashgan to‘g‘nagich ko‘rinishida
o‘simtalari bor. Kasallik 7 – 18 kunlik buzoqlarda qayd etiladi, ammo ko‘proq koronavirusli
enterit 8 – 14 kunlik hayvonlarda paydo bo‘ladi. Kasallikka buqachalarga (23,8%) qaraganda
urg ‘ochilari ko‘proq moyil (37,9%). Hayvonning zoti va chorvachilikni olib borish usuli
kasallanish holatlari, kasallikning namoyon bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Escherixia, Proteuylar ushbu viruslarni kechishini og‘irlashtiradi. Natijada , xalq xo'jaligi

katta iqtisodiy zarar ko'radi, bu davolash xarajatlari, samarasiz profilaktika, kasal yosh
hayvonlarning mahsuldorligining pasayishi va buzoqlarning o'limidan iborat. Faqatgina
profilaktikaning ishonchli vositalari mavjud bo'lganda ushbu kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli
kurashish mumkin. Ayniqsa, yangi vaksinalar yordamida virusli va bakterial etiologiyali
buzoqlar enteritining oldini olish usuli ishlab chiqilgani e’tiborga molikdir [1, 4, 5, 6].

Tadqiqotning maqsadi

buzoqlarining virusli diareya, rota, koronavirus infeksiyasi,

kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan "Enterovak- 5" vaksinasi bilan
emlangan sigirlar qonining gematologik ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot uslublari.

Tadqiqotlar Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Yoqub ota”

fermer xoʻjaligi sharoitida, Viloyat tashxis markazi hamda Samarqand davlat veterinariya,
chorvachilik

va

biotexnologiyalar

universitetining

mikrobiologiya,

virusologiya

va

immunologiya kafedrasida olib borildi. Gematologik va biokimyoviy ko'rsatkichlarni aniqlash
uchun MEK-6450K avtomatik gematologik analizatori va BS 200 biokimyoviy analizatoridan
foydalanildi.

“Yoqub ota” chorvachilik fermer xo‘jaligida tadqiqotlar jami 40 bosh har birida 20 tadan

iborat ikki guruh (tajriba va nazorat) sigirlarda o’tkazildi. Buzoqlarining virusli diareya, rota,
koronavirus infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan
"Enterovak-5" vaksinasini mushak orasiga 5,0 ml dozada dumg‘oza sohasiga tug'ishidan
kamida 9 hafta oldin, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda, 21 kun oraliqda
ikki marta yuborildi. Ikkinchi emlash tug'ishidan 3 hafta oldin amalga oshirildi. Nazorat
guruhidagi sigirlar emlanmadi. Ularga dumg‘oza sohasiga-mushak orasiga 5,0 ml dozada
dumg‘oza sohasiga fiziologik eritma yuborildi.

Emlashdan oldin va emlagandan keyin 14, 21 va 45 va 70. kunlari. qon namunalari olindi.

Tadqiqot natijalari.

Buzoqlar hayotning birinchi kunlarida infeksion enteritning maxsus

profilaktikasi birinchi navbatda bo‘g‘oz sigirlarni emlashga asoslangan. Bu buzoqlarning
kasallanishini sezilarli darajada kamaytiradi va ular orasida infeksion pnevmoenteritning keng
tarqalishini oldini oladi. Buzoqlarda infeksion enteritning maxsus profilaktikasida profilaktik
samaradorlikni yetarli darajada bo‘lmasligi ko'pincha sezilarli polideterminantlik
xususiyatlariga ega bo'lgan ba’zi infeksion kasallik qo‘zg‘tuvchilarining aylanishi to'g'risidagi
ma'lumotlarning yo'qligidan iborat. Vaksinada antigenlarning yuqori konsentratsiyasi uning


background image

347

immunogenligini oshiradi yaxshi natija beradi, chunki bunday hollarda hayvonlarning immun
tizimiga sezilarli antigenik yuki tushadi [1,8,9].

Qoʻllaniladigan vaksinalarning yuqori profilaktik samaradorligiga erishish uchun

infeksion kasallik qo'zg'atuvchisining etiologik tarkibini hisobga olgan holda biologik
preparatlar bilan bo‘g‘oz sigirlarni emlash zarur [3, 4,10].

Buzoqlarining virusli diareya, rota, koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga

qarshi faolsilangan, assotsirlangan "Enterovak- 5" vaksinasini sigirlarning gematologik
ko'rsatkichlariga ta'siri natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Buzoqlarining virusli diareya, rota, koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga

qarshi faolsilangan, assotsirlangan "Enterovak- 5" vaksinasini bilan emlangan

sigirlarning gematologik koʻrsatkichlari

Ko‘rsatki

chlar

Guruh

Emlashdan

oldin

Emlagandan keyin

14-kun

21-kun

45-kun

70-kun

Gemoglo

bin, g/l
99-129

Tajriba

70,6±6,70

76,6±5,20

81,2±7,64

84,6±4,85

86,4±5,31

Nazorat

72,2±2,60

66,0±7,0

79±4,79

75,4±7,10

77±7,04

Eritrositla

r, 10

12

/l

Tajriba

4,49±0,48

4,144±0,63

5,114±0,44

4,934±0,28

5,04±0,35

Nazorat

4,17± 0,10

4,53±0,49

5,186±0,22

4,476±0,26

4,874±0,39

Gematokr

it , %

Tajriba

19,78±1,74 18,32±2,72

22,78±2,16

21,7±1,42

21,82±1,44

Nazorat

20,3±0,74

16,05±1,55

24,62±1,44

22,82±1,80

21,92±1,98

Leykositl

ar 10

9

/l

Tajriba

7,46±0,67

6,34±0,78

7,32±0,90

7,38±0,91

7,52±0,61

Nazorat

6,86±0,73

5,3±1,40

7,3±0,56

6,82±0,64

7,46±1,01

Trombosit

lar 10

9

/l

Tajriba

205,2±30,4 198,6±24,27 241,4±26,92 171,2±39,78 201,2±24,15

Nazorat

208,4±13,0 109,5±69,5 236,8±45,28 270,4±47,38 248±21,50

Limfositla

r, 10

9

/l

Tajriba

48,26±3,16 53,26±2,44

48,42±3,60

45,72±4,49

50,5±2,72

Nazorat

47,6±2,18

51,1±4,70

48,62±2,45

44,56±1,32

43,96±5,57

Eslatma: Р - *≤0,05; **≤0,01; ***≤0,001.

Tadqiqot davrida. sigirlarning klinik holati va emlash joyida oʻzgarishlar kuzatilmadi.

Hayvonlarning mahsuldorligi ham umumiy iqtisodiy koʻrsatkichlardan farq qilmadi.

Olingan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadi-ki,

buzoqlarining virusli diareya, rota,

koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan
"Enterovak- 5" vaksinasi sigirlar qonining gematologik ko'rsatkichlariga salbiy taʻsir etmaydi.
Jadvaldagi ma'lumotlardan koʻrish mumkinki, nazorat va tajriba guruhidagi sigirlarda
tajribadan oldin qon ko‘rsatkichlarining oʻzgarishi anemiya belgilari (gemoglobin miqdori,
eritrotsitlarning pasayishi, gematokrit qiymatining pasayishi).

Bunday holat hayvonlarni to‘liq qiymatsiz oziqlantirish (ratsion tarkibida oqsil,

vitaminlar, mikroelementlarning kamligi yoki sigirda moddalar almashinuvining oʻzgarishi,
assimilyatsiyasining buzilishi va qizil ilikning eritrotsit ishlab chiqarish funktsiyasi susayishi
kabi omillar bilan ifodalash mumkin.

Tadqiqotlarimiz natijasida tajriba guruhidagi sigirlarda emlagandan keyin gemoglobin

10,5 foizga, eritrotsitlar 12,2 foizga va gematokrit 10,3 foizga oshganligini aniqladik. Nazorat
guruhidagi sigirlar qonida esa gemoglobin 7 foizga, eritrotsitlar 6,8 foizga, va gematokrit 8
foizga oshgan.

Tajriba guruhidagi sigirlardagi bunday o'zgarishlar buzoqlarining virusli diareya, rota,

koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan
"Enterovak- 5" vaksinaning qizil ilik va uning funksional faolligini kuchytiruvchi ta’sir etishini
koʻrsatadi. Tajriba davomida sigirlarning qonidagi limfotsitlar miqdorini oʻzgarishi quyidagicha
bo‘ldi: tajriba guruhidagi sigirlarda limfotsitlar miqdori 4,6% ga oshdi, bu esa organizmda


background image

348

hujayraviy immunitetining faollashishini ko'rsatadi. Leykotsitlar va trombotsitlarning
ko'rsatkichlari tajriba davomida fiziologik normal koʻrsatkichlar chegarasida bo‘lgani aniqlandi
(1-jadval).

Xulosa.

Tadqiqotlarimiz natijalari shuni koʻrsatadiki, buzoqlarining virusli diareya, rota,

koronavirusli infeksiyasi, kolibakterioz va proteoziga qarshi faolsilangan, assotsirlangan
"Enterovak-5" vaksinasi bilan sigirlarni ikki marta emlash qonning morfologik
ko‘rsatkichlariga, gemoglobin miqdori va gematokritning qiymatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Ushbu faolsizlantirilgan "Enterovak-5" vaksinasini qo‘llash hayvon organizmida hujayraviy
immunitetning ortishiga, faollashishiga olib keladi. Bunda emlashdan keyingi immun javob
sifatida hujayra darajasida mustahkam hujayraviy immunitet shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Красочко П.А. Современные подходы к специфической профилактике вирусных

респираторных и желудочно-кишечных инфекций крупного рогатого скота /
П.А.Красочко, И.А.Красочко, С.Л.Борознов // Труды Федерального центра охраны
здоровья животных. 2008. Т. 6. С. 243-251.

2. Шопулатова З. Ж., Юнусов Х. Б., Красочко П. А. Разработка средств и способы

диагностики, специфической профилактики заболеваний органов дыхания и
пищеварения вирусно-бактериальной этиологии в хозяйствах республики узбекистан
//agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – с. 470-475.

3. Юнусов Х. Б., Красочко П. А., Шапулатова З. Ж. Биохимические показатели

сыворотки

крови

у

стельных

коров,

вакцинированных

ассоциированной

инактивированной вакциной против вирусной диареи, рота- и коронавирусной инфекции,
колибактериоза и протеоза телят" Энтеровак-5". – 2023. Актуальные проблемы
инфекционной патологии животных и пути их решения. Материалы международной
конференции. УО «Витебская ордена «Знак Почета» государственная академия
ветеринарной медицины, 2023.

4. Красочко П.А. и др. Специфическая профилактика вирусно-бактериальных

пневмоэнтеритов молодняка крупного рогатого скота.// Ветеринарная наука –
производству. 2005. №38. С. 302-305.

5. Shapulatova, Z., Yunusov, H. B., Eshkuvvatov, R. N., Ruzikulova, U. H., &

Ergashev, N. N. (2023). Prevalence of the Viral Infections Among Calves in Livestock Farms
Located in the Samarkand Region of Uzbekistan. INTERNATIONAL JOURNAL OF
BIOLOGICAL ENGINEERING AND AGRICULTURE, 2(6), 67-73.

6. Юнусов Х. Б., Красочко П. А., Шапулатова З. Ж. Биохимические показатели

сыворотки

крови

у

стельных

коров,

вакцинированных

ассоциированной

инактивированной вакциной против вирусной диареи, рота-и коронавирусной инфекции,
колибактериоза и протеоза телят" Энтеровак-5". – 2023.

7. Камышников В.С. Справочник по клинико-биохимической лабораторной

диагностике: В 2т. – Мн.: Беларусь, 2000.- Т.1.-495 с.; Т.2-463 с. 8. Клиническая
лабораторная диагностика: методы исследования. Учеб. пособие. / И.А. Зупанец, С.В.
Мисюрева, В.В. Прописнова и др./ Под ред. И.А. Зупанца.-Харьков: Изд-во НФаУ:
Золотые страницы, 2005. – 200 с.

9. Shapulatova Z. J. et al. Buzoqlarda Rotavirusli Infeksiya //Agrobiotexnologiya va

veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 387-390. 10. Шапулатова, З. Ж., Красочко,
П. А., & Эшкувватаров, Р. Н. (2023). Эпизоотология инфекционного ринотрахеита
крупного рогатого скота, усовершенствование мер профилактики и диагностики.

Библиографические ссылки

Красочко П.А. Современные подходы к специфической профилактике вирусных респираторных и желудочно-кишечных инфекций крупного рогатого скота / П.А.Красочко, И.А.Красочко, С.Л.Борознов // Труды Федерального центра охраны здоровья животных. 2008. Т. 6. С. 243-251.

Шопулатова З. Ж., Юнусов Х. Б., Красочко П. А. Разработка средств и способы диагностики, специфической профилактики заболеваний органов дыхания и пищеварения вирусно-бактериальной этиологии в хозяйствах республики узбекистан //agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – с. 470-475.

Юнусов Х. Б., Красочко П. А., Шапулатова З. Ж. Биохимические показатели сыворотки крови у стельных коров, вакцинированных ассоциированной инактивированной вакциной против вирусной диареи, рота- и коронавирусной инфекции, колибактериоза и протеоза телят" Энтеровак-5". – 2023. Актуальные проблемы инфекционной патологии животных и пути их решения. Материалы международной конференции. УО «Витебская ордена «Знак Почета» государственная академия ветеринарной медицины, 2023.

Красочко П.А. и др. Специфическая профилактика вирусно-бактериальных пневмоэнтеритов молодняка крупного рогатого скота.// Ветеринарная наука – производству. 2005. №38. С. 302-305.

Shapulatova, Z., Yunusov, H. B., Eshkuvvatov, R. N., Ruzikulova, U. H., & Ergashev, N. N. (2023). Prevalence of the Viral Infections Among Calves in Livestock Farms Located in the Samarkand Region of Uzbekistan. INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL ENGINEERING AND AGRICULTURE, 2(6), 67-73.

Юнусов Х. Б., Красочко П. А., Шапулатова З. Ж. Биохимические показатели сыворотки крови у стельных коров, вакцинированных ассоциированной инактивированной вакциной против вирусной диареи, рота-и коронавирусной инфекции, колибактериоза и протеоза телят" Энтеровак-5". – 2023.

Камышников В.С. Справочник по клинико-биохимической лабораторной диагностике: В 2т. – Мн.: Беларусь, 2000.- Т.1.-495 с.; Т.2-463 с. 8. Клиническая лабораторная диагностика: методы исследования. Учеб. пособие. / И.А. Зупанец, С.В. Мисюрева, В.В. Прописнова и др./ Под ред. И.А. Зупанца.-Харьков: Изд-во НФаУ: Золотые страницы, 2005. – 200 с.

Shapulatova Z. J. et al. Buzoqlarda Rotavirusli Infeksiya //Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 387-390. 10. Шапулатова, З. Ж., Красочко, П. А., & Эшкувватаров, Р. Н. (2023). Эпизоотология инфекционного ринотрахеита крупного рогатого скота, усовершенствование мер профилактики и диагностики.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов