Momordika yetishtirishda smart texnologiyalarning oʻrni

  • Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti1 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti2
  • Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti1 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti2
CC BY f
234-236
1
2
Поделиться
Ботиров, А., & Отажонова, Х. (2023). Momordika yetishtirishda smart texnologiyalarning oʻrni. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 234–236. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25251
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda qishloq xo'jaligida foydalanish rivojlanib borayotgan smart texnologiyalarni momordika yetishtirishdagi o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

Похожие статьи


background image

234

UDK: 615.4; 632.08; 635.63

Momordika yetishtirishda smart

texnologiyalarning oʻrni

A.Botirov-

doktorant (DSc)

1

,

H.Otajonova

-bakalavr talabasi

2

Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va

vinochilik ilmiy tadqiqot instituti

1

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

2

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda qishloq xo'jaligida foydalanish rivojlanib

borayotgan smart texnologiyalarni momordika yetishtirishdagi o'rni haqida ma'lumotlar
berilgan.

Kalit so‘zlar: Smart texnologiyalar, tomchilatib sug'orish, hovuz-tindirgich, nasos

stansiyasi, filtrlash qurilmasi, bosh quvur, tomizgichli sug‘orish shlanglari.

Abstract. This article provides information about the role of smart technologies, which

are currently being used in agriculture, in the cultivation of momordica.

Keywords: Smart technologies, drip irrigation, pond softener, pump station, filter device,

header pipe, drip irrigation hoses.


Kirish.

Hozirgi kunda butun dunyo miqyosida inson faoliyatining hamma sohalarida

smart texnologiyalardan foydalanish tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi
sohasida ham bu borada so'ngi yillarda rivojlanish ortib bormoqda. Hozirda mamlakatimizda
suv taqchilli sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda suv resurslarini tejovchi
texnologiyalardan eng maqbul sug‘orish usullaridan tomchilatib sug‘orishni qo‘llash har
taraflama ancha samarali hisoblanadi. Dorivor momordika o‘simligini yetishtirishda undan
yuqori hosil olish va respublikamiz suv resurslarini tejash uchun tomchilatib sug‘orish usulini
qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar tahlili.

Hammamizga ma’lumki qovoqdoshlar oilasi vakillarining suvga

talabchanligi yuqori. Shu jumladan mana shu oilaga mansub momordika o‘simligini
yetishtirishda suvning oz-oz va tez-tez berilishi o‘simlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari sug‘orish vaqtini to‘g‘ri belgilash ham muhimdir. Sug‘orish ertalab yoki
kechki paytda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Momordika yetishtirishda yozning issiq
jazirama kunlarida tez-tez ya’ni kun oralatib sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 10-12 l/m

2

gacha

oshiriladi. Dorivor momordika suvga talabchanligi yuqori bo‘lganligi sababli va suvni tejash
maqsadida tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Dala sharoitida har
bir tomchi suvni tejash, ekinlarga kerakli miqdorda va o‘z vaqtida, dalada suv yo‘qotishni oldini
olish, ya’ni suv yo‘qolishini kamaytirish bo‘yicha yechimlar qo‘llash va suvning har
tomchisidan ko‘proq hosil olish imkonini yaratishdan iborat. Tomchilatib sug‘orish
o‘simlikning ildiz qatlami ustiga o‘simlikning suvga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda, suvni
kerakli hajmda vaqti-vaqti bilan berishdir. Tomchilatib sug‘orish tizimida suv quvurlar orqali
o‘tadi va maxsus tomizgich teshikchalardan o‘ta kichik oqim yoki tomchi ko‘rinishida tuproq
ustidan o‘simlikning yerosti qismiga uzatiladi. Tomchilatib sug‘orish tizimida o‘simlikning
ildizi boshqa sug‘orish usullariga nisbatan yaxshi rivojlanadi.

Dorivor momordika - respublikamiz uchun yangi o‘simlik turi hisoblanadi va bu o‘simlik

ustida olib borilgan tadqiqotlar kam. Momordika butun dunyo davlatlari orasida Yaponiya,
Xitoy, Koreya va Hindistonda keng tarqalgan. Yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarda Dorivor
momordika yetishtirishda smart texnologiyalardan foydalaniladi. Shifobaxsh momordikani
xalqimiz orasida ommalashtirish va yetishtirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish orqali
aholimiz salomatligini yaxshilashga, hozirgi kunda keng tarqalgan Qandli diabet, anemiya va
boshqa bir qancha kasalliklarga tabiiy davo bo‘lib hisoblanuvchi momordika o‘simligiga


background image

235

bo'lgan talabni qondirishga va tabiiy resurslarni samarali tejashga erishiladi. Momordika suvga
talabchanligi yuqori bo‘lganligi uchun yetishtirishda suv tejamkor texnologiya tomchilatib
sug‘orish tizimidan foydalanish yaxshi samara beradi.

Tomchilatib sug‘orish tizimi tuzilishi.

Tomchilatib sug‘orish - qishloq xo‘jaligi ekinlarini

parvarishlashda o‘simlikning ildiz zonasida uning ehtiyojiga mos miqdorda suvni yetkazib
beradigan sug‘orish usulidir. Tomchilatib sug‘orishda o‘simlikni talabiga qarab uzliksiz suv va
ozuqa elementlari bilan ta’minlab turishga imkoniyat yaratiladi. Butun sug‘orish davri
mobaynida mineral o‘g‘itlar to‘yintirilgan suvning berilishi sug‘oriladigan ekinning suv
iste’moliga ko‘ra tuproqning ildiz oziqlanadigan qatlamida optimal tartib hosil qilishga
imkoniyat beradi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi. Tomchilatib sug‘orish
tizimi quyidagicha tuzilishga ega: hovuz-tindirgich, nasos stansiyasi, filtrlash qurilmasi, bosh
quvur, tomizgichli sug‘orish shlanglari.

Hovuz-tindirgich - oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish )

hamda sug‘orish uchun zarur bo‘ladigan suv zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan inshoot.

Nasos stansiyasi - suvni manbadan ekinlarni sug‘orish uchun zarur miqdor va kerakli

bosimda yetkazib berishga mo‘ljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilg‘i yoki boshqa
muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma.

Filtrlash qurilmasi - sug‘orishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda

zarralarni suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga mo‘ljallangan
qurilma.

Bosh (magistral) quvur - kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib

tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yerosti yoki ustida yetkaziladigan
quvurlar.

Tarqatuvchi quvur - suvni bosh quvurdan olib tomizgichli sug‘orish shlanglariga yetkazib

va taqsimlash berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yerosti yoki
ustida yetkaziladigan quvurlar.

Tomizgichli sug‘orish shlanglari - ekinlar qatorlari oralariga yetkaziladigan va

belgilangan me’yordagi suvni o‘simlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan
tomizgichli shlanglar.

Tomchilatib sug‘orish tizimining ahamiyati.

Tomchilatib sug‘orishda o‘simlik o‘sishi

uchun maqbul sharoit yaratiladi, natijada o‘z quvvatining 70 foizdan ortig‘ini hosildorlikka
sarflaydi, hosildorlik o‘rtacha 40-50 foizga ortadi va dala bo‘ylab rivojlanish bir xil bo‘ladi.
Shuningdek, o‘simlikka kerakli suv miqdori beriladi, tashlamaga va filtratsiyaga suv
yo‘qotilmaydi, sug‘orish texnikasi foydali ish koeffisientini 98 foizgacha oshirishga imkon
yaratiladi. Tomchilatib sug‘orishda mineral o‘g‘itlarning o‘simlik ildiz tizimiga bevosita
berilishi natijasida ekinlarning mineral o‘g‘itlarni o‘zlashtirishi 90-95 foizga yetadi.
Shuningdek, o‘g‘it suv bilan birga berilganligi sababli dalaga traktorlarning kirishi kamayadi.
Bu esa yoqilg‘i moylash materiallari sarfini tejaydi. Ekinlar 10-15 kun erta yetiladi va butun
maydon bo‘ylab hosildorlik bir xil bo'ladi. Bundan tashqari, shox ariq, o‘qariq, yerning boshi va
etagida texnikalar qaytishi hamda suvni boshqarish uchun yer maydonlari ajratilmaydi. Hozirgi
kunda an’anaviy egatlab sug‘orishda sug‘orish ishlarini olib borish uchun har 5 gektar
maydonga 1 nafar suvchi kerak bo'lsa, tomchilatib sug'orishda 1 nafar suvchi 20-25 gektar va
undan ortiq maydonni sug‘orishi mumkin. Bundan tashqari, dalani sug‘orishga tayyorlash, ya’ni
chim, selofan va boshqa anjomlarni tayyorlashga hojat qolmaydi. Suvni boshqarish va egatlar
orasida nazorat qilib yurish ishlariga barham beriladi.

Xulosa.

Dorivor momordika yetishtirishda hozirgi kunda tobora rivojlanib borayotgan

smart texnologiyalarning oʻrni katta. Smart texnologiyalardan bir bo‘lgan tomchilatib sug‘orish
tizimini qo‘llash orqali Momordika hosildorligini 40-50 foizgacha oshirishga va suv resurslarini
samarali tejashga erishiladi.


background image

236

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Ботиров, А., & Отажонова, Х. (2023). Dorivor momordikaning kelib chiqishi,

botanikasi hamda morfologiyasi. in Library, 1(2), 1270-1273.

2.

Botirov, A., & Otajonova, H. (2023). MOMORDIKANING DORIVORLIK

XUSUSIYATLARI VA XALQ XO ‘JALIGIDAGI AHAMIYATI. Academic research in
educational sciences, 4(2), 52-55.

3. Xo‘jamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li. (2022). QISHLOQ XO‘JALIGIDA

ZAMONAVIY

SUV

TEJOVCHI

TEXNOLOGIYALAR.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7264443

4. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish usullari va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari:

ilmiy nashr / «Agrobank» ATB.-Toshkent: "TASVIR" nashriyot uyi, 2021. - 48 b.



UOʻK: 633.15

MAKKAJO’HORINING XORIJIY TIZMALARI RIVOJLANISH DAVRLARI

S.Gʻ.Jamolov-

boʻlim boshligʻi,

B.D.Allashov-

ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.n., K.I.X.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, allashev-b@mail.ru

Annotasiya. Chorvachilik sohasini mufaqqiyatli rivojlantirishda ozuqa bazasi muhim

ahamiyatga ega hisoblabai. Ozuqa bazasini mustahkamlashda imkon qadar yuqori hosildor
ekinlarni ekish, yuqori hosildorlik hisobiga har bir gektar erdan yuoqori hosil olish kerak
bo’ladi. Ma’lumki makkajo’hori ekini ozuqabop ekinlar ichida yuqori hosildor ekinlardan
hisoblanadi. Makkajo’ri ekib etistirishda hosildorlik bilan birga vegetatsiya davri, yani
rivojlanih fazalalarini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada
makkajo’ri ekinining yangi xorijiy tizmalari rivojlanish fazalari bo’yicha o’rganish natijalari
keltirilgan.

Kalit so’zlar: Chorvachilik, ozuqa bazasi, ozuqabop ekinlar, makkajo’ri, nav,

tanlash,tizma, rivojlanish fazalari.

Summary. For the successful development of the livestock industry, the feed supply is

important. To strengthen the food supply, it is necessary to plant high-yielding fodder crops as
much as possible, to obtain a high yield from each hectare of land due to high yields. Corn is
one of the high-yielding crops among feed crops. Along with productivity when cultivating corn,
it is important to study the growing season, development phases. This article presents the
results of a study of the development phases of new lines of corn.

Key words: Animal husbandry, forage base, forage crops, corn, variety, breeding,

selection, development phases.


Kirish.

Chorvachilikni rivojlantirish va uning mahsuldorligini oshirish ko’p jihatdan

mustahkam yem-xashak bazasini yaratish, konsentrlangan, dag’al, shirali yemlar ishlab
chiqarishni keskin oshirish va ularning sifatini oshirish bilan bog’liqdir (Asika, Yu.A. 2021,
Bagrinseva V.N. 2021). Ozuqa sifatining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri uning oqsil
balansidir. Ilmiy asoslangan me’yorlarga ko’ra, ozuqaning har bir ozuqa birligi uchun sigirlarga
85-90 g, bir yoshdan oshgan yosh qoramollarga 90-95 g, bir yoshgacha bo’lgan buzoqlarga
100-105 g hazm bo’ladigan oqsil kerak bo’ladi (Beltyukov, L.P. 1993).

Makkajo’xori eramizdan 7-12 ming yil oldin Meksikada madaniylashtirilgan. Yovvoyi

holdagi makkajo’xori ekini so’talari hozirgilarga nisbatan 10 barobar kichik, ya’ni 3-4 sm
bo’lgan. Meksikada arxeologik qazilmalar vaqtida makkajo’xori changdonlari topilib, uning
yoshi 5000 yilni tashkil qilishi aniqlangan. Makkajo’xorining vatani – Markaziy va Janubiy

Библиографические ссылки

Hozirgi kunda butun dunyo miqyosida inson faoliyatining hamma sohalarida smart texnologiyalardan foydalanish tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham bu borada so'ngi yillarda rivojlanish ortib bormoqda. Hozirda mamlakatimizda suv taqchilli sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda suv resurslarini tejovchi texnologiyalardan eng maqbul sug‘orish usullaridan tomchilatib sug‘orishni qo‘llash har taraflama ancha samarali hisoblanadi. Dorivor momordika o‘simligini yetishtirishda undan yuqori hosil olish va respublikamiz suv resurslarini tejash uchun tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов