Degradatsiyaga uchragan qumli choʻl tuproqlarining unumdorligini yaxshilash yoʻllari

CC BY f
245-246
3
1
Поделиться
Набиева, Г., & Нургалиева, Н. (2023). Degradatsiyaga uchragan qumli choʻl tuproqlarining unumdorligini yaxshilash yoʻllari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 245–246. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25256
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani oʻrtacha darajada shoʻrlangan qumli tuproqlarini oʻrganish va unumlorligini oshirish yoʻllari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bayon qilingan.


background image

245

UO„K: 631.4+633.

DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN QUMLI CHOʻL TUPROQLARINING

UNUMDORLIGINI YAXSHILASH YOʻLLARI

G.M.Nabiyeva-

Tuproqshunoslik kafedrasi o„qituvchisi. b.f.d., dotsent,

N.A.Nurgaliyev-

tayanch doktorant

Oʻzbekiston Milliy Universiteti biologiya fakulteti, nurgaliyevn@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani oʻrtacha darajada

shoʻrlangan qumli tuproqlarini oʻrganish va unumlorligini oshirish yoʻllari boʻyicha olib
borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bayon qilingan.

Kalit soʻzlar:

yaylovlar, qumli choʻl, shoʻrlanish, hosildorlik, degradatsiya, ozuqabop

oʻsimliklar, tuproq unumdorligi, gumus hosil boʻlishi,agrotexnika.

Annotation.

The article describes the results of research conducted on ways to study and

increase the productivity of moderately saline sandy soils of the Karovulbazar district of
Bukhara region.

Key words:

pastures, sandy desert, salinity, productivity, degradation, nutritious plants,

soil fertility, humus production, agrotechnics.

Kirish.

Mamlakatimizda choʻl yaylovlarining katta qismini qumli choʻllar tashkil etadi.

Bu esa oʻz navbatida oʻziga xos boʻlgan tuproq-iqlim va oʻsimlik qoplamining shakllanishini
taʼminlagan. Qumli choʻl yaylovlarining oʻsimlik qoplamini asosan efemer, efemeroidlar,
psammofit buta va yarim butalar, shoʻrlangan substratlarda esa galofit oʻsimlik turlari keng
tarqalgan. Qumli choʻl yaylovlarida buta, yarim buta va oʻtchil turlarning keng tarqalganligi
boshqa ekologik tiplarga (adirlar, gipsli choʻl va boshqa tiplar) nisbatan ustunligini, yaʼni
yilning istalgan mavsumlarida chorva hayvonlarini ozuqa bilan taʼminlash imkonini beradi. Bu
esa choʻl yaylovlarining ahamiyatini yanada oshiradi. Qumli choʻllar namlikni juda yaxshi
singdirishi, fizik bugʻlanishning kamligi oʻsimliklar uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bois,
qumli choʻl yaylovlarida yem-xashak hosildorligi boshqa yaylov tiplariga nisbatan ancha
barqaror, yaʼni turli yillarda quruq yaylov ozuqa massasi gektaridan 1,6-2,7 s ni tashkil etadi.
Bunday yaylovlarda eng muhim ozuqabop turlar qatoriga butalardan oq va qora saksovullarni,
qandim, cherkez turlarini, yarim butalardan singren, shuvoq, choʻgʻon, oʻtchil turlardan iloq,
chitir, lolaqizgʻaldoq, yaltirbosh, arpaxon, qoʻngʻirbosh va boshqa turlarni kiritish mumkin.
Qumli choʻl yaylovlaridan oqilona foydalanilmasa yaylov degradatsiyasi jarayoni kuchayib,
koʻchma qum massivlari yuzaga keladi, oʻsimlik turlari soni kamayadi, tuproqning unumdorligi
pasayadi. Chunki, tuproq unumdorligining yaxshilanishida oʻsimlik qoldiqlari muhim oʻrinni
egallaydi. Oʻsimlik qoplamidan intensiv va toʻliq foydalanish esa oʻz navbatida tuproq
unumdorligining pasayib ketishiga olib keladi. Shu bois, Oʻzbekistonning barcha ekologik
tiplarga mansub yaylovlari tuproqlarining tarkibidagi gumus miqdori tuproqning yuza
qatlamida 0,5-1,5 % dan ortmaydi va bunday tuproqlar unumdorligi oʻta past tuproqlar toifasiga
kiritiladi. Aynan shu faktor tufayli ham yaylovlar hosildorligi nisbatan past hisoblanadi. Tuproq
unumdorligini oshirishda oʻsimlik qoldiqlari muhim ahamiyatga ega ekan, choʻlda oʻsishga
yaxshi moslashgan oʻsimlik turlarini koʻpaytirish tuproq unumdorligini oshirish yoʻllaridan biri
hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi.

Degradatsiyaga uchragan yaylovlar oʻsimlik qoplamini boyitish va bu

agrotexnik tadbirning tuproqning agrokimyoviy xususiyatlariga taʼsirini oʻrganishdan iborat.

Tadqiqot uslublari.

Tadqiqotlarni olib borishda tuproqshunoslikda umum qabul qilingan

uslublardan va “Choʻl ozuqabop oʻsimliklari introduksiyasi va seleksiyasi boʻyicha uslubiy
tavsiyalar” dan [1] foydalanildi.

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotlarni olib borish uchun tanlangan maydon yaylovlari

tuproqlari zichlashgan va mustahkamlangan qum boʻlib, maʼlum darajada shoʻrlangan.


background image

246

Yaylovlarning oʻsimlik qoplami singrenli+shuvoqli+efemerli assotsiatsiyalar boʻlib, yer osti
sizot suvlarining yaqin joylashganligi tufayli yantoq va galofit oʻsimlik turlaridan baliqkoʻz va
bir yillik shoʻra oʻtlar ham lokal holda keng tarqalgan. Tuproqning oʻsimliklar bilan
qoplanganlik darajasi 35-40% ni tashkil qiladi. Yaylovlarning oʻrtacha hosildorligi 2,7 s/ga
quruq massani tashkil qiladi. Tajriba maydoni yaylovlaridan intensiv foydalaniladi, yantoqdan
pichan tayyorlanadi va kuzga kelib, yaylovlarda oʻsimlik qoplami qoldiqlari deyarli qolmaydi.
Bunga asosiy sabab yaylovlardan qishki mavsumda ham foydalanishdir.

Mamlakatimiz choʻl yaylovlari hosildorligini bir necha barobar oshirish imkonini

beruvchi, yaylov ozuqasi sifatini keskin oshiruvchi istiqbolli choʻl ozuqabop oʻsimlik turlari
aniqlangan, ular bilan seleksiya-tanlov ishlarini olib borish natijasida ularning 15 dan ortiq
istiqbolli navlari yaratilib, choʻl hududining turli mintaqalariga ekish uchun rayonlashtirilgan va
Davlat reyestriga kiritilgan. Ushbu texnologiya va navlarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish
choʻl yaylovlari hosildorligini 10-15 s/ga ga yetkazish, yaylovlar mol sigʻimini 2-3 barobarga
oshirish mumkinligi aniqlangan [2,3,4,5].

Oʻrganilayotgan tuproqlarning mexanik tarkibi quyidagicha ekanligi aniqlandi: yirik qum

(>0,25 mm) 14,2-26,7%, oʻrtacha qum (0,25-0,1 mm) 17,4-29,1%, zarrachalar miqdori (0,1-
0,05 mm) 32,9-44%. oralagʻida. Oʻrganilayotgan tuproqlarda 4,0-5,6% oraligʻida loy zarralari
mavjud boʻlib, ulardan oʻrtacha chang (0,01-0,005 mm) 2,8-5,6%, mayda chang (0,005-0,001
mm) 1,6-4,2%, loy zarralari (<0,001 mm) 1,7-5,8% ni tashkil etgan. Tuproqning agrokimyoviy
xususiyatlarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Yaylovlar oʻsimlik dunyosini boyitish maqsadida tuproqning mexanik va mineralogik

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda choʻl ozuqabop oʻsimlik turlari navlari tanlandi va 2023-
yilning fevral oyida 10,0 ga maydonga ekildi. Bular jumlasiga qora saksovulning “Nortuya”,
tereskenning “Toʻlqin”, choʻgʻonning “Jayxun”, izenning “Karnabchulskiy”, olabutaning
“Yagona” navlarini kiritish mumkin. 2023-yilning oʻta qurgʻoqchil kelishi sababli ekilgan
navlarning barchasidan qoniqarli maysalarni undirib olish imkoniyati boʻlmadi. Ammo, qora
saksovul, choʻgʻon va teresken navlaridan qoniqarli maysalar unib chiqishi kuzatilib,
oʻsimliklar tup soni gektariga qora saksovulda 1200, choʻgʻonda 8000, tereskenda 9000 donani
tashkil qilib, yaylovlarni yaxshilash texnologik parametrlari darajasida ekanligi aniqlandi.
Ekilgan barcha turlar koʻp yillik buta va yarim butalar boʻlib, hayotining 1-chi yilida generativ
fazaga kirishmasdan vegetatsiya davrini tugatishadi. Shunga qaramasdan, choʻgʻonning
“Jayxun” navida ayrim oʻsimliklarning generativ fazaga kirib, urugʻlash davrida ekanligi
kuzatildi.

Oktyabr oyining birinchi oʻn kunligida oʻsimliklarning boʻyiga oʻsishi qora saksovulda

45-50 sm ga, choʻgʻonda 35-45 sm ga, tereskenda esa 30-35 sm ga yetganligi aniqlandi. Boshqa
turlardan farqli oʻlaroq, olabuta urugʻlari unuvchanligini uzoq muddatlarda saqlash xususiyatiga
ega va shu bois, bu oʻsimlik turidan maysalarning unib chiqishi 2024-yilning bahorida
kuzatiladi. Izen urugʻlarini esa joriy yilning dekabr oyida qayta ekish rejalashtirildi.
Choʻgʻonning generativ fazaga kirishi va urugʻ hosil qilishi kelgusi yilda gektardagi oʻsimliklar
tup sonining yanada koʻpayishiga olib keladi.

Xulosa.

Tuproq unumdorligini oshirishda substratni organik chirindi bilan boyitish oʻta

muhim hisoblanadi va bu jarayon tuproqda oʻsimlik qoldiqlarining yildan-yilga ortib borishi
bilan bogʻliq. Buni yuqori fitomassa toʻplovchi oʻsimlik turlari taʼminlaydi. Tajriba dalasiga
ekilgan oʻsimlik turlari aynan shunday oʻsimliklar boʻlib, substratda organik chirindining
koʻpayishiga va unumlorlikning ortishiga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Раббимов А., Хамраева Г.У. Чўл озуқабоп ўсимликлари интродукцияси ва

селекцияси бўйича услубий тавсиялар. Самарқанд. 2016. -44 б.

2. Раббимов А. Ўзбекистонда изен (Kochia prostrata (L.) Schrad.) ўсимлиги ва ундан

фойдаланиш. “Zarafshon” нашриёти, 2014.-111 б.


background image

247

3. Раббимов А. Чўл яйловлари ҳосилдорлигини оширишнинг интродукция ва

селекция асослари. қ.-х. ф.д. илмий даражасини олиш учун ёзган диссертация иши
автореферати. Тошкент, 2022.-66 б.

4. Шамсутдинов З.Ш. Создание долголетних пастбищ в аридной зоне Средней

Азии. Изд-во «ФАН» УзССР, Ташкент,1975. -175 с.

5. Шамсутдинов З.Ш. Введение в культуру пустынных кормовых растений.

Ташкент, «ФАН», 1987. -178 с.


УЎК: 619:636.084

ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИДА ЭКОЛОГИК МУАММОЛАРНИ БАРТАРАФ

ЭТИШНИНГ АФЗАЛЛИКЛАРИ.

Л.Я.Тркашев-

катта ўқитувчи,

М.И.Исмоилхонова, М.Қ.Комилова-

тадқиқотчи талабалар

Андижон қишлоқ хўжалиги ва агротехнологиялар институти

Аннотация.

Мақолада хўжаликларда учрайдиган экологик ҳолатлар, уларнинг

бузилиш омиллари, унинг натижасида хўжаликларга ва унда сақланаётган қишлоқ
хўжалик ҳайвонлари соғлиғига таъсири, бунинг оқибатида хўжаликлар кўраётган
иқтисодий зарарлар, экологик вазиятларни бартараф этиш чора-тадбирлари тўғрисида
маълумотлар келтирилган.

Калит сўзлар:

экологик вазият, атроф-муҳит, ис гази, карбонат ангидрид, азот,

водорот сульфит, аммияк, вентильяция, ҳандақ ва ҳ.к.

Abstract.

The article contains information about environmental conditions occurring in

farms, their deterioration factors, the resulting impact on farms and the health of farm animals
kept in them, economic losses suffered by farms as a result, and measures to eliminate
environmental situations.

Key words:

ecological situation, environment, carbon dioxide, nitrogen, hydrogen

sulphite, ammonia, ventilation, ditch, etc.

Кириш.

Дунёдаги барча мамлакатларни замонавий саноат технологиялар

ривожланиб бораётган даврдаги вазифаларидан бири атроф – муҳитни муҳофаза қилиш
билан бирга инсонлар соғлигини сақлаш ҳисобланади. Барча давлатлар қатори бизнинг
мамлакатимиз ҳам бундан мустасно эмас. Республикамиз қишлоқ хўжалигининг
ривожланиши натижасида барча саноат тармоқлари, жумладан енгил саноат, озиқ-овқат,
кимё, фармацевтика, нефтни қайта ишлаш, транспорт ва бошқалар интенсив ривожланиб
бормоқда. Бу тараққиёт ўз навбатида қишлоқ хўжалигида ҳам табиатни муҳофаза
қилишга ва инсон соғлигини сақлашга катта эътибор қаратишни талаб қилади.
Шунингдек қишлоқ хўжалигининг муҳим тармоқларидан бири бўлган чорвачиликда ҳам
атроф–муҳитни муҳофаза қилиш ва ишчи ходимлар соғлигини сақлаш масаласи
чорвачиликка ихтисослашган фермер хўжаликлари раҳбарларининг олдида турган энг
муҳим муаммоларидан биридир. Республикамизда фаолият кўрсатаётган 150 мингга яқин
фермер хўжаликларининг асосий экологик муаммолари – ер, сув ресурслари, ҳаво, фауна
ва флорани муҳофаза қилиш ҳисобланади.

Мамлакатимиз худудида 65 мингдан ортиқ чорвачилик фермер хўжаликлари

мавжуд бўлиб, уларда 200 минг бошга яқин қорамоллар, шунингдек қўйлар, паррандалар
ҳамда бошқа тур ҳайвонлар кўпайтирилади ва улардан озиқ – овқат маҳсулотлари ҳамда
енгил саноат ва тиббиёт учун хом – ашёлар олинади.

Маълумки ҳайвонлар томонидан истеъмол қилинган озуқа (ем-хашак) ларнинг бир

қисми организмга ҳазм бўлса, қолган қисми аҳлат (гўнг) ва сийдик ҳолатида ташқарига

Библиографические ссылки

Раббимов А., Хамраева Г.У. Чўл озуқабоп ўсимликлари интродукцияси ва селекцияси бўйича услубий тавсиялар. Самарқанд. 2016. -44 б.

Раббимов А. Ўзбекистонда изен (Kochia prostrata (L.) Schrad.) ўсимлиги ва ундан фойдаланиш. “Zarafshon” нашриёти, 2014.-111 б.

Раббимов А. Чўл яйловлари ҳосилдорлигини оширишнинг интродукция ва селекция асослари. қ.-х. ф.д. илмий даражасини олиш учун ёзган диссертация иши автореферати. Тошкент, 2022.-66 б.

Шамсутдинов З.Ш. Создание долголетних пастбищ в аридной зоне Средней Азии. Изд-во «ФАН» УзССР, Ташкент,1975. -175 с.

Шамсутдинов З.Ш. Введение в культуру пустынных кормовых растений. Ташкент, «ФАН», 1987. -178 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов