Световая и цветовая гармония в натюрмортной композиции в изобразительном искусстве

CC BY f
105-107
2
0
Поделиться
Арзиев, А., & Мадиярова, Р. (2023). Световая и цветовая гармония в натюрмортной композиции в изобразительном искусстве. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 105–107. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27249
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Дальнейшее повышение интереса учащихся к предмету, придание особого значения рисованию и работе с изображениями.


background image

2-SHO‘BA.

"SHAHARSOZLIK VA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING

DOLZARB MUAMMOLARI HAMDA AMALIY YECHIMLARI".

TASVIRIY SAN’ATDA NATYURMORT KOMPOZITSIYASIGA YORUGLIK VA RANG

UYG`UNLIGI

A.S.ARZIEV, T.T.SARSENBAEV, R.R.MADIYAROVA

Qoraqalpoq davlat universiteti

Annotatsiya:

O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, rasm chizish va tasvirlar bilan

ishlashga alohida e’tibor qaratishga alohida ahamiyat berish.

Аннотация:

Дальнейшее повышение интереса учащихся к предмету, придание особого значения

рисованию и работе с изображениями.

Annotation:

To further increase the interest of students in science, to give special importance to drawing and

working with images.

Kalit so‘zlar:

Natyurmort, san’at, yorug‘lik, dunyo qarash.

Ключевые слова:

Натюрморт, искусство, свет, взгляд на мир.

Keywords:

Still Life, Art, Light, world look.

Zamonaviy texnologiya bilimlarini va ko‘nikmalarini egallash tasviriy san’at yo‘nalishida

tashkil qiladigan turli ko‘rgazmalarga ijodiy ishlarni tayyorlashga keng zamin tayyorlaydi. O‘quvchi
olgan tassurotlari orqali mustaqil kompozitsiya tuzib, ranglar uyg‘unligini tanlab, o‘z tasavvuri orqali
muljallagan tasvirini ijodiy yondashgan holda yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bularning hammasi
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Ulardagi badiy estetik didini
shakillantiradi.

Ta’lim texnologiyasida asosiy etiborni dastlabki harakat obrazini shakllantirish metodiga

qaratish lozim. Сhunki, insonning har qanday ongli ravshdagi faoliyati ushbu harakatni bajarish
metodikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Talabalarni rasm chizishga o‘rgatish mashg‘ulotlari natyurmort ishlashdan boshlanadi. O‘quv

natyurmortlarini tuzishning tayyor retsepti va formulalari yo‘q. Natyurmort frantsuzcha so‘z bo‘lib,
«jonsiz tabiat» degan ma’noni anglatadi. Bu janrda asosan musavvir insonni o‘rab turgan atrof
muhitdagi narsalar, kundalik turmushda qo‘llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar,
mevalar, qush va hayvon tulumlari va boshqalarni tasvirlaydi.

Bo‘lajak tasviriy san‘at óqituvchilarinibg kasbiy tayorgarligini amalga oshirish bilan

shuģullanuchi oliy óquv yurtlarida ushbu kasb egalarini tayorlashda talabalarga tabiat mabzaralarini,
parranda-yu, xayvonlarni va inson qiyofasini tasvirlashda, natyurmort chizishga, amaliy sańat va
arxitektura majmualarining maketlariniyaratishda, kitob va saxnalarni bezash kabi turli
mashģulotlardan umumli foydalanib kelinmoqda.

Natyurmort san’ati o‘zining go‘zal va qadimiy tarixiga ega. Natyurmort bizni bir necha asr

avvalgi, o‘sha davr uchun qadrli bo‘lgan buyum va narsalar olamiga olib kiradi. U XVII asrda
mustaqil janr sifatida shakllandi. Bunga qadar jonsiz predmetlardan tasvirlangan asarlar gollandcha
«harakatsiz qo‘yilma» deb yuritilar edi. Natyurmort rassom tomonidan savodli ishlanishi bilan birga
buyumlarningmaterialligini ham mohirona ifodalay olgan. Kompozitsiya qonuniyatlariga asoslanib
tuzilgan natyurmortda, o‘sha muhitning o‘ziga xos narsa va buyumlari malakali rassom tomonidan
o‘zgasha uslubda jonli tasvirlanadi.

Yorug‘likni to‘g‘ri tanlash rassom oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Natyurmotlardan

turli sharoytlarda kuchsiz yorug‘lik, qo‘yilmaga qaratilgan shulada xona ichida, ustoxonada, ochiq
havoda, soya va quyoshda tasvirlash mumkin. Shuning uchun rassomlar qo‘yilgan natyurmort
jozibali va mazmunli ko‘rinishi uchun yorug‘likni qanday tushirish ustida izlanadilar. Natyurmort
qo‘yilmasini chiroyli tuzishda nafaqat buyumlar va matolarni to‘g‘ri tanlash, balki yorug‘likni
mohirona qo‘ya bilish ham zarur. Eng asosiysi- qo‘yilmada ranglar garmoniyasi, go‘zallik, nafis
obrazli asar jonlansin. Yorug‘lik, rangtasvirdagi rang kabi kompozitsiyaning muhim elementidir.
Naturaga tushayotgan yorug‘lik natyurmortdagi asosiy kompozitsion markazni bo‘rttirib,


background image

yorug‘likdan hosil bo‘lgan soyalar esa, aksincha ikkinchi darajali narsalarni va keskin bo‘yoqlar
kuchini yumshatadi. Asardagi kompozitsion markazni rang va tus orqali ham ajratish mumkin.
Rassom avvalo o‘tkir nigohini kompozitsiya markazidagi buyumlarga qaratadi, so‘ngra asosiyga
nisbatan biroz kuchsiz qarama- qarshi narsalarni yoza boshlaydi. XVI--XVII asrlarda gollandiya
san’atida natyurmort janri eng yuqari pog‘onaga ko‘tarildi.

Rassomlar tasvirlashda eng zarur narsalarni, kompozitsiya muvozanatni saqlash uchun

qo‘yilajak buyumlarga alohida ahamiyat berganlar.

Asar ustida ishlay borib, buyumlarga tushayotgan yorug‘likni, buyumning shaxsiy va

tushayotgan soyalarini nozik va mohirona tasvirlaydilar. Tasvirlangan go‘zal va betakror
natyurmortlarga havas bilan qarab, golland rassomlarining o‘tkir nigohi va mohirligidan har qanday
kishi hayratga tushadi. Rassomlar natyurmort kompozitsiyalarini turlicha hal etib, ba’zan ochiq
havoda ham ishlashni ma’qul ko‘radilar. Qo‘yilmadagi ranglar ochiq havoda nihoyatda jozibali
tovlanib, soyada moviy osmondan zangori, quyosh nuridan esa issiq shu’lalar tushib yaratilayotgan
asar kishini o‘ziga maftun etadi. Yorug‘lik va havo rassom palitrasini siypalab, bo‘yoqlarni yanada
bor jarangdorligida ko‘rsatishga harakat qiladi.

Shunday qilib, natyurmort kompozitsiyasida yorug‘lik nafaqat uning mazmunini balki yaxlit

asardagi har-bir buyumning o‘ziga xos xarakterini to‘loqonli ochib berishga yordam beradi. Buyuk
italyan rassomi Leonardo do Vinchi "Agar sen shoir bo‘lib shakllarni paydo bo‘lishini so‘zlab yoza
olsan, rassom esa yorug‘likka shukrona aytib shakllarga bo‘yoqlar orqali jon bag‘ishlaydi"- deb bejiz
aytmagan.

Jamiyatning ma’naviy hayoti qomrovi nihoyatda keng, mazmunan chuqur, shaklan xilma-

xildir. Ma’naviy hayot inson aql-idroki va tafakkurining barcha mahsullarini jamiyat tomonidan
to‘plangan madaniy boyliklarida ifodalangan yutuqlarini, ijtimoiy ong shakllarini, kishilarning
g‘oyalarini, tasavvurlari, dunyo qarashi, odob-axloqi butun olamni qamrab oladi. Demak, bularning
barchasi yosh avlodning to‘laqonli shakllanishi va takomil topishida rasm chizish va tasvirlar bilan
ishlash ham alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya yo‘nalishlaridan biri ekanligini
ko‘rsatadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Abdurahmanov G‘.M. «Kompozitsiya asoslari». T.:--2009.


background image

2. Boymetov B. «Qalamtasvir». T. Musiqa.- 2006.
3. Tolipov N. Abdirasilov S. Oripova N. «Rangtasvir». T. Musiqa. 2006.
4. Tolipov N. Imamova S. Respublika ilmiy- amaliy anjumani materiallari. 2015.

Библиографические ссылки

Abdurahmanov G‘.M. «Kompozitsiya asoslari». T.:--2009.

Boymetov B. «Qalamtasvir». T. Musiqa.- 2006.

Tolipov N. Abdirasilov S. Oripova N. «Rangtasvir». T. Musiqa. 2006.

Tolipov N. Imamova S. Respublika ilmiy- amaliy anjumani materiallari. 2015.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов