Технология организации самостоятельного обучения рисованию

CC BY f
334-335
0
1
Поделиться
Арзиев, А. (2023). Технология организации самостоятельного обучения рисованию. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 334–335. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27390
А Арзиев, Каракалпакский Государственный Университет им. Бердаха
Доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Самостоятельная работа учащихся, проблемные методы, усвоение учебного материала, формирование свободного мышления и мировоззрения с использованием возможностей.

Похожие статьи


background image

CHIZMАCHILIK FАNIDАN MUSTАQIL TА’LIMNI TАSHKIL ETISH

TEXNOLOGIYASI

Dotsent v.b. А.S.АRZIEV

(Qoraqalpoq Davlat universiteti)

Аnnotаtsiya:

Talabalarning mustaqil ishlashi, muammoli metodlar, oʼquv materialini oʼzlashtirish,

imkoniyatlaridan foydalanib erkin fikrlash va dunyoqarashini shakillantirish.

Аннотация:

Самостоятельная работа учащихся, проблемные методы, усвоение учебного материала,

формирование свободного мышления и мировоззрения с использованием возможностей.

ABSTRACT:

Independent work of students, problem methods, assimilation of educational material, formation

of free thinking and worldview using opportunities.

Kalit soʼzlar:

Mavzu, metod, mustaqil taʼlim, mustaqil ish, grafik.

Ключевые слова:

Тема, метод, самостоятельное обучение, самостоятельная работа, график.

Keywords:

Topic, method, independent learning, independent work, schedule.

Boʼlajak muxandislarga grafik fanlaridan bilim berishda oʼqitish metodlarining eng maqbul

usullarini tanlash kerak. Maqbul oʼqitish metodlarini tanlashni oʼqitish jarayoni va uning barcha
komponentlari qonuniy oʼzaro aloqada namoyon boʼlishini talab qiluvchi didaktik tizimli
yondoshuvdan foydalanibgina amalga oshirish mumkin. [1]

Yu.K.Babanskiy taʼkidlaganidek: «Pedagog oʼz fanini oʼquvchiga yetkazib berishda faqat

tizimli yondashuvdagina bilim olish jarayonining vazifasi, mazmuni metodlari, vositalari, shakillari
kabi elementlari orasidagi bogʼliklikni, shuningdek, u amalda boʼladigan sharoitlarni nazardan
qochirmaydi. Chunki bir tomonlama yondashuvda maqbul yechimni tanlash mumkin emas». Bu
taʼrifdan kelib chiqib oʼqitish metodlarining maqbul usulini tanlashning asosiy mezonlarini sanab
oʼtishimiz mumkin:
- dars jarayonini rejalashtirish;
- oʼqitishning asosiy maqsadi;
- mavzu mazmunining xususiyatlari;
- talaba va oʼqituvchi imkoniyatlari;
- oʼqitishga ajiratilgan vaqt;
- oʼqitishning sharoitlarga muvafiq kelishi.

Mashgʼulotni boshqarish texnologiyasida avvalambor darsning maqsadi aniq, kasbga

yoʼnaltirilgan boʼlishi bilan birga, qaysi vosita yordamida va qanday ketma-ketlikda bu maqsadga
erishish mumkinligini koʼrish mumkin. Oʼqituvchining faoliyati oʼquv materialini oʼzlashtirish
jarayonining tashkilotchisi tarzida koʼrinib, talaba faoliyatining faolligiga ahamiyat berishi kerak.
Buning uchun material mazmunining bayonida oʼqituvchi turli xil oʼqitish metodlari va
imkoniyatlaridan foydalanadi.[2]

Har bir mashgʼulotda qoʼllaniladigan metodlar uchun pedagogik tizimda ularning oʼziga xos

xususiyatlari bor. Tushunchalar va hatti-harakatlarning shakillanishini oʼqituvchi boshqarib
boradigan asosiy mashgʼulot turi amaliy mashgʼulotlar hamda boshqa dars metodlari boʼlib, uni
oʼtkazish metodikasi pedagogik tajriyba va mahoratga bogʼliqdir. Bu jarayonni tinmay oʼrganib
borish, oʼqituvchining oʼz kasbiga mohirligi oʼqitish texnologiyalari va ularning maqbul shakllari
majmuasini egallab olganligi bilan belgilanadi.[2]

Taʼlim muassasalaridagi oʼquv jarayonini davlat taʼlim standartlariga mos ravishda ilgʼor

pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, oliy taʼlim muassasasi
oʼqituvchilaridan ham yuqori malakani talab qiladi. Shuning uchun ular quyidagi taʼlim metodlarini
bilishlari singdirishlari zarur:
1.

Ogʼizaki metod (maʼruza, suhbat, hikoya va boshqalar);

2.

Аmaliy va laboratoriya ishlari;

3.

Mustaqil taʼlim;

4.

Oʼqitishning mantiqiy metodi;

5.

Muammoli izlanish (reproduktiv) metodi;

6.

Ko’rgazmali metod;


background image

7.

Induktiv va deduktiv metodlar;

8.

Ilmiy metodlar;

9.

Oʼqitishning nazorat va oʼz-oʼzini nazorat qilish metodlari.

Oʼqituvchining bu metodlardan qaysi hollarda, qanday muammolarni hal qilishda

foydalanishi uchun qanday imkoniyatlarga ega boʼlishlari kerakligi hamda talabalarning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foydalanish holatlari va ularni dars jarayonlarida oqilona
qo’llash masalalari haqida batafsil yoritib berilgan.[1]

Bu metodlardan «Chizma geometriya» darslari jarayonida bir qanchasi ishlatiladi. Bulardan

ogʼizaki, koʼrgazmalilik, oʼqitishning mantiqiy metodlari dars turining maʼruza shaklida qoʼllanilib,
mustaqil ishlash, muammoli metodlar fanning amaliy-laboratoriya mashgʼulotlarida, ilmiy, induktiv
va deduktiv metodlardan esa talabalarning mustaqil taʼlim olishlarida keng qo’llanish maqsadga
muvofiqdir.

Talabalarning mustaqil ishlashi oʼquv jarayonining ajralmas bir qismidir. Hozirgi kunda oliy

taʼlim muassasalarida oʼqitiladigan taʼlim yoʼnalishlari oʼquv rejasida mustaqil taʼlim uchun katta
hajmda soat ajratgan. Chunki, u taʼlim – tarbiyaviy masalalarni, bilish mustaqilligi va masalalarni
ijodiy hal qilishning keng tarqalgan usullaridan biri boʼlib kelmoqda. Talabalarni erkin fikrlash va
dunyoqarashini shakllantirish hamda rivojlantirishda ularni mustaqil faoliyatini tashkil qilish va
oʼtkazish muhim ahamiyatga ega.[3]

Chizmachilik fanida talabalarni mustaqil ishlari uchun maxsus mavzular kiritilishi lozim.

Kiritilgan mavular esa talabalarning oʼtilgan mavzusini keng oʼrganishiga, koʼnikma va malakalarini
oshishiga zamin yaratadi. Biz amaliy mashgʼulotlar bilan mustaqil ish farqini va ularni alohida-
alohida ajratish zarurligini quyidagilarda koʼramiz. Аmaliy mashgʼulotlar asosan nazariy bilimlarni
amaliy qoʼllash va mustahkamlashga, shuningdek, koʼnikma va malakalarni maromiga yetkazishga
yoʼllangan boʼladi. Ular koʼpincha oʼqituvchining bevosita raxbarligi ostida qoʼllaniladi. Mustaqil
ishlash esa, mashqlar jarayonida bilimlarni qoʼllashga yordam beribgina qolmay, balki talabalar
tomonidan yangi mavzuni darslikdan, internet manbalaridan oʼrganilganda, grafik topshiriqlarni
bevosita oʼqitishni boshqaruvsiz bajaradi. Hozirda har bir fanda boʼlgani kabi, chizmachilik fanida
ham mustaqil taʼlim mavzulari dars jarayonida oʼtilgan mavzularni davomi, lekin biroz
oʼylantiradigan, ijodiy va mantiqiy fikrlaydigan mashq va masalalardan iborat boʼlishini unitmaslik
lozim.[2]

Chizmachilik fanida talabalarning koʼproq adabiyotlar bilan ishlashi ham mustaqil ishlarni

bajarishda foydali va katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni yuqarida qayd etilgan talablar va
tavsiyalar asosida bajarilsa, talabalarning darslarda oʼtilgan mavzularini oʼzlashtirishi, chizmalarni
oʼqish malakasi va fanga boʼlgan qiziqishi hamda fazoviy tasavvur qilish qobiliyati yanada oshadi.

АDABIYOTLAR:

1. I.Raxmonov, Chizmalarni chizish va oʼqish.- T,: Oʼqituvchi, 1994.-6-10 b.
2. E.Roʼziev, А.Аshirboev, Muhandislik grafikasini oʼqitish metodikasi, - T.: «Yangi asr avlodi».- 23-28 b.
3. А.Аrziev, G.Аbduganieva, А.Toreev, Talabalarning mustaqil taʼlimini tashkil etish texnologiyasi,- Respublika ilmiy-

amaliy anjumani materiallari, T.:- 2015.-38 b.

Библиографические ссылки

I.Raxmonov, Chizmalarni chizish va oʼqish.- T,: Oʼqituvchi, 1994.-6-10 b.

E.Roʼziev, А.Аshirboev, Muhandislik grafikasini oʼqitish metodikasi, - T.: «Yangi asr avlodi».- 23-28 b.

А.Аrziev, G.Аbduganieva, А.Toreev, Talabalarning mustaqil taʼlimini tashkil etish texnologiyasi,- Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari, T.:- 2015.-38 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов