Характеристики легкого бетона

CC BY f
418-422
3
3
Поделиться
Юсупова, Л., & Янгибоев , Ш. (2023). Характеристики легкого бетона. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 418–422. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27451
Лола Юсупова, Ургенчский государственный университет
преподаватель (независимый научный исследователь SamDAQU)
Шахризод Янгибоев , Стамбульский университет
магистрант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается строительство высоких, многоэтажных, сложных зданий и сооружений на основе обычного тяжелого бетона, применение в строительстве легких бетонов, а также эффективность легких и прочных бетонов в области строительства. Приводятся подробные сведения о конструктивных решениях, позволяющих максимально сократить трудозатраты при изготовлении конструкций и одновременно использовать легкий прочный бетон вместо тяжелого бетона.


background image

YENGIL-MUSTAHKAM BETONNING SAMARADORLIGI

YUSUPOVA LOLA – Urganch Davlat Universiteti o`qituvchisi (SamDAQU mustaqil ilmiy tadqiqotchi),

YANGIBOYEV SHAHRIZOD – Istanbul Universiteti (magistrant)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oddiy og`ir beton asosida baland, ko`p qavatli, murakkab bino va inshootlar

qurilishi, yengil betonlarning qurilishda ishlatilishi, shuningdek, yengil hamda mustahkam betonlarni qurilish
sohasidagi samarodorligi. Konstruksiyalar tayyorlashda ishchi kuchini iloji boricha kamaytrish, shu bilan birga yengil
mustahkam betonlarni og`ir beton o`rnida ishlatilishda samarali yechimlari xususida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar:

Qurilish, qurilish materiallari, og`ir beton, yengil beton, texnologik yechim, beton to`ldiruvchilar,

keramzit, keramporit, agloporid, komporit yengil mustahkam beton, loyiha, konstruksiya.

Annotation:

In this article, the construction of tall, multi-story, complex buildings and structures based on

ordinary heavy concrete, the construction use of lightweight concrete, as well as the efficiency of light and strong concrete
in the field of construction. Detailed information is provide on structural solutions to reduce the labor force as much as
possible in the preparation of structures, and at the same time to use lightweight strong concrete instead of heavy
concrete.

Keywords:

Construction, construction materials, heavy concrete, lightweight concrete, technological solution,

concrete fillers, expanded clay, agloporite, comporite, light strong concrete, project, constructions.

Аннотация:

В данной статье рассматривается строительство высоких, многоэтажных, сложных

зданий и сооружений на основе обычного тяжелого бетона, применение в строительстве легких бетонов, а
также эффективность легких и прочных бетонов в области строительства. Приводятся подробные сведения
о конструктивных решениях, позволяющих максимально сократить трудозатраты при изготовлении
конструкций и одновременно использовать легкий прочный бетон вместо тяжелого бетона.

Ключевые слова:

Строительство, строительные материалы, тяжелый бетон, легкий бетон,

технологическое решение, бетоно наполнители, керамзит, аглопорит, компорит, легкий прочный бетон,
проект, конструкции.

Kirish.

Respublikamizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan qurilish materiallari sanoatiga katta

o`zgarish va yangilanishlar boshlandi. Jumladan, 20-fevral 2019-yildagi PQ-4198 Prezident qarori
asosida (“Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-
tadbirlari to`g`risida”) Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari
sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta
ishlashni tashkil etishni rag`batlantirish, ilg`or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa
investitsiyalarni jalb qilish haqidagi qarori ijrosi va 2019-yil 23-maydagi PQ-4335 sonli (“Qurilish
materialari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”)
Respubliklamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo`yicha barqaror
o`sish sur`atlarini ta`minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o`zgartrishlarni yanada
chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada qator islohotlar hozirgi
kunda o`z samarasini ko`rsatmoqda. Qurilish sanoatini rivojida xususan, baland binolar va turli
inshootlar barpo etilishi kun sayin o`sishda davom etmoqda. Bunda qurilishning asosiy materiali
sifatida betonning turlari va temir-betonga talab oshdi. Shunga ko`ra bu borada yengil betonlarning
ham o`rni kattadir. Qurilishning rivojlanish tarixida betonning kirib kelishi arxitektura va qurilish
sanoatini va qurilish materiallari olamini o`sishiga asosiy turtki vazifasini bajarib berdi.

Fan va zamonaviy texnika-texnologiyalar rivojivlanishi ishlab chiqarish va qurilish sohasida

material-resurslarni tejagan holda sifatni oshirishni talab qiladi. Shunga ko`ra temir-beton
konstruksiyalarini g`ovak to`ldiruvchilar asosidagi yengil mustahkam betonlardan tayyorlash orqali
ham tejamkorlikka, ham sifatga erishish imkonini beradi [3].

Tahlil va

natijalar.

Bugungi kunda sement va beton qurilish materiallarining asosiy qismini

tashkil qiladi. Sementli beton turli xil maqsadlarga ko`ra xossa va xususiyatlarini katta oraliqlarda
o`zgartirish yoki xos holda tayyorlash mumkin bo`lgan eng qulay qurilishbop materialdir. So`ngi
yillarda ko`plab izlanishlar natijasida betonning turli yangi xillarini yaratilishi va o`rganilshini
kuzatyapmiz.

Iqtisodiy va resurs tejamkorligiga erishishda konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va

sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko`ndalang kesimini kamayishiga va ularning oralig`ini
uzaytirishni nazarda tutadi. Zero Respublikamiz Qurilish materiallari sohalari professor va


background image

izlanuvchilar tomonidan Respublika xom ashyo bazasi asosida sun`iy g`ovak to`ldiruvchilar
(keramporit, barxan qumlari asosida olinadigan yengil to`ldiruvchilar, kamporit, karboporit va
boshqalar)ni tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun`iy g`ovak to`ldiruvchilarni ishlab
chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarni olish dolzarb vazifadir. Bular ma`lum
miqdorda binolarni yengillashtirish masalalarini hal qiladi [1].

Keyingi yillarda qurilishda g`ovak sun`iy to`ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng

ko`lamda qo`llanilmoqda. G`ovakli to`ldiruvchilarni ishlatilishi beton ko`plab fizik xossalarini
yaxshilaydi.

Natijaviy ishlab chiqilgan mustahkam yengil betonlardan baland binolar va inshootlar qurishda,

estakad(yo`l o`tkazgich)lar, konstruksiyalarni qurishda va ayrim ko`p ishchi kuchi talab qiladigan
temir-beton mahsulotlari o`rnida ham keng foydalanish samarali hisoblanadi. Bundan tashqari uy-joy
va jamoat qurilishida mumkin bo`lgan barcha yuqori operatsion xususiyatlarga egadir.

Yengil to`ldiruvchilar asosida beton tayyorlash bizga yengil yuqori mustahkam beton olishdagi

muammoni yechimi bo`la oladi. Ya`ni, bunday turdagi konstrukisyalar baland binolar, ko`p qavatli
uylarni barpo qilishdagi betonning hajmiy og`irligini 20-30% miqdorda kamaytrishga ham yechim
bo`ladi. Buni Yaponiya misolida tahlil qilganda shuni ko`rish mumkinki, og`ir beton o`rniga yengil-
mustahkam betonlarni qo`llash konstruksiya tayyorlash va qurilish, montaj ishlarida ishchi kuchini
kamaytrishda foydalanadilar. Shu turdagi konstruksiyalarga misol tariqasida quyidagilarni
keltrishimiz mumkin: Armotsement konstruksiyalar (cho`zilish va egilishga qarshi yaxshi ishlaydi,
darzbardoshligi, elastikligi yuqori), g`ovak (yacheykali) betonlarni keltrishimiz mumkin.

Bunday betonlarni tayyorlashda beton aralashmalarning strukturaviy tarkibi va texnologik

xususiyatlarining bir xilligini taʼminlash juda muhimdir, chunki faqat shu sharoitda nisbatan past
zichlikda yuqori mustahkamlikni kafolatlash mumkin.

Beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy qo`shimcha

aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va
qulay joylashuvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa
chidamliligi yaxshilanadi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo`nalishda o`zgartiriladi.
Diatomit va trepellar sirtqi ko`rinishi bo`yicha bir-biridan kam farqlanadi. Ular och sariq yoki kulrang
yengil, kam mustahkam, g`ovakli ko`rinishda bo`ladi, opoka esa og`ir va zich jinslarga kiradi. Ular
hammasi kimyoviy tarkibi bo`yicha bir-biriga yaqin va quyidagilardan iborat (%): SiO2–70–90;
FeO3–3–10; CaO 1- 3; ishqorlar 1-3 [5].

Beton qorishmasiga yuqori qo`zg`aluvchanlik va suv ushlab turish maqsadida qorishma

tarkibiga organik va noorganik plastiklashtiruvchi qo`shimchalar qo`shiladi. Bunday qo`shimchalar
sifatida milonaft, SNPS-1 plastifikatori, sovun ishqori, konefol va boshqa kimyoviy
qo`shimchalardan foydalaniladi [4].

Xulosa.

Shunisi e`tiborga loyiqki, ushbu yengil yuqori mustahkam beton va uni qo`llash

texnologiyasi davlat ahamiyatiga molik bino va inshootlarni kapital qurilishi sohasida innovatsion
yechimlarini hamda dolzarbligini ko`rsatada. Mustahkam yengil betonni an`anaviy beton bilan
taqqoslaganda ancha past zichlikda (50-60 MPa gacha kuchga ega) yengil mustahkam betonni olish
imkonini beradi, zichligi-1900 kg/m³ dan oshmaydi.

Bizga ma`lumki, mavjud texnologik usullarda ishlab chiqarilgan yengil-mustahkam betonlar

uchun ishlatiladigan g`ovakli to`ldiruvchilarning xillari va ularning xarakteristik xususiyatlari va
ularning betondagi vazifalari turlicha bo`lganligi tufayli, yengil beton tarkibini hisoblashda mavjud
jadvallar, formulalardan foydalanib aniq natijalar olib bo`lmaydi. Shuning uchun bu mustahkam
yengil beton tarkibi mulohazaviy tajriba yordamida aniqlashimiz mumkin.

FOYDALANILGAN MANBALAR:

1.

Authors: Michael D. Kotsovos (National Technical University of Athens) Structural-concrete analysis and design:
Need for a sound underlying theory, Oct. 2012Archive of Applied Mechanics 82(10-11), DOI:10.1007/s00419-012-
0676-7

2.

X.Qo`ldoshev “Beton va Temir-Beton Texnologiyasi” Sahhof Nashriyoti 2021-y


background image

3.

Yusupova L, Yangiboyev Sh “Characteristics, effiency of Light-strength concret” American Journal of
Interdisciplinary

Research

and

Development

ISSN

Online:

2771-8948,

now

2022.

Website:

www.ajird.journalspark.org

4.

Yusupova L, Yangiboyev Sh Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515, VOLUME 1 | ISSUE 7
| 2022.

5.

Yusupova L, Yangiboyev Sh Yengil-mustahkam beton

tarkibini loyihalash. Хоразм маъмун академияси

ахборотномаси 2023-4/2

Библиографические ссылки

Authors: Michael D. Kotsovos (National Technical University of Athens) Structural-concrete analysis and design: Need for a sound underlying theory, Oct. 2012Archive of Applied Mechanics 82(10-11), DOI:10.1007/s00419-012- 0676-7

X.Qo`ldoshev “Beton va Temir-Beton Texnologiyasi” Sahhof Nashriyoti 2021-y 3. Yusupova L, Yangiboyev Sh “Characteristics, effiency of Light-strength concret” American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948, now 2022. Website: www.ajird.journalspark.org

Yusupova L, Yangiboyev Sh Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515, VOLUME 1 | ISSUE 7 2022.

Yusupova L, Yangiboyev Sh Yengil-mustahkam beton tarkibini loyihalash. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси 2023-4/2

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов