Obtaining a highly durable dense concrete structure by drastically reducing the amount of water in concrete preparation

Abstract

The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amount of water to a minimum and creating a new structure of high-strength concrete.

CC BY f
432-433
39

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yusupova, L., & Atamuratov, M. (2023). Obtaining a highly durable dense concrete structure by drastically reducing the amount of water in concrete preparation. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 432–433. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27454
Lola Yusupova, Urganch State University
SamDAQU teacher is an independent scientist
Muzaffar Atamuratov, Tashkent Medical Academy Urgench Branch
intern-teacher
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amount of water to a minimum and creating a new structure of high-strength concrete.


background image

BETON TAYYORLASHDA SUV MIQDORINI KESKIN KAMAYTIRIB YUQORI

MUSTAHKAM ZICH BETON STRUKTURASINI OLISH.

YUSUPOVA LOLA SHANAZAROVNA – Urganch Davlat Universiteti o`qituvchisi (SamDAQU mustaqil ilmiy

tadqiqotchi),

ATAMURATOV MUZAFFAR ADILBEKOVICH – Urganch Davlat Universiteti stajyor-o’qituvchi.

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy izlanish mazmuni yuqori mustahkam yangi beton tarkibini yaratishga tegishli bo`lib,

beton strukturasining hosil bo`lishida tarkibiga qo’shilgan suvning ijobiy hamda salbiy ta`sirlarini tadqiq etish, suv
miqdorini minimumga kamaytirib sementning to`liq gidrotatsiyalanishini ta`minlash bilan yuqori mustahkam beton
strukturasini hosil qilishdan iborat.

Kalit so`zlar:

yuqori mustahkamlik, beton struktura, sement, gidrotatsiyalanish, suv/sement nisbati, normal

quyuqlik, reologik xususiyat.

Аннотация:

Содержание данного научного исследования связано с исследованием положительного и

отрицательного влияния воды, добавляемой в состав бетонной конструкции, обеспечением полной гидратации
цемента за счет снижения количества воды до минимума и созданием новой структуры высокопрочного
бетона.

Ключевые слова:

высокопрочность, структура бетона, гидратация цемента, соотношение

воды/цемент, нормальная густота, реологическая структура.

Abstract:

The content of this scientific research is related to the study of the positive and negative effects of water

added to the composition of a concrete structure, ensuring complete hydration of cement by reducing the amount of water
to a minimum and creating a new structure of high-strength concrete.

Key words:

high strength, concrete structure, cement hydration, water/cement ratio, normal density, rheological

structure.

Kirish.

Qurilish sanoatini rivojida xususan, baland binolar va turli inshootlar barpo etilishi

kun sayin o`sishda davom etmoqda. Bunda qurilishning asosiy materiali sifatida betonning turlari va
temir-betonga talab oshdi. Shunga ko`ra bu borada yengil betonlarning ham o`rni kattadir.
Qurilishning rivojlanish tarixida betonning kirib kelishi arxitektura va qurilish sanoatini va qurilish
materiallari olamini o`sishiga asosiy turtki vazifasini bajarib berdi. [1]

Beton hozirgi vaqtda turli darajadagi murakkab ob`ektlarni qurish uchun juda ko`p qirrali

materialdir. Mustahkamlik darajasiga ko`ra, beton qorishmasi kichik mahalliy qurilishdan to
strategik ahamiyatga ega davlat binolarini qurishda qo`llaniladigan turli navlarga bo`linadi.

Tahlil va

natijalar.

Sement va suv betonning asosiy komponentlari bo`lib, ular barcha

komponentlarni yagona monolit tuzilishga bog`lash vazifasini bajaradi. Ushbu ikki komponentning
(suv-tsement nisbati) to`g`ri nisbatini saqlash beton ishlab chiqarishdagi eng muhim vazifadir.
Sementning

asosiy xususiyatini xarakterlovchi jihat – uning mustahkamligi

_

(marka)

_

hisoblanadi.

Aksariyat sementlarda suv/sement nisbati 0,4 bo`lganda meyyoriy mustahkamlikka
erishiladi.

_

Sement mustahkamligiga bo`lgan talabdan tashqari, yana boshqa talablar, ya`ni normal

quyuqligi, tishlashish muddati ham ahamiyatlidir.

Normal quyuqlik deb ma`lum konsistentsiyada bo`lgan sement hamirini olish uchun sementga

qo`shiladigan zaruriy (%) suvning miqdoriga aytiladi. Portlandsementning normal quyuqligi 22-27%
ni, putstsolanli portlandsementda esa 30% va undan ortiqroq bo`lishi kerak.

Sementning normal quyuqligi ma`lum darajada sement hamirining reologik xususiyatlarini

aniqlaydi

va

beton

qorishmasining

harakatchanligiga

ta`sir

etadi.

_

Qorshimaning

_

ma`lum

_

zaruriy

_

harakatchanligiga (bikirlik) erishish uchun sementning

normal quyuqligi qancha past bo`lsa, beton qorishmaning suvga ehtiyoji shuncha past bo`ladi.

Beton tarkibiga

_

bog`liq

_

holda

_

sementning

_

o`rtacha

_

normal quyuqligini 1% ga pasaytirish

beton qorshimasini suvga bo`lgan talabchanligini 2-5 l/m

3

kamaytiradi, shuningdek yuqori

mustahkam betonlarda suvga bo`lgan talabganlikni juda pasaytligi kuzatiladi.

Suv sarfini pasaytirish o`z vaqtida sement sarfini ham kamaytiradi. Betonlarda, normal

quyuqligi past bo`lgan sementlarni ishlatish maqsadga muvofiq.

Beton qorishmani tayyorlashda ko`pincha suv – sement nisbati ortiqcha ishlatilib, betonning

sifatini sezilarli darajada pasaytirishga sabab bo`ladi. Buning sababi shundaki, beton qorishmani
to`g`ri yotqizish va qolipga joylashtirish juda muhim, bu esa ortiqcha suv qo`shilishi bilan
erishiladigan plastiklik bilan qulayroq amalga oshiriladi. Ammo shu bilan birga, materialning sifati


background image

sezilarli darajada pasayadi – birinchi belgi, yotqizilgandan keyin sirtdagi suyuqlikning chiqishi.
Plastifikatorlar yordamida suv miqdoridan oshmasdan bir xil ta`sirga erishish mumkin. [3]

Yana bir keng tarqalgan xato-betonni noto`g`ri parvarish qilish. Sementning gidratsiya jarayoni

doimiy harorat va maksimal namlikda bo`lishi kerak. Shuning uchun uni muntazam ravishda namlash
yoki polietilen bilan qoplash kerak. Bunday holda, hosil bo`lgan betonning zichligi va kuchi mikro
bo`shliqlar va kapillyarlarning paydo bo`lishi tufayli ushbu shartlarga rioya qilmasdan quritilgan
monolitning o`xshash ko`rsatkichidan bir necha baravar yuqori bo`ladi.

Suv-sement nisbati pasayganda, qorishma dastlabki uch kun ichida tezda qotadi, ammo bunday

beton barcha texnologik sharoitlarga rioya qilingan taqdirda, suv-tsement nisbati oshishi bilan
tayyorlanganidan kamroq kuchga ega bo'ladi. Shuning uchun, beton aralashmalarni ishlab
chiqarishda suv-sement nisbatining maqbul qiymatiga ega variantlarni tanlash zarurdir.

Yuqori suv-sement munosabatlarida tashkil qiluvchilar donalari orasida bo'shliqlar yuzaga

keldiki, uni sement to'liq namlanganda to'ldirib bo'lmaydi. Ortiqcha suv yig`ilib qoladi va u
bug'langanda bo'shliqlar (teshiklar, kapillyarlar) qoldiradi. [4]

Xulosa.

Sement bog`lovchili betonlar 28 kunlik ya`ni loyihadagi mustahkamlikka erishgandan

keyin ham mustahkamligini oshirishda davom etadi. Demakki, sement bog`lovchilik xususiyatlarini
uzoq vaqt davomida ham oshira olishi mumkin bo`lgani kabi, to`liq o`zlashtira olishi mumkin bo`lgan
bog`lovchilik imkoniyatini qisqa vaqt davomida ham yuzaga keltirish yo`llarini ishlab chiqish
optimal yechim bo`ladi. Bunda beton qorishmasi tarkibiga suvning vazifasini bajaruvchi kimyoviy
qo`shimcha qo`llagan holda erishish mumkin degan g`oya bilan izlanishlarni davom ettiryapmiz.

FOYDALANILGAN MANBALAR:

1.

X.Qo`ldoshev “Beton va Temir-Beton Texnologiyasi” Sahhof Nashriyoti 2021-y

2.

Yusupova L, Yangiboyev Sh “Characteristics, effiency of Light-strength concret” American Journal of
Interdisciplinary

Research

and

Development

ISSN

Online:

2771-8948,

now

2022.

Website:

www.ajird.journalspark.org

3.

https://betonpro100.ru/harakteristiki-i-svojstva/marka-i-klass-betona

4.

https://betonpro100.ru/harakteristiki-i-svojstva/vodocementnoe-otnoshenie-dlja-betona

References

X.Qo`ldoshev “Beton va Temir-Beton Texnologiyasi” Sahhof Nashriyoti 2021-y

Yusupova L, Yangiboyev Sh “Characteristics, effiency of Light-strength concret” American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948, now 2022. Website: www.ajird.journalspark.org

https://betonpro100.ru/harakteristiki-i-svojstva/marka-i-klass-betona

https://betonpro100.ru/harakteristiki-i-svojstva/vodocementnoe-otnoshenie-dlja-betona