To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodi

CC BY f
119-123
382
30
Поделиться
Уразбаева , З. (2022). To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodi. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 119–123. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13302
Зулхумор Уразбаева , Нукусский государственный педагогический институт им. Аджинияза

Факультет тюркских языков Студент 2 курса узбекского языка и литературы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodiy faoliyati,
mintaqada olib brogan ijodiy faoliyati, o‘sha davr Markaziy Osiyo adabiy muhiti haqida


background image

119

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

TO‘LEPBERGEN QAYIPBERGENOV HAYOTI VA IJODI

Urazbayeva Zulxumor, Ibragimov Javohir Isamiddin o‘g‘li

Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Annotatsiya:

To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodiy faoliyati,

mintaqada olib brogan ijodiy faoliyati, o‘sha davr Markaziy Osiyo adabiy muhiti

haqida

Kalit so‘zlar:

To‘lepbergen Qayipbergenov,

Orol, adabiyot, hikoya, yozuvchi.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi

To‘lepbergen Qayipbergenov o‘zining ijod namunalari bilan nafaqat qoraqalpoq va

o‘zbek balki jahon xalqlari adabiyotlari orasida ham o‘zining mustahkam o‘rniga

ega yozuvchilardan biri sanaladi. T. Qayipbergenov o‘zining ocherklari, povestlari,

romanlari, drama va publitsistik maqolalari bilan qoraqalpoq adabiyotining

rivojlanishida o‘zining salmoqli o‘rniga ega. Yozuvchi XX asr 50-yillarining

ikkinchi yarmidan boshlab qoraqalpoq adabiyotida ko‘zga ko‘rina boshladi.

Adibning “Sekretar”, “Muallimga raxmat”, “Uyqusiz tunlar” povestlari;

“So‘nggi hujum”, “Qoraqalpoq qizi”, “Qoraqalpoq dostoni”, “Qoraqalpoqnoma”,

“Qoraqalpoqman” romanlari; “Familiya”, “Aydo‘s bobo”, “Sahro bulbuli” kabi

dramalari e’tiborga molikdir.

T. Qayipbergenovning qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissari

inobatga olinib unga Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1975), O‘zbekiston xalq

yozuvchisi (1993), Berdaq nomidagi (1967), Hamza nomidagi (1971), Mahmud

Qoshg‘ariy nomidagi (1995), Mixail Sholoxov nomidagi (2004) davlat va


background image

120

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

xalqarolik mukofotlari taqdim etildi. U 2003-yilda O‘zbekiston Qahramoni

mulofotiga sazovor bo‘ldi.

T. Qayipbergenov XX asr qoraqalpoq milliy adabiyotini rivojlantirish bilan

birgalikda qoraqalpoq adabiyoti ilmining ham chuqur o‘rgangan. Yozuvchining

prozasi ilmiy ishlariga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ch.Aytmatov, A.Oripov,

O.Yoqubov, Z.S.Kedrina, P.Shermuxammedov va boshqalar yozuvchining

asarlarini va uning yaratgan obrazlari haqida o‘zlarining fikrlarini bildirishgan.

Yozuvchi haqida uning hayot yo‘li haqida ko‘plab fikrlar yuradi. Ko‘pchilik

yozuvchi va adiblar bu inson haqida iliq fikrlar bildiradi. Xususan, Yangiboy

Qo‘chqorov bilan suhbat davomida adibning o‘jar bo‘lganligi va u kundalik tutib

har kungi hayotidagi voqealarni o‘z kundaligida yozib borganligini aytadi: „Ikki

masalada baxslashsak, birini ma’qul ko‘rgan ikkinchisini rad etgan paytlar

bo‘lgan…. 1980 yildan boshlab To‘lepbergen og‘a har kunini kundaligiga yozardi.

Barcha tafsilotlari bilan …. Hozir uyida 29 tom kundalik bor. Siz bunga xayron

bo‘lyapsiz. Bir taniqli ozorbayjon shoiri 54 yil kundalik tutgan. To‘lepbergen og‘a

vafotimdan 15 yil keyin ochinglar, deb vasiyat qilgan. 2025-yil ochilishi lozim.

Lekin men farzandlariga ancha yilgacha ochmang, dedim. Ular shunga ko‘nishdi“

Bundan tashqari

Nabijon Boqiy ham To‘lepbergen Qayipbergenov haqida

eslab o‘tadi: “

Esimda, biz xiyla sinashta bo‘lib qolganimizdan so‘ng “Qoraqalpoq

dostoni” trilogiyasini qayta ishlab, to‘ldirilgan holda nashr etmoqchi ekanini

aytadi.

– Nabijan, trilogiyaning o‘zbekcha nusxasiga o‘zing muharrir bo‘lmaysanmi?

– Bo‘lishim mumkin, lekin qattiqroq tahrir qilib yuborsam, ishqilib,

yuzko‘rmas bo‘lib ketmaymizmi? – deyman hazil aralash.

– Yo‘g‘-e, muallif bilan muharrir kitob chiqarish jarayonida talashib-

tortishadi, ammo yuzko‘rmas bo‘lib ketganini hech eshitmaganman, – deb kuladi

og‘a.


background image

121

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Xullas, og‘aning mashhur trilogiyasi mening “umumiy tahririm” ostida qayta

nashr etiladi. Biz hartugul yuzko‘rmas bo‘lib ketmadik. Aksincha, To‘lapbergan

og‘a Do‘rmondagi bog‘ hovlisida qo‘y so‘yib, o‘g‘illarini chaqirib, ular

guvohligida menga boshdan-oyoq sarpo kiydiradi. Shoir do‘stim A’zam O‘ktam

yozda qoraqalpoqcha kiyim-boshga burkanib bog‘chamga kirib kelganimni ko‘rib

bag‘oyat ajablanadi. Bir pasdan keyin To‘lapbergan og‘aning o‘zi har xil tansiq

noz-ne’matlar ko‘tarib kelib qolgach, A’zamjon battar hayratlanadi. Ular quchoq

ochib ko‘rishadi. Chorpoyaga chiqib o‘tiradilar.”

T.Qayipbergenov O‘zbek

adabiyoti vakillari bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan. Jumladan, hikoyanavis

A.Qahhor bilan yozishgan maktublariga ko‘zimiz tushadi: “27-XII-1964 Do‘stim

Qaipberganov Yo‘llagan tabrik va sovg‘alaringiz uchun rahmat. Kelayotgan yangi

yilingiz qutlug‘ bo‘lsin. “Nomus”ni o‘sha kunlariyoq qo‘lga olmaganim chakki

bo‘lgan ekan, er-xotin bog‘dan ko‘chish oldida kasallikka chalinganimizcha

haligacha o‘zimizga kelolmaymiz. Sizning oldingizda uyatli bo‘lib, biroz ishlash

imkoniyati bo‘lishi bilanoq asarni qo‘lga oldim. Asarda yaxshi obrazlar ko‘zga

ko‘rinib qolgan, lekin bularni yana ham yorqinroq qilish, asarni keraksiz

tafsilotdardan tozalash zarurligi o‘zingizga ma’lum edi. Ish jarayonida birmuncha

fikrlar tug‘ildi.

1. Kamol xoinvachcha bo‘lsa ham otasining bolasi emas; odam bolasi ekani

ko‘rinib turganidan keyin unga kimdir quchog‘ini ochishi, uni hayotga yo‘llab

yuborishi kerak. Hayot haqiqati shu.

2. San’at xodimi hozirgi turishida voqeadan chetda, modomiki bu obraz

qolishi kerak ekan, uni voqea doirasiga tortish, unga xarakter berish zarur.

3. “Internatsionalizm”ni ko‘rsatuvchi oilalar bitta povestda ko‘p bo‘lishi

shart emas, shuning uchun sartarosh xotin to‘g‘risidagi gaplar ehtimol zarur

emasdir.


background image

122

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

4. Kamolning mast bo‘lishi, Fevral bilan uchrashib go‘ristonga borishi,

yakka go‘r to‘g‘risidagi gaplarni bir bob qilish zarur emas, bu bobdagi ayrim

detallarni boshqa boblarda o‘rni bilan ishlatib yuborish mumkin. Men bu yerda

asosiy fikrlarni aytdim. Ikkinchi darajadagi boshqa mulohazalar ham bor. Shu fikr

va mulohazalar asosidagi parchalarni yozib ham ko‘yganman. Agar siz rozi

bo‘lsangiz, ishni shu yo‘sinda davom ettiraman. Asar qoraqalpoq tilida chiqqan,

o‘zbekchasi aslidan farq qilsa qandaq bo‘lar ekan, degan mulohazaga bormang,

chunki biz ham asarimiz ruschaga tarjima qilingan vaqtda tarjimon ma’qul fikrlar

aytsa katta-kichik o‘zgarishlar kirgizamiz, hatto uni qayta ishlaymiz. Buning

misolini bizning ko‘p asarlarimizda ko‘rishingiz mumkin.

Sizga hurmat va salom bilan. Javobingizni kutaman.

Toshkent, Shelkovichnaya, 26»

Mahoratli ijodkor, qalami o‘tkir yozuvchi T.Qayipbergenovning asarlari

o‘zbek kitobxonlari orasida ham keng tarqalgan. Uning betakror asarlarining bizda

keng tarqalishiga sabab esa atoqli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning xizmatlari

beqiyosdir. Endigina adabiyot bog‘iga qadam qo‘yib kirayotgan yosh

yozuvchining o‘zbek kitobxonlari uchun kashf qilinishida ustozimiz bevosita sabab

bo‘lib, “Sovuq bir tomchi” qissasini 1962-yili tarjimon G‘oyib yoqubov bilan birga

o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bundan ruhlangan T.Qayipbergenov Abdulla Qahhor

bilan ustoz shogird tutingan. Shuningdek, bu o‘rinda adibning “Qoraqalpoq

dostoni” trilogioyasini o‘zbekchalashtirgan marhuma Lola Tojiyevadir.

U

dunyodagi bobomga xatlar”, “XXI asr bo‘sag‘asida tug‘ilgan adashimga 99

maslahat” asarlarini, “Sahro bulbuli” dramasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan

Rahimjon Otauli nomlarini ham tilga olib o‘tish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

123

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

1.

“XX asr qoraqalpoq adabiyoti tarixi”: K. Allambergenov,

Q.Orazimbetov, A.Paxratdinov, M.Bekbergenova “Sano-standart” nashriyoti

Toshkent 2018

2.

https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/tolepbergen-

qaipbergenov-bilan-suhbat-yangiboy-qochqorov-tolepbergen-qaipbergenovni-

eslab.html

3.

https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/memuarlar/nabijon-boqiy-

qoraqalpoq-qomusi-esse.html

4.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-

matbuoti/pardaboy-nurjanov-yuraklarga-yo-l-topgan-adib-2009

5.

NOROV, I., & ISMOYIL, A. (2021). the Role of Modernity in the

Formation of the Uzbek Language as the State Language. IT is a Mirror of the

Existence of a Nation in the World His Life is in His Language and Literature”).

JournalNX, 6(06), 773-775.

6.

Norov, I. (2021, February). ONOMASTIC ANTHROPONYMS IN

STARRY NIGHTS. In Euro-Asia Conferences (pp. 42-44).

7.

Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that

increase the effectiveness of the educational process.

Библиографические ссылки

“XX asr qoraqalpoq adabiyoti tarixi”: K. Allambergenov, Q.Orazimbetov, A.Paxratdinov, M.Bekbergenova “Sano-standart” nashriyoti Toshkcnt 2018

https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/tolcpbcrgcn-qaipbcrgcnov-bilan-suhbat-yangiboy-qochqorov-tolcpbcrgen-qaipbcrgcnovni-eslab.html

https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbck/mcmuarlar/nabijon-boqiy-qoraqalpoq-qomusi-essc.html

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-matbuoti/pardaboy-nurjanov-yuraklarga-yo-l-topgan-adib-2009

NOROV, I., & ISMOYIL, A. (2021). the Role of Modernity in the Formation of the Uzbek Language as the State Language. IT is a Mirror of the Existence of a Nation in the World His Life is in His Language and Literature”). JoumalNX, 6(06), 773-775.

Norov, I. (2021, February). ONOMASTIC ANTHROPONYMS IN STARRY NIGHTS. In Euro-Asia Conferences (pp. 42-44).

Norov, L, & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase the effectiveness of the educational process.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов