Darsdan tashqari mashg„ulotlarni o‟tkazishning maqsad va vazifalari

CC BY f
152-153
118
28
Поделиться
Балтабаев, Т. (2022). Darsdan tashqari mashg„ulotlarni o‟tkazishning maqsad va vazifalari. Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке, (1), 152–153. https://doi.org/10.47689/innovations-in-edu-vol-iss1-pp152-153
Т Балтабаев, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Amaliy fanlar  va maktabdan tashqari ta‘lim metodikasi‖ kafedrasining katta o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Darsdan tashqari mashg‗ulotlarda oquvchilar kasbiy tarbiyasini shakllantirishning maqsad va vazifalari, shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyatyaratishga oid mulohazalar keltirilgan.


background image

151

АДАБИЁТЛАР:

1. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз,
-Т.: Ўзбекистон, 2016.
2. Porter М. Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors, Cambridge,
1980, 454 pages.
3. Г.Б.Болоний, В.Ю.Лыскова. Кластерный подход и его использование в научно-педагогических
исследованиях. Вестник ТГУ, т.16, вып.1, 2011.
4. Портер М. Конкуренция. Санкт-Петербург; Москва; Киев: Издат. дом «Вильяме», 2000.
5. Ғ.Муҳамедов, У.Ходжамқулов. педагогик таълим инновацион кластери: таъриф, тавсиф ва
тасниф. Илмий рисола. -Т.:,Университет, 2019, -Б. 9.
6. Абдиримова, И. К. (2020). Лойиҳалаш фаолиятининг босқичлари лойиҳага ѐндашув моҳияти ва
мақсадлар уйғунлиги. Science and Education, 1(Special Issue 2). 18-26.22
7. Abdirimova, I. Methods and tools for the implementation of project activity in education.
8. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing
Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System
of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 243-247.
9. И. К. Абдиримова Гармония образования в формировании любви к стране у молодежи Academic
Research in educational sciences volume 2 (Issue 2) 2021 ISSN: 2181-1385, 1416-1421
10. И. К. Абдиримова Лойиҳа фаолиятида кластер усулини қўллашнинг аҳамияти. O‗zbekiston
milliy universiteti xabarlari, 2021, [1/6/3] Б. 58-60


DARSDAN TASHQARI MASHG„ULOTLARNI O‟TKAZISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Baltabaev T.

QR XTKQT va MOHM ―Amaliy fanlar

va maktabdan tashqari ta‘lim metodikasi‖ kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston

Annotasya

: Darsdan tashqari mashg‗ulotlarda o‗quvchilar kasbiy tarbiyasini shakllantirishning maqsad

va vazifalari, shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har
tomonlama ochish uchun imkoniyatyaratishga oid mulohazalar keltirilgan.

Kalit so„zlar

: Kasb-hunar, kasbiy tarbiya, yosh avlodni shaxsiy kasbiy sifatlari, darsdan tashqari

mashg‗ulot.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi»ning asosiy maqsadi ta‘lim tizimini jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo‗lib,
bunda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan asosiy yo‗nalishlardan biri o‗qutuvchilarning kasbiy
tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.

Ertangi kunimizning asoschilari bo‘lgan bolalar va yoshlarga imtiyozli sharoitlar berilishi qonun

hujjatlarida alohida tarzda belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda umumta‘lim maktablarining asosiy
vazifalaridan biri –o‗sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatda faol ishtirol etish va faoliyatga tayyorlashdir.
O‘quvchilarning kasb-hunarga yo‗naltirish mehnat bilan bog‗liq rejalarini tuzish, kasb-hunar va mehnat
faoliyati sohasini tanlash jarayoniga rahbarlik qilish demak. Bundan kelib chiqadiki, kasb-hunarga
yo‗naltirish maktab faoliyatining ajralmas qismidir.

Bu nafaqat maktabning, balki barcha o‗quvchi yoshlar ta‘limtarbiyasiga ma‘sul ijtimoiy insitutlar,

shu jumladan, oila, mahalla, davlat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi va boshqalarning asosiy vazifasidir.

Darsdan tashqari mashg‗ulotlarda kasbiy tarbiyaning asosiy vazifasi shaxsning aqliy, axloqiy,

erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat
yaratishdir. Buning uchun:

-

yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga

ko‗maklashish, o‗z-o‗zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‗z shaxsiy turmushiga maqsadli
yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‗otish;

-

o‗quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma‘naviy merosi bilan tanishtirish,

madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‗lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish,
tobora o‗stirib, boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
- har bir o‗smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson
faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‗rish.

Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‗llab-quvvatlash uchun shart-sharoit

hozirlash;


background image

152

- insonparvarlik odobi me‘yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy
va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi kasbiy tarbiya vositalari (nohaqlikka,
yolg‗onchilikka, tuhmat, chaqimchilik) ga toqatsizlik;
- vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‗zaro munosabat
muloqotni o‗rganish, o‗z xalqiga, davlatiga sodiqlik, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‗lib turish;
- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob
qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas‘uliyat hislarini rivojlantirish, o‗zi yashayotgan
mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqarorsaqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta‘lim-
tarbiya.

Darsdan va maktabdan tashqari kasbiy tarbiyaviy ishlar o‗quvchilarning qiziqishi, istaklari,

xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‗sh vaqtlarining o‗quv tarbiya jarayonini
to‗ldiradi. U o‗quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
O‘quvchilarda kasbiy tarbiyani shakllantirishda kitob va kitobxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim
manbai bo‗lgan kitobni sevish, uni o‗qish va ko‗z qorachig‗idek saqlay bilish lozim. O‘qish uchun uni
tanlay olish va o‗qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustozu murabbiylar va kutubxona xodimlari
yordam berishlari lozim. Kasbiy tarbiyani amalga oshirishda ta‘lim muassasalarida umuminsoniy
qadriyatlar doimo diqqat markazida bo‗lishi va uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va oshkoralikni
himoyalash har bir kishining asosiy vazifasidir.

Darsdan va maktabdan tashqari kasbiy tarbiyani amalga oshirishda quyidagi asosiy tadbirlarga

e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi:
- kasbiy tarbiya jarayonini tashkil etishning aniq yo‗nalishlari bo‗yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli
dasturlar ishlab chiqish;
- kasbiy tarbiyani zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagog xodimlarni tayyorlash va malakasini
oshirish;

Xulosa qilib aytganda darsdan tashqari mashg‗ulotlarda kasb tanlashga yo‗naltirish ishlari

mahalliy sharoitlarga moslab aniq rejalar, tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo‗lishi kerak. Ushbu
konsepsiya asosiy tarbiyaviy ish yo‗nalishlarining mazmuni, maqsadlari, vazifalarini belgilashda va
shubhasiz, xalq ta‘limi tizimidagi barcha turdagi ta‘lim muassasalarining pedagogik jamoalari,
jamoatchilikning kuchg‗ayratini yoshlar tarbiyasi muammolarini hal qilishga yaxlit yondashishni o‗z
mazmuniga jamlab, o‗sib kelayotgan yosh avlodni shakllantirishning aniq vazifalarini bajarishda
dasturamal bo‗lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

1.

Tagayev X., Tolipov U.K. Pedagogicheskiye osnovы sovershenstvovaniya tvorcheskoy lichnosti.

Metodicheskoye posobiye. –Moskva,:UCOPAO,1993.
2.

Mavlonova R., Raxmonqulova N., Shirinov M., Xolmatov P., Matnazarova K. Umimiy

pedagogika. Darslik. Navro‗z. 2016.
3.

Xolmatov P.Q. O‘quvchilarni kasb-hunarnga o‗naltirish. Morografiya. Fan. 2006.

INTERCULTURAL AND LINGUODIDACTIC ASPECTS OF TEACHING FOREIGN

LANGUAGES AT HIGHER EDUCATIONAL ESTABLISHMENT

Gilyazetdinov E.Z.

Senior teacher, Methodology of teaching English language department №2

UzSWLU, Tashkent, Uzbekistan

e-mail:

eldar_85g@mail.ru

tel.:+998915764257

At the present stage of development of the domestic and foreign theory and methodology of

teaching foreign languages, we have no doubts in the fact that we should teach foreign languages in the
context of culture, which has found its theoretical justification and practical implementation in a number
of modern culturally oriented or culturally specific concepts: socio-cultural (V.V. Safonova, V.P. Sysoev
G.D. Tomakhin), linguocultural (V.V. Vorobyev, V.P. Furmanova, M.A. Suvorova), intercultural (S.G.
Ter-Minasova, G.T. Makhkamova, G.V. Elizarova).

The methodological basis of research within the framework of these approaches is the dialogical

concept of culture by M.M.Bakhtin, which reveals the deep unity of language and culture, and the
concept of linguistic personality (Y.N. Karaulov, I.A. Khaleeva, G.I. Bogin, V.P. Furmanova).

The concepts mentioned above form the basis of numerous dissertation studies aimed at forming,

along with the verbal-semantic, cognitive and pragmatic levels of linguistic personality.

Библиографические ссылки

Tagayev X., Tolipov U.K. Pedagogicheskiye osnovu sovershenstvovaniya tvorcheskoy lichnosti. Metodicheskoye posobiye. -Moskva,:UCOPAO,l993.

Mavlonova R., Raxmonqulova N., Shirinov M., Xolmatov P., Matnazarova K. Umimiy pcdagogika. Darslik. Navro'z. 2016.

Xolmatov P.Q. O’quvchilarni kasb-hunamga 0‘naltirish. Morografiya. Fan. 2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов