ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1777
AJDODLARIMIZNING IBRATLI HAYOT YO‘LI
Shamudinova Feruza Mirxamitovna
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent ISFT inistitut М-24 pedagogika -01 magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15573147
Annotatsiya. XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg'onish
harakatining atoqli rahbarlaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bo'lib, shu davrda o'zbek xalqi
ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol o'ynadi. Yurtimizda birinchilar qatori yangicha ta'lim
metodiga asoslangan jadid maktablarini ochdi. Behbudiy Turkistonning kelajagi onalar qo'lida
ekanligi, ularning savodli bo'lmog'i lozimligi, yosh avlod onalar qo'lida tarbiya topishi haqidagi
fikrlari ham tahsinga loyiq. Ijodkor "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini tashkil etib,
milliy jurnalistika rivojiga tamal toshini qo'yganlardan biri bo'ldi. Mahmudxo'ja Behbudiy
pedagogik asarlarida ota-onalar mas'uliyati, farzandlar tarbiyasi, burch masalalari Qur'oni
Karim va Hadisi Sharif singari muqaddas manbalar ko'rsatmalariga suyangan holda e'tirof
etiladi.
Kalit so'zlar: "Xamsa", "Boburnoma", "usuli savtiya", "Behbudiya", muftiy, "Tahsil oyi",
"Samarqand" gazetasi, "Oyna" jurnali, teatr, "Padarkush" dramasi, dorilfunun, dorilmuallim,
"Turon" gazetasi, "olimi zamonaviy", maorif, Xorazmiy, Samarqandiy, Farg'oniy, Buxoriy.
Kirish
Bu azim daraxtning ildizi shu qadar mustahkamki, bunda Alisher Navoiy "Xamsa"
yaratib, g'azal mulkining sultoni bo'ldi, Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" asari ila
turkiy xalqlar tarixidan so'zladi, Lutfiy o'z g'azallari orqali millatni ezgulikka chorladi. Biz
shunday zaminda tug'ildik, voyaga yetdik. Tariximiz, nasl-nasabimiz turkiy xalqlarga borib
taqaladi. Azal-azaldan qon-qonimizga singgan, ajdodlarimizga xos bo'lgan jasorat, ilm -
ma'rifatga intiluvchanlik singari fazilatlar ila shakllandik. Ota - bobolarim to'g'risida qalbimda
iftixor bilan gapirar ekanman, ular orasida dramaturg, noshir, "usuli savtiya" jadid maktabining
asoschisi, mohir pedagog, ko'plab darsliklar muallifi, "Behbudiya" kutubxonasi tashkilotchisi,
jahongashta olim hisoblangan Mahmudxo'ja Behbudiy nomi alohida e'tirofga sazovor. Jadid
namoyondasi 1857-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida muftiy
oilasida dunyoga keldi. U o'ziga to'q va ilmli oilada ulg'aydi. Shu sababli ham butun umrini
ma'rifat va ilmga bag'ishlay old, o'z davrining haqiqiy ziyolisi, millatning chinakam fidoyisi
bo'ldi. XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg'onish harakatining atoqli
rahbarlaridan biri bo'lib, shu davrda o'zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol
o'ynadi. O'sha paytlarda maorifda islohotlar qilish, yangi maktablar yaratish, darsliklar yozib, uni
joriy qilish nihoyatda mushkul ish edi. Ammo Behbudiy xalqni yoppasiga ilmli qilish
maqsadidan qaytmadi va ta'lim tizimi uchun juda ko'p yangiliklar yaratdi.
Mahmudxo'ja Behbudiy xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma'rifat mash'alasini
baland ko'tarib chiqqan ulug' alloma va jamoat arbobidir. U milliy ozodlik harakatining
namoyondasi sifatida xalqimizni mustabid tuzum kirdikorlaridan ogoh etishga, ong-u tafakkurini
yuksaltirish, hurriyatga erishish yo'lida jipslashtirishga intildi. Yurtimizda birinchilar qatori
yangicha ta'lim metodiga asoslangan jadid maktablarini ochdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1778
Uning maorifni, ta'lim- tarbiyani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan maqolalari
orasida "Tahsil oyi" maqolasini alohida ta'kidlab o'tishimiz lozim. Bu maqola shunisi bilan
ahamiyatliki, muallif o'sha davrdagi Turkistonning ahvolini ko'rsatibgina qolmay, balki
qoloqlikning sabablarini aniqlaydi, undan qutulmoq yo'lini ochiq-oydin ko'rsatadi. Maqolada
shunday yozilgan: "Ko'chaga razm solgan kishi ikki xil odamlarni ko'radi. Birisi oppoq
ko'ylaklar kiyib yasanib olgan, qo'llarida o'nlab nusxa kitoblar ko'tarib, saodatlik yurish bilan
hukumat maktablariga ketayotgan rus, yahudiy, armani bolalar bo'lsa, ikkinchisi ertalabdan
ustlarida og'ir yuk, qo'llarida ketmon, korxona va qadoqxonalarga hammomlikka yo'llanib, 20
tiyindan 1 so'mgacha topmoq ilinjidagi Turkiston bolalari " Ijodkor butun ilm-u hunar o'zgalar
qo'lida ekanligi, bizlarning ikki yo'limiz borligi, ya'ni ularga o'xshab zamon ilmlarini o'zlashtirib,
qoloqlikdan qutulish yoki pulimizni maraka, to'y va turli behudaliklarga sarf etib, borimizni
qo'ldan boy berib, ularga xizmatkor bo'lish kabi o'y-xayollar bilan mulohaza yuritadi. G'oyatda
qaltis vaziyatlarga qaramay, u o'z uyida maktab ochib, o'z mablag'i hisobidan xalq farzandlarini
o'qitdi. Behbudiy, eng avvalo, din ilmiga va dunyoviy ilmlarga qalbida chin muhabbat sezgan
musulmon bolalarini faqir va qashshoqlarning bolasi bo'lsa-da, o'qitmoqqa bel bog'ladi. Eski
maktablarning o'sha kezlardagi ahvolidan qayg'urgan ma'rifatparvar o'z maktablari uchun yangi
darsliklar yaratdi. U vaqtlarda faqat o'g'il ta'lim olar, qizlarga esa cheklovlar ko'p edi. Behbudiy
Turkistonning kelajagi onalar qo'lida ekanligi, ularning savodli bo'lmog'i lozimligi, yosh avlod
onalar qo'lida tarbiya topishi haqidagi fikrlari ham tahsinga loyiq. Zeroki, har bir mo'min va
muslimalarning ilm olmoqqa intilishlari ham qarz, ham farz ekanligi Hadisi Sharifda ham
keltirib o'tilgan. Ma'rifatparvar xotin - qizlar savod chiqarish uchun otinoyilar tomonidan tashkil
qilingan uy maktablarida emas, dorilfunun, dorilmuallimlarda o'qishga haqli, deb hisoblagan.
Maktab — millat nuri, bu nur so'nsa, millat zulmat, jaholat iskanjasida qoladi.
Ijodkor "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini tashkil etib, milliy jurnalistika rivojiga
tamal toshini qo'yganlardan biri bo'ldi. Drama va hikoyalari, dolzarb mavzulardagi maqolalari
bilan ma'naviy uyg'oq, vatanparvar avlodni tarbiyalashga, xalqimizni dunyo bilan tanishtirishga,
ilm-ma'rifatli, zamon bilan hamnafas va hamqadam qilishga hissa qo'shdi. Bugun ham insonlarni
jaholatdan, turli illatlardan ogoh etishda ulug' alloma g'oyalari, hayotiy shiorlari, ilmiy adabiy
merosi ham muhimdir. Mohir publitsist sifatida o'z davrining dolzarb masalalariga bag'ishlangan
qator salmoqli asarlar va 200 dan ortiq maqolalar yaratdi. U 1913-yildan boshlab matbuot ishlari
bilan shug'ullana boshlagan. "Oyna" jurnali ma'rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat
qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir
qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamisha diqqat
markazida turdi. U millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Jurnalning
1913-yil 13-avgust birinchi sonidayoq "Ikki emas, to'rt til lozim" degan maqola bilan chiqqan
edi. Behbudiy ma'rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasligi, zamon va dunyo voqealari bilan
muntazam tanishib bormoq kerakligi, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh
bo'lmoq lozimligi, millat uchun oyna kerakligini juda ko'p bor ta'kidlaydi.
Teatr — bu sahna san'ati turi bo'lib, aktyorlar tomoshabinlar oldida jonli ijroda namoyish
qiladigan dramatik asarlarni ifodalash san'atidir. Behbudiy teatrni xalqni ma'rifatga chorlovchi
kuch, faqat ko'ngilochar san'at emas, balki jamiyatni o'zgartirish vositasi sifatida ko'rgan va
birinchi o'zbek dramasi "Padarkush"ni yaratgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1779
Ushbu drama 1911-yilda yozilgan bo'lib, dastlab 1912-yilda "Turon" gazetasida bosilgan.
Shundan so'ng tez fursatda Samarqand, Buxoro, Toshkent teatr sahnalarida ijro etilgan.
Drama kompozitsion qurilishga ko'ra oddiy bo'lgan holda mazmun g'oya jihatdan ancha
qamrovlidir. Asarda o'qimagan bolaning nafaqat o'z umriga zomin bo'lishi, balki birovga zahmat
yetkazishi tasvirlangan. O'g'il savodsiz, ma'naviy qashshoq, shafqatsiz bo'lib o'sadi va oxir-
oqibat o'z otasining qotiliga aylanadi. Ilm va hunarsiz millatning millatning ahvoli kundan kunga
xor bo'lishi, yer va mulksiz qolishi oqibatida axloqi buzilishi, dini zaiflashishini tushuntiradi.
Buning uchun "olimi zamonaviy"larni tayyorlash, buning uchun mablag'ni ayamasdan,
yoshlarning savodini chiqarib, rivojlangan davlatlarda o'qitish zarurligini ta'kidlaydi.
Xulosa
Mahmudxo'ja Behbudiy pedagogik asarlarida ota-onalar mas'uliyati, farzandlar tarbiyasi,
burch masalalari Qur'oni Karim va Hadisi Sharif singari muqaddas manbalar ko'rsatmalariga
suyangan holda e'tirof etiladi. Inson tarbiyasidagi qabih va yomon odatlar qoralanadi. O'z
qarashlari, orzu- intilishlari va e'tiqodi bilan xalqning istiqboli, ozod va farovon hayoti haqida
o'ylagan Behbudiy o'zining qisqa umri mobaynida juda uzun, sermashaqqat yo'lni bosib o'tdi.
Bosib o'tdigina emas, unda o'limlar bilan o'lmaydigan yorqin iz qoldirdi. U tinimsiz
ta'qiblar, tazyiqlar tufayli umrini tugab qolganini sezgach, do'stlari, shogirdlari va farzandlariga
vasiyatnoma yozadi. Unda shunday so'zlar bor edi: "Maorif yo'lida ishlayturg'on muallimlarni
boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! Xalq qonida avloddan avlodga o'tib kelayotgan
fazilatlar qatorida, afsuski, illatlar ham yashamoqda. Bu haqiqatni jadidlarimiz o'z vaqtida millat
tanazzulining asosiy sabablaridan biri sifatida ko'ra bilgan edilar.
Shu jumladan, Mahmudxo'ja Behbudiy ham yozgan asarlari, darsliklari, maqolalarida
tarixda o'tgan yurt olim-u fuzalolari — Xorazmiy, Samarqandiy, Farg'oniy va Buxoriylarning
fazilatlaridan faxrlanadi. Ajdodlarimiz umr yo'li bizlarga ibratdir.
Tildan tilga ko'char barhayot nomi,
Temir otayotir bugun avlodi.
O'lmas bitiklari — umrin davomi,
Dillarda abadiy Behbudiy yodi.
REFERENCES
1.
Турдиева К. Ш. Актуальность и значение переводной детской литературы //Труды
ГПНТБ СО РАН. – 2022. – №. 1. – С. 72-76.
2.
Масаидова Ф., Турдиева К. Қамчибек кенжанинг “балиқ ови” ҳикоясининг ғоявий
хусусияти //Перспективы развития медицины. – 2021. – Т. 1. – №. 1. – С. 643-644.
3.
Sheralievna T. K. " Fine literature and medicine" science moduline in the medical
direction of the study guides." //Journal of Innovation, Creativity and Art. – 2023. – С.
278-281.
4.
Абдуллаева Л., Турдиева К. Стивен Кингнинг “Чекишни ташланг корпорацияси”
ҳикоясида соғлом турмуш тарзи мавзуси //Перспективы развития медицины. –
2021. – Т. 1. – №. 1. – С. 602-603.
5.
Турдиева К. Ш. Круг детского чтения поэтических произведений А. Арипова
//Бюллетень науки и практики. – 2020. – Т. 6. – №. 10. – С. 430-438.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1780
6.
Турдиева К. Ш. Круг детского чтения поэтических произведений А. Арипова
//Бюллетень науки и практики. – 2020. – Т. 6. – №. 10. – С. 430-438.
7.
Турдиева К. Ш. НРАВСТВЕННЫЙ АСПЕКТ ДЕТСКОЙ ПОЭЗИИ АНВАРА
АБИДЖАНА //Бюллетень науки и практики. – 2023. – Т. 9. – №. 5. – С. 667-671.
8.
Турдиева К. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОИЗВЕДЕНИЯ
«ШАЙТАНАТ»(“ЦАРСТВО БЕСОВ”) //MEDICAL SCIENCES. – Т. 34.
9.
Турдиева
К.
Тиббиёт
институтларида
бадиий-ижодий
тўгаракларнинг
самарадорлиги //Педиатрия. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 280-285.
10.
Tuğlacı G., Solmaz E. Özbek çocuk edebiyatında şiir //Türk Dünyası Dil ve Edebiyat
Dergisi. – 2021. – №. 52. – С. 359-384.
11.
Турдиева К. О современной узбекской детской поэзии последних лет //Язык.
Словесность. Культура. – 2015. – №. 2. – С. 61-75.
12.
Turdieva K. S. ОСОБЕННОСТИ СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ДЕТСКОЙ
ПОЭЗИИ //Theoretical & Applied Science. – 2017. – №. 10. – С. 66-69.
13.
Turdieva K. ABOUT CHILDREN'S LITERATURE OF UZBEKISTAN //Science and
innovation. – 2024. – Т. 3. – №. C5. – С. 62-68.
14.
Гойибова Г., Турдиева К. Образ врачей в рассказе Зоира Мамаджонова «Сидящие у
костра» //Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века. – 2023. – Т. 1.
– №. 1. – С. 355-355.
