2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
21
SOLIQ NIZOLARINI KO'RISHNING IXTISOSLASHTIRILGAN SUD TIZIMINI
YARATISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI
Qurbonov Abdulaziz Sulton o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti, Toshkent, O’zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15605553
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot soliq nizolarini ko‘rishda ixtisoslashtirilgan sud tizimini
yaratishning zamonaviy konsepsiyalarini yoritadi. Soliq masalalarining o‘ziga xos murakkabligi
va xalqaro tajribalarga asoslangan holda, bunday sud tizimini joriy etishning dolzarbligi ilmiy
jihatdan asoslanadi. Muallif O‘zbekistonda mavjud iqtisodiy sudlarning umumiy yondashuvlari
soliq nizolarini chuqur ekspertizaga tayangan holda hal qilishga yetarli emasligini ta’kidlab,
ixtisoslashgan sud institutini shakllantirishning iqtisodiy barqarorlik va investorlar ishonchini
oshirishdagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Shu bilan birga, tadqiqotda Germaniya, AQSh, Singapur
va Yaponiya kabi davlatlar tajribasi tahlil qilinib, elektron sudlov tizimi imkoniyatlari va soliq
nizolarining shaffof hal etilishiga oid takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot ilmiy va amaliy yondashuv
asosida soliq nizolarini adolatli va samarali ko‘rishning istiqbolli mexanizmlarini taqdim etadi.
Kalit so’zlar: soliq nizolari, ixtisoslashtirilgan sud, iqtisodiy sud, investor huquqlari,
xalqaro tajriba, elektron sudlov tizimi, moliya-huquqiy ekspertiza, shaffof sudlov, sud islohotlari,
adolatli sudlov.
СОВРЕМЕННЫЕ КОНЦЕПЦИИ СОЗДАНИЯ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННОЙ
СУДЕБНОЙ СИСТЕМЫ ПО РАССМОТРЕНИЮ НАЛОГОВЫХ СПОРОВ
Аннотация. В данном исследовании освещаются современные концепции создания
специализированной судебной системы для рассмотрения налоговых споров. Учитывая
присущую налоговым вопросам сложность и международный опыт, актуальность
введения такой судебной системы научно обоснована. Автор подчеркивает, что общие
подходы существующих экономических судов в Узбекистане недостаточны для
разрешения налоговых споров на основе глубокой экспертизы, и рассматривает роль
формирования специализированного судебного института в повышении экономической
стабильности и доверия инвесторов. В то же время в исследовании анализируется опыт
таких стран, как Германия, США, Сингапур и Япония, и выдвигаются предложения по
возможностям электронной судебной системы и прозрачного разрешения налоговых
споров. В исследовании представлены перспективные механизмы справедливого и
эффективного рассмотрения налоговых споров на основе научного и практического
подхода.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
22
Ключевые слова: налоговые споры, специализированный суд, хозяйственный суд,
права инвесторов, международный опыт, электронное судопроизводство, финансово-
правовая экспертиза, прозрачное правосудие, судебные реформы, справедливый суд.
MODERN CONCEPTS OF CREATING A SPECIALIZED COURT SYSTEM FOR
REVIEWING TAX DISPUTES
Abstract. This study highlights modern concepts for creating a specialized judicial system
for considering tax disputes. Given the inherent complexity of tax issues and international
experience, the urgency of introducing such a judicial system is scientifically justified. The author
emphasizes that the general approaches of existing economic courts in Uzbekistan are insufficient
to resolve tax disputes based on in-depth expertise, and considers the role of the formation of a
specialized judicial institution in increasing economic stability and investor confidence. At the
same time, the study analyzes the experience of countries such as Germany, the USA, Singapore
and Japan, and puts forward proposals for the possibilities of an electronic judicial system and
transparent resolution of tax disputes. The study presents promising mechanisms for fair and
effective consideration of tax disputes based on a scientific and practical approach.
Keywords: tax disputes, specialized court, economic court, investor rights, international
experience, electronic court system, financial and legal expertise, transparent justice, judicial
reforms, fair trial.
Soliq nizolari barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy tizimining ajralmas
qismi hisoblanadi. Ular davlat fiskal siyosati, moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlik muhiti va
jamiyatning huquqiy tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Soliq organlari bilan tadbirkorlar, yuridik
shaxslar yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga kelgan bu nizolar ko‘pincha yirik moliyaviy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, ularni hal etishda tezkorlik, xolislik, qonuniylik va
mutaxassislikning ustuvor ahamiyati bor.
Soliq nizolarining samarali hal qilinmasligi davlatning fiskal barqarorligiga, investorlar
ishonchiga va milliy iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda
O‘zbekistonda soliq nizolari hozirda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Biroq
iqtisodiy sudlar keng doiradagi ishlarni ko‘rib chiqadi: mulkiy nizolar, shartnoma muammolari,
bank va bojxona ishlari. Shu sababli, soliq masalalari ko‘pincha yetarlicha chuqur ekspertizaga
tayangan holda hal qilinmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qonuniylik va adolat tamoyillarining
buzilishiga olib keladi.[1.
173-176.]
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
23
Xorijiy olimlarning fikrlari ushbu masalada alohida ahamiyatga ega. Masalan, amerikalik
tadqiqotchi Bryan T. Camp o‘zining “Tax Administration as Procedural Justice” tadqiqotsida
soliq organlari faoliyatining sud nazoratisiz samarador bo‘lishi qiyinligini ta’kidlaydi. Uning
fikricha, soliq nizolari nafaqat moliyaviy masala, balki ma’muriy adolat prinsipining ifodasidir.
Sudlarning mutaxassisligi oshgan sari, taraflar o‘rtasidagi ishonch tiklanadi va jarayonlar
shaffoflashadi.[2. 331–399]
Shu bilan birga, rossiyalik yuridik olim A.V. Krotov ham soliq sudlarining ixtisoslashuvini
ma’muriy adolatning muhim tarkibiy qismi sifatida ta’kidlaydi. U o‘zining “Специализация
судов и эффективность правосудия” nomli asarida, sud tizimida ixtisoslashuv protsessual
samaradorlik va huquqiy aniqlikni oshirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi. Krotovga
ko‘ra, iqtisodiy va soliq sudlarini ajratib ko‘rish nafaqat ma’muriy qulaylik, balki jamiyat
ishonchini mustahkamlovchi vositadir.[3.
245-255.]
Germaniyalik mutaxassis Klaus Tipke esa o‘zining “Steuerrecht: Ein Studienbuch” asarida
Federal Soliq sudi (Bundesfinanzhof) faoliyatini tahlil qiladi. U Germaniyadagi soliq sudlarining
asosiy afzalligi — qonunlarni bir xilda talqin qilish va iqtisodiy vositalarni yuridik mezonlarga
moslashtirishga erishish ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa, soliq nizolarining ixtisoslashtirilgan
sudlarda ko‘rib chiqilishi shartligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston sharoitida esa, bu yo‘nalish hali yangi va rivojlanayotgan jarayon hisoblanadi.
Mahalliy tadqiqotchi M.N. Yusupovning “Sud-huquq tizimining ixtisoslashuvi va uning
islohotlar jarayonidagi o‘rni” tadqiqotsida iqtisodiy sudlar tarkibida ixtisoslashtirilgan sudlar
tashkil etish zarurati asoslab berilgan. Uning fikricha, soliq sohasidagi murakkab nizolarni
umumiy iqtisodiy sudlar hal qilishga urinishi sud jarayonlarining sifatiga va adolat tamoyillariga
putur yetkazadi.
Shu bilan birga, N.A. Mustafoyevning “O‘zbekiston soliq qonunchiligining evolyutsiyasi”
monografiyasida soliq organlari ustidan sud nazoratining zaifligi va ixtisoslashgan sudlar joriy
etish orqali byurokratik muammolar kamayishi mumkinligi qayd etilgan.[4.
245-255.]
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
5482 farmoni
“Sud-huquq
tizimini isloh qilish va iqtisodiy sudlovda ixtisoslashtirishni kuchaytirish” dolzarb yo‘nalish
sifatida belgilandi. Bu esa, davlatning soliq siyosatini adolatli va shaffof amalga oshirishda
ixtisoslashtirilgan sud tizimini yaratishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.[5.lex.uz ]
Shuningdek, globallashuv jarayonlari, xalqaro savdoning faollashuvi va O‘zbekistonda
soliqqa tortish bazasining kengayishi sharoitida mavjud sud tizimi murakkab soliq nizolarini hal
etishda yetarli emasligi tobora yaqqol ko‘rinmoqda.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
24
Soliq qonunchiligidagi tezkor o‘zgarishlar, texnik tafovutlar va murakkab moliyaviy
nizolar umumiy iqtisodiy sudlar tomonidan hal qilinayotgani — investorlar va tadbirkorlar
huquqlarini himoya qilishdagi muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, jamiyatda adolatli
sudlovga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi va iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga bevosita salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda xalqaro tajriba ham e’tiborga molik. Germaniyada Federal Soliq sudi, AQShda
United States Tax Court, Singapurda “Tax Board of Review” va Yaponiyada soliq nizolarini hal
qiluvchi maxsus apellyatsiya kengashlari mavjud. Ularning tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
ixtisoslashtirilgan sudlar nafaqat nizolarni samarali hal qiladi, balki huquqiy barqarorlik va
normativ-huquqiy baza rivojlanishiga turtki beradi.
Bugungi global iqtisodiyot sharoitida xorijiy davlatlarning soliq sudlovidagi tajribalari
O‘zbekiston uchun qimmatli namuna vazifasini o‘taydi. Germaniya, AQSh, Singapur va
Yaponiyada shakllangan ixtisoslashtirilgan soliq sudlari samaradorlik va shaffoflikka xizmat
qiluvchi ilg‘or institutlar sifatida tan olingan. O‘zbekiston sharoitida esa bu tajribalardan o‘rganish
va mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda.[6.2022]
Quyidagi jadvalda asosiy xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan soliq
sudlarining asosiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan:
Xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan soliq sudlarining asosiy
jihatlari
Davlat
Maxsus Soliq
Sudi/Organ
Ish ko‘rib
chiqish
muddati
Sudyalarning
tayyorgarligi
Jarayonning
shaffofligi
Germaniya
Bundesfinanzhof
(Federal Soliq sudi)
O‘rtacha 6-
12 oy
Moliya va soliq
huquqi bo‘yicha
ixtisoslashgan
Sud qarorlari ochiq
e’lon qilinadi
AQSh
United States Tax
Court
O‘rtacha 9
oy
Moliya-huquqiy
bilimga ega sudyalar
Ochiq sud
majlislari va
elektron
ma’lumotlar tizimi
Singapur
Tax Board of
Review
2-3 oy
Arbitraj va soliq
nizolari bo‘yicha
malakali
mutaxassislar
Elektron e’lonlar va
tezkor hal etish
mexanizmi
Yaponiya
Apellyatsiya
kengashlari va
sudlar
3-6 oy
Soliq qonunchiligi
bo‘yicha
ixtisoslashgan
organlar
Jarayon ikki
bosqichli, suddan
oldingi tartib
mavjud
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
25
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, barcha ushbu davlatlarda soliq sudlari va organlari muayyan
tartib va shaffoflik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi. Germaniyada Bundesfinanzhof
sudyalari moliya va soliq huquqi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lib, ularning qarorlari izchil va
qonuniylikka asoslanadi. AQShda United States Tax Court mustaqil organ sifatida faoliyat yuritib,
soliq to‘lovchilarning huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Singapurda esa “Tax Board of Review”
tezkor va shaffof arbitrajga asoslangan sudlov mexanizmini taqdim etadi. Yaponiya tajribasi esa
ikki bosqichli yondashuvi bilan ajralib turadi: dastlab ma’muriy apellyatsiya kengashlarida
muammo ko‘rib chiqiladi, keyinchalik sudga murojaat qilinadi.[7.245-249]
Jadval tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ixtisoslashtirilgan sudlar xorijiy amaliyotda sud
jarayonlarini yengillashtiradi, taraflar o‘rtasida ishonchni oshiradi va qonuniylikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu tajribalar soliq qonunchiligi rivoji va
normativ-huquqiy bazaning izchil shakllanishiga ham hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonda esa amaldagi iqtisodiy sudlar hozircha umumiy yondashuvga tayangan
holda soliq nizolarini ko‘rib chiqadi. Bu esa, yuqoridagi xorijiy tajriba bilan taqqoslaganda, bir
qator kamchiliklarni yuzaga chiqaradi. Jumladan, sudyalar moliya va soliq sohasidagi chuqur
tayyorgarlikka ega emasligi, jarayonning shaffof emasligi va ekspertiza yetishmasligi jiddiy
muammolar sifatida tilga olinadi.
Mahalliy olimlar fikricha, xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali O‘zbekiston sharoitiga
moslashgan ixtisoslashtirilgan sud tizimini yaratish mumkin. Masalan, professor M.N.
Yusupovning fikriga ko‘ra, “ixtisoslashtirilgan sudlar soliq nizolarining moliyaviy va huquqiy
murakkab jihatlarini inobatga olib, sudlov jarayonini sifat jihatidan yaxshilaydi”. Shuningdek,
N.A. Mustafoyev xorijiy tajriba asosida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va sarmoyaviy muhitni
yaxshilash zarurligini alohida ta’kidlaydi.
Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Pf–4850-sonli farmonda ham
xorijiy davlatlar tajribasini mahalliy sharoitga moslashtirish, ixtisoslashtirilgan sud tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish vazifalari qayd etilgan. Bunga ko‘ra, dastlab iqtisodiy sudlar
tarkibida alohida soliq nizolari bo‘yicha palatalar tashkil etilishi mumkin. Bu jarayon xorijiy
modellardan eng yaxshi jihatlarni tanlab olish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali
amalga oshiriladi. Shu o‘rinda, elektron sudlov tizimining (e-sud) ahamiyati ham e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. Xorijiy tajribada, jumladan Singapurda, elektron shaklda qarorlarni e’lon qilish,
elektron hujjatlar almashinuvi va onlayn sud majlislari samarali natija bergan.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
26
O‘zbekiston sharoitida ham, soliq hisobotlarining aksariyati allaqachon elektron shaklda
olib borilayotgani sababli, e-sud imkoniyatlarini rivojlantirish soliq nizolarini ko‘rib chiqishning
shaffofligini va tezkorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy qilib aytganda, xorijiy davlatlarning tajribasi soliq nizolarini ko‘rishda
ixtisoslashtirilgan sud tizimining adolatli va samarali yechim bo‘lishini tasdiqlaydi. Shu asosda
O‘zbekiston ham bosqichma-bosqich, zamonaviy yondashuvlar va xorijiy tajribalar asosida ushbu
institutni yaratishga harakat qilishi lozim. [8.54-58]
Xorijiy tajriba va mahalliy huquqiy islohotlar asosida olib borilgan tahlillar shuni
ko‘rsatmoqdaki, ixtisoslashtirilgan soliq sud tizimi nafaqat soliq nizolarini hal qilishning
samaradorligini oshiradi, balki umuman jamiyatning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ham
muhim o‘rin egallaydi. Bunday institutning afzalliklari, birinchidan, sud jarayonining shaffofligini
ta’minlash va taraflar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liqdir. Soliq sohasidagi
murakkab masalalarni umumiy iqtisodiy sudlar emas, balki moliya va soliq huquqi bo‘yicha
chuqur tayyorgarlikka ega bo‘lgan sudyalar hal qilishi taraflar manfaatini to‘liq himoya qilish
imkonini beradi.
Ikkinchidan, ixtisoslashtirilgan sud tizimi soliq nizolarining qonuniy va yagonalikda talqin
qilinishini ta’minlaydi. Germaniya yoki AQSh tajribasida kuzatilganidek, ixtisoslashtirilgan
sudlar soliq qonunchiligidagi noaniqlik va turli talqinlarga barham beradi. Bu esa huquqiy
barqarorlikni ta’minlab, tadbirkorlar va investorlar uchun ishonchli muhit yaratadi. Shu bois,
O‘zbekistonda bunday tizimning joriy etilishi milliy qonunchilikning izchil rivojlanishiga ham
hissa qo‘shadi.
Uchinchidan, ixtisoslashtirilgan sudlar soliq nizolarini ko‘rib chiqishda professional
ekspertiza va zamonaviy yondashuvlarga tayanadi. Bu esa, sud qarorlarining asosli, izchil va
adolatli bo‘lishini ta’minlaydi. Ayniqsa, zamonaviy elektron sudlov vositalari bilan
uyg‘unlashganda, jarayon yanada shaffof va samarali bo‘ladi. Masalan, Singapur tajribasida “Tax
Board of Review” qarorlarining elektron tizimda e’lon qilinishi va sud majlislarining ochiqligi
ishonch muhitini yanada oshirgan.
O‘zbekiston sharoitida bu tizimni amalga oshirish bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarni
alohida ta’kidlash mumkin. Avvalo, mavjud iqtisodiy sudlar tarkibida maxsus soliq nizolari
palatalarini tashkil etish – amaliy jihatdan qulay va bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin
bo‘lgan yo‘nalishdir. Bunda soliq nizolari bo‘yicha sudlov ishlarini alohida mutaxassis sudyalar
ko‘rib chiqadi va jarayonning sifatini oshiradi.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
27
Keyingi muhim yo‘nalish — sudyalar va ekspertlarning malakasini oshirish. Soliq
qonunchiligidagi murakkabliklar va tezkor o‘zgarishlarni hisobga olib, sudyalar uchun moliya-
huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish zarur. Shu bilan
birga, sud tizimiga elektron hujjatlar almashinuvi va masofaviy ishtirok imkoniyatlarini keng joriy
etish jarayonning zamonaviy talablarga moslashishini ta’minlaydi.
Shuningdek, xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirishda muvozanatli
yondashuv zarur. Germaniya va AQShdagi mustaqil soliq sudlari yoki Yaponiyadagi ikki
bosqichli yondashuvdan ilhomlanib, O‘zbekiston uchun eng maqbul modelni shakllantirish
mumkin. Bu borada milliy manfaatlar, iqtisodiy barqarorlik va investorlarning huquqiy xavfsizligi
ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Umumiy qilib aytganda, ixtisoslashtirilgan soliq sud tizimini yaratish – bu nafaqat huquqiy
adolat tamoyillarini mustahkamlash, balki mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish va
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishonchli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadamdir. Bu
tizim davlat fiskal siyosatini izchil amalga oshirishga, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasidagi
nizolarni shaffof, tezkor va adolatli hal qilishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, O‘zbekiston sharoitida
xorijiy tajriba asosida va mahalliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ixtisoslashtirilgan soliq sud
tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Xulosa
Soliq nizolarini ko‘rishda ixtisoslashtirilgan sud tizimini yaratishning zamonaviy
konsepsiyalari dolzarb va muhim masala sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston sharoitida soliq
nizolari ko‘pincha umumiy iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, biroq bu sudlarning
moliyaviy va soliq huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, sudlov jarayonida
shaffoflikning pastligi, huquqiy barqarorlik va adolat tamoyillariga putur yetkazmoqda. Shu bois,
xorijiy tajribalarga asoslanib, O‘zbekistonda ixtisoslashgan soliq sud tizimini yaratishning ehtiyoji
tobora oshmoqda.
Xorijiy amaliyot, jumladan Germaniya, AQSh, Singapur va Yaponiya tajribalari,
ixtisoslashtirilgan sudlarning soliq nizolarini tezkor, professional va shaffof tarzda hal qilishga
imkon berishini ko‘rsatadi. Bu tajribalar soliq qonunchiligi barqarorligini mustahkamlash, sud
qarorlarining yagona va izchil bo‘lishini ta’minlash hamda investorlar va tadbirkorlar uchun
huquqiy xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston sharoitida bunday tizimni yaratishning ilk qadami sifatida iqtisodiy sudlar
tarkibida alohida palatalar shakllantirilishi mumkin. Shu bilan birga, sudyalar va ekspertlarning
moliya-huquqiy malakasini oshirish, elektron sudlov vositalaridan samarali foydalanish muhim
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
28
ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon soliq nizolarini tezkor va adolatli hal qilish, shuningdek, sud
islohotlari va davlat fiskal siyosati barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga,
ixtisoslashtirilgan sud tizimi jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatli sudlov tamoyillarini
mustahkamlash uchun muhim qadam bo‘lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Bekzod o’g’li, J. F. (2024). O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA MILLIY
QONUNCHILIKNI
TAKOMILLASHTIRISH.
Международный журнал теории
новейших научных исследований
,
2
(10), 173-176.
2.
Camp, B. T. (2004).
Tax Administration as Procedural Justice
. Florida Tax Review, 6(2),
331–399.
3.
Krotov, A. V. (2012).
Специализация судов и эффективность правосудия
. Москва:
Юридическая литература.245-255.
4.
Yusupov, M. N. (2021).
Sud-huquq tizimining ixtisoslashuvi va uning islohotlar
jarayonidagi o‘rni
. “Huquqiy islohotlar” ilmiy jurnali, №2, 45–54.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.07.2018 yildagi PF-5482-son
6.
Bundesfinanzhof (Federal Tax Court of Germany). (2022).
Annual Report of Jurisprudence
.
7.
Tipke, K., & Lang, J. (2000).
Steuerrecht: Ein Studienbuch
. Köln: Dr. Otto Schmidt
Verlag.245-249.
8.
Ortiqmirzayev, I. (2024). SUD HUQUQ TIZIMIDAGI HUJJATLAR BILAN
ISHLASHNING
DOLZARBLIGI.
Journal
of
science-innovative
research
in
Uzbekistan
,
2
(10), 54-58.
9.
Mustafoyev, N. A. (2020).
O‘zbekiston soliq qonunchiligining evolyutsiyasi: muammo va
yechimlar
. Toshkent: Adolat nashriyoti.
10.
OECD (2017).
Tax Dispute Resolution: Country Experiences
. OECD Publishing. Retrieved
from: https://www.oecd.org
11.
USA Tax Court Website. (2023).
About the United States Tax Court
. Retrieved from:
https://www.ustaxcourt.gov
12.
Singapore Ministry of Finance. (2021).
Tax System and Dispute Resolution Procedures in
Singapore
. Retrieved from: https://www.mof.gov.sg
13.
Retrieved from: https://www.bundesfinanzhof.de
14.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahriri). Qabul qilingan sana: 30.12.2019.
Kuchga kirgan: 01.01.2020. – Lex.uz portali: https://lex.uz
