Authors

  • Samariddin Muhammadiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102072

Keywords:

smart-kontrakt an’anaviy shartnoma taqqosiy tahlil blokcheyn avtomatik ijro huquqiy oqibatlar.

Abstract

Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning o‘xshash va farqli jihatlarini taqqosiy tahlil qiladi. Maqolada ularning mohiyati, tuzilishi, ijro etilishi, qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqiladi. Alohida e’tibor smart-kontraktlarni tuzish, ijro etish va buzishning huquqiy oqibatlariga qaratiladi. Tahlil natijasida smart-kontraktlarning afzalliklari va cheklovlari aniqlanadi hamda ularning zamonaviy fuqarolik huquqidagi o‘rni baholanadi.

background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

29

AN’ANAVIY SHARTNOMALAR VA SMART-KONTRAKTLARNING O‘ZARO

TAHLILI, XUSUSIYATLARI VA FARQLARI (TEZIS)

Muhammadiyev Samariddin Iskandar o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura bosqichi, Sport huquqi yo‘nalishi 05-guruh talabasi.

Tel: +998 94 999 36 66. e-mail:

sammukhammadiev@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15605589

Annotatsiya. Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning o‘xshash

va farqli jihatlarini taqqosiy tahlil qiladi. Maqolada ularning mohiyati, tuzilishi, ijro etilishi,

qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqiladi. Alohida e’tibor smart-kontraktlarni tuzish, ijro etish va

buzishning huquqiy oqibatlariga qaratiladi. Tahlil natijasida smart-kontraktlarning afzalliklari

va cheklovlari aniqlanadi hamda ularning zamonaviy fuqarolik huquqidagi o‘rni baholanadi.

Kalit so‘zlar: smart-kontrakt, an’anaviy shartnoma, taqqosiy tahlil, blokcheyn, avtomatik

ijro, huquqiy oqibatlar.

Kirish.

Texnologik taraqqiyot shartnoma huquqiga yangi shakllarni olib kirdi. Blokcheyn

texnologiyasi asosidagi smart-kontraktlar an’anaviy shartnomalarga nisbatan o‘ziga xos

yondashuvni taklif etadi. Ushbu maqola smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalarning

fundamental xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning o‘xshashliklari va farqlarini

aniqlashga qaratilgan. Maqsad – har ikki turdagi shartnomaning imkoniyatlari va cheklovlarini

tushunish orqali ularning zamonaviy huquqiy muhitdagi ahamiyatini belgilashdir.

An’anaviy shartnoma – bu ikki yoki undan ortiq tomonning o‘zaro huquq va

majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvidir.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasi shartnomani bir yoki bir

necha shaxsning boshqa bir yoki bir necha shaxs bilan fuqarolik huquq va majburiyatlarini vujudga

keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvi sifatida ta’riflaydi. Xususan,

Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga asosan ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari

va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma

deyiladi. Smart-kontrakt – bu blokcheyn texnologiyasida kodlangan, oldindan belgilangan shartlar

bajarilganda avtomatik ravishda ijro etiladigan kompyuter dasturidir. U o‘z-o‘zini ijro etuvchi

algoritm bo‘lib, shartlar bajarilganda hech qanday vositachisiz operatsiyalarni amalga oshiradi.

A.N.Yakubov “smart kontrakt” –“aqlli shartnoma” bu –taraflardan kamida bittasi shaxs

bo’lmagan, tuzilishi va amalga oshirilishi to’liq avtomatlashtirilgan, muallifining o’z oldiga


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

30

qo’ygan maqsadlariga erishgan deb hisoblanishi uchun yetarli bo’lgan hatti-harakatlarni sun’iy

intellekt yordamida baholaydigan, avvaldan yaratilgan dasturiy ta’minot va algoritmlarga

asoslangan, yaratuvchisida shartnomaviy munosabatlar birga mualliflik huquqini paydo

qiladigan elektron shartnomadir – deb fikr bildiradi.

1

Shuningdek, Fayzullayev M.S

O’zbekistonda ilk marotaba «aqlli shartnoma» atamasiga huquqiy ta’rif berar ekan: ““Smart

kontrakt” bu raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va

majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma”, - deya ta’kidlaydi.

2

Smart-kontraktlarning asosiy xususiyatlari avtomatik ijro, shaffoflik (blokcheynda qayd etilgani

uchun), o‘zgarmaslik (kodni o‘zgartirish qiyinligi) va faqat raqamli shaklda mavjudligidir.

Shundan kelib chiqib ikki shartnoma turning farqini turli munosabatlardan kelib chiqib

aytishimiz mumkin.

Xususan,

tuzilish va shakl jihatidan:

*An’anaviy shartnoma: Yozma (oddiy, notarial), og‘zaki yoki jim turish orqali tuzilishi

mumkin. Matn, hujjat shaklida ifodalanadi.

*Smart-kontrakt: Faqat raqamli kod (dastur) shaklida mavjud bo‘ladi. Blokcheyn

platformasida joylashtiriladi.

Ijro mexanizmi jihatidan:

*An’anaviy shartnoma: Tomonlarning ixtiyori, harakatlari yoki uchinchi shaxslarning

harakatlari orqali ijro etiladi.

*Smart-kontrakt: Kodda belgilangan shartlar bajarilganda avtomatik ravishda, inson

aralashuvisiz ijro etiladi.

Shaffoflik jihatidan:

*An’anaviy shartnoma: Odatda, faqat shartnoma tomonlari uchun shaffof bo‘ladi.

*Smart-kontrakt: Blokcheynda qayd etilganligi sababli, ko'pincha barcha ishtirokchilar

uchun shaffofdir (kontrakt kodi va tranzaksiyalar).

O‘zgarmaslik jihatidan:

*An’anaviy shartnoma: Tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi

mumkin.

*Smart-kontrakt: Blokcheynga yozilgandan so‘ng o‘zgartirish juda qiyin yoki imkonsiz

bo‘lishi mumkin.

Ishonchlilik jihatidan:

1

Yakubov Axtam Nusratilloevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda “Aqlli(smart) shartnomalar” va uni samarali

tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali. Jild 2-son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130.

2

https://cyberleninka.ru/article/n/smart-shartnomalar-aqlli-shartnomalar-va-ularning-qo-llanishi/viewer


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

31

* An’anaviy shartnoma: Tomonlarning vijdoniga, reputatsiyasiga va huquqiy tizimga

ishonishga asoslanadi.

* Smart-kontrakt: Kodning aniqligi va blokcheyn texnologiyasining xavfsizligiga

asoslanadi.

Nizolarni hal etish:

* An’anaviy shartnoma: Nizolar sud, arbitraj yoki mediatorlik orqali hal etiladi.

* Smart-kontrakt: Ko‘p hollarda nizolarning oldini oladi (avtomatik ijro tufayli), lekin

talqin qilishda nizolar yuzaga kelishi mumkin. Bunday nizolar an’anaviy usullar bilan hal qilinadi.

Qo‘llanilish sohalari jihatidan:

* An’anaviy shartnoma: Barcha sohalarda keng qo'llaniladi.

*Smart-kontrakt: Ko‘proq avtomatlashtirilgan tranzaksiyalar, raqamli aktivlar, ta‘minot

zanjirlari va shunga o‘xshash sohalarda qo‘llaniladi.

Xulosa.

Smart-kontraktlar va an’anaviy shartnomalar har biri o‘ziga xos afzalliklari va

kamchiliklariga ega. An’anaviy shartnomalar moslashuvchanligi va nozik vaziyatlarni hisobga

olish qobiliyati bilan ajralib tursa, smart-kontraktlar avtomatlashtirish, shaffoflik va ishonchlilikni

ta’minlaydi. Smart-kontraktlarni tuzish, ijro etish va buzishning huquqiy oqibatlari ularning

texnologik mohiyatidan kelib chiqadi va an’anaviy huquqiy tushunchalarga yangi talablarni

qo‘yadi. Kelajakda smart-kontraktlar shartnoma huquqining muhim qismiga aylanishi kutilmoqda

va ularning puxta huquqiy tartibga solinishi bu jarayonni yanada tezlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

2.

Yakubov Axtam Nusratilloevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda “Aqlli(smart)

shartnomalar” va uni samarali tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali. Jild 2-

son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130.

3.

Greenspаn G. Smаrt cоntrаcts аnd the dао implоsiоn //website, https://www. multichаin.

cоm/blоg/2016/06/smаrt-cоntrаcts-the-dао-implоsiоn. –2016.

4.

Szаbо N. The ideа оf smаrt cоntrаcts // Nick Szаbо’s Pаpers аnd Tutоriаls – 1997.

5.

S. Nakamoto, Bitcoin: a peer-to-peer electronic cash system. (2008)

6.

www.lex.uz

7.

https://cyberleninka.ru/article/n/smart-shartnomalar-aqlli-shartnomalar-va-ularning-qo-

llanishi/viewer

References

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

Yakubov Axtam Nusratilloevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda “Aqlli(smart) shartnomalar” va uni samarali tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali. Jild 2-son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130.

Greenspаn G. Smаrt cоntrаcts аnd the dао implоsiоn //website, https://www. multichаin. cоm/blоg/2016/06/smаrt-cоntrаcts-the-dао-implоsiоn. –2016.

Szаbо N. The ideа оf smаrt cоntrаcts // Nick Szаbо’s Pаpers аnd Tutоriаls – 1997.

S. Nakamoto, Bitcoin: a peer-to-peer electronic cash system. (2008)

www.lex.uz