2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
69
O‘ZBEK SHEVALARIDA O‘Z VA O‘ZLASHGAN QATLAM
N.O. Avazova
BuxDPI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
S. Shakarova
o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15605964
Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek shevalarida mavjud bo‘lgan o‘z va o‘zlashgan
leksik qatlamlar tahlil qilinadi. Shevalardagi so‘z boyligi, ularning tarixiy ildizlari va bugungi
kundagi shakllari misollar asosida ochib beriladi.
Kalit so'zlar: sheva, adabiy til, o'z leksiklar, o'zlashma so'zlar, leksik qatlam, tilshunoslik,
tarixiy leksika.
Til jamiyat hayotining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, undagi shevalar xalqning og‘zaki nutqiy
tajribasini, tarixiy taraqqiyotini va madaniy aloqalarini aks ettiradi. Shevalar tilning ildizli
qatlamlarini, qadimgi so‘z boyligini va zamonlar davomida boshqa tillar bilan aloqada yuzaga
kelgan o‘zlashmalarni o‘zida jamlaydi. O'zbek tili o'zining tarixiy taraqqiyotida lug'at tarkibini o'z
va o'zlashma so'zlar hisobiga boyitib kelgan va kelmoqda. O'z qatlam ildizlari asosida yangi so'zlar
yasaldi, qo'shimcha vazifalar kiritildi, mavjud so'z ma'nolari kengaytirildi, ehtiyojga ko'ra adabiy
tilga shevalardan turli so'zlar qabul qilindi.
O‘zbek tilining shevalarida uchraydigan o‘z qatlam so‘zlari — bu xalq tili tarixiy
taraqqiyotining tub ildizlaridan oziqlangan, asosan turkiy asosli leksik birliklardir. Ular tilning
ichki qonuniyatlari asosida vujudga kelgan bo‘lib, boshqa tillardan o‘zlashmagan, milliy, tarixiy
va mintaqaviy jihatdan shakllangan so‘zlardir. Bu qatlam so‘zlari qadimgi turkiy tillardan meros
bo‘lib, asosan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'oti turk" asarida, O'rxun-Enasoy va
Qoraxoniylar yodgorligi manbalardan tarkib topgan. Masalan, Mahmud Qoshg'ariyning asarida
uchraydigan ba'zi so'zlarimizni bugungi kunda ham iste'molda qo'llaymiz. Ïp–ip (bog'lab qo'yish
uchun ishlatiladigan arqon), juq–yuq (idish yuqi), jïl–yil (vaqt o'lchovi), jüräk–yurak (tana a'zosi),
jarïm-yarim (o'lchov), jašin-yashin (chaqmoq), julduz-yulduz (osmon jismi). Bundan tashqari o'z
qatlam shevalarda ham saqlanib qoladi. Masalan, Buxoro shevasida uchraydigan buralmoq
(aylanmoq), g'ur (suv), shovur (ariq) shular jumlasidandir. O‘z qatlamdagi so‘zlar xalqning til
boyligini belgilovchi asosiy vositadir. Ular orqali mintaqaviy tafovutlar o‘rganiladi, qadimiy
turkiy madaniyat va tafakkur namoyon bo‘ladi, adabiy tilni boyitishda resurs manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
70
Shuning uchun o‘z qatlamdagi so‘zlarni ilmiy jihatdan o‘rganish, tasniflash va saqlab
qolish dolzarb tilshunoslik masalalaridan biridir. O'zbek tili lug'at tarkibining boyishida ichki
manba imkoniyalari muhim asos bo'lib hisoblansada, biroq dunyodagi hech bir til o'z ichki
manbalarigagina tayanib qolmaydi. Shunga ko'ra ham o'zbek tili uchun faqat o'z so'zlari, o'z qatlam
boyligi va imkoniyatlarigina yetarli emas. O'zbek tili lug'at tarkibining boyishi va
takomillashishida tashqi manba ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday til sof holda yashay
olmaydi. Turli tillarning turli sharoitlarida yuzaga kelgan so'zlar yoki mavjud bo'lgan so'zlar
o'zbek tili lug'atining boyishida ham o'z izini qoldiryapti.
O‘zbek tili shevalarida o‘z qatlam bilan bir qatorda o‘zlashgan qatlam ham muhim o‘rin
tutadi. Bu qatlam boshqa tillar ta’sirida o‘zbek tiliga kirib kelgan leksik birliklardan iborat bo‘lib,
ular asosan tarixiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar natijasida yuzaga kelgan.
O'zlashgan qatlam so'zlari ham tashqi va ichki omillar sababi shaklini o'zgartirgan va xalq
tilining og'zaki shakli bo'lgan shevalarda saqlanib qolgan. O‘zlashma qatlam o‘zbek tilining tarixiy
taraqqiyot yo‘li davomida bir necha manbadan ozuqa olgan. Masalan, arab, fors-tojik, rus, yaqin
yillarda kirib kelayotgan inglizcha so'zlar manbaning asosiylari hisoblanadi. Misol qilib arabcha
va forscha so'zlarni oladigan bo'lsak, bu so‘zlar islom dini, ilm-fan, adabiyot, ma’rifat va
boshqaruv tizimi orqali o‘zlashgan. Ko‘p hollarda bu so‘zlar adabiy tilga ham chuqur singib ketgan.
Sheva misolida esa daftar (o'quv quroli), maqbara ( qabriston), sabr (chidam). Ruscha
o‘zlashmalar XX asrda, ayniqsa sovet davrida bu qatlam keskin ravishda boyidi. Rus tilidan kirgan
so‘zlar asosan texnika, fan, siyosat, maishiy hayot va ijtimoiy sohalar bilan bog‘liq. Masalan,
pechka–pïchka (isitish moslamasi), uchaska– učaska (mahalla vakilining hududi). Yaqin yillarda
ingliz tilidan kirgan so‘zlar zamonaviy texnologiya, internet, madaniyat va yoshlar tili orqali
inglizcha so‘zlar shevalarga ham kirib bormoqda. Asosan katta shaharlarda, yoshlar orasida
tarqalgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda mintaqaviy shevalarda ham qayd etilgan. Masalan, kompyuter,
printer, zoom qilmoq, like bosmoq, online bo‘lmoq, screenshot qilish. Bu so‘zlar hali shevalarda
keng ildiz otmagan, ammo tez rivojlanayotgan qatlam hisoblanadi. O‘zbek tilidagi o‘zlashgan
so‘zlar umumiy lug‘at boyligining 60 foizgacha qismini tashkil qilishi mumkin. Biroq bu foiz
adabiy til va shevalarda faol ishlatiladigan so‘zlarda bir oz farq qiladi. Adabiy tilda o‘zlashgan
so‘zlar ko‘proq (60 foizgacha) bo‘lishi mumkin. Shevalarda esa o‘z qatlam kuchli bo‘lib (50–
55foiz), o‘zlashgan so‘zlar 40–45 foiz atrofida bo‘ladi.
O‘zlashgan qatlam tilning ochiqligi va rivojlanish salohiyatini ko‘rsatadi, madaniy ta’sirlar
izini saqlaydi, xalq tafakkuridagi o‘zgarishlar va zamonaviylik belgilarini aks ettiradi, adabiy tilga
boylik qo‘shuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
71
Biroq haddan ortiq o‘zlashuv lingvistik asliyatga tahdid solishi mumkin. Shu bois,
o‘zlashma qatlam so‘zlarining o‘rganilishi ularni to‘g‘ri baholash, tasniflash va adabiy tilga
me’yorli joriy etish uchun muhimdir. Shu bois, o‘zbek shevalarini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni
yozma til va adabiy til bilan solishtirish, xususan o‘zlashgan qatlamni manba va shakl jihatidan
chuqur tahlil qilish bugungi tilshunoslik fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Avazova, N., & Jalilova, O. (2024). ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDAGI
AYRIM OBRAZLAR TAVSIFI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences, 3(1), 20-24.
2.
Avazova, N. (2024). TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR: ANVAR OBIDJON
IJODIDA TO‘RTLIK SHAKLIGA YANGICHA POETIK MUNOSABAT IFODASI.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).
3.
7.Avazova, N. (2024). THE ROLE OF THE QUATRAINS IN NAVOI PROSE AND
SCIENTIFIC WORKS. Modern Science and Research, 3(10), 176-179.
4.
8.SO, N. A. S. L. D. SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO ‘Z TURLARI (Buxoro
viloyati, G ‘ijduvon tuman shevasi misolida). THEORETICAL ISSUES OF UZBEK
LINGUISTICS, 248.
5.
Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili
darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning
ilmiy-metodik asoslari.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 72-75.
6.
Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH
XUSUSIDA.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 2, No. 2).
7.
Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA
SEMEMA
MASALASI.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 1, No. 1).
8.
Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA
OʻQUVCHILARNING
LINGVISTIK
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
72
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy
jurnali
,
1
(15), 51-56.
9.
Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG ‘ICH SINF O
‘QUVCHILARINING
BILIM
EGALLASHGA
DOIR
QARASHLARINI
SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.
Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 43-46.
10.
Axmedova,
D.
(2021).
СЕМАНТИЧЕСКАЯ
СИСТЕМА
СИСТЕМА
И
МОДЕЛЬ.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
,
1
(1).
11.
Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.
Oriental Art and
Culture
, (III), 440-444.
12.
Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE
UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.
Theoretical & Applied Science
,
(2), 177-179.
13.
Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:
EXPERIENCE AND ANALYSIS.
Scientific reports of Bukhara State University
,
4
(1), 152-
160.
14.
Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS
OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 235.
15.
Sharipova, M., & Azimova, N. (2025). ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA
MOTIVLAR TIZIMI.
Modern Science and Research
,
4
(4), 1149-1158.
16.
Sharipova, M., & Bakhshulloyeva, S. (2025). THE PLACE OF THE WORK OF ABDULLA
ARIPOV IN THE DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN LITERATURE.
Modern Science
and Research
,
4
(1), 388-395.
17.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
18.
Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA
MOTIVLAR TAHLILI.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR
JURNALI
,
2
(4), 343-349.
19.
Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ
КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ
ОСНОВЫ. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"
MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING
THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 18-25).
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
73
20.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
21.
Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.
Development of
pedagogical technologies in modern sciences
,
3
(1), 76-80.
22.
Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ
ТУЗИЛИШИ.
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
,
1
(2), 172-178.
23.
Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy
rivojlanishi.
Oriental Art and Culture
, (III), 326-329.
24.
Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the
Uzbek Language.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521)
,
2
(6), 589-591.
