Authors

  • Farangiz Xudoyberdiyeva
  • Gulandom Mirxanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102123

Keywords:

Semantik xususiyat dominanta emotsional bo‘yoqdorlik.

Abstract

Ushbu mohiyatida otlarning sinonimlik hodisasi yoritilishi nazarda tutilgan maqolada, asosan, nutqimizdagi otlarda uchraydigan sinonimlik hodisasi, ularning semantik xususiyatlari ustida fikr yuritiladi. Umuman olganda sinonimlik hodisasi barcha mustaqil so‘zlarda va hattoki nomustaqil so‘z turkumlarida ham uchraydi. Shu o‘rinda mustaqil so‘z turkumlaridan eng yirik ko‘lamdagi, turlanish xususiyatiga ega, yasaladi va yasalish uchun asos vazifasini bajaruvchi ot so‘z turkumiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu turkumda ham sinonimlik hodisasi keng qamrovga ega. Nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi bunday hodisalar tilimizda juda ko‘plab uchraydi. Masalan: sinonimlik, omonimlik, antonimlik, paronimlik shular jumlasidandir.

background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

85

OʻZBEK TILIDA OTLARDA SINONIMLIK SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA

TASNIFI

Xudoyberdiyeva Farangiz Dilshod qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti.

Mirxanova Gulandom Rustamovna

BuxDPI dotsenti, f.f.f.d. (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15606097

Annotatsiya. Ushbu mohiyatida otlarning sinonimlik hodisasi yoritilishi nazarda tutilgan

maqolada, asosan, nutqimizdagi otlarda uchraydigan sinonimlik hodisasi, ularning semantik

xususiyatlari ustida fikr yuritiladi. Umuman olganda sinonimlik hodisasi barcha mustaqil

so‘zlarda va hattoki nomustaqil so‘z turkumlarida ham uchraydi. Shu o‘rinda mustaqil so‘z

turkumlaridan eng yirik ko‘lamdagi, turlanish xususiyatiga ega, yasaladi va yasalish uchun asos

vazifasini bajaruvchi ot so‘z turkumiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu turkumda ham sinonimlik

hodisasi keng qamrovga ega. Nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi bunday hodisalar tilimizda

juda ko‘plab uchraydi. Masalan: sinonimlik, omonimlik, antonimlik, paronimlik shular

jumlasidandir.

Kalit so‘zlar: Semantik xususiyat, dominanta, emotsional bo‘yoqdorlik.

Аннотация. В данной статье, цель которой пролить свет на явление синонимии

имен существительных, основное внимание уделяется явлению синонимии имен

существительных в нашей речи и их семантическим свойствам. В целом явление синонимии

встречается во всех самостоятельных словах и даже в зависимых словосочетаниях. В

данном случае, если обратиться к категории имени существительного, которая является

самой крупной самостоятельной категорией слов, обладает свойством диверсификации,

является образованной и служит основой для образования, то в этой категории также

широко распространено явление синонимии. Подобные явления, повышающие

эффективность речи, весьма распространены в нашем языке. Например: синонимия,

омонимия, антонимия, паронимия и т. д.

Ключевые слова: Семантический признак, доминанта, эмоциональная окраска.

Abstract. In this article, which is intended to shed light on the phenomenon of synonymy of

nouns, we mainly consider the phenomenon of synonymy in nouns in our speech, their semantic

properties. In general, the phenomenon of synonymy occurs in all independent words and even in

independent word classes. In this case, if we focus on the noun word class, which is the largest of

the independent word classes, has the property of diversification, is formed and serves as the basis


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

86

for formation, the phenomenon of synonymy is also widespread in this class. Such phenomena that

increase the expressiveness of speech are found in our language in large numbers. For example:

synonymy, homonymy, antonymy, paronymy are among them.

Keywords: Semantic feature, dominant, emotional coloring.

Insoniyat yaralibdiki, borliqdagi narsa, hodisalarni tafakkuri orqali idrok qilib, uning

nomini atash uchun ma’lum bir tushunchalarni qo‘llab o‘z nutqini boyitib kelgan. Tildagi

so‘zlarning salmog‘i oshib borgach, ularni ma’lum bir guruhlarga ajratish ehtiyoji tug‘ilgan. Bu

haqida qadimga faylasuflar o‘z qarashlarini bayon qilganlar.

Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi

yunon faylasufi, Aristotel (Arastu) so’z turkumlarini 7ga, miloddan avvalgi V asrda hind

tilshunoslaridan Panini (

III-II asrda Panining grammatika va grammatik kategoriyalar haqida fikr

yuritganligi ma’lum)

va Yaska 4ga (

ot, fe’l, ko‘makchi va yuklama) shaklida tasniflagan . Bunda

fe’l harakatni ifodalovchi, ot esa substansiya-ifodalovchi, yuklama va ko‘makchi so‘z o‘rtasidagi

munosabatni, shuningdek, insonning o‘z fikriga munosabatini ifodalovchi hodisa sifatida berilgan)

ga boʻlganlar

.

Hindlar to‘rtta so‘z turkumini farqlaganlar: ot, fe’l, old ko‘makchi va yuklama. Hind

tilshunosligida ot predmet ifodalovchi, fe’l esa harakat, holat ifodalovchi so’z sifatida berilgan.

Turkiy tilshunoslikda morfologiyaga oid qarashlar arab tilshunosligi ta’sirida IX-XI

asrlarda shakllana boshlagan. O‘rta Osiyo xalqlari uchun bebaho sanalgan ilk qomusshunos olim

sifatida tan olingan Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida so‘z turkumlariga ham

to‘xtalib o‘tadi, ulardagi yasalish hodisasini ham ilmiy asoslab misollar bilan fikrini dalillab

beradi. Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘z davrida 2 yirik turkumni farqlab beradi. Bularni predmet

bildiruvchi so‘zlarni-otlar, harakat nildiruvchi so‘zlarni esa fe’llar guruhi ostida birlashtiradi.

Hozirgi zamonaviy tilshunosligimizda ham morfologiyaning asosini shu ikki yirik guruh

tashkil qiladi. Hozirda biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan mulohazalar ham ot so‘z turkumidagi

sinonimlar va ularning semantik xususiyati haqida. Narsa-predmet, shaxs otlari va nomlari

ma’nosini bildiruvchi, kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘luvchi va gapda istalgan gap

bo‘lagi sifatida ishtirok etuvchi so‘zlarni-ot so‘z turkumi ostida birlashtiramiz. Nutqimizni

ta’sirchan qiluvchi vositalarning barchasi bu turkumdagi so‘zlarda faol qo‘llanadi.

1.

Omonimlik hodisasiga misol qilib “Burun” so‘zini oladigan bo‘lsak:

1. burun tana a’zosi,

nafas olish vazifasini bajaradi. Bu uning otlik xususiyati. 2. Burun geografik atama bo‘lib,

quruqlikning dengizga tomon turtib chiqqan qismi. Bunda ham otlik ma’nosida. 3. Burun

ilagarilari avvallari singari ma’nosi bilan ravish so‘z turkumini ifodalab keladi.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

87

2.

Antonimlik hodisasiga misol qilib quydagi so‘zlarni olishimiz mumkin.

O‘g‘il-qiz jinslar

o‘rtasida, tun-kun vaqtlar o‘rtasida, bosh-oyoq tana qismlari o‘rtasidagi zidlik hodisasi

.

3.

Paronimlik hodisasiga misol qilib:

sud-sut, asr-asir

,

tanbur-tambur kabilar.

4.

Sinonimlik hodisasiga misol qilib ko‘plab so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Bunga misol

qilib otning ma’no turlari tasnifiga oid guruhlar orqali fikrimizni dalillashimiz mumkin.

Shaxs

otlarida: qarindosh, urug‘, tug‘ishgan, jigar, bovur, jigarband, jigargo‘sha, qondosh, qardosh,

aymoq, xesh; narsa otlarida: bayroq, yalov, alam, tug‘, baydoq; o‘rin-joy otlari: sayilgoh,

sayrgoh, sayrbog‘, tomoshabog‘; faoliyat-jarayon otlarida:

mardlik, jasurlik, qo‘rqm aslik, erlik,

dovyuraklik, botirlik…

Nutqimizda sinonimlar so‘z ko‘pavayergan sari. Tilshunos olimlar bu hodisan ilmiy

nuqtayi nazardan o‘rganishga kirishishdi. Dunyo tilshunos olimlari qatorida o‘zbek tilshunosligida

ham bu borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. O‘zbek tilidagi sinonimlar muammosini

monografik aspektda tadqiq qilgan B.Doniyorov asosli tarzda ta’kidlaganlar “Sinonimlar nafaqat

semantikaning konnotativ aspekti bo‘yicha faqrlanadi, balki aniq bir hollarda ijtimoiy tomondan

anglangan tarixiy jihatdan saqlangan kontekstdagi denotativ ma’nosi bo‘yicha ham faqrlanadi”.

Sinonimlik hodisasi barcha so‘z turkumlarida kuzatiladigan hodisadir. Bu hodisada bosh, (asos)

ma’no atrofida unga o‘xshash ma’noli so‘zlar jamlanadi. Sinonim so‘zlar qaysi uslubda

qo‘llanishi, ematsional bo‘yoqdorlik bor yoki yo‘q bo‘lishiga qarab tasniflanadi. Masalan:

azob,

aziyat, jabr, jafo, zulm, qiynoq, iztirob, uqubat, zahmat, sitam

kabi sinonim so‘zlar qatorida azob

leksemasi bosh (dominanta) ma’no kasb etadi va barcha uslublarda qo‘llanadi. Jafo, iztirob, sitam,

uqubat kabi so‘zlarda emotsionallik yuqori darajada ma’no ifodalaydi. Bu so‘zlardan badiiy

adabiyotda yozuvchilar ichki kechinmalarini ochib berishda, asarni mazmundor qilib yaratishda

keng foydalanadi. Masalan: betakror misralari bilan barchamizning ko‘nglimizdan o‘rin olgan

shoir Muhammmad Yusuf (Muhabbat) she’ridan olingan bir band orqali namuna keltirib o‘taman,

Muhabbat, ey go‘zal iztirob,

Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.

Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,

Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku.

Bunda shoir muhabbatni go‘zal iztirob deya ta’riflayapti. Sinonimlarni faqrlovchi yana bir

asosiy tomoni uning qaysi uslubda qo‘llanilishidir. Masalan: iltimos, iltijo, o‘tinch, zor, tavallo

sinonimlar qatorida iltimos so‘zi uslubiy betaraf bo‘lib, barchaga birday tushunarli ko‘proq

og‘zaki nutqda keng qo‘llandi. Iltijo, o‘tinch, tavallo so‘zlari esa badiiy uslubga xos bo‘lib, ulardan

asarlarda she’rlarda foydalaniladi.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

88

Bunga o‘xshash misralar badiiy adabiyotimizda son-sanoqsiz uchraydi. Masalan:

ashula,

kuy, navo, ohang, xonish, qo’shiq, nola

bular ham bir sinonimlik qatorini hosil qiladi.

Ma’nodosh

so‘zlar qo‘shiq so‘zi atrofida jamlanadi. Bundan emotsionallik ma’nosi navo, kuy, ohang, xonish

nolaga qarab darajalanib o‘sib boradi

.

Eng yuqori pog‘onada hissiylik bo‘yicha nola so‘zi turadi.

Buning sababi nola so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratsak, bu leksema tojik tilidan

olingan bo‘lib qayg‘uni ifodalab, baland tovush bilan yig‘lash ma’nosini anglatadigan noli

fe’lining nol hozirgi zamon asosiga (-a) qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, qayg‘uni

ifodalovchi baland tovush bilan yig‘lash ma’nosini anglatadi. Bu holatni musiqa sohasiga

quyidagicha tegishli qismi bor, ashula aytganda, biror so‘zni yoki so‘zning biror qismini ovozni

cho‘zib tebratib xonish qilinishidir. Bunday holatda uni tinglagan tomoshabin beextiyor qo‘shiqqa

berilib ketadi. Yuqoridagi

ashula

so‘zida esa hissiy bo‘yoqdorlik mavjud emas. Sinonimlar yana

bir xususiyati bilan bir-biridan ajralib turadi. Bu ular ifodalayotgan ma’noning ijobiy yoki

salbiyligidir. Masalan: er, yostiqdosh, umrdosh, rafiq, tanmahram, o‘rtoq, xo‘jayin, zavj, shahvar,

boy bu yerda er leksemasida salbiylik mavjud. Umryo‘ldosh, tanmahram, so‘zlarida esa ijobiy

ma’no kasb etgan. Shu tariqa sinonimlik hodisani oddiy emas, tilshunoslikning muhim bir ajralmas

qismi ekanligi ayon bo‘lib turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.

Development of

pedagogical technologies in modern sciences

,

3

(1), 76-80.

2.

Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ

ТУЗИЛИШИ.

Yosh Tadqiqotchi Jurnali

,

1

(2), 172-178.

3.

Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy

rivojlanishi.

Oriental Art and Culture

, (III), 326-329.

4.

Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the

Uzbek Language.

Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-

9521)

,

2

(6), 589-591.

5.

Mirxanova, G. (2021). Sinonim so'zlar o'quv lug'atining megaqurilishi: Sinonim so'zlar

o'quv lug'atining megaqurilishi.

Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali

,

1

(1).

6.

Mirxanova, G. R. (2022). Stages of Enhancement of Synonym Dictionaries.

International

Journal of World Languages

,

2

(1).

7.

Rustamovna, M. G. (2023). Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the

Uzbek language.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

89

8.

Mirxanova, G. R. (2021). EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST

SYNONYM DICTIONARIES.

Scientific reports of Bukhara State University

,

5

(2), 96-105.

9.

Mirxanova, G. R. (2023). SYNTACTIC ANALYSIS OF WORKS OF ART IN

ELEMENTARY SCHOOL TEXTBOOKS: METHODS AND APPLICATIONS.

10.

Мирханова, Г. Р., & Сафарова, О. М. (2019). УЧЕБНЫЕ СЛОВАРИ–СРЕДСТВО

ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ.

Вестник магистратуры

, (6-5), 41.

11.

Rustamovna, M. G. Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek.

12.

Rustamovna, M. G. EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST

SYNONYM DICTIONARIES.

EMERGENCE

,

5

, 24-2021.

13.

DICTIONARIES, S. a teacher of the faculty of Primary education, BSU.

SCIENTIFIC

REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY

, 96.

14.

Rustamovna, M. G. (2020). THE IMPORTANCE OF LEXICOGRAPHY IN THE

DEVELOPMENT OF EDUCATION.

В научный сборник вошли научные работы,

посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов

образовательных технологий 2020.-436 с.

, 165.

15.

Rustamovna, M. G. (2025). KONSEPTUAL YONDASHUV ASOSIDA TERMIN

TIZIMINI SHAKLLANTIRISH.

Hamkor konferensiyalar

,

1

(15), 20-22.

16.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

17.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf

Khos Hajib and Navoi.

Journal of Intellectual Property and Human Rights

,

3

(4), 153-158.

18.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ,

QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI.

Theoretical

aspects in the formation of pedagogical sciences

,

3

(1), 48-52.

19.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022.

Т

,

2

(18), 209-211.

20.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili

darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning

ilmiy-metodik asoslari.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 72-75.

21.

Qizi,

S.

M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING

BILIM

EGALLASHGA

DOIR

QARASHLARINI

SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.

Talqin va tadqiqotlar

ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 43-46.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

90

22.

Axmedova,

D.

(2021).

СЕМАНТИЧЕСКАЯ

СИСТЕМА

СИСТЕМА

И

МОДЕЛЬ.

COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS

,

1

(1).

23.

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.

Oriental Art and

Culture

, (III), 440-444.

24.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE

UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.

Theoretical & Applied Science

,

(2), 177-179.

25.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:

EXPERIENCE AND ANALYSIS.

Scientific reports of Bukhara State University

,

4

(1), 152-

160.

References

Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 3(1), 76-80.

Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ ТУЗИЛИШИ. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(2), 172-178.

Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy rivojlanishi. Oriental Art and Culture, (III), 326-329.

Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the Uzbek Language. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(6), 589-591.

Mirxanova, G. (2021). Sinonim so'zlar o'quv lug'atining megaqurilishi: Sinonim so'zlar o'quv lug'atining megaqurilishi. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 1(1).

Mirxanova, G. R. (2022). Stages of Enhancement of Synonym Dictionaries. International Journal of World Languages, 2(1).

Rustamovna, M. G. (2023). Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek language.

Mirxanova, G. R. (2021). EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST SYNONYM DICTIONARIES. Scientific reports of Bukhara State University, 5(2), 96-105.

Mirxanova, G. R. (2023). SYNTACTIC ANALYSIS OF WORKS OF ART IN ELEMENTARY SCHOOL TEXTBOOKS: METHODS AND APPLICATIONS.

Мирханова, Г. Р., & Сафарова, О. М. (2019). УЧЕБНЫЕ СЛОВАРИ–СРЕДСТВО ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ. Вестник магистратуры, (6-5), 41.

Rustamovna, M. G. Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek.

Rustamovna, M. G. EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST SYNONYM DICTIONARIES. EMERGENCE, 5, 24-2021.

DICTIONARIES, S. a teacher of the faculty of Primary education, BSU. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 96.

Rustamovna, M. G. (2020). THE IMPORTANCE OF LEXICOGRAPHY IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION. В научный сборник вошли научные работы, посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов образовательных технологий 2020.-436 с., 165.

Rustamovna, M. G. (2025). KONSEPTUAL YONDASHUV ASOSIDA TERMIN TIZIMINI SHAKLLANTIRISH. Hamkor konferensiyalar, 1(15), 20-22.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf Khos Hajib and Navoi. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 153-158.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ, QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 48-52.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022. Т, 2(18), 209-211.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 72-75.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIM EGALLASHGA DOIR QARASHLARINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 43-46.

Axmedova, D. (2021). СЕМАНТИЧЕСКАЯ СИСТЕМА СИСТЕМА И МОДЕЛЬ. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 1(1).

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари. Oriental Art and Culture, (III), 440-444.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER. Theoretical & Applied Science, (2), 177-179.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS: EXPERIENCE AND ANALYSIS. Scientific reports of Bukhara State University, 4(1), 152-160.