DOI:
https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102560Keywords:
Homiylik shartnomalari reklama shartnomalari noteng shartlar homiylar javobgarligi shaffoflik sportchilar huquqlari axloqiy bandlar sport huquqi muvozanat.Abstract
Ushbu maqola homiylik va reklama shartnomalarida sportchilar bilan tuzilayotgan potentsial noteng shartlarni tahlil qiladi. Maqolada homiylarning javobgarligini yanada oshirish zarurligi, xususan, shartnoma shartlarining shaffofligini ta'minlash, sportchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish va axloqiy bandlarni adolatli qo'llash orqali sport huquqidagi muvozanatni ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi. Xalqaro tajribadan misollar keltirilgan holda, O'zbekiston sport qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.References
Homiylik va reklama shartnomalarida sportchilar bilan tuzilayotgan noteng shartlar sport huquqidagi muvozanatga putur yetkazishi mumkin. Homiylarning javobgarligini oshirish, shartnoma shartlarining shaffofligini ta'minlash, sportchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish va axloqiy bandlarni adolatli qo'llash orqali bu muammolarni bartaraf etish va sport huquqida adolat va muvozanatni ta'minlash mumkin. O'zbekistonning xalqaro tajribani o'rganishi va milliy qonunchilikni takomillashtirishi sport industriyasining barqaror rivojlanishiga va sportchilarning huquqlarining to'liq himoya qilinishiga xizmat qiladi.
