Authors

  • Nigina Karimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102705

Keywords:

Ogahiy tarjimonlik Najmiddin Komilov adabiy tarjima syujet poetika Sharq adabiyoti.

Abstract

Ushbu maqolada atoqli adib va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning tarjimonlik mahorati taniqli adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi.Ogahiyning Sharq mumtoz adabiyoti va tarixiy asarlarni tarjima qilishdagi uslubiy yondashuvi,tarjimada syujet,obraz va poetik tafakkurni asliga sodiq holda yetkazishdagi mahorati tahlil etiladi.Maqola davomida Komilovning ilmiy izlanishlari orqali Ogahiy tarjimonlik faoliyatining dolzarb jihatlari yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

31

OGAHIY TARJIMONLIK MAHORATI NAJMIDDIN KOMILOV TADQIQIDA

Karimova Nigina Xurshidovna

Sharof Rashidov nomidagi SamDU 401-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15620185

Annotatsiya. Ushbu maqolada atoqli adib va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek

o‘g‘li Ogahiyning tarjimonlik mahorati taniqli adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov
tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi.Ogahiyning Sharq mumtoz adabiyoti va tarixiy asarlarni
tarjima qilishdagi uslubiy yondashuvi,tarjimada syujet,obraz va poetik tafakkurni asliga sodiq
holda yetkazishdagi mahorati tahlil etiladi.Maqola davomida Komilovning ilmiy izlanishlari
orqali Ogahiy tarjimonlik faoliyatining dolzarb jihatlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Ogahiy, tarjimonlik, Najmiddin Komilov, adabiy tarjima, syujet, poetika,

Sharq adabiyoti.


Kirish.

Tarjima madaniy aloqalarning ko‘zgusi,millatlararo tafakkur almashinuvining eng muhim

vositasidir.Ayniqsa,bu jarayonda Muhammad Rizo Ogahiyning tutgan o‘rni beqiyosdir.Uning
faoliyati haqida so‘z yuritar ekanmiz,albatta,professor Najmiddin Komilovning izchil
tadqiqotlarini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.Komilov Ogahiy ijodini faqatgina tarjimon
sifatida emas,balki tarixchi,adib va ma’naviy merosni targ‘ib qiluvchi siymo sifatida ham
o‘rganadi.Ogahiy XIX asrning yirik adiblaridan biri bo‘lib,Xiva xonligi davrida yashab ijod
qilgan.U fors va turkiy tillarda yaratilgan ko‘plab tarixiy, diniy va adabiy asarlarni o‘zbek tiliga
tarjima qilgan.Jumladan,she’riyat bo‘stonining ajoyib guldastalari hisoblanmish "Ta'vezul-
oshiqin" devonini va "Gulshani davlat", "Iqboli Feruziy", "Zubdatul-tavorix", "Jomeul-
voqeot",‘‘Daloyil-al-hayrot’’ kitoblarini bizga meros qoldirgan ulug' shoir va tarixnafis
Muxammad Rizo Ogahiy Sharq adabiyoti va ilm-fanining durdonalari "Kobusnoma", "Haft
paykar", "Hasht bihisht", “Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston”, “Ravzatus-safo”, “Zafarnoma”,
“Nodirnoma”, “Axloqi Muhsiniy” kabi yigirmadan oshiq asarni o‘zbek tiliga tarjima qilib,
madaniyatimiz xazinasini boyitgan buyuk siymo hamdir.Tarjimonning o‘zi aytib
o‘tganidek,bulardan birgina ‘‘Daloyil-al-hayrot’’ usmonli turk tilidan ya’ni arab tilidan tarjima
qilingan bo‘lib,qolgan o‘n to‘qqiztasi esa fors-tojik tilidan tarjima qilingan.Shulardan 9 tasi
badiiy, 6 tasi tarixiy, 4 tasi didaktik asarlardir.Turli janr, xilma-xil soha va mavzularga mansub
bo‘lgan bu asarlarning tarkibini Ogahiy to‘la va aniq tarjima etgan, ularning har biriga xos
xususiyatlarni saqlashga, harakat qilgan.

Ogahiy tarjima asarlariga alohida e’tibor qaratgan inson,professsor Najmiddin Komilov

bo‘lib,Ogahiy tarjimalarining asl nusxalari bilan solishtirib,uning mahoratiga juda katta baho
bergan. Najmiddin Komilov Ogahiy tarjimalarini tahlil qilarkan o‘zining ‘‘Klassik tarjimada
uslub’’ maqolasida shuni aytib o‘tadiki:‘‘Badiiy tarjima sohasida Ogahiyning o‘ziga xos
erkinliklari bor. U o'zi tarjima qilgan asarlarning ba’zilarini goho kompozitsiyon jihatdan
qisqartirgan; boblar, hikoyatlarni tashlab ketib, asarni ixchamlashtirish yo‘lidan borgan.
Qisqartirishlar har bir asarda turli darzda: birida ozroq, boshqasida ko‘proq.. Qisqargan qismlar
ham ahamiyati jihatidan bir xil emas’’. Ogahiy tarjimalariga qaraydigan bo‘lsak,eng ko‘p
qisqartirilib tarjima qilingan asar Muslihiddin Shayx Sa’diyning ‘‘Guliston’’dostonidir. Ogahiy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

32

‘‘Guliston’’ dagi 181 hikoyatdan 25 tasini tushirib qoldirgan.Hikmatli so‘zlar va aforizmlardan
tashkil topgan oxirgi bobning nasriy qismidagi 116 hikmatdan Ogahiy faqat 30 tasini tarjima
qilgan.Asardagi 1000 baytga yaqin she’rdan tarjimada 522 baytdan ortiqrog‘i
mavjud.Shuningdek,asardagi arabcha jumla va she’rlar ham tarjima qilinmagan.Bu
qisqartirishlarning sababi shundaki,asardagi hikoyatlarga diqqat qilinsa, ularning bir qanchasi
mazmun va mavzuyi jihatidan tarjima qilingan hikoyatlarga yaqin ekanligi ma’lum
bo‘ladi.Sa’diy bir fikrni ikki-uch hikoyatda yangi-yangi tasvir va tafsilotlar bilan bayon
qilgan.Ulardan faqatgina bittasinigina tarjima qilgan.Misol qilib oladigan bo‘lsak polvonlar
to‘g‘risida uchta hikoyat mavjud.Birida polvonning ustoziga hurmatsizligi,ikkinchisi gap
ko‘tarmay johillik qilgani,uchinchisida qo‘rqoqligi tasvirlanadi.Ogahiy bulardan faqat ikkitasini
tarjima qilib,uchinchisini tarjima qilmagan. ‘‘Guliston’’ asarida qisqartirishlar ko‘proq
bo‘lsa,boshqalarida biroz kamroqdir. ‘‘Qobusnoma’’ tarjimasidagi o‘zgarishlarning xususiyati
‘‘Guliston’’ tarjimasidagiga nisbatan bir oz boshqacharoq. ‘‘Qobusnoma’’da so‘z ishlatish erkin
bo‘lganligi sababli, dialoglar to‘liq bo‘lib, tarjimada ham bu aynan berilgan.Ogahiy xuddi
shunday soddalashtirishni ko‘zlagan va ayrim hikoyatlarning asosiy matniga ham ilovalar
kiritganini ko‘ramiz.Asardagi ibora va so‘z birikmalarini cho‘zibroq tarjima qilish, arabcha so‘z
va terminlarni keltirib,uni mazmuni izohlab ham berganligini ko‘rishimiz ham mumkin.

Ogahiy tarjima qilgan asarlarning barchasi an’anaga ko‘ra hamd va na’t bilan

boshlangan.Yozuvchilar bundan keyin o‘z hukmdorlarining maqtovi, kitob yozilishining
sabablari haqida bir necha boblar qo‘shilib,keyin esa asar haqida yozganlar.Ogahiy tarjimalarida
asl nusxalarning bu tomoniga erkin munosabatda bo‘lgan.Ayniqsa, Ogahiy barcha debocha va
bag‘ishlovlarga muayyan o‘zgarishlar kiritgan.Ogahiy tarjimalari uchun umumiy xususiyat hamd
va na’t qismlarini saqlab qolgan holda shoh va amaldorlarga atalgan boblarni
o‘zgartirgan.Ogahiy asarlarini baytma-bayt tarjima qildim deganda, qisqartirishlarni nazarda
tutmagan asosiy o‘ringa syujetga o‘zgartirish kiritmaganligi, matn mazmunini saqlaganini
aytgan.‘‘Yusuf va Zulayho’’ ning kirish va xotima qismlarini qisqartirganligi asosiy syujetga ta’
sir qilmagan.Bu ma’lumotlar Ogahiy ‘‘Qobusnoma’’, ‘‘Yusuf va Zulayho’’, ‘‘Shoh-u Gado’’
asarlari tarjimasida ‘‘Guliston’’ ga nisbatan boshqacharoq yo‘l tutilganligini ko‘rishimiz
mumkin.Ogahiy tarjimonlik mahorati,o‘tkir talantining olmos qirralari har bir asar tarjimasida
alohida namoyon bo‘ladi.

Xulosa.

Ogahiy tarjimashunoslik sohasiga katta hissa qo‘shgan buyuk tarjimondir.Ogahiy

tarjimalarining chuqur ilmiy tahlili,ayniqsa, Najmiddin Komilovning bunday tahlillarga bergan
falsafiy-badiiy baholari bugungi tarjimashunoslik sohasining nazariy va amaliy rivojida muhim
omil bo‘lib,yosh tadqiqotlar uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi.Shu bois ham, Ogahiy
ijodini Komilov nigohi orqali o‘rganish nafaqat adabiy merosni anglashda,balki tarjima
nazariyasini chuqurlashtirishda ham katta ilmiy ahamiyatga ega.Ogahiy tarjima jarayonida
matnning mohiyatini, uning estetik va g‘oyaviy qatlamlarini chuqur anglab, uni o‘zbek mumtoz
adabiyoti ruhi bilan uyg‘unlashtira olgan. Bunday yondashuv Ogahiyni oddiy tarjimon emas,
balki matn bilan ruhiy-intellektual muloqot qiluvchi ijodkor sifatida namoyon etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

33

REFERENCES

1.

A.Abdugʻafurov. Muhammad Rizo Ogahiy. – T.: Meros, 1999.

2.

S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. – T.: 1963.

3.

N.Jumaxo‘ja. O‘zbek adabiyot tarixi - Toshkent, 2019.

4.

N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970.

5.

Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik. – T.: 2002.

6.

Tarjima san’ati.Maqolalar to‘plami. –T.: 1973.



References

A.Abdugʻafurov. Muhammad Rizo Ogahiy. – T.: Meros, 1999.

S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. – T.: 1963.

N.Jumaxo‘ja. O‘zbek adabiyot tarixi - Toshkent, 2019.

N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970.

Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik. – T.: 2002.

Tarjima san’ati.Maqolalar to‘plami. –T.: 1973.