ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
67
MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOVNING MAORIF TIZIMINI ISLOH QILISH
HAQIDAGI G‘OYALARI
Sultonova Shaxnoza Sadriddinovna
Buxoro davlat universiteti,
Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15620280
Annotatsiya. Mazkur maqolada Turkiston jadidlari orasida yirik siymo, adib, notiq,
pedagog, qomusiy bilim egasi, jamoat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonovning (1878-1931)
maorif tizimini isloh qilish haqidagi g‘oyalari tahlili amalga oshirilgan. Maqolada Munavvar
qorining jadid maktablarini tashkil etish, milliy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda jamiyat
taraqqiyotiga qo’shgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, Munavvarqori Abdurashidxonovning
siyosiy, ma’naviy - ma’rifiy g‘oyalari, barkamol avlod, komil inson tarbiyasi, milliy ta’lim, milliy
axloq, milliy tarbiyaning o‘rni va rolini talqin qilgani uning bugungi kun ta’lim va madaniyat
rivojiga ta’siri muhokama etiladi.
Kalit so’zlar: Munavvarqori, ma’rifatparlik, ma’naviyat, maorif, madaniyat, usuli jadid,
usuli savtiya, adabiyot.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) Turkiston jadidlari orasida yirik siymo,
adib, notiq, pedagog, qomusiy bilim egasi, jamoat arbobi edi.
Vatanimiz, millatimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning
fidoyi, aziz farzandi Munavvarqori Abdurashidxonovning bebaho asarlari, nazmiy va nasriy
meroslari, ijtimoiy – falsafiy g‘oyalari o‘zbek xalqining ma’naviyati va ma’rifatini, milliy
qadriyatlari va ongini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va
sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalab kelmoqda.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Munavvarqori Abdurashidxonovning siyosiy, ma’naviy -
ma’rifiy g‘oyalari, barkamol avlod, komil inson tarbiyasi, milliy ta’lim, milliy axloq, milliy
tarbiyaning o‘rni va rolini talqin qilgani o‘z zamonida va hozir ham qadrli, o‘z ahamiyati va
dolzarbligini yo‘qotmagan.
Munavvarqori maktab ta’limini isloh qilish, xalqni ma’rifatli qilish va taraqqiyot yo‘liga
olib chiqish to‘g‘risida Ismoilbek Gasprinskiyning g‘oyalarini so‘zsiz ma’qullab, qabul qildi.
O‘zining butun hayotini ana shu g‘oyani Turkistonda amalga oshirishga bag‘ishladi.
1
Munavvarqori Maorif va madaniyat bog‘chasining birinchi darvozasi- maktabdur deydi.
Yer yuzidagi maorifli millatlarning har birlari madaniyat bog‘chasina shu darvozadangina
kirmishlar, ya’ni maorif va madaniyat yo‘lini safar programi yasaganda birinchi moddasina shul
«maktab ochmak» masalasini qo‘yishlar, ishlarni shul «maktab»dangina boshlamishlar.
2
Shuning
uchun ham Munavvaqori usuli jadid maktablari faoliyatini teran o‘rganib, yangi usuldagi
maktablarni tashkil etish masalasini kun tartibiga chiqardi. Sababi, ongda, fikrlashda, maorifda
o‘zgarish qilmay turib, siyosatda o‘zgarish qilib bo‘lmasdi. Dushmanni yengish, o‘zini har
jihatdan himoya qilishning eng asosiy quroli ma’rifatli odamlardan tashkil topgan yangi
jamiyatni tashkil qilish edi.
1
Қосимов Бегали. Миллий уйғониш. Туркистон уламоси. –Тошкент: Маънавият, 2002.-Б. 190.
2
Маърифатга фидойи умр. //Тафаккур. 1995.- № 3-4. –Б.99.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
68
Bunga esa maktab va madrasa tizimida inqilob yasamay turib erishish mumkin emasdi.
Shuni yaxshi tushunib yetgan Munavvarqori 90-yillar Ismoilbek Gaspirali tomonidan
Qrimda asoslangan «usuli jadid», «usuli savtiya» (tovush usuli)dagi yangi maktabni o‘z yurtida
ochishga bel bog‘laydi. Ammo unga chor harbiy ma’muriyati, rus ziyoli missionerlari, mahalliy
musulmon diniy mutaassiblari qarshilik qiladi. Juda katta mehnat va turli ta’qiblarga bardosh
berish evaziga, Turkiston o‘lkasida bunday maktabni birinchi bo‘lib, Munavvarqori 1901-1903-
yillarda o‘z hovlisida ochdi.
Bu maktab sho‘ro davrida «Muxtoriyat», «Birinchi may» va «Lenin»
3
maktabi deb
atalgan. Keyinchalik Toshkent shahrining turli dahalarida bunday maktablar ish boshladi.
1906-yili esa, yangi usul maktabi sohasidagi faoliyatini o‘z uyining tashqari hovlisida
davom ettiradi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay maktab uchun ikki xonali qo‘shimcha bino qurdiradi.
Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug‘i ortadi, bolalar soni ko‘payib ketadi. Natijada
Munavvarqoriga hammahalla bo‘lgan Buvaxon to‘ra Poshshaxon o‘g‘lining tashqi hovlisida ham
maktabning ikki sinfli sho‘basini ochadi. Bu yerda 1-2 sinflarni bitirgan bolalar, o‘qishni
Munavvarqori hovlisida davom ettirganlar.
4
Bunday maktablarda kundalik o‘quv-tarbiyaviy ishlaridan tortib, yillik bitirish
imtihonlarini uyushtirishgacha barchasini buyuk murabbiyning o‘zi boshqarardi. Bu maktablarda
bolalar o‘qish-yozishni ikki yilda o‘rganadi. Vaholanki, qadim-eski an’anaviy maktablarda
bunga besh yil vaqt sarflanar edi. Munavvarqori tashkil qilgan jadid maktabi ikki bosqichli edi.
Birinchi bosqich- to‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim maktabi bo‘lib, unda bolalarga umumiy, diniy
va dunyoviy bilim asoslari o‘rgatilardi. Ikkinchi bosqich-yetti yillik maktab bo‘lib, unda
boshlang‘ich ta’lim maktablari uchun muallimlar va mahalla masjidlariga imomlar tayyorlanardi.
Bunday maktablarni tugatgan o‘smirlar savdo-sotiq va kundalik turmush uchun zarur
amaliy bilim va oliy ma’lumot olish uchun madrasalarda va xorijda o‘qishni davom ettirish
imkoniyatiga ega bo‘lardilar. Munavvarqorining maktabida 1915-yilda 150 o‘quvchi saboq
olgan, ularning 30-35 foizi kambag‘allarning farzandlari bo‘lib, bepul o‘qitilardi. Ular o‘quv
dasturlari, qurollari bilan bepul ta’minlangan. Qolganlari esa, baholi qudrat, o‘qish uchun har
oyda 50 tiyindan bir yarim so‘mgacha pul to‘lagan. Ba’zi boy otalar ikki so‘mdan pul berib
turgan. Shuningdek, bu maktabga Munavvarqori va uning safdoshlari tashkil etgan «Ko‘mak»
musulmon xayriya jamiyati ham har oyda 50 so‘m yordam ko‘rsatgan.
5
Maktabning o‘ziga xos qoidasi mavjud bo‘lgan. Unda tartib-intizomga katta e’tibor
berilgan. Bolalarga jazo va tanbeh berish choralari: yengil ogohlantirish, burchakka turgazish,
darsdan so‘ng olib qolish, maktabdan chiqarish ham ko‘rsatilgan. Maktab xonalari yorug‘ bo‘lib,
ularda to‘rt kishilik parta, sinf doskasi, o‘qituvchi uchun stol va stul bo‘lgan. Devorga esa har
xil jadval, geografik xarita, qushlarning rasmi osilgan. Sinf jurnalida bolalarning davomatiga
besh ball baho qo‘yib borilgan. Maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar har kuni navbatchilik qilgan.
3
Абдурашидхонов Мунавварқори. Хотираларимдан.-Тошкент: Шарқ, 2001. –Б.17.
4
Комилжон Ҳашимов, Санобар Нишонова. Педагогика тарихи. –Тошкент: Алишер Навоий номидаги
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2005.-Б. 21-22
5
Чориев Анвар. Инсон фалсафаси. –Тошкент: Ўзб. Файласуфлари миллий жамияти, 2007. –Б. 320-321.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
69
Bir kunda 50 minutdan uchta dars o‘tilgan. O‘n minutdan bir soatgacha kichik va katta
tanaffuslar joriy etilgan. Katta tanaffusda alohida ajratilgan joyda o‘quvchilar o‘z o‘qituvchilari
rahbarligida namoz o‘qiganlar.
6
Munavvarqori dastlab Qrim va Tataristondagi o‘qituvchilar tuzgan dastur va
adabiyotlardan foydalanadi. Ammo bu «.... tildagi adabiyotlarning o‘quvchilar u yoqda tursin,
hatto muallimlarning o‘zi til jihatidan tushunishi qiyin bo‘lgani uchun bu usulni tark etib, eski
usullarni foydalik topib, anga ruju’ etdilar. Bunga sabab na o‘ldi? Jumla makotibi islomiyag‘a
yarag‘on usuli bilan savtiya Turkiston maktablarina yaramadimi?
Ul vaqtlarda Turkiston musulmonlarining gumonlaricha, usuli savtiya yolg‘iz Ibrohim
Haqqiyning «Aqoid» ila «O‘qu Qur’onni yaxshilab» misrasini ko‘b zikr etgan totorcha bir
«Tajvid» manzumadan iborat o‘lub, hamma maktablarda, hatto ko‘chalarda turluk savtlar ila ikki
risolaning o‘qita boshlamishlar edi. Ul risolalar o‘z tillarida o‘lmaydig‘indan ma’nosini bolalar
tugul muallimlarning o‘zlari ham durust bilmas edilar.....»
7
Ammo oradan bir oz vaqt o‘tib, aksari maktablar yopila boshladi. Asosiy sabab darsliklar
va qo‘llanmalarning yetishmasligi, o‘qituvchilarning « usuli savtiya» metodini yaxshi
bilmasliklari edi.
Ana shu ehtiyoj bois Munavvarqori « usuli savtiya» maktablari uchun suv va havodek
zarur bo‘lgan darslik va dastur ishlashga kirishdi.
Munavvarqorining jadid maktablari uchun tovush usulida darsliklari «Adibi avval»
(«Birinchi adib», 1907), «Adibi soni» («ikkinchi adib» o‘qish kitoblari) chop etildi.
Munavvarqori nomi faqat Turkistondagina mashhur bo‘lmay, balki O‘rta Osiyo, Rossiya
musulmonlari uchun tabarruk edi.
8
REFERENCES
1.
Қосимов Бегали. Миллий уйғониш. Туркистон уламоси. –Тошкент: Маънавият,
2002.-Б. 190.
2.
Маърифатга фидойи умр. //Тафаккур. 1995.- № 3-4. –Б.99.
3.
Абдурашидхонов Мунавварқори. Хотираларимдан.-Тошкент: Шарқ, 2001. –Б.17.
4.
Комилжон Ҳашимов, Санобар Нишонова. Педагогика тарихи. –Тошкент: Алишер
Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2005.-Б. 21-22
5.
Azamatovich, X. L. (2021). The Concept of Heart In The Treatises Of Hakim Termizi.
CENTRAL
ASIAN
JOURNAL
OF
LITERATURE.
PHILOSOPHY
AND
CULTURE
,
2
(3), 63-67.
6.
Хаитов, Л. А. (2014). Значение эстетического воспитания в развитии личности
студента педагогического вуза.
Наука. Мысль: электронный периодический
журнал
, (10), 40-44.
7.
Azamatovich, X. L. (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs.
Central
Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture
,
4
(11), 32-38.
6
Холбеков С. Мунавварқори.//Мулоқот. 1997.- №1.-Б. 24-25.
7
Абдурашидхонов Мунавварқори. Танланган асарлар.-Тошкент: Маънавият, 2003.-Б. 34.
8
Умаров Эркин, Абдуллаев Маҳмуд . Маънавият асослари.-Тошкент: Шарқ, 2005. –Б.122.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
70
8.
Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
45
, 45.
9.
Azamatovich, X. L. (2021). The Concept of Heart In The Treatises Of Hakim Termizi.
CENTRAL
ASIAN
JOURNAL
OF
LITERATURE.
PHILOSOPHY
AND
CULTURE
,
2
(3), 63-67.
10.
Azamatovich, XL (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs. Central
Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(11), 32-38.
11.
Xaitov, L. A., Kuziyev, N. A., & Rajabova, R. Z. (2024). Ecological problems and the
role of ecological culture in their solution. In
BIO Web of Conferences
(Vol. 120, p.
01033). EDP Sciences.
12.
Чориев Анвар. Инсон фалсафаси. –Тошкент: Ўзб. Файласуфлари миллий жамияти,
2007. –Б. 320-321.
13.
Холбеков С. Мунавварқори.//Мулоқот. 1997.- №1.-Б. 24-25.
14.
Абдурашидхонов Мунавварқори. Танланган асарлар.-Тошкент: Маънавият, 2003.-
Б. 34.
15.
Sadriddinovna, S. S. (2024). The Role Of The Jadids In Elevating The Spirituality Of The
People Of Turkestan.
Jurnal ISO: Jurnal Ilmu Sosial, Politik Dan Humaniora
,
4
(2).
16.
Умаров Эркин, Абдуллаев Маҳмуд . Маънавият асослари.-Тошкент: Шарқ, 2005. –
Б.122.
17.
Sohibovna, R. R. N. (2025). THE ISSUE OF MORALITY IN THE PHILOSOPHICAL
HERITAGE OF IBN SINA AND ITS IMPORTANCE IN THE EDUCATION OF
YOUNG PEOPLE.
EduVision: Journal of Innovations in Pedagogy and Educational
Advancements
,
1
(5), 690-696.
18.
Soibovna, R. R., & Hodjievna, N. G. (2019). The Study of Spiritual Heritage of Khoja
Ismat Bukhari.
International Journal on Integrated Education
,
2
(5), 173-176.
19.
Haydarova, H. (2025). THE PLACE OF SUFICIAL EDUCATION IN MORAL
EDUCATION.
Modern Science and Research
,
4
(5), 1283-1286.
20.
Rajabova, R., & Sobirova, S. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA XATTOTLIK SAN’ATI
VA
XATTOTLIK
MAKTABI
NAMOYANDALARI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(5), 1287-1291.
21.
Zakirovna, R. R. (2025). The Depiction of Tolerance in Sufi Sources. Indonesian Culture
and Religion Issues, 2(1), 5-5.
22.
Rajabova Rohila Zakirovna, & Norpo’latova Dinora Nutfullaeva. (2024). YOSHLARDA
MUOMALA MADANIYATINING SHAKLLANISHIDA HADISLARNING O’RNI.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 3(5), 101–103.
