Authors

  • O.S. Yusupova
  • M. Asadova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102749

Keywords:

Kirish va kiritmalar tarixiy asarlar poetiklashgan kirish so‘zlar izoh-kiritmalar remarka.

Abstract

Mazkur maqolada kirish va kiritmalarning badiiy uslubda poetik individuallikni hosil qilish, subyektiv modallikni ifodalash, emotsional-ekspressivlikni oshirish maqsadida qo‘llanilishi nasriy, she’riy va dramatik asarlardan olingan misollar asosida yoritib berilgan. Badiiy uslubga xoslangan kirish so‘z va kirish bo‘laklar, ularning badiiy matndagi o‘rni, kiritmalarning o‘ziga xos qo‘llanilishi izohlangan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

KIRISH VA KIRITMALARNING BADIIY MATNDA QO‘LLANILISHIGA DOIR

AYRIM MULOHAZALAR

Yusupova O.S.

Sharof Rashidov nomidagi SamDU f.f.n., dots.

Asadova M.

4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15621602

Annotatsiya. Mazkur maqolada kirish va kiritmalarning badiiy uslubda poetik

individuallikni hosil qilish, subyektiv modallikni ifodalash, emotsional-ekspressivlikni oshirish
maqsadida qo‘llanilishi nasriy, she’riy va dramatik asarlardan olingan misollar asosida yoritib
berilgan. Badiiy uslubga xoslangan kirish so‘z va kirish bo‘laklar, ularning badiiy matndagi
o‘rni, kiritmalarning o‘ziga xos qo‘llanilishi izohlangan.

Kalit so‘zlar: Kirish va kiritmalar, tarixiy asarlar, poetiklashgan kirish so‘zlar, izoh-

kiritmalar, remarka.

SOME CONSIDERATIONS ON THE USE OF INTRODUCTIONS AND ENTRIES IN

ARTISTIC TEXT

Abstract. This article discusses the use of introductions and entries in artistic style to

create poetic individuality, express subjective modality, and increase emotional expressiveness
based on examples from prose, poetry, and dramatic works. Introductions and introductory
fragments characteristic of artistic style, their role in artistic text, and the specific use of
introductions are explained.

Keywords: Introductions and entries, historical works, poeticized introductions,

annotations, remarks.

НЕКОТОРЫЕ СОБРАЖЕНИЯ ПО ПОВОДУ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВВОДНЫХ

КОНСТРУКЦИЙ И ВСТАВОК В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ПРОЗЕ

Аннотация. В данной статье рассматривается использование вводных слов и

вставок в художественном тексте, их роль в создании поэтической индивидуальности,
выражении субъективной модальности и усилении эмоционально-экспрессивной окраски.
На основе примеров из прозаических, поэтических и драматических произведений
освещается значение вводных конструкций и вставок в художественном стиле. Также
дается толкование особенностей употребления исторически и поэтически окрашенных
вводных слов, пояснительных вставок и ремарок в художественном тексте.

Ключевые слова: вводные слова и вставки, художественный стиль, исторические

произведения, поэтические вводные слова, пояснительные вставки, ремарка.

Badiiy uslub eng murakkab, ijodiy ko‘rinishga ega, turli uslub xususiyatlaridan ham

foydalana oladigan, shuningdek, o‘ziga xos til birliklari mavjud uslub sanaladi. Shu sababdan bu
uslubning til xususiyatlari ham stilistik, ham lingvopoetik jihatdan alohida monografik tarzda
o‘rganilgan.

1

Kiritmalarning badiiy matndagi o‘rni alohida tadqiq obyekti bo‘lgan.

1

Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. –Самарқанд: Зарафшон, 1992.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

85

D.Jamoliddinovaning “Badiiy nutqda parantez birliklarning semantik-grammatik va

lingvopoetik xususiyatlari” nomli dissertatsiyasi ana shu til birliklari tadqiqiga bag‘ishlangan va
ular

paranteza

yoki

parantez birliklar

deb atalgan.

2

Bu birliklar nutqni ta’sirchan qilish, undagi

ayrim holatlarga diqqat-e’tiborni qaratish, ayni paytda, subyektiv munosabatni ifodalash vositasi
sifatida stilistik mazmun kasb etishi ham ishda ta’kidlangan.

Badiiy uslubda kirish va kiritmalar turli xil ko‘rinisharda, yozuvchi maqsadi bilan

qo‘llaniladi. Uslubiy xoslangan kirish so‘z, birikmalar ham, bu birliklarning tarixiy va arxaik
shakllari ham, barcha uslubda qo‘llana oladigan uslubiy betaraf kirish bo‘laklar ham badiiy
matnlarda uchraydi. Masalan, alqissa, filhaqiqat, bil’aks kabi kirish so‘zlarning tarixiy shakllari
tarixiy asarlarda, she’riyatda keng qo‘llaniladi. Fikrimizni isbotlash maqsadida O.Yoqubovning
“Ulug‘bek xazinasi” romanida qo‘llanilgan kirish va kiritmalarni o‘rganib chiqdik. Asarda

aksincha, alqissa, alhazar, alhol, billoh, bil’aks, voajab, voajabo, darhaqiqat , yo rab, yo
rabbiy, yo rabbim, yo rabbano, zero, zerokim, zotan, nadomatlar bo‘lg‘aykim, to‘g‘ri, filhaqiqat,
hayhot, e darig‘, yo darig‘, vo darig‘, evoh, ehtimol

kabi so‘zlar kirish so‘z vazifasida

qo‘llanilgan. Mazkur roman tarixiy asar bo‘lganligi sababli, voqealar yuz bergan davr, XV asr til
xususiyatlarini ham o‘zida aks ettirgan. Garchi muallif bayoni hozirgi o‘zbek adabiy tilida
bo‘lsa-da, qahramonlar nutqida eski o‘zbek adabiy tiliga xos leksik, grammatik birliklar mavjud.
Bu asarning tabiiyligini, ishonarliligini ta’minlaydi. Shuningdek, asarda qo‘llanilgan kirish
so‘zlarning ayrimlari, ya’ni

alhol, billoh, bil’aks, voajabo, yo rabbano, zotan, nadomatlar

bo‘lg‘aykim, filhaqiqat

kabilar hozirda qo‘llanilmasligi, arxaiklashgani bilan ajralib turadi:

Qalandar esa, garchand madrasani tark etgan bo‘lsa ham, ko‘nglida Mirzo Ulug‘bek
hazratlariga hech bir gina-kudurati yo‘q, bil’aks, yuragining bir chetida hamon iliq hislar
miltirab turardi.

Asarlarda qahramon nutqini tabiiyligi ta’minlash, sodda, xalqona nutq hosil qilish uchun

yozuvchilar so‘zlashuv nutqiga xos kirishlardan qahramonlar nutqida foydalanadi. Masalan,
Tog‘ay Murod qissalarida ana shunday o‘ziga xoslikni ko‘ramiz. Adib mavjud kirish so‘zlardan
o‘ziga xos tarzda foydalangan

: Bo‘zbola qomatini g‘oz tutadi. …Bir nuqtaga tikiladi. Qayerga

tikiladi, nimaga tikiladi? Bilmaymiz, biz bilmaymiz. Inchunin, o‘zi-da bilmaydi; Aqalli, bir, bir
yomonligimizni ko‘rsa bo‘ldi!

(T.Murod. “Ot kishnagan oqshom”, 219);

Ko‘ngliga

o‘tirmaydiganlar bilan salomlashgisida kelmaydi! Oqibat, bo‘zbola bizni nazarga ilmaydi,
deymiz. Oqibat, bo‘zbolani birovimiz xush ko‘ramiz, birovimiz noxush ko‘ramiz

(T.Murod. “Ot

kishnagan oqshom”, 219). O‘z usuli, yo‘liga ega bo‘lgan Tog‘ay Murod har bir qissasida til
birliklaridan foydalanishda juda e’tibor bilan yondashgan. Shuningdek, kirishlarni qo‘llashda
ham ana shu alohidalikka duch kelamiz. Masalan, “Momo yer qo‘shig‘i” qissasida fikrni
tugallash mazmunida intiho so‘zi kirish vazifasida qo‘llanilgan. Hozirgi zamon adabiyoti
namunlarida bu so‘zning kirish so‘z bo‘lib kelishi deyarli yo‘q. Bu esa yuqoridagi fikrimizga
dalil bo‘lib xizmat qiladi:

Xumor xola qo‘lini boshi uzra soyabon qildi. O‘g‘li kelmish Denov

yo‘liga qaradi. Intiho, askar keldi

(T.Murod. “Ot kishnagan oqshom”. Qissalar, 356).

Badiiy uslubda kirishlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning takror holda

qo‘llanilib, subyektiv ma’noni yanada kuchaytirib ifodalashidir:

2

Жамолиддинова Д. Бадиий нутқда парантез бирликларнинг семантик-грамматик ва лингвопоэтик

хусусиятлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2009.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

86

Badiiy asarda kirish so‘zlar takror holda qo‘llanilishi mumkin.

Zirq, zirq!.. Xayriyat,

xayriyat-ye, ko‘pkari sob bo‘ldi!

(T.Murod. “Ot kishnagan oqshom”);

Ha, yaxshi-yaxshi!

Ishqilib, bo‘sh kelmanglar! Sizlar, yelning ye’tibori-da!

(Ulug‘bek Hamdam. “Sabo va

Samandar”).

Kirish so‘zlar poeziyada prozada ishlatilgandek faol qo‘llanilmasa-da, lirik qahramon

kechinmalarini, hayajonlarini, voqea-hodisaga munosabatini, mulohazalarini ifodalash uchun,
individual nutq tuzish uchun qo‘llaniladi. She’riyatda

ajab, ajabo, yo‘q ajab, vo ajab, voh ajab,

ne ajab, ne ajabkim, ne iloj, taajjub, taassuf, taassufkim, avfiullohkim, nihoyat, ishqilib, to‘g‘ri,
harqalay, qiziq, yo‘qsa, balki, yaxshisi, yaxshiki, mayli, mayliga, ne tongkim, ne tong, ne iloj,
alalxusus, hayhot, afsus, filjumla, filhaqiqat, voqean, beshak, shaksiz, shoyad, holbuki, hayriyat,
nazdimda, xullas, xullasi, ehtimol, ehtimolki, koshki, koshkiydi, hoynahoy,

kabilar kirish so‘z

vazifasida keladi:

Filjumla, bu gaplar sizga kerakmas,/ Azizingiz bordir. / Baxtiyor siz, u /

Boshqaman, mutlaqo chekmayman afsus, Yurakni otaman chinni laganga, Yana bir sevaman,
Alalxusus, Ismimni aytaman qamashganlarga.

Dramatik asarlarda kirish so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv nutqida qo‘llaniladigan so‘zardan

tashkil topadi. Chunki dramatik asarda nutq shakli asosan qahramon nutqidan tashkil topganligi
sababli xalqonalik, tabiiylik, jonlillikni ta’minlash uchun dramaturglar shu yo‘ldan
foydalanadilar:

Umuman, yomon emas. Men mutaxassis emasman-u, lekin hammasi bir xilday

tuyulyapti. Menimcha, rang-baranglik yetishmaydi.

(Sh.Boshbekov. “Eshik qoqqan kim

bo‘ldi?”, 4);

Albatta, militsiya aralshadi. Mayli, u yog‘ini aytmayman – oramizda o‘n olti

yoshga to‘lmaganlar bor

(Sh.Boshbekov. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, 53). Kirish so‘zlar

vaziyat talabi bilan qo‘llanilishidan tashqari individual nutq yaratishda ham ishlatiladi. Masalan,
“Tikansiz tipratikanlar” dramasida Misriyo nutqida kirish so‘zlar faol. Chunki Misriyo otasi
nutqiga taqlid qiladi.

Avvalombor, janjallashishga arziydigan bir sabab topinglar, keyin bitta

urishinglar-da, nuqta qo‘yinglar

(Sh.Boshbekov. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, 51). Shu

o‘rinda aytib o‘tish zarurki, Sh.Boshbekov qahramonlar nutqini individuallashtirishda kirish
so‘zlardan o‘rinli foydalangan. Masalan, Husan nutqida bilasiz, desangiz kabi fe’l so‘z
turkumiga oid so‘zlar kirish so‘z vazifasida kelsa, Misriyo nutqida shaxsan so‘zi kirish so‘z
vazifasida kelgan.

Bizga ma’lumki, kirish so‘zlarga qaraganda kiritma gaplar asarlarda o‘ziga xoslikni,

individuallikni ko‘proq hosil qiladi. Chunki kirish so‘zlar ma’lum miqdorda bo‘lib, ularni
boshqalardan farqli holatda qo‘llash yozuvchidan o‘ta mohirlikni talab qiladi. Biroq kiritmalar
nutq vaziyati bilan kelib chiqib, har bir yozuvchini o‘ziga xos uslubini bemalol ko‘rsata oladi.
Bu haqida quyidagi mulohazalar fikrimizni dalillaydi: “Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini
ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo
badiiy

va

publitsistik

uslublarda

qahramon

xarakterini

ochish,

uning

nutqini

individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi
vazifalarni ham bajaradi.

3

Masalan, adibning “O‘zbeklar” hikoyalar to‘plamida muallifning

qahramon haqidagi ma’lum fikrlari kiritma orqali bayon etilgan:

Iskandar (u endi Iskandar

Vahobovich emas, Iskandar, oddiy Iskandar bo‘lib qolgandi, negaki, o‘lim hammani baravar

3

Mahmudov N., Sobirov A., Odilov Y., Ziyodullayeva G. Ona tili. – Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi,

2017. –B.83.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

87

qilib qo‘yadi) vazmin qadamlar bilan salqin dahlizga chiqdi

(O‘tkir Hoshimov. “O‘zbeklar”, 40-

b). Adibning “O‘zbeklar” hikoyalar to‘plamidan olingan “Negadir” hikoyasida jizzaki, tajang,
turmush qiyinchiliklaridan yanada tajanglashgan, Afg‘onistonda urushda xizmat vazifasini
o‘tayotgan yolg‘iz o‘g‘lini o‘ylab siqilgan ota obrazi, uning o‘y-xayollari asar voqealari bayoni
bilan birga kiritma ko‘rinishida ifodalangan:

Har kuni bitta yo‘ldan yuraverganingdan keyin

o‘rganib ketarkansan. Sakkiz yildan beri shu (qamoqdan qaytganidan buyon). Qoraqamish
“ikki-bir”dan (topgan nomini qarang: “ikki-bir”mish, o‘lsin agar, odamning tili kelishsa) )
sekin yo‘lga tushadi. Bitta-bitta yur-e-eb talabalar shaharchasiga keladi. Trolleybusga o‘tirib
(ertalab joy bemalol-da) O‘rdagacha boradi

(O‘tkir Hoshimov. “O‘zbeklar”, 57-b).

Nasriy asarlarda kiritmalarning qo‘llanilishi mavzu talabi bilan bo‘lishi mumkin.
Masalan, tarixiy asarlarda arxaik va tarixiy so‘zlar ko‘p keltiriladi. Bu kitobxonda

tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Yozuvchi shu tushunmovchiliklarning oldini olish uchun
so‘z izohini (tarixiy so‘z ma’nosini, arxaik so‘zning zamonaviy muqobilini) kiritma tarzida
keltiradi:

Ota-onadan yetim, homiysiz qolgani yetmagandek, musofir yurtda u mafosil (suyak

sirqirash) kasaliga mubtalo bo‘ldi

(Mirkarim Osim. “Singan sitor”, 73).

Bundan tashqari, kiritmalar badiiy matnlar ichida dramatik nutqda eng faol bo‘lib,

maxsus nom bilan remarka deb ataladi va dramatik asarlar tilining o‘ziga xos belgisi sanaladi.

Xarakterlar kurashi, voqea-hodisalar qahramonlar nutqi orqaligina shakllanadi. Muallif

eng zarur paytlardagina remarka orqali vaziyatga, obrazlarga izoh, tushuntirish beradi:

Ayol:

(oshkora yig‘lab) Yo‘q, yo‘q, yo‘q, bunaqa demadingiz, axir!..

(Sh.Boshbekov. “Eshik qoqqan

kim bo‘ldi?”, 42).

Xullas, kirish va kiritmalar badiiy adabiyotning uch turida ham faol qo‘llaniladi hamda

ma’lum vazifa bajaradi.

REFERENCES

1.

Бошбеков Ш. Эшик қоққан ким бўлди? Пьесалар. – Т.: Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1989. –268 б.

2.

Ёқубов О. Улуғбек хазинаси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти. –251 б.

3.

Жамолиддинова Д. Бадиий нутқда парантез бирликларнинг семантик-грамматик ва
лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2009.

4.

Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: Зарафшон нашриёти,
1992. –Б.34.

5.

5.Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ нашри,
2010. -192 б.

6.

Mahmudov N., Sobirov A., Odilov Y., Ziyodullayeva G. Ona tili. – Toshkent:
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.

7.

Тоғай Мурод. От кишнаган оқшом. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 1994. –464 б.

References

Бошбеков Ш. Эшик қоққан ким бўлди? Пьесалар. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989. –268 б.

Ёқубов О. Улуғбек хазинаси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. –251 б.

Жамолиддинова Д. Бадиий нутқда парантез бирликларнинг семантик-грамматик ва лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Тошкент, 2009.

Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: Зарафшон нашриёти, 1992. –Б.34.

5Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2010. -192 б.

Mahmudov N., Sobirov A., Odilov Y., Ziyodullayeva G. Ona tili. – Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.

Тоғай Мурод. От кишнаган оқшом. Қиссалар. –Тошкент: Шарқ, 1994. –464 б.