Authors

  • Nozima Rahimjonova
  • Axmedov S.
  • Axmedov S.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102814

Keywords:

Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati tarixiy manbalar jadidchilik siyosiy islohotlar matbuot ijtimoiy o‘zgarishlar 1867–1917-yillar.

Abstract

Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

122

1867–1917-YILLAR TURKISTONIDAGI ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIK

SIYOSATINING TARIXIY MANBALARDA AKS ETISHI

Rahimjonova Nozima

Oriental universiteti 3-bosqich talabasi.

S.Axmedov

Ilmiy rahbar: t.f.f.d. (PhD)

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15622869

Annotatsiya. Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi

tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar
tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy
hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan
ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari
o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan
mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar
Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini
kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar: Turkiston, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik siyosati, tarixiy manbalar,

jadidchilik, siyosiy islohotlar, matbuot, ijtimoiy o‘zgarishlar, 1867–1917-yillar.

Kirish.

Turkiston tarixining 1867–1917-yillar oralig‘i Rossiya imperiyasi tomonidan

amalga oshirilgan harbiy-siyosiy bosib olish va mustamlakachilik siyosati bilan chambarchas
bog‘liqdir. Aynan shu davrda Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasining ma’muriy-huquqiy
tuzumiga integratsiyalashgan, uning siyosiy boshqaruvi ostida yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar shakllana boshlagan. Bu jarayonlar o‘z navbatida, mahalliy jamiyatda chuqur
ijtimoiy silkinishlarga, milliy ongning uyg‘onishiga va siyosiy faollikning ortishiga zamin
yaratgan. Shu jihatdan, Rossiya imperiyasi davrida shakllangan hujjatlar, rasmiy nashrlar,
statistik hisobotlar, publitsistik hamda badiiy asarlar mazkur davrning murakkab jarayonlarini
o‘rganishda muhim tarixiy manbalar hisoblanadi.

Asosiy qism.

Rossiya imperiyasi Turkistonda o‘z boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish

uchun ko‘plab qonuniy hujjatlarni ishlab chiqdi. Jumladan, 1867-yilda “Turkiston general-
gubernatorligi” tashkil etilib, unga Qozon, Orenburg va Sibir guberniyalari orqali turli nizomlar
tatbiq qilindi. “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi vaqtinchalik Nizom” (1868) kabi
hujjatlar hududni siyosiy va ma’muriy boshqaruv ostiga olishda asosiy rol o‘ynadi. Bu hujjatlar
Rossiya arxivlarida, xususan Sankt-Peterburg va Moskva arxivlarida, saqlanib qolgan.

Turkiston generаl-gubernаtorligini boshqаrish bo‘yichа ilk dаsturiy hujjаtlаrning ishlаb

chiqilishidа “hаrbiy vаziyat” omili hаl qiluvchi аhаmiyatgа egа bo‘ldi. Ulаr yangi hududlаr bosib
olinishi bilаn, yuzаgа kelgаn vа qoidа tаrzidа “muvаqqаt” хususiyatgа egа edi. Chunonchi,
“Sirdаryo vа Yettisuv viloyatlаridаgi boshqаruv to‘g’risidаgi nizom” 1867-yili “tаjribа tаrzidа
uch yilgа” joriy qilindi. Bu Nizomda soliq tizimini izga solish maqsadida xo‘jalik
boshqarmalarini tuzish belgilab qo‘yilgan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

123

Undаn tаshqаri, 1868-yilning iyunidа “Zаrаfshon okrugini boshqаrishning muvаqqаt

qoidаlаri”, “Fаrg’onа viloyatini boshqаrish bo‘yichа 1873-yil muvаqqаt nizom”, “Аmudаryo
bo‘limini boshqаrish bo‘yichа 1874-yil 21-mаy Nizomi” hаm ishlаb chiqilib, qаbul qilingаn edi

1

.

Davrga oid eng muhim manbalardan yana biri – bu rus ma’murlari tomonidan

tayyorlangan statistik to‘plamlar va yillik hisobotlardir. “Turkiston viloyatining statistik
sharhlari”, “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” va “Sanitar hisobotlar” kabi hujjatlar mintaqaning
demografik holati, iqtisodiy faoliyati, salomatlik va infratuzilmasi haqida muhim ma’lumotlar
beradi.

Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda bosma nashrlar ham faoliyat yurita boshladi.
Xususan, “Turkiston viloyati gazeti” (1870-yildan boshlab) rus va ozarbayjon tillarida

chiqib, mahalliy voqealar, farmonlar, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida xabar berib bordi. Bu
nashr tarixiy tahlil uchun muhim birlamchi manba hisoblanadi.

1907-yildan Abdulla Avloniyning “Shuhrat” gazetasi chiqa boshladi. 1912-yildan

Buxoroda "Buxoroi sharif" nashr qilina boshladi. Fors tilida chiqa boshlagan bu gazetaning
Markaziy Osiyoning tubjoy aholisi bo‘lgan turklar tilida emas, Navoiy sart tili deb atagan
forsiyda chiqishi nafaqat turkistonliklarni, balki xorijdagi ayrim turkshunoslarni o‘ylatib qo‘ydi.

1914-yildan nashr etila boshlagan “Sadoi Turkiston” jadidchilik tarixida chuqur iz

qoldirgan nashrlardan biri edi. Uning bosh muharriri Ubaydullaxo‘ja Asatillaxo‘jaev bo‘lib,
gazeta ishlariga Munavvar qori va Abduraufzodalar yaqindan yordam berishgan.

Turkistonga qilinadigan harbiy yurishlar davomida rus zobitlari va olimlari mintaqaning

tabiiy resurslari, geografiyasi va aholisi haqida maxsus ekspeditsiya materiallarini to‘pladilar.

General Skobelev, Kaufman va boshqa arboblar tomonidan yozilgan hisobotlar,

shuningdek, V. V. Bartold, N. I. Veselovskiy kabi sharqshunos olimlarning asarlari bu borada
muhim ilmiy va tarixiy qiymatga ega

2

.

Rossiya hukmronligi davrida mahalliy ziyolilar tomonidan yozilgan asarlar ham alohida

o‘rin tutadi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munzim kabi jadidlarning
maqolalari, dramalari va risolalari o‘sha davr Turkistonining ichki ijtimoiy-siyosiy hayotini
yoritishda muhimdir. Bu asarlar orqali mahalliy aholining Rossiya siyosatiga bo‘lgan
munosabati, milliy ong va mustaqillikka intilish holati yoritiladi.

O‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan jadidlar o‘z davrining og‘riqli muammolarini

chuqur his etgan, xalqni ilmga, taraqqiyotga chorlagan va o‘z asarlari orqali ijtimoiy uyg‘onish
harakatiga xizmat qilgan ziyolilardir. Ularning ijodi millat ko‘zini ochishga, o‘zligini anglashga,
adolat va taraqqiyot yo‘lida kurashishga undagan. Jadidlar asarlarida savodsizlik, xurofot,
zo‘ravonlik, ayollar erksizligi, eskicha tarbiya kabi ijtimoiy illatlar keskin tanqid qilingan. Shu
bilan birga, ular ma’rifat, ilm-fan, ayollar huquqlari, milliy uyg‘onish, adolat va taraqqiyot
g‘oyalarini ilgari surganlar.

Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asari orqali yosh avlodni

tarbiyalashda axloqiy me’yorlar muhimligini targ‘ib qilgan. U maktab, o‘qituvchi va
ma’rifatning jamiyat hayotidagi o‘rnini chuqur tushuntirib bergan.

1

Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud Axloq. –T.: 2003.

2

Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T.: Ma’naviyat, 2002.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

124

Mahmudxo‘ja Behbudiy esa “Padarkush” pyesasi orqali jaholat va adolatsizlikni fosh

etib, zamonaviy bilimning ahamiyatini ko‘rsatgan. U yozgan maqolalar va sahna asarlari orqali
o‘zbek jamiyatida yangilanish g‘oyalarini yoygan.

Munavvar qori Abdurashidxonov o‘zining ilmiy va publitsistik ishlari orqali jadid

maktablarini ochish, yangi usulda ta’lim berish va o‘zbek tilini rivojlantirish yo‘lida muhim hissa
qo‘shgan. Fitrat esa o‘zining “Sayha”, “Hind ixtiloli tarixi” kabi asarlari va turkum dramalari
bilan milliy uyg‘onish g‘oyasini keng yoygan. U ayniqsa, tarixiy va madaniy merosni qadrlash,
milliy o‘zlikni anglash masalalarini yoritgan.

Cho‘lpon o‘zining “Kecha va kunduz” romanida o‘zbek xalqining ichki dunyosi,

iztiroblari va orzu-umidlarini tasvirlab berdi. Uning she’riyati va nasriy ijodi erkinlik, adolat va
milliy uyg‘onish tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan. Abdulla Qodiriy esa “O‘tkan kunlar” va
“Mehrobdan chayon” romanlari orqali o‘zbek adabiyotida realizmga asoslangan yangi bosqichni
boshlab bergan. Uning asarlari orqali o‘tmishga tanqidiy nazar tashlangan, jamiyatdagi
muammolar san’at orqali ko‘tarilgan.

Rossiya mustamlakachilik siyosatining xalqaro miqyosda qanday qarshilanganini

tushunishda xorijiy sayohatchilar va diplomatlardan qolgan esdaliklar, kundaliklar ham
foydalidir.

Ular orasida ingliz, nemis va frantsuz sayohatchilari tomonidan yozilgan asarlar mavjud

bo‘lib, ular Turkistonning o‘ziga xosligi va Rossiya siyosatining natijalari haqida muqobil
qarashlarni taqdim etadi.

Xulosa.

1867–1917-yillar oralig‘idagi Turkiston tarixini o‘rganishda tarixiy manbalar

mazmunan boy va turlicha xarakterga ega bo‘lib, ular mintaqadagi siyosiy boshqaruv tizimi,
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, shuningdek, milliy uyg‘onish jarayonlarini yoritishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Rasmiy qonunchilik hujjatlari, statistik hisobotlar, zamonaviy matbuot
nashrlari, mahalliy va xorijiy mualliflar asarlari, shuningdek, jadid ziyolilarining publitsistik va
badiiy ijodi orqali Rossiya imperiyasi hukmronligining ko‘p qirrali ta’sirini tahlil qilish mumkin.

Ushbu tarixiy manbalarni tizimli o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish Turkiston

o‘lkasining mustamlaka davridagi ijtimoiy-siyosiy hayotini chuqur anglash, mustaqillik sari
intilish yo‘lidagi tarixiy asoslarni ochib berish uchun zarur ilmiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu
bois mazkur davr manbalarini tahliliy yondashuv asosida tadqiq qilish bugungi tarixshunoslik
oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

REFERENCES

1.

Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T.: Ma’naviyat, 2002.

2.

Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. –T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
birlashmasi, 1992.

3.

Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud Axloq. –T.: 2003.

4.

Rahimov O. XIX asrda O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan yevropalik sayohatchilar
//Muarrix. – 2024. – Т. 2. – №. 1.

5.

Usarov U., Mamatmurodov O. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand
viloyatining qishloq xo‘jaligi tarixining manbashunosligi //acta nuuz. – 2025. – т. 1. – №.
1.3. 1. – с. 29-31.

References

Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T.: Ma’naviyat, 2002.

Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. –T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992.

Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud Axloq. –T.: 2003.

Rahimov O. XIX asrda O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan yevropalik sayohatchilar //Muarrix. – 2024. – Т. 2. – №. 1.

Usarov U., Mamatmurodov O. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand viloyatining qishloq xo‘jaligi tarixining manbashunosligi //acta nuuz. – 2025. – т. 1. – №. 1.3. 1. – с. 29-31.