Authors

  • Munisa Ibaydayeva
  • Laylo Bekbo'sinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103669

Keywords:

Maktab o’quvchilari axloqiy tarbiya milliy tarbiya mustaqillik insoniy fazilatlar madaniyat ma’naviyat mustaqil fikrlash jismoniy salomatlik.

Abstract

Ilmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turlicha tadbirlarning tutgan o’rni haqida so’z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«M

ODERN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

373

MAKTAB O'QUVCHILARIGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING BA'ZI USULLARI

VA MUAMMOLARI

Ibaydayeva Munisa Aybek qizi

“Pedagogika nazariyasi va tarixi” yo’nalishi 1-bosqich magistranti.

Bekbo'sinova Laylo

Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15645734

Annotatsiya. Ilmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning

ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining
ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turlicha tadbirlarning tutgan o’rni
haqida so’z boradi.

Tayanch tushunchalar: Maktab o’quvchilari, axloqiy tarbiya, milliy tarbiya, mustaqillik,

insoniy fazilatlar, madaniyat, ma’naviyat, mustaqil fikrlash, jismoniy salomatlik.

Axloq-xulq va atvor so'zlari arabcha so'z bo'lib, ular o'zbek tilida ha’m o‘z ma’nosida

ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy qoida bo‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy
hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish
funksiyasini bajaradi. Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat
va oiladagi yurish-turishi, tartib qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga,
oilaga, mehnatga bo'lgan munosabatlarda axloq namoyon bo'ladi.

Olimlar axloq haqida turlicha fikr bildirsalarda, ularning barchasi insonni

mukammallikka erishtirishga xizmat qiluvchi mezonlardan tashkil topganligini guvohi bo‘lamiz.

«Axloq insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir.
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila

bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga odat
qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, «yaxshi xulqlar», agar tartibsiz o‘sib, yomon ishlar qiladurg‘on
bo‘lib ketsa, yomonlikka tavsif bo‘lib, «yomon xulqlar» deb atalur».

«Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga

foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir...

Bolalar suvga o‘xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani

kabi, bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar o‘sha muhitning shunday odat va axloqini qabul
qiladilar. Axloqiy ta’rbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va
yomon axloqni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘qituvchilardan qabul
qiladilar». Demak, axloq butun insoniyatga xos bo‘lgan tushunchadir. Uning mohiyati shaxs
xatti-harakatlari, turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.

Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar

shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning
maqsadlarida vatan boyliklarini ko‘paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan
amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi.

Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«M

ODERN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

374

Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan yuksak ongida,

mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik,
mehnatsevarlikda ifodalanadi.

Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik manfaatini

o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishidir.

Shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi bu o'quvchini ongli

intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Maktabda o'quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullar qo'llaniladi:

-

dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish;

-

ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish;

-

to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali;

-

maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik kuni, Navro‘z

bayrami;

-

barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidaga rioya qildirish

orqali;

-

o’quvchilar bilan tu’rli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag'batlantirish, jazolash

usullaridan foydalanish orqali;

-

maktabda tarbiyaviy soatlar, «Tarbiya», «Ma’naviyat asoslari» darslari saviyasini oshirish

orqali;

-

maktabda ilg'orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, bilan uchrashuvlar uyushtirish

orqali;

-

maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o'tkazish, turli axloqiy-ma’rifiy

teleradio eshittirishlaridan foydalanish;

-

dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan

asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali.

-

Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa

aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Sifat alohida bir
shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi kategoriyadir. Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq
ulusga taaluqli bo'lgan ijohiy axloqiy sifat majmuyidir. Odamning inson sifatida shakllana
borishi jarayonida uning kamolot darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining
unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda bu kategoriyalarning
mohiyati ustida to‘xtalib o‘tish joizdir. Odob - har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan
bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir.

Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob

normalari majmuyi hisoblanadi.

Madaniyat – jamiyat va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to'plangan

barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.

Ma’naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar

majmuasi. Mushohada qilish aqlning charxlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi, ong esa
moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin - asta takomillashib, komillikka
erishib boradi.

Inson axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«M

ODERN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

375

Qur’oni Karimdagi, hadisi sharifdagi asrlar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib

topgan milliy urf- odatlar, ma’naviyatimiz sarchashmalari Forobiy, Abdurahmon Jo-miy, Alisher
Navoiy va boshqa olimu yozuvchilarning axloq haqidagi fikr mulohazalari hozirgacha o‘z qadr-
qimmatini yo‘qotmagan. Milliy istiqlol mafkurasining ma’naviy, madaniy va yuksak axloqiy-
ruhiy qadriyati shundaki, u hamma vaqt har qanday sharoitda kishilarni halollikka da’vat etadi.

Zotan uning siyosiy ahamiyati va ma’naviy qadriyati ham xuddi shu bilan belgilanadi.
Tarbiyada vijdon eng oliy ma’naviy-insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning

vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va irodasiga bog‘liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy
kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda bo'ladi. Agar inson biror ma’naviy
vaziyatda o‘z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g‘arazgo‘ylik, mansabparastlik,
molparastlik kabi g‘ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko‘rsa uning vijdoniy sifati
yuqoriligini ko'rsatadi. Inson qalbida g'ayri insoniy illatlarning ustun bo'lishi aslida ma’naviy
kasallikdir.

Har bir kishi o‘z-o‘ziga, kasbiga, davlatiga, xalqiga, insoniyatga, olamga vijdoniy

munosabatda bo‘lishi lozim.

Jamiyat mafkurasi-milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi.
Ularning merosini o'rganish talabalarni ruhiy- ma’naviy barkamol inson etib

tarbiyalashga katta yordam beradi.

Mustaqil fikrlash komillikning asosiy belgisidir. Komillik uch bosqichdan iborat:

1.

Jismoniy salomatlik.

2.

Axloqiy poklik.

3.

Aqliy yetuklik.
Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash yetakchi ustuvor o‘rin egallaydi.
Mustaqil fikrlash sarchashmasi fahmlash, ya’ni anglashdan, fikr yuritishdan boshlanadi.
Anglash - biror bir g‘oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Tafakkur - inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini

saralab olish va amaliyotga qo‘llash.

Inson mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, bilvosita va bevosita aks ettiradi,

narsa va hodisalar o'rtasidagi ichki, murakkab bog‘lanishlar, munosabatlar, xossalar, xususiyatlar
hamda mexanizmlarni anglab yetadi. Binobarin inson muayyan qonun, qonuniyat va
voqealarning vujudga kelishi rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko'rib turish imkoniyatiga
egadirlar.


REFERENCES

1.

Ш.М. Мирзиёев Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда
барпо этамиз. - Т.: “ Ўзбекистон”, 2016.

2.

Ш.М Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб - интизом ва шахсий жавобгарлик
– ҳар бир раҳбар фаолиятини кундалик қоидаси бўлиши керак. - Т.:” Ўзбекистон”,
2017

3.

I. Karimov. O‘z kelajagimizni o‘z qo'limiz bilan qurmoqdamiz. - T.,«O'zbekiston», 1998.

4.

Saparbaev T Psixologiya teoriyası hám tariyxı (Psixologiya teoriyası) oqıw qollanba T.
“Yosh avlod matbaa ”.2023


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«M

ODERN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

376

5.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq». - T., 1994.

6.

Mutafakkiriar axloq va adolat haqida. T., «Adolat», 1995.

7.

Pedagogika.O‘quv qo‘llanma. A.Munavvarov tahriri ostida, - T., 1996.

8.

Saparbaev T. Mámbetiyarov SH Óspirim jası balaları minez-qulqındaǵı krizislik
jaǵdaylardıń pedagogikalıq-psixologiyalıq ózgeshelikleri (oqıw- metodikalıq qollanba ).
Nókis .2024

9.

M. Mahmudov. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba // «Pedagogik mahorat»

10.

A lbrohimov, X.Sultonov, N.Jo'rayev. Vatan tuyg'usi. - T., «0‘zbekiston», 1996.

Internet saytlari:

11.

www. tdpu. Uz

12.

www. pedagog. Uz

13.

www. Ziyonet. uz



References

Ш.М. Мирзиёев Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: “ Ўзбекистон”, 2016.

Ш.М Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб - интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятини кундалик қоидаси бўлиши керак. - Т.:” Ўзбекистон”, 2017

I. Karimov. O‘z kelajagimizni o‘z qo'limiz bilan qurmoqdamiz. - T.,«O'zbekiston», 1998.

Saparbaev T Psixologiya teoriyası hám tariyxı (Psixologiya teoriyası) oqıw qollanba T. “Yosh avlod matbaa ”.2023

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq». - T., 1994.

Mutafakkiriar axloq va adolat haqida. T., «Adolat», 1995.

Pedagogika.O‘quv qo‘llanma. A.Munavvarov tahriri ostida, - T., 1996.

Saparbaev T. Mámbetiyarov SH Óspirim jası balaları minez-qulqındaǵı krizislik jaǵdaylardıń pedagogikalıq-psixologiyalıq ózgeshelikleri (oqıw- metodikalıq qollanba ). Nókis .2024

M. Mahmudov. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba // «Pedagogik mahorat»

A lbrohimov, X.Sultonov, N.Jo'rayev. Vatan tuyg'usi. - T., «0‘zbekiston», 1996.

Internet saytlari:

www. tdpu. Uz

www. pedagog. Uz

www. Ziyonet. uz