ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
366
SULTON HUSAYN MIRZO DAVRIDA KURASH HAQIDA
Jurayev Sherzod Norovich
Oreintal Universiteti katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15645672
Annotatsiya. Mazkur maqolada Sulton Husayn Mirzo davrida kurash san’atining
rivojlanishi, uning ilmiy asoslari va yirik shaxslar – xususan, Pahlavon Muhammad Abusaid va
Darveshmuhammad kabi kurashchilarning faoliyati yoritilgan. Muallif ushbu shaxslarning
nafaqat jismoniy kuchi, balki ilm-fan sohasidagi salohiyati, Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlar
va Sulton Husayn Mirzo kabi hukmdorlar tomonidan tan olinganligini ta’kidlaydi. Kurash
bo‘yicha yozilgan kitoblar, mashqlar va tayyorgarlik uslublari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Maqola orqali kurash san’ati faqat jismoniy faoliyat emas, balki ilmiy va madaniy merosning bir
qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: Sulton Husayn Mirzo, Pahlavon Muhammad Abusaid, Darveshmuhammad,
kurash san’ati, Hirot, Alisher Navoiy, ilm-fan, madaniyat, tarixiy shaxslar, jismoniy
tayyorgarlik, kurash tarixi.
Аннотация. В статье рассматривается развитие искусства борьбы в период
правления султана Хусайна Мирзы, а также его научное обоснование и деятельность
выдающихся личностей, таких как Пахлаван Мухаммад Абусаид и Дарвешмухаммад.
Автор подчёркивает, что эти борцы были признаны не только за их физическую силу, но
и за высокий интеллектуальный уровень, который отмечали великие поэты, такие как
Алишер Навои, и сам султан. В статье представлены сведения о написанных книгах по
борьбе, методах подготовки и тренировках. Работа демонстрирует, что борьба в тот
период являлась не только физической, но и культурно-научной деятельностью.
Ключевые слова: Султан Хусайн Мирза, Пахлаван Мухаммад Абусаид,
Дарвешмухаммад, искусство борьбы, Герат, Алишер Навои, наука, культура,
исторические личности, физическая подготовка, история борьбы.
Abstract. This article explores the development of wrestling as a scientific and cultural
discipline during the reign of Sultan Husayn Mirza. It highlights the significant contributions of
notable figures such as Pahlavon Muhammad Abusaid and Darveshmuhammad, who were not
only renowned for their physical prowess but also respected for their scholarly knowledge. The
article emphasizes how wrestling intersected with literature, music, and religious studies, as
recognized by personalities like Alisher Navoi and Sultan Husayn himself. Detailed descriptions
of training methods, competitions, and literary works on wrestling illustrate how this martial art
reached its peak and became an integral part of the intellectual life in Herat.
Keywords: Sultan Husayn Mirza, Pahlavon Muhammad Abusaid, Darveshmuhammad,
wrestling art, Herat, Alisher Navoi, science, culture, historical figures, physical training, history
of wrestling.
Husayn Boyqaro davridagi yirik shaxslardan biri Pahlavon Muhammad Abusaid bo‘lib,
o‘z davridagi eng kuchli pahlavonlardan biri bo‘lib, ilm fan sohalarida ham mashhur bo‘lgan.
Alisher Navoiy o‘z tazkiralarida “Pahlavon Muhammadkim, ko‘p fazilat bila
orastadurkim, xususan gushtigirliq fannida.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
367
Bovujidi ulkim, ul fan oning haqqi va mulkidir, ma’lum emasdurkim, hargiz bir kimsa bu
fanda andoq paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. O‘zga fazoyiliga ko‘ra dun martabasidur va musiqiy va
advor ilmining benaziridir.” Navoiy hazratlari uning iqtidorini tan olish bilan birga unga
bag‘ishlab Astrobodda turganda ruboiy bag‘ishlab yozib yuboradilar. Ushbu ruboiyda ibodatda
ham saharu shomda ham sening duoing bilanmiz, seni doim yod etamiz deb yozadi. Bunga
javoban pahlavon Muhammad Astrobod balki senga yaxshidir ammo biz sening
Astroboddaligingdan xarobmiz deb yozadi. Uning she’rlari yuqori qadrlanganligini, hatto bir
she’ri uchun Sulton Husayn Mirzo o‘n ming oltin inoyat qilganligi manbada yoziladi. Mana
o‘sha o‘n ming oltin tangali misra:
Guftamash dar olam ishqi tu koram, ba g‘am ast.
Guft xandon zeri lab: “g‘am nest, kori alomast”.
Unga dedim: Olamda ishim sening ishqing bo‘ldi, g‘amliman.
Lab burib kuldi va dedi: “hechqisi yo‘q, dunyo ishi shunaqa”.
Alisher Navoiyning Tazkiratush-shuaro asarining to‘rtinchi majlisi aynan Pahlavon
Muhammad zikri bilan boshlanib undan keyin Amir Atoullo, Mir Husayn Muammmoiy
kabilarning
kelishi
kurashchining
olimlar
orasida
o‘rni katta ekanligidan darak
beradi.Keltirilishicha Sulton Husayn majlisida movlonozoda Mullo Usmon bilan shayxulislom
va qozi Nizom tezlashib qoladi. Shayxulislom dedi: bu gap Mir Sayyid Sharif va mavlono
Sa’diddinning “Miftoh” ga yozgan sharhlarida bor. Mavlono Nizomiddin esa bu kitob yo‘q,
sharhni olib kelinglar deydi. Shunda Pahlavon hojati yo‘q dedidilar va kerakli joylarini yoddan
o‘qiy boshlaydi. Har mavzusidan bir sahifadan o‘qiydi. Majlisda g‘ala-g‘ovur boshlanadi. Qozi
Nizomiddinning fikri isbotini topadi.
Oliy mansab egalari, Sulton Husayn hamda aslzodalar va ulug‘lar yig‘ilgan majlisda
shayxulislom bir masalani ikki marta gapiradi. Shayxulislom ikki marta qaytardi. Bu hol shoxga
yoqmaydi. Pahlavon masalani qaytaradi, Sulton Husayn mirzo masalani darhol tushunadi. Majlis
tarqagach shayxulislom tashqariga chiqib, majlisda shunday ulamo shunday podsho bo‘laturib,
kurashchi odamning malikulkalomlik qilishi qanday bo‘ladi deydi. Bu gap Sulton Husayn
Mirzoga yetqaziladi. Sulton Husayn aytadiki bu majlis Shayxulislom va ulamo uchun
chaqirilgani to‘g‘ri. Agar Pahlavon Muhammadning bu majlisda so‘zlashga qobilyati va layoqati
borakan, Shayxulislomning uni cheklashlari to‘g‘ri emas Shayxulislomga Sulton Husaynning
gapi yetqazilganda akobirlar bilan buni muhokama qiladi. Oxiri uylab turib, insof bilan aytganda
pahlavon Muhammadni ulamo majlisida so‘zlashdan man qilmaslik kerak deydi.
Demak kurashchi deb tanilgan shaxsning olimligini ulamolar tan olgan. Pahlavon
Muhammad kurash san’ati bo‘yicha bir kitob yozadilar, bu kitob balog‘at ilmining eng yorqin
nomunasidir deb ta’rif beriladi. Pahlavon Hofiz Sheroziyning ko‘p g‘azallarini yod olganligini
Vosifiy aytib o‘tadi. Muhammad Abusaidning jiyani Darveshmuhammad mavlono Shayx
Husaynning o‘n ikki mohir talabasidan biri Hikmat ismli olimning “Hidoya”ga yozgan sharhini
nazmga solgan xullas ilmda ancha fozil sanalgan. Xurosonda Iroqdan bir pahlavon Hirotga
boraman, pahlavonlarni zo‘ri bilan kurash tushaman deb aytibdi degan gap tarqaldi. Uning ismi
Pahlavon Ali Rustoiy bo‘lib ko‘p podsholarning tavsiya xati bor ekan. Pahlavon Muhammad
Darveshmuhammadni o‘qishdan olib kurashga tayyorlay boshlaydi. Uning yoniga ko‘ngilli
yoshlardan o‘ntasini olib tayyorgarlik boshlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
368
Qoyidagi mashqlar qilinadi. 1. O‘n kishini navbatma-navbat ko‘tarib otish. 2. To‘rt yigit
birdaniga hujum qiladi. Ularning qarshiligini yengish kerak bo‘ladi. 3. Bir qopni nam qumga
to‘ldirib qumni ko‘tarib otish. 4. Qum to‘ldirilgan qoplarni shiftga ilib tortib turib
Darveshmuhammadga qaratib qo‘yib yuborishadi, u esa joyidan qo‘zg‘almasdan turadi. Uch yil
tinimsiz mashq qilinadi. Nihoyat o‘sha mashhur polvon Iroqdan Hirotga keladi. Barcha
pahlavonlar uni kutib olgani hadyalar bilan chiqadi. Qirq kun mehmon qilingach, Sulton Husayn
Mirzo bu pahlavon bilan kim kurashga tushadi deb so‘raydi. Shunda Darveshmuhammad
deyilgach, u hali yoshku yana nomusimiz yelga sovrilmasin deydi. Bog‘i Zag‘on hovuzi
quritilib, uning ichida kurash uchun jang maydoni hozirlanadi.Kurash boshlanadi, dastlab ular
kiyimlarini yechganda uning qomatini ko‘rkamligini ko‘rib Ali Rustoiy uning oldida beo‘xshov
bo‘lib qoladi. Bir yiqilgan polvon yana qaytib jang qilishga ruxsat so‘raydi. Shunda Sulton
Husayn kurash qoidasi bo‘yicha uch marta kurash tushishga haqqing bor deydi. Iroqlik
kurashchi mag‘lubiyatga uchraydi. Sulton Husayn atrofdagilarga qarab Kim mening boshimni
aziz tutishni istasa Darveshmuhammadga sovg‘a bersin deydi. Shunda yuz ming dirham oltin
sovg‘aga tushadi. Darveshmuhammad ularning hammasini Ali Rustoiyga beradi.
Darveshmuhammad oliy nasab bo‘lsada, kurash qoidasida hasabi yoki nasabiga riyo
qilinmagan, ularni ko‘pini lo‘lilar tashkil qilganligini manbalarda yoziladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak Sulton Husayn davrida barcha ilm sohalari kabi kurash ilmi
ham o‘z rivojining cho‘qqisiga chiqadi. Bu sohada ko‘plab kitoblar yoziladi. Kurashchilar
ilmning boshqa sohalarida ham mohir bo‘lishadiki hatto ularning ilm majlislarida qatnashish
huquqlarini ulamolar tan oladilr. Kitoblarni yod olib hatto kitoblarni nazmga solishgacha borib
yetadilar. Bu Hirot ilm markazlarining ta’sirida kurash kabi boshqa sohalarning ham
rivojlanganligini ko‘rsatadi. Kurash tushuvchilarning tayyorgarlik ko‘rishlari, ularning usullari
haqida ma’lumotlar qiziqarli hisoblanadi.
