ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
486
OFFSHOR KOMPANIYALARNING XALQARO XUSUSIY HUQUQDAGI MAQOMI
Islombek Ne’matillayev
T
о
shkent d
а
vl
а
t yuridik universiteti
M
а
gistr
а
tur
а
b
о
sqichining X
а
lq
а
r
о
tij
о
r
а
t huquqi y
о’nа
lishi t
а
l
а
b
а
si.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15650739
Annotatsiya.
Mazkur maqolada offshor kompaniyalarining xalqaro xususiy huquq
doirasidagi huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaga nisbatan
qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni (lex societatis) aniqlovchi ikkita asosiy yondashuv —
inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasining (real seat theory)
nazariy hamda amaliy tafovutlariga qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, keys-tahlil va
doktrinal yondashuvlar orqali offshor yurisdiktsiyalarning huquqiy xususiyatlari, xalqaro sud
amaliyoti va O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartiblar tahlil qilinadi
.
Kalit so‘zlar:
Offshor kompaniyalar, xalqaro xususiy huquq, inkorporatsiya nazariyasi,
asosiy faoliyat joyi nazariyasi, lex societatis, yuridik maqom, huquqiy tan olish, kollizion norma,
O‘zbekiston qonunchiligi, huquqiy javobgarlik.
Abstract.
This article analyzes the legal status of offshore companies within the
framework of private international law. The main focus is placed on the theoretical and practical
differences between two principal approaches to determining the personal law (lex societatis)
applicable to a company
—
the incorporation theory and the real seat theory. The study employs
comparative-legal, case-analysis, and doctrinal methods to examine the legal characteristics of
offshore jurisdictions, international judicial practice, and the relevant regulations under
Uzbekistan’s legislation.
Keywords:
Offshore companies, private international law, incorporation theory, real seat
theory, lex societatis, legal status, legal recognition, conflict of laws, Uzbekistan legislation,
legal liability.
Аннотация
. В данной статье анализируется правовой статус офшорных
компаний в рамках международного частного права. Основное внимание уделяется
теоретическим и практическим различиям между двумя основными подходами к
определению личного закона компании (lex societatis) —
теорией инкорпорации и теорией
основного места деятельности (
real seat theory
). В исследовании используются
сравнительно
-
правовой, кейс
-
метод и доктринальный подход для анализа правовых
особенностей офшорных юрисдикций, международной судебной практики и
действующего законодательства Узбекистана.
Ключевые слова:
офшорные компании, международное частное право, теория
инкорпорации, теория основного места деятельности, lex societatis, правовой статус,
правовое признание, коллизионные нормы, законодательство Узбекистана, правовая
ответственность.
Kirish
Xar bir biznesning asosiy maqsadi bu minimal xarajatlar evaziga maksimal daromadga
erishish. Bu jarayonda soliq omili alohida ahamiyatga ega sababi soliq stavkalarining joriy
etilishi yoki o‘zgarishi biznes faoliyatining rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
487
Shu bois so‘ngi yillarda offshor kompaniyalar orqali biznes yuritishga bo‘lgan qiziqish
yildan-
yilga ortib bormoqda. Offshor kompaniya deganda o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tgan
mamlakatdan tashqarida olib boradigan va asosan soliq, huquqiy yoki moliyaviy imtiyozlardan
foydalanish maqsadida maxsus yurisdiktsiyalarda tashkil etilgan yuridik shaxs tushuniladi.
Ushbu kompaniyalar ko‘pincha soliq yukini optimallashtirish, aktivlarni himoya qilish
yoki maxfiylikni ta’minlash uchun tashkil qilinadi va ko‘pincha Britaniya Virgin orollari,
Kayman orollari, Panama va boshqa "offshor yurisdiksiyalar"da ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ammo
shuni ta’kidlab o’tish kerakki bu holat huquqiy va iqtisodiy jihatdan bir qator savollarni keltirib
chiqarmoqda, xususan, bunday kompaniyalarni xalqaro xususiy huquq doirasida qanday
maqomda tan olish, ularning huquqiy layoqati va javobgarligini aniqlash muhim vazifaga
aylangan.
Adabiyotlar sharhi
Offshor kompaniyalarga bag‘ishlangan ilmiy adabiytlarni o‘rganish davomida duch
kelinadigan asosiy masala bu offshor kompaniyalar bilan bog‘liq kollizion va tartibga solish
muammolari.
S. Rammeloo
o‘z tadqiqotida xalqaro xususiy huquqi doirasida korporatsiyalarni tan
olish tamoyillaridagi tafovutlarni tahlil qiladi. Ushbu tadqiqotga ko‘ra anglo
-sakson huquq
oilasiga mansub bo'lgan davlatlar xususan Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa bir nechta davlatlar
tomonidan qo‘llaniladigan "inkorporatsiya nazariyasi" bilan romano german
huquqiy oilasi
tarkibiga kiruvchi davlatlardan biri Germaniya amaliyotidagi asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy
(real state theory) konseptsiyasi o‘rtasidagi juda katta farqlar va ziddiyatlar mavjudligi offshor
kompaniyalarni tan olishda va ularga nisbatan qo‘llaniladigan reglamentlar bo‘yicha jiddiy
kelishmovchiliklarga olib keladi.
N. Osoyanu
ham o‘z tadqiqotlarida masalani aynan shu tomoniga etibor qaratadi. Uning
ta’kidlashicha, AQShda yurisdiksiya (sudlov) masalalarida odatda inkorporatsiya prinsipi
qo‘llaniladi, ya’ni kompaniya qayerda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, o‘sha davlatning huquqi
qo‘llaniladi. Biroq soliqqa tortish bilan bog‘liq masalalarda esa asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan
joy konseptsiyasi qo‘llaniladi.
Ushbu tadqiqotda qo‘yilgan asosiy savol bu aynan qaysi mezon —
inkorporatsiya yoki
asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy (real state theory) konseptsiyasi —
kompaniyaning “millatini”
(nationality) aniqlashda asosiy bo‘lishi kerak? Osoyanuga ko‘ra offshor kompaniyalar “haqiqiy”
biznes faoliyatini ro‘yxatdan o‘tgan davlatda yuritmasiligidan kelib chiqilsa bu holatda asosiy
faoliyat ko‘rsatiladigan joy konseptsiyasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
D. Nougayrède
tomonidan o‘tqazilgan tadqiqot esa offshor kompaniyalar ayniqsa endi
rivojlanayotgan davlatlarda kuchsiz nazorat mexanizmlari mavjudligi sababli keng tarqalishini
ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, offshor hududlardagi kompaniyalar daromadlarni yashirish, soliqlardan
qochish va hatto jinoyat yo‘li bilan orttirilgan mablag‘larni yuvish yo‘lida keng qo‘llaniladi.
1
Rammeloo, S. (2001). Corporations in Private International Law: A European Perspective. Oxford University
Press.
2
Осояну, Н. (2013). Правовое регулирование личного статуса юридического лица в международном частном
праве.
Studii Juridice Universitare, 3
–
4, 143
–
158.
3
Nougayrède, D. (2016). The use of offshor companies in emerging market economies: a case study. Columb
ia
Journal of European Law.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
488
Bu esa nafaqat milliy darajadagi iqtisodiy barqarorlikka, balki global moliyaviy tizimga
ham xavf tug‘diradi.
P. Willoughby
esa o‘z maqolasida aksincha offshor kompaniyalardan xalqaro xususiy
huquq doirasida qonuniy foydalanish usullarini o'rganadi. Willoughby offshor kompaniyalar
ko‘pincha soliqdan qochish yoki noqonuniy faoliyatlar olib borishni osonlashtirgani uchun
tanqid ostiga olinayotganini tan olgan holda, ularning mol-mulkni himoya qilish, xalqaro biznes
yuritishni muvofiqlashtirish va aktivlarini vorisga o‘tkazishni osonlashtirish kabi qonuniy
maqsadlarda xizmat qilishini ta’kidlaydi.
Xalqaro shartnomalar huquqi va yusidiktsiya masalalari H. Schulze
borilgan tadqiqotlarda chuqur o‘rganilgan bo‘lib, u offshor kompaniyalar bilan bog‘liq nizolarni
hal qilishdagi murakkabliklarni yoritadi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, offshor kompaniyalar ko‘p
yurisdiksiyali xarakterga ega bo‘lganligi sababli xalqaro arbitraj qarorlarini ijro etish, vakolatli
yurisdiktsiyani aniqlash hamda shartnoma shartlarining haqiqiyligini belgilash ko‘pincha
tortishuvlarga olib keladi va nizoni hal etish jaraiyoni sezilarli darajada cho‘zilib ketadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ilmiy manbalar offshor kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan
xalqaro xususiy huquq masalalarining murakkab va ko‘p qirrali ekanini ko‘rsatadi.
Metod
Mazkur tadqiqot sifat jihatdan yondashilgan huquqiy-
tahliliy izlanish bo‘lib, asosiy
maqsad
—
xalqaro xususiy huquqda offshor kompaniyalar maqomini aniqlovchi nazariy asoslar
va amaliy mexanizmlarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida bir nechta metodologik
yondashuvlar qo‘llanildi:
•
Qiyosiy-huquqiy yondashuv
—
turli yurisdiktsiyalar tomonidan qo‘llaniladigan lex
societatis aniqlashdagi yondashuvlar, ya’ni inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat joyi (real
seat theory) nazariyasi bir-
biriga qiyoslab o‘rganiladi. Bu yondashuv orqali kompaniyaning
huquqiy maqomi qanday aniqlanishi va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar aniqlanadi.
•
Amaliy keys-tahlil (case study)
—
xalqaro sud amaliyotidagi muhim keyslarni o‘rganish
orqali nazariy yondashuvlarning amaliy natijalari ochib beriladi.
•
Doktrinal yondashuv
—
offshor kompaniyalar bilan bog‘liq ilmiy maqolalar,
monografiyalar, kitoblar tahlil qilinadi.
Muhokama va natijalar
Xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslar, ayniqsa korporatsiyalar, bilan bog‘liq huquqiy
munosabatlar ko‘p jihatdan ularning “millati
”
va shaxsiy qonuni (lex societati
s
- kompaniyaga
nisbatan qo‘llaniladigan asosiy qonunchilik) tushunchalariga tayanadi. Bu asosiy tushunchalar
xorijiy korporatsiyalarni davlatlar qanday tan olishi va tartibga solishini belgilaydi
. Jismoniy
shaxslardan farqli o‘laroq, ularning millati tug‘ilish yoki fuqarolikka qabul qilish orqali
aniqlansa, yuridik shaxslarning “millati” —
bu huquqiy konstruksiya bo‘lib, ular bog‘langan,
ya’ni "yuridik vatani" hisoblangan davlatni anglatadi.
4
Willoughby, P. (2012). Private International Law
–
Offshor Trusts and companies. Amicus Curiae, 1998(4).
https://doi.org/10.14296/ac.v1998i4.1617
5
Schulze, H. C. A. W. (1995). Private international law and jurisdictional problems relating to offshor joint venture
agreements. The Comparative and International Law Journal of Southern Africa
6
Гетьман
-
Павлова
,
И
.
В
. (2011).
Международное частное право: Учебник (3
-
е изд., перер. и доп.).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
489
Biroq, yuridik shaxsning millatini aniqlash bo‘yicha yagona xalqaro standart mavjud
emas. Har bir davlat o‘z ichki qonunchiligi va kollizion normalarida turli bog‘lovchi omillardan
(connecting factors) foydalanadi, bu esa amaliyotda qarama-qarshi natijalarga olib kelishi
mumkin. Bu borada eng ko‘p qo‘llaniladigan ikki asosiy yondashuv mavjud: inkorporatsiya joyi
(place of incorporation) va
asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy (real state theory) konseptsiyasi
.
Inkorporatsiya nazariyasiga ko‘ra, kompaniya yuridik jihatdan mavjud hisoblanadi va
uning millati (ya’ni, qaysi davlat qonunlariga bo‘ysunishi) u qaysi yurisdiksiyada rasmiy
ro‘yxatdan o‘tganiga qarab aniqlanadi. Ushbu nazariya odatda ingliz huquqi tizimiga mansub
davlatlar
—
Buyuk Britaniya, AQSH va ko‘plab offshor moliyaviy markazlar tomonidan
qo‘llaniladi. Ammo bu yondashuvning kamchiliklari ham bor. U faqat qog‘ozda mavjud bo‘lgan,
amalda hech qanday real biznes faoliyati olib bormaydigan “qobiq kompaniyalar”ni (shell
company) yaratishga imkon beradi. Shu sababli, offshor kompaniyalar ko‘pincha inkorporatsiya
nazariyasiga amal qiluvchi yurisdiksiyalarda tashkil etiladi.
Boshqa tomondan,
asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy
nazariyasi (fransuzcha “siège réel”
yoki “siège social réel” inglizcha “real state theory” nomi bilan mashhur) kompaniyaning yuridik
maqomini uning haqiqiy bosh ofisi, markaziy boshqaruvi yoki asosiy biznes faoliyati amalga
oshirilayotgan joyga qarab aniqlaydi. Bu nazariyaga ko‘ra, kompaniyaga nisbatan
qo‘llaniladigan qonun —
kompaniya real ravishda faoliyat yuritayotgan davlat qonunchiligi
hisoblanadi. Bu yondashuv Germaniya, Fransiya, Belgiya kabi romano-german huquq tizimiga
ega davlatlarda keng qo‘llaniladi. Unga ko‘ra, kompaniyaning yuridik maqomi iqtisodiy
haqiqatga asoslanishi kerak
—
ya’ni, kompaniya qayerda boshqariladi, foyda oladi va faoliyat
yuritadi, shuning asosida qaysi davlat qonuni qo‘llanilishi kerakligi belgilanadi. Ammo
tanqidchilar bu nazariyaga biroz shubha bilan qarashadi sababi jahon iqtisodiyotida ko‘plab
kompaniyalar bir nechta davlatda faoliyat yuritayotganini hisobga olsak, bitta aniq “real bosh
ofis”ni belgilash oson emas.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, offshor yurisdiktsiyalarda, masalan, Kayman orollari,
Bermuda va Britaniya Virgin orollari asosan inkorporatsiya nazariyasiga amal qiladi. Offshor
kompaniyalar esa ushbu hududlarda faqat ro‘yxatdan o‘tgan holda asosiy faoliyatini boshqa
hududlarda amalga oshiradi. Bunday huquqiy tizim xalqaro mijozlarni jalb qilish uchun ataylab
yaratilgan bo‘lib, unda byurokratik to‘siqlar minimal darajada bo‘ladi, soliq siyosati
raqobatbardosh, shuningdek, maxfiylikni ta’minlashga katta e’tibor qaratiladi. Masalan,
Britaniya Virgin orollarida 2004-
yilda qabul qilingan “Business Companies Act” (Kompaniyalar
to‘g‘risidagi qonun) asosida kompaniyalar hech qanday tarzda benefitsiar ma’lumotlarini
ommaga oshkor etmasdan ro‘yxatdan o‘tishi, mahalliy ofis yoki xodimlar bo‘lishi talab
etilmasdan faoliyat yuritishi mumkin
. Bu esa asosan aktivlarni boshqarish va transchegaraviy
investitsiya tuzilmalarini yaratishda juda jozibador hisoblanadi. Ushbu modelga Cambridge Gas
Transportation Corp v. Official Committee of Unsecured Creditors of Navigator Holdings Plc
[2006] UKPC 26
keysi
muhim misollaridan biri hisoblanadi
7
British Virgin Islands. (2004). Business Companies Act (No. 16 of 2004). Government of the Virgin
http://www.bvi.gov.vg/sites/default/files/business_companies_act.pdf
8
Cambridge Gas Transportation Corp. v. Official Committee of Unsecured Creditors of Navigator Holdings Plc.
(2006). UKPC 26. Privy Council.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
490
Mazkur ishda Britaniya Qirollik Kengashi (Privy Council) Britaniya Virgin orollarida
(BVI) ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya bo‘yicha xorijiy bankrotlik jarayonining yurisdiktsiyasini
tan oladi, garchi bu kompaniyaning BVI hududida iqtisodiy faoliyati deyarli mavjud bo‘lmasa
ham.
Ushbu holat shuni ko‘rsatadiki, inkorporatsiya nazariyasiga ko‘ra offshor kompaniyalarga
ro‘yxatdan o‘tgan davlatida hech qanday faoliyat yuritmasa ham ular yuridk shaxs sifatida tan
olinadi va kompaniyaning “millati” va shaxsiy qonuni (lex societies) ro‘xatdan o‘tgan davlat
hisoblanadi.
A
sosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy
nazariyasini qo‘llaydigan davlatlar esa aksincha faqat
nomigagina mavjud bo‘lgan, ammo asosiy biznes faoliyatini boshqa davlatlarda amalga
oshirayotgan ko‘plab offshor kompaniyalar yuridik shaxs sifatida tan olmasligi mumkin. Misol
uchun, Überseering BV v Nordic Construction Company Baumanagement GmbH (C
-208/00)
keysida bu holat yaqqol namoyon bo‘lgan
. Überseering BV —
Niderlandiyada tashkil etilgan
kompaniya bo‘lib, Germaniyada faoliyat yuritayotgan paytda u yuridik shaxs sifatida tan
olinmagan. Bunga sabab Überseering BV kompaniyasi Germaniya hududida faoliyat olib
borgan. Biroq, Germaniya sudlari a
sosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy
nazariyasiga tayanib,
kompaniyaning haqiqiy boshqaruv markazi Germaniyada joylashgani bois, uni Germaniya
qonunchiligiga muvofiq tashkil etilmagan deb topadi va shu sababli yuridik shaxs sifatida tan
olmaydi. Natijada, Überseering Germaniya sudlarida da’vo kiritish huquqidan mahrum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra offshor kompaniyalar xorijiy yuridik
shaxslar sifatida tasniflanadi va ularning huquqiy maqomi inkorporatsiya nazariyasiga
asoslangan holda belgilanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining
moddasiga ko‘ra, yuridik shaxsning qonuni —
bu yuridik shaxs
tashkil etilgan davlat huquqi hisoblanadi, ya’ni “lex societatis” kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan
yurisdiksiya qonunchiligiga asoslanadi. Shu bilan birga, 1177-
moddaga asosan, O‘zbekiston
hududida xorijiy yuridik shaxslar, agar maxsus qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo‘lsa, fuqarolik qonunchiligi doirasida milliy rezidentlar bilan teng asosda tadbirkorlik va
boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bundan kelib chiqadigi offshor
kompaniyalarning faoliyati O‘zbekistonda cheklanmagan biroq O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 181-
moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat
bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan
tasdiqlangan ofshor
yurisdiksiyalardan ro‘yxatdan o‘tgan offshor kompaniyalar olib boradigan moliyaviy
operatsiyalar monitoring qilib boriladi
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro xususiy huquqda offshor kompaniyalarning
huquqiy maqomi murakkab va ko‘p qirrali masala bo‘lib, u davlatlarning milliy qonunchiligi
hamda xalqaro huquq normalari bilan kesishadi.
Bu borada eng katta nazariy muammo kompaniyaning qaysi davlat qonunlariga
bo‘ysunishini belgilovchi ikki asosiy yondashuv –
ya’ni, ro‘yxatdan o‘tgan davlat qonunlarini
9
Roth, W.-
H. (2003). From Centros to Überseering: Free movement of companies, private international law and
community
law.
International
and
Comparative
Law
Quarterly,
52(1),
177
–
208.
https://doi.org/10.1093/iclq/52.1.177
10
O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. 1997.
11
Kun.uz.
(2020). O’zbekistonda Ofshor Yurisdiksiyalarning ro’yxati tasdiqlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
491
asos qiluvchi "inkorporatsiya nazariyasi" va kompaniyaning amalda faoliyat yuritayotgan joyini
asos qiluvchi "a
sosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy
nazariyasi" o‘rtasidagi tafovutdir. Ushbu ikki
yondashuv amaliyotda kompaniyaning huquqiy maqomi va huquqiy javobgarligini aniqlashda
katta tafovutlarga olib keladi.
Yana aniqroq qilib aytganda, offshor kompaniyalarining xalqaro-huquqiy maqomi
hanuzgacha dolzarb bahs-
munozaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Doimiy o‘zgarib borayotgan
global iqtisodiy sharoitda bu masala qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Xalqaro miqyosda
kompaniyalar uchun yagona va uyg‘unlashtirilgan huquqiy yondashuvni ishlab chiqish esa
kelajakda offshor kompaniyalarni xalqaro tartibga solishni yengillashtiradi.
Xulosa va tavsiyalar
Xorijiy yurisdiktsiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo o‘z faoliyatini boshqa mamlakatlarda
amalga oshiradigan offshor kompaniyalarning huquqiy maqomini xalqaro xususiy huquq
doirasida baholash
—
murakkab masaladir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, har bir davlat
“lex societatis” —
ya’ni kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni —
o‘zining
huquqiy an’analari va yondashuvlariga asoslanib belgilaydi. Bunda asosiy ikki nazariya —
inkorporatsiya (ro‘yxatdan o‘tgan davlat qonunchiligini qo‘llash) va real joylashuv (amaliy
boshqaruv joyiga asoslangan)
—
o‘rtasidagi farqlar offshor kompaniyalarning tan olinishi va
ularning faoliyatining huquqiy asosi borasida jiddiy qarama-qarshiliklarni yuzaga keltiradi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki har bir davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy
manfaatlari va huquqiy tizimi turlicha bo‘lganligi sababli, yuridik shaxslarning “millati” va
ularga nisbatan qo‘llaniladigan shaxiy qonunni (lex societatis) belgilashda umumiy, yagona
yondashuvga kelish qiyin. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi uchun offshor
kompaniyalar faoliyatini tartibga solishda asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasini (real
seat theory) qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu orqali kompaniyaning faqatgina qog‘ozda
mavjud bo‘lgan ro‘yxatga olish joyi emas, balki haqiqiy iqtisodiy faoliyat yuritayotgan joyi
asosida huquqiy maqomi baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rammeloo, S. (2001). Corporations in Private International Law: A European
Perspective. Oxford University Press.
2.
Осояну, Н. (2013). Правовое регулирование личного статуса юридического лица в
международном частном праве.
Studii Juridice Universitare, 3
–
4, 143
–
158.
3.
Nougayrède, D. (2016). The use of offshore companies in emerging market economies: a
case study. Columbia Journal of European Law.
4.
Willoughby, P. (2012). Private International Law
–
Offshore Trusts and companies.
https://doi.org/10.14296/ac.v1998i4.1617
5.
Schulze, H. C. A. W. (1995). Private international law and jurisdictional problems
relating to offshore joint venture agreements. The Comparative and International Law
Journal of Southern Africa
6.
Гетьман
-
Павлова, И. В. (2011). Международное частное право: Учебник (3
-
е изд.,
перер. и доп.). Москва: Эксмо
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
492
7.
British Virgin Islands. (2004). Business Companies Act (No. 16 of 2004). Government of
http://www.bvi.gov.vg/sites/default/files/business_companies_act.pdf
8.
Cambridge Gas Transportation Corp. v. Official Committee of Unsecured Creditors of
Navigator
Holdings
Plc.
(2006). UKPC
26.
Privy
http://www.bailii.org/uk/cases/UKPC/2006/26.html
9.
Roth, W.-
H. (2003). From Centros to Überseering: Free movement of companies, private
international law and community law. International and Comparative Law Quarterly,
52(1), 177
–
https://doi.org/10.1093/iclq/52.1.177
10.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. 1997.
11.
Kun.uz. (2020). O’zbekistonda Ofshor Yurisdiksiyalarning ro’yxati tasdiqlanadi.
