Authors

  • Muhayyo Tursunqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103895

Keywords:

tarixiy obraz she’riyat milliy ong hayotiy tuyg’u ma’naviy yuksaklik adolat.

Abstract

Ushbu maqolada XX asr o’zbek she’riyatiga ulkan hissa qo’shgan avlodlarimiz siymosi keng ko’lamda yoritilgan. Har bir shoir, shoira o’zi tug’ilib o’sgan ona vatanini, unda yashagan o’zining avlodlarini madh etib qalamga oladi. Bu kabi ijodkorlar she’riyatida xalq og’zaki ijodi qahramonlarini, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, sohibqiron Amir Temur kabi buyuk siymolarni ko’rishimiz mumkin. Bu davrda tarixiy obrazlar ko’proq milliy uyg’onish, erkinlik, jasorat, g’urur va xotira ramzi sifatida talqin qilingan. Shoirlar tarixni faqat faktlar jamlanmasi emas, balki ruhiy-ma’naviy tajriba manbai sifatida qayta gavdalantirganlar.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI

Tursunqulova Muhayyo Olim qizi

Qarshi davlat universiteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15647334

Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asr o’zbek she’riyatiga ulkan hissa qo’shgan

avlodlarimiz siymosi keng ko’lamda yoritilgan. Har bir shoir, shoira o’zi tug’ilib o’sgan ona
vatanini, unda yashagan o’zining avlodlarini madh etib qalamga oladi. Bu kabi ijodkorlar
she’riyatida xalq og’zaki ijodi qahramonlarini, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va
shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, sohibqiron Amir Temur kabi buyuk siymolarni ko’rishimiz
mumkin. Bu davrda tarixiy obrazlar ko’proq milliy uyg’onish, erkinlik, jasorat, g’urur va xotira
ramzi sifatida talqin qilingan. Shoirlar tarixni faqat faktlar jamlanmasi emas, balki ruhiy-
ma’naviy tajriba manbai sifatida qayta gavdalantirganlar.

Kalit so’zlar: tarixiy obraz, she’riyat, milliy ong, hayotiy tuyg’u, ma’naviy yuksaklik,

adolat.

Abstract. This article is a great contribution to Uzbek poetry of the 20 th century the

figure of our added generations is widely covered. Every poet, poetess writes in praise of his
motherland, where he was born and grew up, and his descendants who lived in it. In the poetry
of such artists, we can see the heroes of folk art, the great figures such as Alisher Navoi, the
sultan of the ghazal estate, Zahiriddin Muhammad Babur, the king and port’ and Amir Temur.
During the period, historical images were interpreted more as symbols of national awakening,
freedom, courage, pride and memory. Poets re-embodird history not only as a collection of facts,
but as a source of spiritual and spiritual experience.

Keywords: historical image, poetry, national consciousness, life feeling, moral highness,

justice.

Аннотация. Эта статья является большим вкладом в узбекскую ХХ века. Фигура

наших добавленных поколений широко освещается. Каждый поэт, поэтесса пишет во
славу своей Родиныб где он родился и вырос, и своих потомков, живших в ней. В поэзии
таких художников мы можем увидеть героев народного творчества, таких великих
деятелей как Алишер Навои, султан газельного сославия, Захириддин Мухаммад Бабур,
царь и поэт, Амир Темур. В этот период исторические образы интерпретировались
скорее как символы национального пробуждения, свободы, мужества, гордости и памяти.
Поэты перевоплотили историю не только как совокупность фактов, но и как источник
духовного и духовного опыта.

Ключевые слова: исторический образ, поэзия, национальное сознание,

жизнеощущение, нраственное величие, справедливость.


XX asr o‘zbek she’riyatida tarixiy shaxslarni gavdalantirish adabiyotda milliy ong, tarixiy

xotira va o‘zlikni anglash jarayonining muhim bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi. Bu davrda
ko‘plab shoirlar tarixiy obrazlar va voqealarni poetik shaklda qayta tahlil qilib, ularni zamonaviy,
ijtimoiy, siyosiy kontekstlarda aks ettirishga harakat qilganlar. Tarixiy shaxslar xotirasini madh
etish va ular siymosida millat iftixorini qayta jonlantirish XX asr adabiyotida eng yirik
mavzulardan biri bo‘lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

Bu kabi mavzularni qalamga olgan ijodkorlar orasida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,

Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Toʻra Sulaymon singari shoirlar alohida ahamiyat
kasb etadi. Yuqorida ismlari tilga olingan shoirlarning hammasi inson qalbining tub-tubiga she’r
bilan kira olgan shoirlardir. Zero, Erkin Vohidov haqli ta’kidlaganik, “She’r shoir qalbida
tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda qiladi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi
yonmasa, boshqalarni yondira olmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat
bera olmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf
yo‘q”.

Yuqorida keltirilgan fikrlarning dalili sifatida Muhammad Yusufning ayrim she’rlariga

e’tibor beramiz. Xususan, “Xalq bo‘l, elim” she’ri fikrlarimizga mutanosib:

Ko‘z yoshlaring aylansa ham dengizlarga,
Qo‘rg‘oningni bermay desang chingizlarga,
Ulug‘bek nom qo‘yib ketgan yulduzlarga,
Yuzim bosib o‘tay desang, xalq bo‘l, elim! [1,8]

Bu she’r sho‘ro tuzumiga qarshi ruhda bitilgan. Shoir o‘zbek millatini, katta-yu kichik,

yosh-u qari, barchasini birdamlikka, hamjihatlikka chorlayapti. Buyuk davlat arbobi, astronom,
faylasuf Mirzo Ulug‘bekning yulduzlarni aniqlashi, ularga nom berishi, qolaversa, davlatni
oqilona boshqargani o‘zbek xalqining iftixori, g‘ururi ekanligini ushbu she’ri orqali ta’kidlagan.

O‘zbek she’riyatida tarixiy obrazlar ko‘pincha ramziy, ижодкорнинг бадиий ниятини

ma’no kasb etadi. Masalan, Alisher Navoiy, Amir Temur kabi tarixiy obrazlar ko‘proq ma’naviy
yuksaklik, adolat, jasorat, faqat xalq g‘ami bilan yashagan inson timsolida tasvirlangan. Bu
obrazlar orqali shoirlar o‘z davrining muammolarini badiiy ifodalashga erishganlar.

Muhammad Yusuf yana bir she’rida talabalarga murojaat qilib shunday yozadi:
Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu ko‘hna Turon,
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang! [2, 102]
Yuqoridagi kabi she’rlar nafaqat o‘tmishga bo‘lgan hurmat, balki kelajakka yo‘naltirilgan

ma’naviy dasturdir.

Buyuk tarjimon Huseyin Jemil Merichning fikricha: “Tarix – muhri buzilmagan xazina”.
Shu tarix orqali davlatimiz hozirgi davrda boshqa davlatlardan birmuncha ma’naviy

yuksalgan, tarixiy xotiralarga boy davlat hisoblanadi. Buni biz Erkin Vohidovning
“O‘zbekistonim” she’rida yanada chuqurroq his etamiz.

Vahshat vodiysida kechdi asrlar
Aljabr ustodin tuqquncha yering.
Ilming yuksalguncha Beruniy qadar,
To Alisher qadar yetguncha she’ring,
Hayratga solguncha fan olamini
Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar...
Tebransa ne ajab Toshkent zamini,
Bu yerga ko‘milgan milliard kitoblar
Farang-u hind-u chin, iroq, ajamga


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

Taralding Alqonun, Saydona bo‘lib.
Buyuklar tan bergan buyuk dostonim-
O‘zbekistonim. [ 5, 67]
Vatan inson kindik qoni toʻkilgan makondir. Ammo u yerda muqim qolish, oʻz vatani

bagʻrida unib-oʻsish, shu vatanda jon berish shoh va shoir Bobur hazratlariga nasib qilmadi. Shu
bois, Hindiston sari yuzlangan va u yerda Boburiylar sulolasi 300 yil hukmronlik qilgan. O‘zbek
shoirasi Halima Xudoyberdiyeva bu mavzuni yurakdan his qilib qog‘ozga tushiradi. Ushbu
jumlalarni biz shoiraning “Faqat... Bobur yig‘lagan” she’rida uchratamiz:

Mening karvonim horg‘in, kunbotarga og‘moqda,
Elas-elas kelmoqda qo‘ng‘iroqlar jarangi.
Garchand boshim ustida oy nurlari yog‘moqda,
Holim shu qadar zabun, holim shu qadar tangki...

Yo‘q, ezg‘in ko‘nglimdayin yorishib borar osmon,
Yorug‘ osmon ostida, bolajonlar, ungaysiz!
Faqat... Bobur yig‘lagan... “Bu jahonga sig‘masmen”,
Shundan u yo‘q jahonga sig‘ish goho o‘ng‘aysiz.

Boshimga urayinmi o‘tar dunyo shonini...

Shoirlar faqat tarixiy obrazlarga emas, xalq og‘zaki ijodi namunalariga ham jiddiy e’tibor

qaratishgan. To‘ra Sulaymonning “Gul bir yon, chaman bir yon” she’ri o‘ynoqi obrazlar va
o‘ziga xos go‘zal ifodaga ega. Mazkur she’rda ramziy obrazlar va xalq dostonlari qahramoni
orqali oshiqning samimiy iqrorlari bayon etilgan.

Hakim zoti bor yerda dard bir yon, darmon bir yon,
Yoring jafokash bo‘lsa, uy bir yon, zindon bir yon,
Ikki jon bir bo‘lmasa, sham bir yon, shamdon bir yon,
Ayri bo‘lsa yo‘llari, tug‘ bir yon, qalqon bir yon.

Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Bo‘y qizlarning ichinda bir shu egma qosh tanho.
Uningdek hech kim menga bo‘lmasa sirdosh tanho,
Go‘ro‘g‘li sulton bir yon, To‘ra Sulaymon bir yon. [3, 40]

O‘zbek she’riyati jahon adabiyotining eng ko‘hna va boy xazinalaridan biri sifatida

alohida ahamiyatga ega. U faqatgina mumtoz adabiyot vakillari Navoiy va Bobur bilan emas,
balki ularning izdoshlariGʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Mirtemir singari oʻzbek
shoirlari bilan ham mashhurdir. Ushbu davrdagi shoirlar hamma vaqt o‘z vatanining
mustaqilligini qalamga olganlar. Shu sababli, sovet davri shoirlari uchun ijod qilish anchagina
tahlikali bo‘lgan. Muhammad Yusufning “Laganbardorlar” she’rida bu yorqin tasvirlangan.

Otabek Kumushin ko‘zlarin yopib,
O‘zi ham ortidan qilgach safarlar,
Qodiriy boboning qo‘llarin o‘pib,
Chohga itargan ham- laganbardorlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410


Ular iblis bilan tili bir o‘rtoq,
Ular Azroilga sodiq choparlar.
Avval Usmonlarni sotib, keyinroq
Faryod ko‘targan ham- laganbardorlar. [ 1, 35 ]

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng buyuk allomalarimiz xotirasi

tiklandi. Mustaqillik davri ijodining gullagan davriga to‘g‘ri kelgan shoir Abdulla Oripov ijodida
o‘z ustozlarining xotirasini shoirning “Navoiy ko‘chasi” she’rida ko‘rishimiz mumkin.

Navoiy ko‘chasi - Toshkentim faxri,
Ilm-u fan shahrining pok siynasidir.
Bu ko‘cha cho‘ng tarix ma’rifat nahri,
O‘zbek ziyolisin oyinasidir.

Navqiron yillarim o‘tgan ushbu yer,
Yoddan chiqarmidi betakror onlar.
Yurgan bu yo‘llarda Oybek, Mirtemir,
Olim Xo‘jayevlar, Shukur Burxonlar... [ 4, 297]
Xulosa qilib aytganda, XX asr oʻzbek sheʼriyati oʻzining mazmun va shakl jihatidan

yangilangan, tarixiy va milliy ong uygʻonishining muhim bosqichini bosib oʻtgan adabiyot
sifatida alohida eʼtiborga loyiqdir. Ushbu davr sheʼriyatida tarixiy obrazlar talqini orqali shoirlar
milliy oʻzlik, istiqlol gʻoyalari, ajdodlarga hurmat va tarixiy xotira singari muhim masalalarni
poetik ifoda vositasiga aylantirdilar. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur, Jaloliddin
Manguberdi kabi tarixiy shaxslar obrazlari orqali shoirlar nafaqat oʻtmishga murojaat etdilar,
balki zamonaviy ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni ham yoritishga harakat qildilar. Tarixiy
obrazlar poetik talqini orqali shoirlar xalq qalbiga yaqin, ibratli timsollar yaratdilar. Bu obrazlar
oʻtmish bilan bugunning, anʼana bilan yangilikning uzviy aloqasini koʻrsatdi. Natijada, XX asr
oʻzbek sheʼriyati tarixiy ongni shakllantirish, milliy gʻururni uygʻotish va madaniy merosni
targʻib qilishda muhim rol oʻynadi.

Shu tariqa, XX asr oʻzbek sheʼriyatida tarixiy obrazlarning talqini adabiy-estetik

taraqqiyotning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u nafaqat adabiy jarayonda, balki ijtimoiy-
maʼnaviy hayotda ham sezilarli iz qoldirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Muhammad Yusuf. Saylanma. - Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati. 2017, 287 b.

2.

Muhammad Yusuf. Bevafo koʻp ekan. - Toshkent, Oʻzbekiston nashriyoti. 2018, 135 b.

3.

Toʻra Sulaymon. Iltijo. - Toshkent:, Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976. 40b.

4.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. - Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va

sanʼat nashriyoti, 2001, 493 b.

5.

Erkin Vohidov. Saylanma 3-jild. - Toshkent, " Sharq" nashriyoti. 2001, 271 b

References

Muhammad Yusuf. Saylanma. - Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2017, 287 b.

Muhammad Yusuf. Bevafo koʻp ekan. - Toshkent, Oʻzbekiston nashriyoti. 2018, 135 b.

Toʻra Sulaymon. Iltijo. - Toshkent:, Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976. 40b.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. - Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2001, 493 b.

Erkin Vohidov. Saylanma 3-jild. - Toshkent, " Sharq" nashriyoti. 2001, 271 b