Authors

  • Umar G‘oyimov
  • Ruxshona Pardayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.103900

Keywords:

refleksiya refleksiv pozitsiya refleksiv jarayonlar bo‘lajak o‘qituvchilar falsafa pedagogika psixologiya.

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning reflektiv faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, refleksiya, umume’tirof qilingan pedagogik-psixologik hodisa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik pozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

415

TALABALARNI REFLEKSIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY

ASOSLARI

G‘oyimov Umar Eshmurodovich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.

Pardayeva Ruxshona Mansur qizi

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti

Boshlang‘ch talim yo‘nalishi tаlаbаsi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15647559

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning reflektiv faoliyatini

rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, refleksiya, umume’tirof qilingan
pedagogik-psixologik hodisa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik pozitsiyasining
tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan.

Kаlit so‘zlаr: refleksiya, refleksiv pozitsiya, refleksiv jarayonlar, bo‘lajak o‘qituvchilar,

falsafa, pedagogika, psixologiya.

Abstract. This article analyzes the theoretical foundations of the development of

reflective activity of future teachers. Reflection, as a generally recognized pedagogical and
psychological phenomenon, is also analyzed as a component of the professional and pedagogical
position of a future teacher.

Keywords: reflection, reflexive position, reflexive processes, future teachers, philosophy,

pedagogy, psychology.

Аннотация. В статье анализируются теоретические основы развития

рефлексивной деятельности будущих педагогов. Рефлексия, как общепризнанный
педагогический и психологический феномен, также анализировалась как компонент
профессионально-педагогической позиции будущего учителя.

Ключевые слова: рефлексия, рефлексивная позиция, рефлексивные процессы,

будущие учителя, философия, педагогика, психология.

Bugungi ta’lim shaxsning barkamol rivojlanishi va umuminsoniy ideallarga yo‘naltirilgan

bo‘lib, ta’limga insonparvar yondashuv dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, bularning barchasi
bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy tayyorlashga o‘zgarishlar kiritish ob’ektiv zaruriyatini shart qilib
qo‘ymoqda.

Mazkur sharoitda o‘qituvchi faoliyatining boshqacha mazmunini izlash, uning ishining

yangi usullari va texnologiyalarini joriy qilish lozim. Bugungi kunda OTMda kasbiy tayyorgarlik
jarayonida pedagogik faoliyat sub’ekti sifatidagi bo‘lajak o‘qituvchining refleksiv pozitsiyasini
rivojlantirishning ham amaliy, ham nazariy metodologik jihatlarini ochib bera oladigan ilmiy
tadqiqotlar еtarli emas. «Refleksiya» tushunchasi murakkab, ko‘p jihatli bo‘lib, falsafa,
psixologiya, pedagogika kabi bir qator fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Refleksiya (lotincha reflexio – orqaga nazar tashlash) «inson tafakkurining tamoyili

bo‘lib, insonni o‘z shakl va dastlabki shartlarini qayta anglash va tushunishga yo‘naltiradi;
bilimni predmet jihatdan ko‘rib chiqish, uning mazmuni va bilish usullarining tankidiy tahliliga
qaratilgan; inson ma’naviy dunyosining ichki tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

416

beradigan o‘zini o‘zi bilish faoliyatidir. Bilish shakli sifatida refleksiya nafaqat tanqidiy, balki
evristik tamoyil hamdir: u yangi bilim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy pedagogika
fanida refleksiyaning quyidagi turlari ajratiladi: - elementar; - ilmiy; - falsafiy.

Refleksiya ijtimoiy, estetik, ilmiy, axloqiy yo‘nalishlarga ega. Mazkur yondashuv

mahsuldorlikni oshirgan, ma’naviy salohiyatni boyitgan holda ilmiy izlanishlarga
ko‘maklashadi.

Olim va mutafakkirlarning talqinida refleksiya – bu inson ongida fikr yuritish, o‘zini o‘zi

anglash mazmunini tushunishda ifodalangan jarayon hamda tafakkur va nazariy faoliyatning
shaklidir. Bundan kelib chiqqan holda, OTMda pedagogik ta’lim maktab faoliyati va umuman
madaniyatda o‘z o‘rnini aniq tasavvur qiladigan bo‘lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash
masalasini hal qilishi zarur.

Zamonaviy taʼlim tizimi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan global tendensiyalar va

axborot-kommunikatsion inqilob sharoitida yangilanib, har tomonlama yuqori malakali, kasbiy
kompetensiyalarga ega bo‘lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ymoqda.

Bugungi kunda o‘qituvchilik kasbi nafaqat bilim beruvchi, balki ijtimoiy ong va

madaniyatni shakllantiruvchi, yosh avlodga mustaqil fikrlash, ijtimoiy moslashuv va o‘zini
anglash ko‘nikmalarini beruvchi kasb sifatida talqin etilmoqda. Pedagoglarning shaxsiy va
kasbiy rivojlanishida reflektiv faoliyatni chuqur tahlil qilish, ularni ongli ravishda o‘z faoliyatini
baholay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishni taqozo etadi.

Reflektiv faoliyat pedagogik jarayonning ajralmas komponenti bo‘lib, o‘qituvchining o‘z

faoliyatini tahlil qilish, baholash va takomillashtirish orqali kasbiy o‘sishiga xizmat qiladi. Bu
faoliyat o‘z-o‘zini anglash, o‘z faoliyatining kuchli va zaif jihatlarini aniqlash, ulardan xulosa
chiqarish va kelgusida yanada mukammal yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Xususan, bo‘lajak o‘qituvchilarda ushbu faoliyatni shakllantirish, ularni faqatgina bilimdon
mutaxassis emas, balki mustaqil fikrlovchi, mas’uliyatli, ijtimoiy faollikka ega bo‘lgan shaxs
sifatida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.

Talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim tizimining muhim

jihatlaridan biri hisoblanadi. Refleksiya, shaxsning o‘z tajribalari, fikrlari, hissiyotlari va xatti-
harakatlarini tahlil qilish, ular bilan ishlash orqali o‘zini anglash va o‘zgartirish jarayonidir.

Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, refleksiya talabaning o‘z-o‘zini anglashiga,

shuningdek, uning o‘quv jarayoniga faol munosabatini rivojlantirishga yordam beradi hamda
alabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ham
muhim ahamiyatga ega, chunki bu qobiliyatlar o‘z-o‘zini anglash, o‘zgarishlarni kuzatish va
o‘rganish jarayonida samarali natijalarga erishish uchun zarur. Quyida ushbu xususiyatlarning
asosiy jihatlari keltirilgan:

1. Refleksivlikning ta’lim jarayonidagi roli. Refleksivlik talabalarga o‘z o‘rganish

jarayonlarini tahlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu jarayonda talabalar o‘z bilim va
ko‘nikmalarini aniqlab, ularni rivojlantirish uchun zarur strategiyalarni belgilashadi. Refleksivlik
orqali talabalar o‘z xatti-harakatlarini va natijalarini baholashni o‘rganadilar.

2. O‘z-o‘zini anglash. Refleksiv qobiliyatlar talabalarni o‘zlarini anglashga, o‘z kuchli va

zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, shaxsiy rivojlanishga, maqsadlarni
belgilashga va ularga erishishga imkon yaratadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

417

3. Tanqidiy fikrlash. Refleksiv qobiliyatlar tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Talabalar

muammolarni tahlil qilish, alternativ yechimlarni ko‘rib chiqish va eng samarali variantni
tanlashda ko‘proq ishtirok etadilar. Bu jarayon ularning fikrlash qobiliyatlarini kengaytiradi.

4. Ijodiy fikrlash. Refleksivlik ijodiy fikrlash jarayonini rag‘batlantiradi. Talabalar yangi

g‘oyalar va yechimlarni ishlab chiqishda yanada ijodiy yondashuvlarga ega bo‘lishadi. Ular o‘z
fikrlarini ifodalashda va yangi yondashuvlarni sinab ko‘rishda ishtirok etadilar.

5. O‘z-o‘zini baholash. Refleksiv qobiliyatlar talabalarni o‘z faoliyatini baholashga

undaydi.

Ular o‘z muvaffaqiyatlarini va kamchiliklarini tahlil qilib, kelajakda qanday

yaxshilanishlar kiritish mumkinligini aniqlaydilar.

6. Pedagogik usullar va strategiyalar. Talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish

uchun turli pedagogik usullar va strategiyalar qo‘llanilishi mumkin.

7. Natijalar va ijobiy ta’sir. Refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish talabalarning akademik

muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular yanada mustaqil, mas'uliyatli va ijodiy fikrlovchi
shaxslar bo‘lib yetishadilar, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga ham foyda
keltiradi.

Zamonaviy ta’lim jarayoni faqat bilim berishga emas, balki talabalarning o‘z-o‘zini

anglash, tanqidiy fikrlash va mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga ham
yo‘naltirilgan. Bunday maqsadlarga erishishda refleksiya muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy o‘qituvchining o‘zligini anglash masalalari bo‘lajak o‘qituvchida pedagogik

tafakkurni rivojlantirish, pedagogik faoliyatning refleksiv jarayonlari kabi masalalarga
bag‘ishlangan tadqiqotlarda o‘rganilmoqda. “O‘qituvchining kasbiy o‘zligini anglash elementlari
o‘z-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lish, o‘zini o‘zi tahlil qilish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, Men-
konsepsiyasi, “Men” obrazi, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi har tomonlama rivojlantirish kabi
pedagogik refleksiya atamalarida ifodalanadi. Refleksiya – bu “sub’ektning hamkorlikdagi
faoliyat jarayonida uning protsessual va natijaviy o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish
maqsadida undan unga nisbatan tashqi pozitsiyaga chiqishdir. Refleksiyaning kooperativ jihati
haqidagi psixologik bilimlar jamoaviy faoliyatni, sub’ektlar hamkorlikdagi professional
harakatlarini muvofiqlashtirish va kooperatsiya qilishni hisobga olgan holda, yanada samaraliroq
loyihalashtirish imkonini beradi. Refleksiyaning kommunikativ jihati bir insonning boshqa inson
ichki dunyosini aks ettirish jarayoni sifatida tushuniladi. Bunda refleksiya harakat qiluvchi
individning muloqot bo‘yicha sheriklari uni qanday idrok qilayotganliklarini anglash sifatida
ham namoyon bo‘ladi”. Bular refleksiya samarali kommunikatsiya va shaxslararo
munosabatlarning eng muhim omili ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda refleksiv
pozitsiyani tasniflash va strukturizatsiya qilishga yagona yondashuv mavjud emas. S.Yu.
Stepanov refleksiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi, ular:

intellektual;

shaxsiy;

kooperativ;

kommunikativ. Refleksiyaning mazkur tuzilishi va tasnifi bo‘lajak pedagoglarda

refleksiv pozitsiyani rivojlantirishda katta o‘rin egallaydi. Chunki bo‘lajak pedagogning o‘z
faoliyatiga nazari sifatidagi refleksiv pozitsiyasi turli vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin.

Pedagog esa hamkasblari, ta’lim oluvchilar va o‘zining faoliyati ustida o‘ylashi, ularni

baholashi va tahlil qilishi shart.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

418

Refleksiv pozitsiya ma’ruza, chiqish, anjuman, seminar shaklida, shuningdek o‘z

faoliyatini tahlil qilish va hamkasblar bilan norasmiy muloqotda amalga oshirilishi mumkin.

Refleksiv jarayonlar pedagogning butun kasbiy faoliyati bilan parallel ravishda kechadi,

quyidagilarda namoyon bo‘lishi mumkin: a) ta’lim oluvchilar bilan muloqotda, bolalarning his-
tuyg‘ulari, fikrlari va xatti-harakatlarini tushunish va tartibga solishga intilishda; b) bolalar
harakatlarini loyihalashtirish jarayonida, ta’lim maqsadlarini, ta’lim oluvchilarning
xarakterologik va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil ishlab chiqishga
urinishlarida; v) pedagog tomonidan o‘zining pedagogik xatti-harakatlari va o‘z shaxsiga
nisbatan o‘zini o‘zi baholashi va o‘zini o‘zi tahlil qilishi jarayonida. Bo‘lajak pedagog shaxs
tahlilini amalga oshirganda va diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratgan holdagina, ya’ni refleksiya
qobiliyatini namoyon qilgandagina kasbiy rivojlanishi mumkin bo‘ladi.

Refleksiv pozitsiyani rivojlantirishga qaratilgan tayyorlash jarayonida refleksiya quyidagi

funksiyalarni bajaradi: loyihalashtiruvchi (pedagogik jarayon ishtirokchilari faoliyatini
loyihalashtirish va modellashtirish); tashkillashtiruvchi (hamkorlikdagi faoliyatda o‘zaro
ta’sirning eng samarali usullarini tashkil qilish); kommunikativ (pedagogik jarayon
ishtirokchilarining mahsuldor muloqotining sharti sifatida); ma’noijodkorlik (faoliyat va o‘zaro
ta’sirning anglanganligini shakllantirish); motivatsiyali (pedagogik jarayon ishtirokchilari
birgalikdagi faoliyatining natijaga yo‘nalganligini aniqlash); korreksiyalovchi (tuzatuvchi)
(o‘zaro ta’sir va faoliyatda o‘zgarishlarga undash). Refleksivlik – o‘z-o‘zini va o‘zgalarni
anglash qobiliyati. Bu tafakkurning shunday turiki, unda shaxs o‘zini tushunish va o‘z xatti-
harakatlarini tushunish imkoniyatiga ega.

FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – T: Adolat, 2020

2.

Murodova S.S. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini anglashida refleksiya jarayonining
roli // Pedagogikavapsixologiya muammolari. – 2022.

3.

Norkulova

G’.R.

Bo‘lajak

o‘qituvchilarda

reflektiv

kompetensiyani

shakllantirishningmetodik asoslari // Pedagogik ta’lim muammolari. . – 2023. – №4.

4.

Tohirova M.Sh. Akmeologik yondashuv asosida pedagogik refleksiyani shakllantirish //
Zamonaviy ta’lim. –2023. –№2

5.

Yusupova D.A. Bo‘lajak pedagoglarda reflektiv yondashuv asosida kasbiy faoliyatga
tayyorgarlik // Ilm-fanvainnovatsiyalar. – 2022

References

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – T: Adolat, 2020

Murodova S.S. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini anglashida refleksiya jarayonining roli // Pedagogikavapsixologiya muammolari. – 2022.

Norkulova G’.R. Bo‘lajak o‘qituvchilarda reflektiv kompetensiyani shakllantirishningmetodik asoslari // Pedagogik ta’lim muammolari. . – 2023. – №4.

Tohirova M.Sh. Akmeologik yondashuv asosida pedagogik refleksiyani shakllantirish // Zamonaviy ta’lim. –2023. –№2

Yusupova D.A. Bo‘lajak pedagoglarda reflektiv yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlik // Ilm-fanvainnovatsiyalar. – 2022