Authors

  • Nazokat Nurmetova
  • Durdona Masharipova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.104412

Keywords:

masofaviy ta’lim AKT McKinsey 7S modeli Learning Management System Raqamli ta’lim Ta’limda raqamli transformatsiyalar 7S model omillari.

Abstract

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davridan boshlab masofaviy ta’limga talab oshdi va bu yo‘nalishda yangicha yondashuvlar zarurati yuzaga keldi. Masofaviy ta’limni samarali tashkil qilish va uni uzluksiz rivojlantirishda menejmentning zamonaviy modellari, xususan, McKinsey kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 7S modeli muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada 7S modelining masofaviy ta’limda qanday qo‘llanilishi va uning samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi.

background image

452

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

O‘ZBEKISTONDA MASOFAVIY TA’LIMNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA 7S

MODELINING AHAMIYATI

Nurmetova Nazokat Baxtiyorovna

Masharipova Durdona Raximbergan qizi

Urganch RANCH texnologiya Universiteti Pedagogika mutaxassisligi magistrantlari,

https://doi.org/10.5281/zenodo.15661152

Annotatsiya.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga

oshirilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davridan boshlab masofaviy ta’limga talab oshdi va bu
yo‘nalishda yangicha yondashuvlar zarurati yuzaga keldi. Masofaviy ta’limni samarali tashkil

qilish va uni uzluksiz rivojlantirishda menejmentning zamonaviy modellari, xususan, McKinsey
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 7S modeli muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada 7S

modelining masofaviy ta’limda qanday qo‘llanilishi va uning samaradorlikka ta’siri tahlil

qilinadi.

Kalit so’zlar:

masofaviy ta’lim, AKT, McKinsey, 7S modeli, Learning Management

System, Raqamli ta’lim, Ta’limda raqamli transformatsiyalar, 7S model omillari.

Аннотация.

В последние годы в сфере образования Узбекистана происходят

фундаментальные изменения. Особенно после пандемии возрос спрос на дистанционное
обучение, и появились новые подходы в этом направлении. Современные модели
управления, в частности модель 7

S

, разработанная

McKinsey

, имеют большое значение в

эффективной организации и непрерывном развитии дистанционного обучения. В данной
статье анализируется, как модель 7

S

используется в дистанционном обучении и ее

влияние на эффективность.

Ключевые слова:

дистанционное обучение, ИКТ,

McKinsey

, модель 7

S

, система

управления обучением, цифровое образование, цифровая трансформация в образовании,
факторы модели 7

S.

Abstract.

In recent years, fundamental changes have been taking place in the education

sector in Uzbekistan. Especially since the pandemic, the demand for distance learning has
increased, and new approaches have emerged in this direction. Modern management models, in
particular the 7S model developed by McKinsey, are of great importance in the effective
organization and continuous development of distance learning. This article analyzes how the 7S
model is used in distance learning and its impact on efficiency.

Keywords:

distance learning, ICT, McKinsey, 7S model, Learning Management System,

Digital education, Digital transformation in education, 7S model factors.


Zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiyoti natijasida ta’lim

sohasida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, masofaviy (distansion) ta’lim —

ta’lim

jarayonini fazoviy va vaqt chegaralaridan mustaqil holda tashkil qilish imkonini beruvchi

o‘qitish shakli —

bugungi kunda global miqyosda keng tatbiq etilmoqda. Masofaviy ta’lim –

bu

o‘quvchi va o‘qituvchi bir

-

biridan geografik jihatdan uzoqda bo‘lgan holatda axborot

texnologiyalari orqali ta’lim jarayonini olib borishga asoslangan ta’lim shaklidir.

Masofaviy ta’limda asosiy vosita bu –

Learning Management System (LMS) deb

nomlanuvchi raqamli platformalardir. Bu platformalar orqali o‘quv materiallarini yetkazish,

topshiriqlarni nazorat qilish, baholash va muloqot jarayoni amalga oshiriladi.


background image

453

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shu bilan birga, UNESCO, OECD kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham masofaviy

ta’limning iqtisodiy samaradorligi, ta’limga kirish imkoniyatini kengaytirishi va

moslashuvchanligi yuqori baholanadi.

Biroq, masofaviy ta’limda sifat, motivatsiya, pedagogik yondashuv va infratuzilma kabi

omillar asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ham 2020

-

yildan boshlab masofaviy ta’lim shakli keng

ommalasha boshladi. Bu boradagi islohotlar, xususan, "Raqamli ta’lim" konsepsiyasi, "Ta’limda
raqamli transformatsiya" loyihalari orqali ta’lim tizimini zamonaviylashtirish choralari
ko‘rilmoqda. Biroq, masofaviy ta’limning samaradorligini oshirish nafaqat texnik ta’minot, balki
boshqaruv, motivatsiya, pedagogik metodlar va kadrlar salohiyati bilan ham bevosita bog‘liqdir.

Shu nuqtayi nazardan qaralganda, tashkilotlarni samarali boshqarishga qaratilgan

zamonaviy menejment modellaridan biri

7S modeli (McKinsey 7S Framework) ta’lim

sohasida, xususan, masofaviy ta’limni tashkil etishda ham muhim metodologik vosita bo‘la oladi
desam mubolag’a bo’lmaydi.





















Ushbu omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, tashkilot ichki muhitini tahlil qilish va

yaxshilashda qo‘llaniladi. Masofaviy ta’limda bu modelni qo‘llash orqali ta’lim jarayonining har
bir tarkibiy qismini chuqurroq o‘rganish va samarali strategiyalar ishlab chiqish mumkin.

1. Strategiya (Strategy)

Masofaviy ta’limda aniq va uzoq muddatli strategiya zarurdir. O‘zbekiston ta’lim

tizimida raqamli transformatsiyaga asoslangan, infratuzilmaviy takomillashtirishni ko‘zlagan
strategiyalar ishlab chiqilishi lozim. Har bir oliy o‘quv yurti va ta’lim markazi o‘zining raqamli
o‘quv strategiyasiga ega bo‘lishi kerak.

2. Tuzilma (Structure)

Strategiya

Tuzilma

Tizimlar

Umumiy qadriyatlar

Ko’nikmalar

Boshqaruv uslubi

Xodimlar, kadrlar

7S MODELI

OMILLARI


background image

454

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Masofaviy ta’lim uchun moslashtirilgan tashkiliy tuzilma yaratish juda muhim. Raqamli

markazlar, IT bo‘limlar, masofaviy o‘qituvchilar guruhlari va texnik yordam xizmatlari mavjud
bo‘lishi zarur. Ushbu tuzilmalar masofaviy ta’lim jarayonini uzluksiz va samarali olib borishga

xizmat qiladi.

3. Tizimlar (Systems)
Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, Learning Management System

(LMS) kabi tizimlar orqali darslarni boshqarish

masofaviy ta’limning asosiy poydevoridir.

Moodle, Google Classroom, Microsoft Teams kabi platformalarning integratsiyasi va

doimiy yangilanishi talab etiladi.

4. Umumiy qadriyatlar (Shared Values)

Talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida masofaviy ta’limning ahamiyati to‘g‘risida umumiy

qarashlar shakllanishi kerak. O‘zaro ishonch, raqamli madaniyat, akademik halollik kabi
qadriyatlarni mustahkamlash orqali masofaviy ta’lim sifatini oshirish mumkin.

5. Boshqaruv uslubi (Style)

Raqamli ta’limda yetakchilik uslubi an’anaviy ta’limdan farq qiladi. Boshqaruvchilarning

ochiqligi, innovatsiyalarga tayyorligi, hamkorlikka asoslangan boshqaruv madaniyati masofaviy

ta’limda alohida o‘rin tutadi.

6. Xodimlar (Staff)

Masofaviy ta’limni samarali yuritish uchun malakali o‘qituvchilar va texnik xodimlar

zarur. Ularning raqamli savodxonligi, yangi platformalarni o‘zlashtirish ko‘nikmasi, darsni

interaktiv olib borish malakasi rivojlantirilishi kerak.

7. Ko‘nikmalar (Skills)

Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida texnologiyalardan foydalanish, muammolarni

yechish, tanqidiy fikrlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish zarur. Bu masofaviy
ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omildir.

7S modeli, amerikalik olimlar T. Piters va R. Uoterman tomonidan ishlab chiqilgan

bo‘lib, u tashkilot faoliyatining 7 ta o‘zaro bog‘liq elementlari (Strategiya, Tuzilma, Tizimlar,

Umumiy qadriyatlar, Boshqaruv uslubi, Kadrlar, Ko‘nikmalar) asosida yaxlit va uyg‘un
rivojlanishini ta’minlaydi. Bu model dastlab biznes va korporativ menejment uchun ishlab
chiqilgan bo‘lsa

-

da, keyinchalik uni ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, notijorat tashkilotlar

boshqaruvi kabi boshqa sohalarda ham muvaffaqiyatli qo‘llash imkoniyati aniqlangan.

Maqolaning asosiy maqsadi

O‘zbekistonda masofaviy ta’lim samaradorligini

oshirishda 7S modelining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash, hamda har bir tarkibiy

komponentning masofaviy ta’limdagi rolini tahlil qilishdan iboratdir. Shuningdek, maqolada 7S
modelining ta’lim menejmentiga integratsiyasi orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar va
muammolar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston ta’lim tizimida 7S modelining rivojlanishi uchun tavsiyalar

1. Strategiya (Strategy)

Uzoq muddatli strategik rejalashtirishni joriy etish

Ta’lim muassasalari uchun raqamli transformatsiya, sifatli kadrlar tayyorlash va xalqaro

standartlarga moslash maqsadlarini o‘z ichiga olgan strategiyalar ishlab chiqilishi zarur.

Strategiya davlat ta’lim siyosati bilan uyg‘unlashgan holda, har bir ta’lim bosqichiga mos

tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.

Har bir ta’lim muassasasi o‘zining alohida strategik rivojlanish dasturiga ega bo‘lishi

kerak.

2. Tuzilma (Structure)

Moslashuvchan tashkiliy tuzilmani shakllantirish


background image

455

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Ta’lim muassasalari ichki strukturasini zamon talablari asosida moslashuvchan,

innovatsion va texnologik jihatdan yaroqli holga keltirish lozim.

Har bir muassasada masofaviy ta’lim markazi, raqamli texnologiyalar bo‘limi, sifatni

monitoring qilish bo‘limi kabi zamonaviy bo‘linmalarni joriy etish kerak.

Vertikal (yuqoridan pastga) va gorizontal (o‘zaro hamkorlikdagi) boshqaruv tizimlari

o‘rtasida balans saqlanishi zarur.

3. Tizimlar (Systems)

Samarali ta’lim tizimlarini yaratish

Learning Management System (LMS), elektron jurnal, test sinov tizimi, virtual

laboratoriyalar kabi raqamli vositalar joriy etilishi va uzluksiz takomillashtirilishi kerak.

Ta’limda data

-

analitika va sun’iy intellektga asoslangan baholash tizimlarini joriy qilish

zarur.

Ichki audit va sifat monitoringi tizimlari samaradorlikni baholash vositasiga aylanishi

lozim.

4. Umumiy qadriyatlar (Shared Values)

Yagona ta’lim madaniyatini shakllantirish

Barcha ta’lim muassasalari va xodimlari o‘rtasida yagona qadriyat —

"sifatli, adolatli va

raqamlashtirilgan ta’lim" g‘oyasi asos qilib olinishi kerak.

O‘qituvchilar, talabalar va ma’muriyat o‘rtasida o‘zaro hurmat, ochiqlik, halollik va

shaffoflik qadriyatlarini mustahkamlash kerak.

Milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy ta’lim falsafasi targ‘ib qilinishi lozim.

5. Boshqaruv uslubi (Style)

Liderlik va innovatsion boshqaruvni rivojlantirish

Ta’lim rahbarlari zamonaviy transformatsion liderlik, ishtirokchilik asosidagi boshqaruv

uslublarini qo‘llashi lozim.

O‘qituvchilar va rahbarlar uchun menejment va liderlik bo‘yicha uzluksiz malaka

oshirish kurslari tashkil etilishi zarur.

Ta’limdagi innovatsiyalarni ilgari suradigan, ilhomlantiruvchi yetakchilarni qo‘llab

-

quvvatlash tizimi yaratilishi kerak.

6. Xodimlar (Staff)

Malakali va raqamli savodli kadrlarni shakllantirish

O‘qituvchilarning zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun pedagogik,

texnologik va raqamli kompetensiya markazlari ochilishi zarur.

Ta’lim muassasalari kadrlar siyosatida merosxo‘rlik (talent pipeline) va mentorlik

tizimlari joriy etilishi mumkin.

Raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi, ko‘p tilli va global fikr yurituvchi pedagog

kadrlarni tayyorlash ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak.

7. Ko‘nikmalar (Skills) –

XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish

Talabalar va o‘qituvchilarda kritik fikrlash, kreativlik, raqamli savodxonlik, muloqot va

hamkorlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga e’tibor qaratish zarur.

O‘quv dasturlariga “soft skills” va “digital skills” bo‘yicha alohida modullar kiritilishi

kerak.

Real hayotga yaqin, loyihaviy ta’lim (project

-based learning), STEAM, gamifikatsiya

usullari keng joriy etilishi maqsadga muvofiq.

Xulosa

O‘zbekistonda masofaviy ta’limni takomillashtirishda 7S modeli samarali boshqaruv

vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu model asosida ta’lim tizimini chuqur tahlil qilish,
mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish mumkin.


background image

456

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shunday ekan, masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish uchun 7S modeliga asoslangan

tizimli yondashuv keng tatbiq etilishi zarur. Mamlakatimiz ta’lim tizimida 7S modelini keng
miqyosda tatbiq etish uchun u markazlashgan siyosiy qo‘llab

-quvvatlash, institutsional

tayyorgarlik, va amaliy mexanizmlar bilan mustahkamlanishi lozim. Har bir ta’lim muassasasi
ushbu model bo‘yicha o‘zining tahliliy xaritasini tuzishi va ichki rivojlanish rejalarini shu asosda
shakllantirishi foydali bo‘ladi.

REFERENCES

1.

McKinsey & Company. 7-S Framework.

McKinsey Quarterly, 1980.

2.

Peters T., Waterman R. In Search of Excellence: Lessons from America’s Best

-Run

Companies.

New York: Harper & Row, 1982.

3.

UNESCO. Distance learning strategies during COVID-19 school closures.

2020.

4.

OECD. The State of Education and Digital Learning in the COVID Era.

Paris: OECD

Publishing, 2021.

5.

Karimov, A.X. Masofaviy ta’limda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. // Ta’lim va
Innovatsiya, 2021, №2. —

B. 45

49.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ

-4884-

son qarori. “Raqamli ta’lim

texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish to‘g‘risida”.

2020 yil 6-noyabr.

7.

Alimov, B.A., & Xudoyberganova, D.X. Raqamli ta’lim platformalari: imkoniyatlar va
muammolar. // Oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy

-

amaliy jurnal, 2022, №3.

- B. 20

26.

8.

Maslova, T.S. Menedjment nazariyasi.

Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019.

9.

Tohirov, S.M. Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar. —

Samarqand:

“Ilm Ziyo”, 2020.

10.

G‘ulomov, I.U. Masofaviy ta’limni tashkil etishda pedagogik va texnologik asoslar. —

Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.


References

McKinsey & Company. 7-S Framework. — McKinsey Quarterly, 1980.

Peters T., Waterman R. In Search of Excellence: Lessons from America’s Best-Run Companies. — New York: Harper & Row, 1982.

UNESCO. Distance learning strategies during COVID-19 school closures. — 2020.

OECD. The State of Education and Digital Learning in the COVID Era. — Paris: OECD Publishing, 2021.

Karimov, A.X. Masofaviy ta’limda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. // Ta’lim va Innovatsiya, 2021, №2. — B. 45–49.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-son qarori. “Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish to‘g‘risida”. — 2020 yil 6-noyabr.

Alimov, B.A., & Xudoyberganova, D.X. Raqamli ta’lim platformalari: imkoniyatlar va muammolar. // Oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-amaliy jurnal, 2022, №3. - B. 20–26.

Maslova, T.S. Menedjment nazariyasi. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019.

Tohirov, S.M. Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar. — Samarqand: “Ilm Ziyo”, 2020.

G‘ulomov, I.U. Masofaviy ta’limni tashkil etishda pedagogik va texnologik asoslar. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.