Authors

  • Nodir Muxtorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.104415

Keywords:

sun’iy intellekt xalqaro xususiy huquq transchegaraviy nizo etik tamoyillar model qonun O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquqda sun’iy intellekt ishtirokida yuzaga kelayotgan transchegaraviy nizolarni tartibga solishda etik tamoyillarga asoslangan model qonunlarning huquqiy ahamiyati yoritiladi. Tahlil davomida shartnomaviy munosabatlar, javobgarlik masalalari, intellektual mulk huquqlari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga doir nizolar misollar orqali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan SI etikasi bo‘yicha model qonun tashabbusining xalqaro huquqiy ahamiyati va milliy qonunchilikdagi rivojlanish tendensiyalari ham yoritiladi.

background image

457

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA SUN’IY INTELLEKT ISHTIROKIDA YUZAGA

KELADIGAN NIZOLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHDA SUN’IY

INTELLEKTDAN FOYDALANISH ETIKASI BO‘YICHA MODEL QONUN ISHLAB

CHIQISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Muxtorov Nodir Komil o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistr talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15661214

Annotatsiya

. Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquqda sun’iy intellekt ishtirokida

yuzaga kelayotgan transchegaraviy nizolarni tartibga solishda etik tamoyillarga asoslangan
model qonunlarning huquqiy ahamiyati yoritiladi. Tahlil davomida shartnomaviy munosabatlar,

javobgarlik masalalari, intellektual mulk huquqlari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga
doir nizolar misollar orqali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan
SI etikasi bo‘yicha model qonun tashabbusining xalqaro huquqiy ahamiyati va milliy

qonunchilikdagi rivojlanish tendensiyalari ham yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, xalqaro xususiy huquq, transchegaraviy nizo, etik

tamoyillar, model qonun, O‘zbekiston.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DEVELOPING A MODEL LAW ON THE

ETHICS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE USE IN REGULATING AI-RELATED

DISPUTES IN PRIVATE INTERNATIONAL LAW

Annotation.

This article explores the significance of developing a model law based on

ethical principles to regulate cross-border disputes involving artificial intelligence within the
framework of private international law. The analysis highlights disputes arising from
contractual relations, liability, intellectual property rights, and personal data protection.

Furthermore, it emphasizes Uzbekistan’s initiative to propose a model AI ethics law and its

relevance both globally and within national legislative reforms.

Keywords:

artificial intelligence, private international law, cross-border dispute, ethical

principles, model law, Uzbekistan.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ РАЗРАБОТКИ МОДЕЛЬНОГО ЗАКОНА ОБ ЭТИКЕ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРАВОВОМ

РЕГУЛИРОВАНИИ СПОРОВ С УЧАСТИЕМ ИИ В МЕЖДУНАРОДНОМ

ЧАСТНОМ ПРАВЕ

Аннотация

. Данная статья посвящена освещению правового значения модельных

законов, основанных на этических принципах, в регулировании трансграничных споров с
участием искусственного интеллекта в международном частном праве. В ходе анализа
рассматриваются споры, возникающие в связи с договорными отношениями, вопросами
ответственности, правами интеллектуальной собственности и защитой персональных
данных, на основе конкретных примеров. Также освещается международно

-

правовое

значение инициативы Республики Узбекистан по разработке модельного закона об этике
ИИ, а также тенденции развития национального законодательства в данной сфере.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, международное частное право,

трансграничный спор, этические принципы, модельный закон, Узбекистан.


KIRISH

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularn

ing iqtisodiy, ijtimoiy

hamda huquqiy munosabatlarga tobora chuqurroq kirib borayotgani zamonaviy yuridik


background image

458

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

amaliyotga kun tartibiga yangi savollarni qo

ymoqda. Ayniqsa, SI ishtirokida yuzaga kelayotgan

transchegaraviy huquqiy nizolar xalqaro xususiy huquq doirasida yechim izlashni talab etmoqda.

Bunday nizolar, odatda, shartnomaviy munosabatlar, javobgarlik, intellektual mulk

huquqlari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Shu bois, xalqaro

xususiy huquqda SI ishtirokidagi nizolarni tartibga solish masalasi faqat texnik emas, balki
normativ va axloqiy yondashuvlarni ham talab etmoqda. Ushbu murakkabliklarni hal qilishda
barcha uchun umummanfaatli, global miqyosda tan olingan etik tamoyillar asosidagi model
qonunlar ishlab chiqish kun tartibidagi dolzarb masala bo

lib qolmoqda.

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA SUN’IY INTELLEKT ISHTIROKIDAGI

NIZOLAR VA ULARNING HUQUQIY XUSUSIYATLARI

Xalqaro xususiy huquqda sun’iy intellekt bilan bog‘liq nizolar turli sohalarda

kuzatilmoqda. Misol uchun, AQShda joylashgan kompaniyaning SI yordamida ishlab chiqilgan

avtomatlashtirilgan tibbiy tashxis tizimi Germaniyada foydalanilgan va noto‘g‘ri tashxis sabab
bemorga zarar yetgan holatda, qaysi davlat qonunchiligi qo‘llanilishi va qaysi yurisdiksiya
mas’ul bo‘lishi haqida bahs yuzaga keladi. Yoki AQShda joylashgan “Clearview AI” yuzni

aniqlash texnologiyasi ishlab chiquvchi kompaniya Fransiyada foydalanuvchilarning shaxsiy

fotosuratlarini ruxsatsiz yig‘ib, GDPR

(umumiy ma’lumotlarni himoya qoidalari)

qoidalarini

buzgani uchun CNIL

(Fransiya ma’lumotlarni himoya qilish agentligi)

tomonidan 20 million

yevro jarimaga tortilgan

1

.

Bundan tashqari, xalqaro e-commerce maydonida ham SI ishtirokidagi nizolar

ko‘paymoqda. Masalan, “Booking.com” va “Expedia” kabi onlayn platformalarning algoritmlari
foydalanuvchilarga narxlarni avtomatik aniqlashda noto‘g‘ri ma’lumot bergani sababli
iste’molchilar manfaatiga zid holatlar yuzaga kelgan. Bunday nizolar odatda iste’molchi
huquqlari, shartnomaviy shartlarning o‘zgarishi va algoritmik diskriminatsiya masalalarini o‘z

ichiga oladi

2

.

Sug‘urta sohasida esa, AQShning Kaliforniya shtatida “Lemonade Insurance”

kompaniyasining sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan da’volarni ko‘rib chiqish tizimi
tomonidan noto‘g‘ri rad javoblari berilgani uchun iste’molchilar da’vo bilan sudga murojaat

qilgan

3

.

Intellektual mulk sohasida esa, “Getty Images” kompaniyasining “OpenAI” va “Stability

AI” kompaniyalariga qarshi da’vosi SI tomonidan o‘rgatilgan tasvirlar mualliflik huquqlarini
buzdi, degan asosda ko‘rib chiqilmoqda

4

.

Xalqaro savdoda esa “B2C2 Ltd

(Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan va kripto

-valyuta

bozorida likvidlik provayderi sifatida faoliyat yurituvchi kompaniya)

va Quoine Pte

Ltd

(Singapurda joylashgan va o‘zining kripto

-valyuta almashuv platformasi orqali savdo

xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya)

ishida Singapur sudi smart-kontraktlar va SI orqali amalga

oshirilgan transchegaraviy kripto-

savdo bitimlarini haqiqiy deb e’tirof etdi.

1

The French SA fines Clearview AI EUR 20 million: https://www.edpb.europa.eu/news/national-

news/2022/french-sa-fines-clearview-ai-eur-20-million_en

2

Five key takeaways from Canadian court’s dismissal of Expedia class action dismissal:

https://globalcompetitionreview.com/hub/class-actions-hub/2022/article/five-key-takeaways-canadian-courts-
dismissal-of-expedia-class-action-dismissal

3

Insurance Unicorn Lemonade Backtracks Comments About Its AI After Accusations Of Discrimination:

https://www.forbes.com/sites/carlieporterfield/2021/05/26/insurance-unicorn-lemonade-backtracks-comments-
about-its-ai-after-accusations-of-discrimination/

4

Getty Images and others -v- Stability AI: https://www.judiciary.uk/judgments/getty-images-and-others-v-

stability-ai/


background image

459

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Sud, sun’iy intellekt yordamida tuzilgan kontraktlar an’anaviy fuqarolik

-huquqiy

majburiyatlar bilan tenglashtirilishini ta’kidladi”

5

.

Bunday misollar SI texnologiyalarining xalqaro xususiy huquq doirasidagi murakkab va

ko‘p qirrali muammolarga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Bunday nizolar huquqiy noaniqliklar, kollizion normalar va yurisdiksiya masalalarining

ochiqligi sababli yanada murakkablashmoqda. Ayniqsa, SI tomonidan mustaqil tarzda qabul
qilingan qarorlar ortidan kelib chiqadigan javobgarlikni aniqlash xalqaro huquqiy tartibda keng

muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan, sun’iy intellektdan foydalanish etikasi, u bilan
bog‘liq huquqiy tamoyillar va javobgarlik doiralarini belgilovchi model qonunlar ehtiyoji ortib

bormoqda.

SUN’IY INTELLEKT ETIKASI BO‘YICHA MODEL QONUNNING HUQUQIY

AHAMIYATI

Model qonunlar

bu muayyan huquqiy munosabatlarni tartibga solishga doir xalqaro

tajriba asosida ishlab chiqiladigan va davlatlarga tavsiya etiladigan hujjatlardir. Xalqaro xususiy

huquqda SI bilan bog‘liq nizolarni hal etishda model qonunlar etik tamoyillarni aniq belgilab
berishi, SI tizimlarining qaror qabul qilish jarayonida inson huquqlari, sha’ni va axloqiy
mezonlar e’tiborga olinishini ta’minlashi mumkin. BMT, YUNESKO va Yevropa Ittifoqi
doirasida ishlab chiqilgan SI etikasi bo‘yicha tavsiyalar ushbu model qonunlar uchun asos bo‘lib

xizmat qilishi mumkin.

Yaqinda 5-9 aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley

Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab sun’iy
intellektdan foydalanish etikasi bo‘yicha model qonun ishlab chiqishni taklif qildi

6

. Ushbu

tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy qarshi olindi va zamonaviy yondashuv sifatida

baholandi. Prezident nutqida bu huquqiy model barcha davlatlar uchun namuna bo‘lishi va eng
muhimi, sun’iy intellektdan foydalanish sohasini samarali tartibga solishi qayd etildi.

O‘ZBEKISTONDA SUN’IY INTELLEKT BO‘YICHA QONUNCHILIK

TASHABBUSLARI

O

zbekistonda ham so

ngi yillarda SI sohasida jadal rivojlanayotgan global

tendensiyalarni hisobga olib, mazkur yo

nalishda ham izchil siyosat olib borilmoqda. Xususan,

2020-yil 5-oktabrda O

zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoni bilan

Raqamli O

zbekiston

2030”

strategiyasi tasdiqlanib, raqamli texnologiyalarni, jumladan

sun

iy intellektni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va sud-huquq tizimiga joriy etish

ustuvor vazifa sifatida belgilandi

7

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 17-

fevraldagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-4996-

son qarori qabul qilinib, unda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun

5

Singapore court’s cryptocurrency decision: Implications for cryptocurrency trading, smart contracts and AI:

https://www.nortonrosefulbright.com/en-us/knowledge/publications/6a118f69/singapore-courts-cryptocurrency-
decision-implications-for-trading-smart-contracts-and-ai

6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning 150

-Assambleyasidagi

nutqi: https://president.uz/oz/lists/view/8034

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 5-

oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasini

tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risidagi PF

-6079-

son Farmoni // O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.


background image

460

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

zarur tashkiliy va texnik shart-

sharoitlar yaratish bo‘yicha chora

-tadbirlar belgilandi

8

.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 31-

iyuldagi “Raqamli

texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy

-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida” gi VM

-475-

son qarori qabul qilinib, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni

rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

9

. Mazkur institutning asosiy vazifasi sifatida SI

sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, kadrlar tayyorlash va innovatsion loyihalarni amalga
oshirish belgilandi.

Bundan tashqari, 2021-yil 26-

avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora

-tadbirlari

to‘g‘risida” PQ

-5234-son qarori qabul qilindi

10

. Bu orqali SI texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha

maxsus huquqiy rejim joriy qilindi. Unga muvofiq, eksperiment sifatida ayrim sohalarda sinov

loyihalar yo‘lga qo‘yildi. Shu qaror asosida, 2021

-yil 29-noyabrda Vazirlar Mahkamasining

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab

-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning

faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi VM

-717-son qarori bilan nizom tasdiqlandi

11

.

Eng muhim bosqichlardan biri sifatida, 2024-yil 14-

oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentning PQ-358-

son qarori bilan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030

-yilga qadar

rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi

12

.

Davlat rahbarining Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasida ilgari surgan

tashabbusini amalga oshirish uchun 2025-

yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis

Qonunchilik palatasining

navbatdagi majlisida SI bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi

birinchi muhim va konseptual qonun loyihasi muhokama qilindi va birinchi o‘qishda qabul

qilindi

13

.

Loyihada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari inson,

uning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni, qadr

-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini

buzmasligiga oid talabni kiritish ko‘zda tutilyotgani ma’lum qilindi.

Ushbu qonun loyihasi nafaqat SI bo‘yicha ichki huquqiy makonni mustahkamlashga,

balki O‘zbekistonda SI etikasi yuzasidan kelib chiqadigan nizolarga yechim topishda boshqa

davlatlar bilan standartlashgan Normativ-

huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

XULOSA

Xalqaro xususiy huquqda sun’iy intellekt ishtirokida yuzaga keladigan nizolarni huquqiy

tartibga solish bugungi kunda nafaqat yuridik mexanizmlarni takomillashtirishni, balki xalqaro

miqyosda muvofiqlashtirilgan etik me’yorlarga asoslangan yondashuvlarni talab qilmoqda.

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 17-

fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy

etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ

-4996-

son qarori // O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

9

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 31-

iyuldagi “Raqamli texnologiyalar va sun’iy

intellektni rivojlantirish ilmiy-

tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi VM

-475-son qarori //

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 26-

avgustidagi Prezidentining “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida” PQ

-5234-son qarori //

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 29-

noyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini

qo‘llab

-

quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi VM

-

717-

son qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024

-yil 14-

oktyabrdagi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030

-yilga

qadar rivojlantirish strategiyasi” PQ

-358-

son qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi, www.lex.uz.

13

Aholi huquq va erkinliklari kafolatlari yanada kuchaytiriladi // URL: https://parliament.gov.uz/news/aholi-huquq-

va-erkinliklari-kafolatlari-yanada-kuchaytiriladi


background image

461

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Ayniqsa, SI tomonidan avtonom qabul qilingan qarorlar, shaxsiy ma’lumotlarni qayta

ishlashdagi xavflar, shartnomalarning bajarilmasligi yoki javobgarlik subyektining
aniqlanmasligi kabi masalalar transchegaraviy nizolarda tez-tez uchrab turibdi. Bunday

murakkab huquqiy vaziyatlarda, sun’iy intellektdan foydalanish etikasi bo‘yicha xalqaro

miqyosda qabul qilinadigan model qonunning mavjudligi nizolarni barqaror va adolatli

yechishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu jihatdan, O‘zbekiston tomonidan

ilgari surilgan tashabbus -

SI etikasi bo‘yicha model qonun ishlab chiqish taklifi

- dolzarb global

ehtiyojlarga javob beruvchi, kelajakdagi xalqaro-huquqiy standartlar asosini belgilovchi strategik

qadam sifatida e’tirof etilmoqda. Bu bilan birga, milliy qonunchilikda olib borilayotgan
islohotlar ham ushbu tashabbusni amaliy jihatdan mustahkamlab, O‘zbekistonni SI huquqiy

tartiboti borasida mintaqaviy yetakchiga aylantirish imkonini beradi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning

150-Assambleyasidagi nutqi: https://president.uz/

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 5-

oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora

-tadbirlari

to‘g‘risidagi PF

-6079-son Farmoni: https://www.lex.uz/

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 17-

fevraldagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ

-4996-son qarori: https://www.lex.uz/

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 31-

iyuldagi “Raqamli

texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy

-tadqiqot instituti faoliyatini

tashkil etish to‘g‘risida” gi VM

-475-son qarori: https://www.lex.uz/

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 26-

avgustidagi Prezidentining “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora

-tadbirlari

to‘g‘risida” PQ

-5234-son qarori: https://www.lex.uz/

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 29-

noyabrdagi “Sun’iy

intellekt texnologiyalarini qo‘llab

-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning

faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi VM

-717-son qarori: https://www.lex.uz/

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024

-yil 14-

oktyabrdagi Sun’iy intellekt

texnologiyalarini 2030-

yilga qadar rivojlantirish strategiyasi” PQ

-358-son qarori:

https://www.lex.uz/

8.

Aholi huquq va erkinliklari kafolatlari yanada kuchaytirilad: https://parliament.gov.uz/

9.

The French SA fines Clearview AI EUR 20 million: https://www.edpb.europa.eu/

10.

Five key takeaways from Canadian court’s dismissal of Expedia class action dismissal:

https://globalcompetitionreview.com/

11.

Insurance Unicorn Lemonade Backtracks Comments About Its AI After Accusations Of

Discrimination: https://www.forbes.com/

12.

Getty Images and others -v- Stability AI: https://www.judiciary.uk/

13.

Singapore court’s cryptocurrency decision: Implications for cryptocurrency trading, smart

contracts and AI: https://www.nortonrosefulbright.com

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi: https://president.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni: https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori: https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi VM-475-son qarori: https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustidagi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5234-son qarori: https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi VM-717-son qarori: https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 14-oktyabrdagi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi” PQ-358-son qarori: https://www.lex.uz/

Aholi huquq va erkinliklari kafolatlari yanada kuchaytirilad: https://parliament.gov.uz/

The French SA fines Clearview AI EUR 20 million: https://www.edpb.europa.eu/

Five key takeaways from Canadian court’s dismissal of Expedia class action dismissal: https://globalcompetitionreview.com/

Insurance Unicorn Lemonade Backtracks Comments About Its AI After Accusations Of Discrimination: https://www.forbes.com/

Getty Images and others -v- Stability AI: https://www.judiciary.uk/

Singapore court’s cryptocurrency decision: Implications for cryptocurrency trading, smart contracts and AI: https://www.nortonrosefulbright.com