510
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
YANGI O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNING NAMOYON BO‘LISH
SOHALARI
Nurmatova Iroda Akramdjanovna
Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi, f.f.b.f.d (Phd).
Sharipova Kamola Usmonjonovna
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi.
+99891-670-11-19
https://doi.org/10.5281/zenodo.15661702
Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda
O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida bardavom ildamlab bormoqda. Mamlakatimiz hayotidagi
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan sa’y
-harakatlarni har tomonlama
qo‘llab
-
quvvatlash va rivojlantirish jarayonlari jamiyatimizda gender tengligini ta’minlash
masalalari bilan hamohang kechmoqda. Xotin-qizlarning oilada, jamiyatda, qolaversa, davlat
boshqaruvidagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy
munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash borasida salmoqli
yutuqlarga erishildi. Inson huquqlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan siyosat, eng avvallo
yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 19 va 54-
moddalarida o‘z ifodasini topdi
, barcha
kodekslarda va qonunlarda jinslar tengligiga va uni ta’minlashga alohida urg‘u berildi. Jumladan,
Prezidentning xotin-
qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni
zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini
kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilinganligi halqaro hamjamiyat tomonidan
yuqori baholandi.
Mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda
xotinqizlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada
takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida “Xotin
-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Xotin
-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
. Ushbu qonun mamlakatimizda
gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ilk bor milliy
qonunchiligimizda “gender” tushunchasiga ta’rif berilgan. Qonunda xotin
-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari, ushbu sohada davlat boshqaruvi mexanizmlari belgilandi.
Xususan, xotin-
qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston
Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etildi.
Vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyati
yo‘lga qo‘yildi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda xotin
-qizlar hamda erkaklar uchun teng
huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan “2020
-
2030 yillarda O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi
. Ularda xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy
prinsiplari sifatida qonuniylik, demokratizm, jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik,
ochiqlik, shaffoflik belgilab berilgan.
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
2
Ўзбекистон Республикасининг “Хотин
-
қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тўғрисида”ги ЎРҚ
-
561-
сон 02.09.2019 қонуни
3
https://yuz.uz/news/ Гендер тенгликка эришиш стратегияси миллий ва умуминсоний қадриятларга
асосланади.
511
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Jinslar o‘rtasidagi farqlarning tashkil topishi ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq
ekan, bu individ tomonidan jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritish imkonini
beruvchi bilim, me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonlarni vujudga keltiradi.
Ijtimoiylashtirishning asosiy institutlari sirasiga oila, maktab, tengdoshlar guruhi,
atrofdagilar, jumladan qo‘shnichilik munosabatlari, ota
-
ona, do‘stlar va boshqalar kiradi.
Umuman olganda, tegishli madaniy-
me’yoriy andozalarni o‘zlashtirish, qabul qilish va
ifodalash jarayoni sodir bo‘ladigan muhitdir.
Ijtimoiylashuv jarayonlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar borki, ular aynan
sodir bo‘layotgan jarayonlarni qay yo‘sinda borishi va istiqboldagi rejalarini belgilab beradi.
Bular: mintaqa aholisiga xos xarakter-
xususiyatlar bo‘lib, tarixan shakllangan etnik
qadriyatlar, an’analar hamda din omili ta’sirida vujudga keladi. Yer yuzidagi har bir mintaqada
ushbu xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular bir
-
birini takrorlamaydi. Xususan, Yevropa qit’asi
aholisining dunyoqarashi, mintaliteti sharq mamlakatlaridan tubdan farq qiladi. Bu kabi farqlar
mintaqalar kesimida yanada xilma xillikni kasb etadi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi
mamlakatlarida sodir bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonlari mintaqa aholisi xususiyatlari, tarixiy
jarayonlarni qay tarzda sodir bo‘lganligini o‘zida aks etib turadi. Mintaqaga xos omillar sirasiga:
an’anaviylik, qadriyatlarga sodiqlik, sharqona mintalitet, oila, nikoh, oilaviy munosabatlarni
boshqaruvda ustunlik qiluvchi erkakning roli, unga jamiyatdagi asosiy qatlam sifatida qarash
kabi xususiyatlar kiradi. Ushbu munosabatlarni yanada sayqallanib, hozirgi qiyofasi
shakllangunga qadar sodir bo‘lgan jarayonlar, bosqinlar, mustamlakachilik tuzimini ta’siri
mavjud. Sovet ittifoqi parchalangach, ungacha shakllanib bo‘lgan ijtimoiy tuzum, hayot tarzida
katta burilish sodir bo‘ldi. Jamiyat ijtimoiy hayotida bir qancha muammolar vujudga keldi.
Xotin-
qizlar masalasi hamda ularning jamiyatda tutgan o‘rni bir qancha munozaralarga
sabab bo‘ldi. Xususan, muammolar quydagi sohalarda yaqqol namoyon bo‘ldi:
- Siyosiy huquqlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari;
-
Alohida shaxs sifatida va oila a’zosi sifatidagi ayollarning yuridik huquqlari;
- Xotin-
qizlarning ta’lim olish va o‘qitishning turli shakllaridan, jumladan kasbhunar
ta’limidan foydalanishlari;
- Mehnat faoliyatlari.
Mintaqa xalqlari xususan, O‘zbekiston hukumatiga ham tegishli ushbu masalalar davlat
siyosatining keyingi yo‘nalishini belgilashda asosiy omil bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan so‘ng Respublikada qisqa davr ichida juda ko‘p sifat o‘zgarishlari
sodir bo‘ldiki, bular iqtisodda, ijtimoiy jarayonlarda va ayniqsa, xotin
-qizlarning jamiyat va
oiladagi mavqeyida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekistondagi yangi siyosiy tizimda shaxs va
davlatning o‘zaro munosabatlariga ustuvorlik berilib, ular bir
-biri bilan huquq va majburiyatlar
vositasida chambarchas bog‘liq.
Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy munosabatlarni mutanosiblashtirshning asosiy mexanizmi
budemokratiya, O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan barcha aholining huquqlarini
kafolatlariga qaratilgan
Mamlakatda inson huquqlari jamiyatni demokratlashtirish muammolari ilmiy zehn,
xalqning tarixan tarkib topgan an’analari, urf
-
odatlari, ma’naviy qadriyatlarini inobatga olgan
holda hal etildi. Jamiyat fuqarolik-
huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, birinchi navbatda
inson manfaatlari, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga xizmat qilish bosh masala bo‘lib qolishiga
4
Latipova G.Sh. Yangi davrda
O’zbekistonda xotin
-
qizlar rolining rivojlanish bosqichlari. «SCIENTIFIC
PROGRESS». Scientific Journal. Volume: 1, ISSUE: 5. –
Б. 521
-526.
512
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
e’tibor qaratildi. Xususan, 1999
-yil 14-apreldagi 760-I-
sonli “Xotin
-
qizlarga qo‘shimcha
imtiyozlar to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni , 2003 yil 29
-
avgust “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi” Qonunning 22
-moddasi, shuningdek, 1995-yil
2-mart PF-1084-
sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin
-qizlar
rolini oshirish choralari to‘g‘risida” Prezident Farmoni, 2010
-yil 30-sentyabrdagi PF4245-sonli
“O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Xotin
-qizlarning
ijtimoiy
muhofazasini
kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” hamda 2004
- yil 25-may PF-3434-
sonli “O‘zbekiston Xotin
-
qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlash borasidagi qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida” farmonlarida xotin
-
qizlar huquqlarining ta’minlanishi, ularning
jamiyat siyosiy va madaniy qatlamidagi ishtiroki, ayollar huquqlari kamsitilishiga qarshi
ko‘riladigan chora
-
tadbirlar mustaqilligimizning ilk yillaridanoq o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bu
islohotlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning
jamiyatdagi mavqeini oshirish, oilani mustahkamlash borasida bir qator muhim qarorlar: 2018
yil 2-fevral PF-5325-
son “Xotin
-
qizlarni qo‘llab
-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”, 2004
- yil 25-may
PF3434-
sonli “O‘zbekiston Xotin
-
qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab
-quvvatlash borasidagi
qo‘shimcha chora
-
tadbirlat to‘g‘risida”gi Farmon va boshqa normativ
-huquqiy hujjatlar qabul
qilinganligi bilan diqqatga sazovordir.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirokini ta’minlash, xotin qizlarni ijtimoiyiqtisodiy
jihatdan qo‘llab
-
quvvatlash, shunindek, xotinqizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga
qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilidi, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019 yillari
qabul qilingan “Xotin
-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi va “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari xotin
-
qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini
mustahkamlashga doir muhim qadam sifatida jamoatchilik tomonidan qizg‘in ma’qullandi.
Ularda “gender” tushunchasiga ilk bor tarif berish bilan birga xotin qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi
Bugungi kunda mamlakatimizda bu borada tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, 2030 yilga qadar mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka
erishish Strategiyasining qabul qilinishi bu boradagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi
. Mazkur
tarixiy hujjatda gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari qatorida qonuniylik,
demokratiya, ochiqlik va oshkoralik prinsiplari belgilangan. 2030 yilgacha gender tenglikka
erishish strategiyasi 9 ta maqsadni qamrab oladi. Bular:
- ijtimoiy-siyosiy hayotda erkak va ayollarning ishtirok etishida teng imkoniyatlar va
huquqlarni yaratish;
- ayol va erkaklarning iqtisodiyot, bandlik va mehnat migrantlari huquqlarini himoya
qilishda genler tengligini ta’minlash;
5
“Хотин
-
қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар кафолатлари тўғрисида”ги (ЎРҚ
-562-
сон)
ва “Хотин қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тўғрисида”ги (ЎРҚ
-561-
сон) Ўзбекистон
Республикасининг Қонунлари. 02.09. 2019 й.
6
“2030 йилга қадар Ўзбекистон Республикасида гендер тенгликка эришиш стратегиясини тасдиқлаш
тўғрисида”ги Ўўзбекистон Ресбуликаси Олий Мажлиси Сенатининг қарори, 28.05.2021 й., СҚ
-297-IV-
сон.
513
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
-
bugungi hayot davomida barcha uchun adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash;
- barcha
xotin-
qizlar uchun gender tengligini ta’minlash, zo‘ravonlikdan himoyalash, odam savosiga chek
qo‘yish;
-
barcha erkak va ayollar uchun ijtimoiy himoya, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash;
- milliy gender statistikasini rivojlantirish;
- rejalashtirish va byudjetlashtirishda gender masalasini inobatga olish;
-
OAVda gender muammolarining keng yoritilishini ta’minlash;
-
barcha uchun xavfsiz ekologik muhitni ta’minlash masalalariga xotin
-qizlarni jalb
qilish
Gender siyosatining dolzarb masalalari sirasiga quyidagilar kiradi:
jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot,
huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm
-fan munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar
bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab
-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik
qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash;
siyosiy partiyalarning saylov jarayonlariga xotin-qizlar va erkaklarni teng asosda jalb
qilish va xotin-qizlarni tayinlanadigan rahbarlik lavozimlariga tavsiya qilishga oid faoliyatini
rag‘batlantirish;
siyosiy lider ayollarni tayyorlash tizimini shakllantirish;
davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
ta’minlash;
davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga tanlovlar asosida tayinlash mexanizmlarini
joriy qilish orqali xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib
borish, amaldagi 27% ni 50% gacha ko‘tarish;
jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega
bo‘lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotinqizlarning ishtirokini
kuchaytirish;
ta’lim, ilm
-
fan hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin
-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, xotin
-qizlar va
erkaklarni butun umr davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy
himoyaga muhtoj xotin-
qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlarning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini
kengaytirishga qaratilgan tarmoq gender strategiyalari va harakatlar dasturlari ishlab chiqilishini
qo‘llab
-quvvatlash;
mamlakatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-
qizlarning kredit olishga bo‘lgan
imkoniyatlarini kengaytirish;
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda;
xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
7
Журабоев Н.Ю., Ҳасанов М.Н. Янги Ўзбекистонда ижтимоий
-
иқтисодий соҳа ривожи: ислоҳот ва
истиқбол. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6),
2022.
–
Б. 1274
-1283.
514
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini
oshirish, biror-
bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish;
erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlarning yuzaga
kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda
fundamental tadqiqotlarni qo‘llab
-quvvatlash;
gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va byudjetlashtirish;
ochiq va shaffof byudjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar
o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish, xotin
-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlari
ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish;
xotin-
qizlar va erkaklarga mo‘ljallangan resurslar hamda xizmatlarni taqsimlash bo‘yicha
oldindan aniqlangan maqsadlarga ko‘ra davlat mablag‘laridan samaraliroq foydalanishni
rag‘batlantirish
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-
iqtisodiy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi o‘rnini yanada yuqori darajaga
ko‘tarish muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Buning uchun xotin
-qizlar va erkaklar teng
huquqligini ta’minlashga doir dolzarb masalalarga oid tegishlar qarorlar qabul qilish zarur
ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan, gender tenglikka erishish Strategiyasiga asosan, uzoq
istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, gender tenglikka erishish bir qator dasturlar
yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy
-iqtisodiy, oilaviy, saylov
huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imokoniyatlarni
ta’minlash, shular jumlasidandir. Shuningdek, Strategiyada gender tenglikni ta’minlash
tadbirlarini hisobga olgan holda, davlat dasturlarini byudjetlashtirish va moliyalashtirish ham
ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yuqori va qo‘yi tizimdagi davlat organlaridagi rahbarlik
lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyoti kenggaytirib boriladi.
Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirishda respublika va hududlar kesimida
genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning monitoringini yuritish maqsadida xotin-qizlar
va erkaklarning nojadvaliy mehnat bozori sektoridagi, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish
holati yuzasidan statistik ma’lumotlarni tizimli yuritishda qonunda ko‘zda tutilgan vakolatli
mansabdor shaxs vazifalarini bajarilishini inobatga olish zarur.
8
Саидова Л.А. Ўзбекистонда гендер тенгликни таъминлашнинг долзарб масалалари. // Оилавий
-
ҳуқуқий
муносабатларда гендер тенглиги: конференция материаллари тўплами. –
Тошкент: «Mahalla va Oila
nashriyoti», 2021. –
Б. 13
-14. (-
212 б.)
