Authors

  • Xiloliddin Mirgulshanbekov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.104471

Keywords:

Markaziy Osiyo huquqiy tartibga solish savdo siyosati iqtisodiy xavfsizlik Jahon savdo tashkiloti (WTO) investitsiya tashqi iqtisodiy faoliyat hamkorlik xalqaro shartnoma.

Abstract

Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini qiyosiy-huquqiy tahlil qiladi. Maqolada iqtisodiy globallashuv jarayonida Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy va xalqaro huquqiy tizimlari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi davlat roli hamda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirish va mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlat siyosatining muhimligini ko‘rsatadi.

background image

519

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING

HUQUQIY ASOSLARI VA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA JARAYONLARI:

QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Mirgulshanbekov Xiloliddin O‘ktamjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti

Mаgistrаturа vа sirtqi tа’lim fаkulteti

“Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi” yo‘nаlishi mаgistrаnti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662030

Annotatsiya.

Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatning

huquqiy asoslari va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini qiyosiy-huquqiy tahlil qiladi.

Maqolada iqtisodiy globallashuv jarayonida Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy va

xalqaro huquqiy tizimlari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi davlat roli hamda

xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari Markaziy
Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirish va mintaqaviy
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlat siyosatining muhimligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyo, huquqiy tartibga solish, savdo siyosati, iqtisodiy

xavfsizlik, Jahon savdo tashkiloti (WTO), investitsiya, tashqi iqtisodiy faoliyat, hamkorlik,
xalqaro shartnoma.

Аннотация.

Данная статья проводит сравнительно

-

правовой анализ правовых

основ внешнеэкономической деятельности и процессов региональной интеграции в
странах Центральной Азии. В статье освещаются национальные и международные
правовые системы стран Центральной Азии в условиях экономической глобализации, роль
государства в регулировании внешнеэкономической деятельности, а также место
сотрудничества с международными экономическими организациями. Результаты
исследования показывают важность государственной политики для правовой
гармонизации внешнеэкономической деятельности стран Центральной Азии и
обеспечения региональной экономической стабильности.

Ключевые слова:

Центральная Азия, правовое регулирование, торговая политика,

экономическая безопасность, Всемирная торговая организация (ВТО), инвестиции,
внешнеэкономическая деятельность, сотрудничество, международный договор.

Abstract.

This article provides a comparative-legal analysis of the legal foundations of

foreign economic activity and regional integration processes in Central Asian countries. The
article highlights the national and international legal systems of Central Asian countries in the
context of economic globalization, the role of the state in regulating foreign economic activity,
and the place of cooperation with international economic organizations. The research results
demonstrate the importance of state policy in legally harmonizing the foreign economic activities
of Central Asian countries and ensuring regional economic stability.

Keywords:

Central Asia, legal regulation, trade policy, economic security, World Trade

Organization (WTO), investment, foreign economic activity, cooperation, international
agreement.

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi davlatlar o‘rtasidagi

savdo-iqtisodiy aloqalarning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Ayniqsa, strategik geografik

joylashuvi, boy tabiiy resurslari va o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadigan Markaziy Osiyo

mintaqasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) milliy taraqqiyot va barqarorlikning asosiy


background image

520

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikka erishganidan keyin bu davlatlar tashqi iqtisodiy

munosabatlarni shakllantirish va tartibga solish yo‘lida o‘ziga xos huquqiy tizimlarni yaratishga

kirishdilar. Shu bilan birga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik, erkin savdo
shartnomalari, investitsion muhitni yaxshilash va mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol

qo‘shilish ham dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga oid huquqiy asoslar

turlicha yondashuvlar asosida shakllanayotgan bo‘lsa

-da, umumiy mintaqaviy manfaatlar ularda

integratsion harakatlarni kuchaytirishga zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi
iqtisodiy qonunchilikni uyg‘unlashtirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash va hududiy

barqarorlikni mustahkamlashni talab etadi.

Mazkur maqola doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni

tartibga soluvchi huquqiy asoslari, bu sohadagi davlat roli va funksiyalari, milliy qonunchilik

tizimlarining o‘zaro qiyosiy

-huquqiy tahlili hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlari atroflicha

tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning huquqiy jihatlari

va bu hamkorlikning milliy qonunchilikka ta’siri ham yoritib beriladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)

bu davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy

sheriklar bilan amalga oshiradigan iqtisodiy munosabatlarining majmui bo‘lib, u savdo,

investitsiya, moliyaviy, ilmiy-

texnikaviy, ishlab chiqarish va boshqa ko‘rinishlardagi

transchegaraviy aloqalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat —

milliy iqtisodiyotning

tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlaydigan vosita bo‘lib, u mamlakatning eksport

salohiyatini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish va xalqaro iqtisodiy tizimda faol
ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Huquqiy nuqtai nazardan, tashqi iqtisodiy faoliyat

bu davlat tomonidan belgilangan

me’yoriy

-huquqiy asoslar doirasida amalga oshiriladigan va xalqaro huquq qoidalari bilan

muvofiqlashtiriladigan faoliyatdir. U ikki bosqichli huquqiy tartibga solishga ega:

Milliy darajada

TIF davlat tomonidan ichki qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bu

qonunchilikka, odatda, tashqi savdo, bojxona, valyuta, investitsiyalar, eksport-import

operatsiyalari, raqobat, intellektual mulk va xalqaro shartnomalar bilan bog‘liq normativ

-

huquqiy hujjatlar kiradi.

Xalqaro darajada

TIF xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, bitimlar hamda xalqaro

iqtisodiy tashkilotlarning qoidalari orqali tartibga solinadi. Bu yerda Jahon savdo tashkiloti
(WTO)

1

, BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD)

2

, Xalqaro valyuta fondi

(IMF)

3

va boshqa xalqaro institutlarning o‘rni muhimdir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tabiati uni boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan

ajratib turadi. Birinchidan, bu faoliyat xalqaro elementga ega bo‘lib, chet el fuqarolari,

kompaniyalari yoki xorijiy davlatlar ishtirokini nazarda tutadi. Ikkinchidan, u davlat suvereniteti

va iqtisodiy xavfsizlik masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tashqi iqtisodiy operatsiyalar

ustidan nazorat qilish davlatning ustuvor funksiyalaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, tashqi
iqtisodiy faoliyatda turli xil huquq sohalari (fuqarolik huquqi, iqtisodiy huquq, bojxona huquqi,
moliya huquqi, xalqaro xususiy huquq va xalqaro iqtisodiy huquq) kesishadi.

Shu sababli, TIFga oid huquqiy munosabatlar kompleks huquqiy xarakterga ega bo‘lib,

unda ichki va xalqaro normativlar o‘zaro uyg‘unlikda ishlashi kerak.

1

https://www.wto.org/

2

https://unctad.org/

3

https://www.imf.org/en/Home


background image

521

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Masalan, eksport shartnomasi tuzishda tomonlar o‘zaro muvofiqlashtirilgan huquqiy

tizimlarga amal qilishadi; bu shartnomaga milliy qonunlar bilan bir qatorda Vena konvensiyasi
(1980 y.)

4

kabi xalqaro shartnomalar ham tatbiq etilishi mumkin.

Shuningdek, TIFda davlatning roli ham alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat tashqi savdo

faoliyatini nazorat qiladi, litsenziyalash, kvotalar, bojlar, sanksiyalar va rag‘batlantiruvchi chora

-

tadbirlar orqali uni tartibga soladi. Shu bois, TIFni huquqiy jihatdan tahlil qilishda faqat

shaxslararo munosabatlarni emas, balki davlatning iqtisodiy siyosatini aks ettiruvchi me’yorlar

tizimini ham hisobga olish muhimdir.

Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy

manbalari.

Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy

manbalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati (TIF)

ularning iqtisodiy suvereniteti, xalqaro aloqalari va strategik manfaatlarini ifoda etadi. Har bir

mamlakat TIF sohasini tartibga solish uchun o‘ziga xos huquqiy bazani shakllantirgan bo‘lib, bu

baza milliy qonunchilik, xalqaro shartnomalar va mintaqaviy kelishuvlardan iborat murakkab
tizimni tashkil etadi. Bu huquqiy manbalar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish,
savdo-sotiqni rivojlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy

tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifasini bajaradi.

1. Milliy huquqiy manbalar
Har bir Markaziy Osiyo davlati TIFni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini ishlab

chiqqan. Ularga quyidagilar kiradi:

Konstitutsiya

har bir davlatning asosiy qonuni sifatida tashqi iqtisodiy munosabatlar

sohasidagi umumiy yondashuv va prinsiplarni belgilaydi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 41-47-65-66-67-moddalari mulk huquqi va iqtisodiy faoliyat erkinligini
kafolatlaydi)

5

.

Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunlar –

bu qonunlar bevosita TIFni tartibga

soladi. Masalan:

O‘zbekiston: “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (2000 y.).

6

Qozog‘iston: “Savdo faoliyatini tartibga solish to'g'risida”gi Qonun (2004 y.).

7

Qirg‘iziston: “Tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to'g'risida”gi

Qonun (2023 y.).

8

Tojikiston: “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (2007 y.).

9

Turkmaniston: “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (2014 y.).

10

Ushbu qonunlarda tashqi savdo erkinligi, eksport-import operatsiyalarini litsenziyalash va

kvotalash, bojxona tartibotlari, valyuta nazorati, xalqaro investitsiya shartnomalari va boshqa
masalalar yoritilgan.

Bojxona kodekslari

har bir mamlakatning bojxona tizimi va chegara orqali

o‘tkaziladigan tovarlar ustidan nazoratni belgilaydi.

4

https://uncitral.un.org/sites/uncitral.un.org/files/media-documents/uncitral/en/19-09951_e_ebook.pdf

5

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

6

O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun

i, 26.05.2000 yildagi 77-II-son

7

Qozog’iston Respublikasining “Savdo faoliyatini tartibga solish to'g'risida”gi

Qonuni

8

Qirg’iziston Respublikasining “

Tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to'g'risida

”gi Qonuni

9

Tojikiston

Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun

i

10

Turkmaniston

Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun

i


background image

522

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Valyuta tartibga solinishi haqida qonunlar

xorijiy valyuta operatsiyalari va kapital

harakatlarini nazorat qilishni ko‘zda tutadi.

Investitsiya to‘g‘risidagi qonunlar –

xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlovchi va ularni

himoya qiluvchi me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.

2. Xalqaro huquqiy manbalar
Markaziy Osiyo davlatlari TIF sohasida bir qator xalqaro huquqiy hujjatlar ishtirokchilari

hisoblanadi:

Jahon savdo tashkiloti (WTO)

hozirda faqat Qirg‘iziston (1998

-

yildan) va Qozog‘iston

(2015-

yildan) WTO a’zolari. Bu davlatlar WTOning savdo erkinligi, tariflar va nontarif

to‘siqlarni kamaytirish borasidagi majburiyatlarini bajarmoqdalar.

BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari (UNCTAD, UNCITRAL)

bu tuzilmalar

tomonidan ishlab chiqilgan savdo, transport, huquqiy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro hujjatlar TIF
sohasida muhim rol o‘ynaydi.

Multilateral investitsiya kafolatlari agentligi (MIGA) va Xalqaro investitsiya nizolarini

hal qilish markazi (ICSID)

11

kabi tuzilmalar xorijiy investitsiyalarni tartibga solish va huquqiy

himoya berish bo‘yicha xalqaro normativ bazani shakllantiradi.

3. Mintaqaviy huquqiy manbalar
Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy integratsiya doirasida bir qancha huquqiy

kelishuvlarga imzo chekishgan:

1.

Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)

Qozog‘iston bu tashkilotga a’zo bo‘lib, ittifoqning

yagona bojxona hududi, umumiy savdo siyosati va texnik reglamentlariga amal qiladi

12

.

2.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)

bu tuzilmada iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha keng

qamrovli hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular savdo, transport, logistika va investitsiyaviy
faoliyatni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi

13

.

3.

Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC)

bu dastur doirasida xalqaro

tranzit yo‘llari, bojxona standartlari va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga oid

qator hujjatlar ishlab chiqilgan.

4.

Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar –

Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro

yoki uchinchi mamlakatlar bilan imzolagan savdo, investitsiya, erkin savdo zonalari, transport va
moliyaviy hamkorlikka doir bitimlar TIFni tartibga soluvchi asosiy manbalardan biridir.

Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy

manbalar ko‘p qatlamli va murakkab tizimga ega. Milliy qonunlar ichki iqtisodiy suverenitetni
ta’minlasa, xalqaro va mintaqaviy hujjatlar bu davlatlarning global iqtisodiy tizimdagi ishtirokini
muvofiqlashtiradi. Ushbu huquqiy manbalar uyg‘unlashuvi nafaqat iqtisodiy faoliyatning

samaradorligini oshirish, balki mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishda ham muhim vositadir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda davlatning roli va funksiyalari.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasini

belgilovchi muhim soha bo‘lib, unda davlat markaziy rol o‘ynaydi. Davlat bu sohada nafaqat
tartibga soluvchi, balki strategik yo‘naltiruvchi va himoya qiluvchi subyekt sifatida ishtirok

etadi.

11

https://icsid.worldbank.org/

12

https://www.gov.kz/memleket/entities/mti/activities/278?lang=ru

13

https://eng.sectsco.org/


background image

523

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Birinchidan, normativ-huquqiy tartibga solish davlatning asosiy funksiyasidir. Davlat

tashqi iqtisodiy faoliyatni qonunchilik asosida tartibga soladi, eksport-import operatsiyalarini,
bojxona, valyuta, investitsiya va soliq siyosatini belgilaydi.

Ikkinchidan, davlat iqtisodiy xavfsizlik va milliy manfaatlarni himoya qilish vazifasini

bajaradi. Bu

strategik mahsulotlar eksportini nazorat qilish, ichki bozorni chet el raqobatidan

himoya qilish, sanksiyalar va kontrsanksiyalar mexanizmlarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Uchinchidan, davlat xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda faol ishtirok etadi: savdo

bitimlari, erkin savdo hududlari, ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzadi, xalqaro
tashkilotlarga a’zo bo‘lish orqali iqtisodiy diplomatiya olib boradi.

To‘rtinchidan, davlat eksportni rag‘batlantirish va investitsiyalarni jalb qilish orqali

iqtisodiy o‘sishni qo‘llab

-

quvvatlaydi. Bu yo‘lda u soliq imtiyozlari, infratuzilma rivoji, eksport

kreditlari va sug‘urtalash tizimlarini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, davlat TIF doirasida axborot tizimlari, statistika, marketing va eksport

salohiyatini baholash xizmatlarini ham tashkil etadi, ya’ni tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni

oshirishga xizmat qiladi.

Umumiy qilib aytganda, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi roli

bu faqat nazorat

va ruxsat bilan cheklanmaydi. U iqtisodiy siyosatni shakllantiruvchi, tashqi bozorlarga chiqishni
yengillashtiruvchi, milliy manfaatlarni himoya qiluvchi kompleks subyekt sifatida harakat qiladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro iqtisodiy tashkilotlardagi ishtiroki va ularning

ta’siri.

Markaziy Osiyo davlatlari

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va

Turkmaniston

mustaqillikka erishganidan so‘ng global iqtisodiy tizimga integratsiyalashishga

intilib, turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok eta boshladilar. Bu ishtirok ularning
tashqi iqtisodiy siyosatini shakllantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va

investitsiyalarni jalb qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

1. Jahon savdo tashkiloti (WTO) doirasidagi ishtirok.
Jahon savdo tashkiloti (WTO)

xalqaro savdo munosabatlarini erkin va adolatli asosda

tartibga soluvchi asosiy tuzilma bo‘lib, uning normativ bazasi global savdo tartib

-qoidalarini

belgilaydi

14

.

Qirg‘iziston WTOga 1998

-

yilda qo‘shilgan va bu borada mintaqada birinchi bo‘lgan

davlatdir.

Qozog‘iston 2015

-

yilda a’zo bo‘lgan va o‘zining iqtisodiy qonunchiligini WTO

standartlariga moslashtirgan.

Tadjikiston 2013-

yildan beri a’zolik maqomiga ega.

O‘zbekiston 1994

-

yildan beri kuzatuvchi davlat bo‘lib, 2020

-yillardan boshlab faol

a’zolik yo‘lida harakat qilmoqda.

Turkmaniston esa WTO bilan cheklangan hamkorlik qilmoqda, biroq to‘liq a’zo emas.

WTOga a’zolik davlatlardan tashqi savdo siyosatini liberallashtirish, tarif va nontarif

to‘siqlarni kamaytirish, xalqaro savdo normalariga rioya qilishni talab etadi. Bu esa mintaqa

mamlakatlarining tashqi savdo faoliyatini ochiq, prognoz qilinadigan va raqobatbardosh muhitda
amalga oshirishiga xizmat qiladi.

2. Xalqaro valyuta fondi (IMF) va Jahon banki (World Bank) bilan hamkorlik.

14

https://www.wto.org/


background image

524

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Markaziy Osiyo davlatlari Xalqaro valyuta fondi (IMF) va Jahon banki (WB) bilan faol

hamkorlik qilmoqda. Ushbu moliyaviy institutlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash,

institutsional islohotlarni amalga oshirish, infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish va

moliyaviy boshqaruvni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Jahon banki yordamida energetika, transport va

ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda.

IMF tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlariga makroiqtisodiy monitoring, statistik

ko‘rsatkichlar sifati va fiskal barqarorlikni oshirish bo‘yicha texnik ko‘mak berib kelinmoqda.

Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Shanxay hamkorlik tashkiloti

(ShHT) mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini

yaratmoqda. YeOII a’zolari bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston savdo va migratsiya sohalarida
afzalliklarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ShHT mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy loyihalarni
rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok Markaziy Osiyo davlatlariga

iqtisodiy siyosatni jahon standartlariga moslashtirish, yangi savdo va investitsiya imkoniyatlarini
yaratish hamda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va hamkorlik istiqbollari.

Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z iqtisodiyotlarini

mustahkamlash va global bozorga chiqish uchun mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va

hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Mintaqaviy integratsiya

bu davlatlar o‘rtasida iqtisodiy siyosatni uyg‘unlashtirish,

savdo-sotiqni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, transport va infratuzilma sohalarida
hamkorlikni kuchaytirish jarayonidir. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi mintaqaning umumiy

iqtisodiy salohiyatini oshirish va global iqtisodiy tizimda raqobatbardoshligini ta’minlashdir.

Mintaqaviy integratsiyaning hozirgi holati
Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari turli mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar

doirasida integratsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ushbu jarayonda muhim o‘rin tutadi. YeOIIga a’zo
bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi O‘zbekiston,

mintaqaviy savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda faol ishtirok etmoqda. Shanxay

hamkorlik tashkiloti esa nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy hamkorlik sohasida ham o‘z

salohiyatini oshirmoqda.

Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki boshchiligida amalga oshirilayotgan Markaziy

Osiyo iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC)

15

orqali transport yo‘laklarini rivojlantirish, bojxona

tizimini takomillashtirish va savdo to‘siqlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar

tashlanmoqda.

Integratsiya jarayonining istiqbollari

Kelajakda mintaqaviy integratsiya quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashishi kutilmoqda:

1. Iqtisodiy siyosat va normativ bazani uyg‘unlashtirish: Mintaqa davlatlari tashqi savdo,

bojxona va investitsiyalar sohasidagi qonunchilikni muvofiqlashtirib, integratsiyani yanada
rivojlantiradi. Bu esa sarmoyadorlar uchun ishonchli va barqaror iqtisodiy muhit yaratadi.

2. Savdo-

sotiq va investitsiyalarni oshirish: Erkin savdo zonalari va tarif to‘siqlarini

kamaytirish orqali ichki bozorni kengaytirish va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari ortadi.

15

https://carececo.org/main/


background image

525

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

3. Transport-

logistika infratuzilmasini rivojlantirish: Mintaqaviy transport yo‘laklarini

modernizatsiya qilish, tranzit salohiyatini oshirish orqali savdo jarayonlari tezlashadi va
xarajatlar kamayadi.

4. Energetika va tabiiy resurslardan samarali foydalanish: Mintaqaviy energetika tizimini

integratsiyalash orqali energiya xavfsizligi ta’minlanadi va yangi energetik loyihalar amalga

oshiriladi.

5. Innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyot: Raqamli texnologiyalarni joriy etish va elektron

hukumat tizimlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotning samaradorligi oshadi.

Shu bilan birga, mintaqaviy integratsiya jarayonida iqtisodiy farqlar, siyosiy tafovutlar,

chegaraviy masalalar va milliy manfaatlarning to‘qnashuvi kabi muammolar mavjud. Bu
qiyinchiliklarni hal etish uchun mintaqa davlatlari o‘zaro dialog va kompromisga tayyor bo‘lishi

zarur.

Markaziy Osiyo davlatlarida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va hamkorlik istiqbollari

keng bo‘lib, ular mintaqaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, yangi bozorlar ochish va global

iqtisodiy jarayonlarda samarali ishtirok etishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli

amalga oshirish uchun davlatlar o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashlari, shuningdek,
qonunchilik va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishga katta e’tibor berishlari zarur.

Takliflar

1. Huquqiy bazani uyg‘unlashtirish: Mintaqaviy integratsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni

samarali rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlikda tashqi savdo,
investitsiyalar va bojxona sohalaridagi qonunlarni uyg‘unlashtirish va bir

-

birini to‘ldiruvchi

me’yorlarni qabul qilish zarur.

2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish: Mintaqa davlatlari xalqaro

iqtisodiy tashkilotlar doirasida o‘z manfaatlarini yanada faol ilgari surib, global iqtisodiy
siyosatdagi o‘z o‘rnini mustahkamlashi lozim. Buning uchun milliy qonunchilikni xalqaro

standartlarga moslashtirish va ekspertlar almashinuvini kuchaytirish tavsiya etiladi.

3. Mintaqaviy iqtisodiy farqlarni kamaytirish: Iqtisodiy tafovutlarni bartaraf etish uchun

mintaqaviy investitsiya jamg‘armalari tashkil etish, rivojlanayotgan hududlarga qo‘shimcha
iqtisodiy yordam ko‘rsatish hamda infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish zarur.

4. Innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish: Mintaqaviy integratsiyani

chuqurlashtirish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish va elektron hukumat tizimlarini

rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish lozim.

Ushbu xulosa va takliflar Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini

huquqiy jihatdan yanada mukammallashtirish va mintaqaviy integratsiyani samarali rivojlantirish

uchun muhim yo‘nalishlarni belgilaydi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga

soluvchi huquqiy manbalar ko‘p qatlamli va murakkab tizimga ega. Milliy qonunlar ichki
iqtisodiy suverenitetni ta’minlasa, xalqaro va mintaqaviy hujjatlar bu davlatlarning global
iqtisodiy tizimdagi ishtirokini muvofiqlashtiradi. Ushbu huquqiy manbalar uyg‘unlashuvi

nafaqat iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirish, balki mintaqaviy integratsiya va barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishishda ham muhim vositadir.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari

va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish natijasida quyidagi asosiy
xulosalarga kelish mumkin.


background image

526

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Birinchidan, mintaqaviy davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi

huquqiy bazalarida umumiy tamoyillar mavjud bo‘lishiga qaramay, har bir mamlakatda huquqiy

normalarning mazmuni va tatbiqida sezilarli farqlar uchraydi. Bu esa mintaqaviy integratsiya

jarayonlarini sekinlashtiruvchi asosiy to‘siqlardan biridir. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo

davlatlari xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok etib, global iqtisodiy jarayonlarga

integratsiyalashmoqda, biroq ushbu ishtirokning samaradorligi ba’zi holatlarda milliy

qonunchilikning moslashuvi yetarli emasligi sababli cheklangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1.1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

1.2

O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni,

26.05.2000 yildagi 77-II-son

1.3

Qozog’iston Respublikasining “Savdo faoliyatini tartibga solish to'g'risida”gi Qonuni

1.4

Qirg’iziston Respublikasining “Tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
to'g'risida”gi Qonuni

1.5

Tojikiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

1.6

Turkmaniston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

1.7

Qozog‘iston Respublikasining “Moliyaviy bozor va moliyaviy tashkilotlar ustidan davlat
tomonidan tartibga solish, nazorat va tekshiruv to‘g‘risida”gi 2003

-yil 4-

iyuldagi № 474

-

II-sonli Qonuni (2024-yil 20-

avgust holatiga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar

bilan)

1.8

Qirg‘iziston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning normativ

-

huquqiy bazasini optimallashtirish to‘g‘risida”gi Qonun

II. Kitob va turkum nashrlari

1.9

Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas'ul muharrir y.f.n., prof. G. Yuldasheva //
Mualliflar jamoasi. -T.: TDYU nashriyoti, 2019. 186 bet.

1.10

Назарова Г.Г., Ахмедов И.А., Хамидов О.Б. Иминов З.М. Халкаро иқтисодий
ташкилотлар. Ўкув кулланма Т. ТДИУ

-

2011 А.

-

Б.17

2.

Goldman, Michael, Imperial Nature: The World Bank and Struggles for Social Justice in
the Age of Globalization-New York: Yale University Press 2005.-P. 52-54

III. Foydalanilgan saytlar ro‘yxati:

3.

3.1 Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) - https://carececo.org/main/

4.

3.2 Jahon savdo tashkilotining rasmiy sayti - https://www.wto.org/

5.

3.3 Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) - https://eng.sectsco.org/

6.

3.4

Evrosiyo

iqtisodiy

ittifoqi

(YeOII)

-

https://www.gov.kz/memleket/entities/mti/activities/278?lang=ru

7.

3.5 Xalqaro investitsiya nizolarini hal qilish markazi - https://icsid.worldbank.org/

8.

3.6

Tovarlar

xalqaro

oldi-

sotdi

shartnomalari

to‘g‘risida

-

https://uncitral.un.org/sites/uncitral.un.org/files/media-documents/uncitral/en/19-
09951_e_ebook.pdf

9.

3.7 Xalqaro valyuta fondining rasmiy sayti - https://www.imf.org/en/Home

10.

3.8 BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasining rasmiy sayti - https://unctad.org/

11.

3.9 Jahon savdo tashkilotining rasmiy sayti - https://www.wto.org/

References

1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2 O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, 26.05.2000 yildagi 77-II-son

3 Qozog’iston Respublikasining “Savdo faoliyatini tartibga solish to'g'risida”gi Qonuni

4 Qirg’iziston Respublikasining “Tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to'g'risida”gi Qonuni

5 Tojikiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

6 Turkmaniston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

7 Qozog‘iston Respublikasining “Moliyaviy bozor va moliyaviy tashkilotlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish, nazorat va tekshiruv to‘g‘risida”gi 2003-yil 4-iyuldagi № 474-II-sonli Qonuni (2024-yil 20-avgust holatiga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)

8 Qirg‘iziston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning normativ-huquqiy bazasini optimallashtirish to‘g‘risida”gi Qonun

II. Kitob va turkum nashrlari

9 Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas'ul muharrir y.f.n., prof. G. Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. -T.: TDYU nashriyoti, 2019. 186 bet.

10 Назарова Г.Г., Ахмедов И.А., Хамидов О.Б. Иминов З.М. Халкаро иқтисодий ташкилотлар. Ўкув кулланма Т. ТДИУ-2011 А.-Б.17

Goldman, Michael, Imperial Nature: The World Bank and Struggles for Social Justice in the Age of Globalization-New York: Yale University Press 2005.-P. 52-54

III. Foydalanilgan saytlar ro‘yxati:

3.1 Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) - https://carececo.org/main/

3.2 Jahon savdo tashkilotining rasmiy sayti - https://www.wto.org/

3.3 Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) - https://eng.sectsco.org/

3.4 Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) -https://www.gov.kz/memleket/entities/mti/activities/278?lang=ru

3.5 Xalqaro investitsiya nizolarini hal qilish markazi - https://icsid.worldbank.org/

3.7 Xalqaro valyuta fondining rasmiy sayti - https://www.imf.org/en/Home

3.8 BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasining rasmiy sayti - https://unctad.org/

3.9 Jahon savdo tashkilotining rasmiy sayti - https://www.wto.org/