Authors

  • Boburjon Qoraboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.104634

Keywords:

Advokat advokatura mustaqillik prinsipi konstitutsiyaviy huquq huquqiy asoslar yuridik yordam Prezident farmoni BMT tamoyillari professional erkinlik advokat maqomi advokatlar palatasi qonunchilik islohotlari himoya huquqi.

Abstract

Mazkur maqolada advokatura va advokatlik faoliyati mustaqilligining huquqiy asoslari, uning milliy va xalqaro normalardagi ifodasi, shuningdek, amaliy hayotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutining mustaqilligi Konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarilgani, yangi normativ-huquqiy hujjatlar orqali advokatlarning huquqiy maqomi, faoliyat erkinligi va himoyasi mustahkamlanayotgani ko‘rsatiladi. Xususan, Prezident farmonida belgilangan islohotlar orqali advokatura faoliyatini liberallashtirish, kasbiy erkinlikni kengaytirish, advokatlarning sud va tergov organlari bilan teng huquqli hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanmoqda. Shuningdek, BMT tomonidan qabul qilingan xalqaro hujjatlar misolida advokatlarning mustaqilligi global darajadagi asosiy prinsip sifatida yoritilgan. Maqolada qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta’minlashda mustaqil advokatura institutining o‘rni keng tahlil etiladi.

background image

537

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATINING MUSTAQILLIGI: HUQUQIY

ASOSLAR VA KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLAR

Qoraboyev Boburjon Baxtiyor o‘g‘li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti

“Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti”

“Advokatlik faoliyati” yo‘nalishi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662558

Annotatsiya.

Mazkur maqolada advokatura va advokatlik faoliyati mustaqilligining

huquqiy asoslari, uning milliy va xalqaro normalardagi ifodasi, shuningdek, amaliy hayotdagi

ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutining mustaqilligi
Konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarilgani, yangi normativ

-huquqiy hujjatlar orqali advokatlarning

huquqiy maqomi, faoliyat erkinligi va himoyasi mustahkamlanayotgani ko‘rsatiladi. Xususan,

Prezident farmonida belgilangan islohotlar orqali advokatura faoliyatini liberallashtirish,
kasbiy erkinlikni kengaytirish, advokatlarning sud va tergov organlari bilan teng huquqli
hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanmoqda. Shuningdek, BMT tomonidan qabul qilingan
xalqaro hujjatlar misolida advokatlarning mustaqilligi global darajadagi asosiy prinsip sifatida

yoritilgan. Maqolada qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta’minlashda mustaqil advokatura
institutining o‘rni keng tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Advokat, advokatura, mustaqillik prinsipi, konstitutsiyaviy huquq, huquqiy

asoslar, yuridik yordam, Prezident farmoni, BMT tamoyillari, professional erkinlik, advokat
maqomi, advokatlar palatasi, qonunchilik islohotlari, himoya huquqi.

НЕЗАВИСИМОСТЬ АДВОКАТУРЫ И АДВОКАТСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ:

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ И КОНСТИТУЦИОННЫЕ ГАРАНТИИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются правовые основы независимости

адвокатуры и адвокатской деятельности, их отражение в национальных и
международных нормах, а также значение в правоприменительной практике.

Подчеркивается, что в Республике Узбекистан независимость института

адвокатуры была закреплена на конституционном уровне, что стало важным шагом в
развитии правовой системы. В статье анализируются нововведения, закрепленные в
указе Президента, направленные на либерализацию адвокатской деятельности,
расширение профессиональной свободы и укрепление статуса адвоката как
равноправного участника судопроизводства. Также рассматриваются международные
стандарты, в частности, Основные принципы ООН по роли адвокатов, подчеркивающие
глобальное значение независимости адвокатуры. Статья раскрывает роль независимой
адвокатуры в обеспечении верховенства закона и защиты прав человека.

Ключевые слова:

Адвокат, адвокатура, принцип независимости, конституционное

право, правовые основы, юридическая помощь, указ Президента, принципы ООН,
профессиональная свобода, статус адвоката, палата адвокатов, законодательные
реформы, право на защиту.

Advokatura va advokatlik faoliyati mustaqiligi

advokatlarning va ular a’zo bo’lgan

huquqiy tuzilma va tashkilotlarning o

z faoliyatini erkin, mustaqil, har qanday aralashishlardan

holi, qonuniy ravishda amalga oshirish imkoniyatidir. Bu mustaqillik advokatlarni huquqiy
himoya qilish, advokat tomonidan ishonch bildiruvchi hamda himoya ostidagi shaxs

manfaatlarini erkin va maksimal ifoda etishda namoyon bo’ladi.


background image

538

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Mustaqillik prinsipi

Advokatura va advokatlik faoliyatiga hech kimning xususan, davlat

tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari, mansabdor shaxslarning har qanday aralashuvi

taqiqlanishidir. Mustaqillik prinsipi advokatning o’zi ishtirok etayotgan ish doirasidagina emas,

avval himoyachi yoki vakil sifatida ishtirok etgan ishlar yuzasidan ham har qanday bosimlardan

va tashqi ta’sirlardan himoyalanganligida namoyon bo’ladi. Advokat Advokatlik faoliyatini

amalga oshirishda hech qanday buyruq, ko'rsatma va boshqa narsalar bilan bog'liq bo'lishi
mumkin emas. Advokatlar hamjamiyati organlari va boshqa tashqi omillar himoya shakllari va

usullarini tanlashda yoki boshqa turdagi yuridik yordam ko’rsatishda, agar u qonunga zid

bo'lmasa, mustaqil shaxs sifatida harakat qilishi, faqat qonunga va himoya ostidagi shaxsning
irodasiga asoslanishi kerak

1

.

Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Advokat jismoniy va yuridik shaxslarning

huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kasbiy vazifalarini qonun
hujjatlari doirasida mustaqil bajaradi”

2

.

Shuni inobatga olish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Advokaturaga

oid bobning kiritilishi bu sohadagi eng yirik yutuq sifatida qayd etilishi kerak. 2023-yilgacha

bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Prokratura, Sud va boshqa tuzilmalar
haqida boblar hamda aniq normalar bor bo’lsada Advokatura uchun bunday imkoniyat

berilmagan edi. 1992-yildagi Konstitutsiyamizning 116-

moddasida “Ayblanuvchi himoyalanish

huquqi bilan ta’minlanadi.

Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali

yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga

yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi.

Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”

3

degan

mazmundagi birgina norma mavjud bo’lgan. Ushbu nora afsuski to’g’ridan

-

to’g’ri Advokaturaga

emas balki ayblanayotgan shaxsning himoya huquqi bilan ta’minlash masalalariga qo’shilib

ketgan.

Konstitutsiyasiga yangi bob kiritilishi Advokatura va advokatlarning faoliyati

mustaqilligini ta’minlash orqali advokatlarning sud va boshqa davlat organlaridan holis va erkin
bo’lishini kafolatlaydi, advokatlarning o'z yuridik va jismoniy shaxslarni himoya qilishda to’g’ri
va adolatli harakat qilishlariga imkon yaratadi. Konstitutsiya normalarining to’g’ridan

-

to’g’ri

amal qilishi va oliy kuchga egaligidan kelib chiqilsa, qonunchilikda kelib chiqishi mumkin

bo’lgan, advokatlarning huquq va manfatlarini cheklovchi normalarni rad etish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 141

-

moddasi birinchi qismiga ko’ra “Jismoniy

va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi”.

Ushbu norma Advokaturaning mamlakatimiz qonunchiligidagi aniq o’rnini belgilab

berish qatorida, uni Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari bilan bir

darajaga olib chiqadi, ular o’rtasidagi tenglikni ta’minlaydi.

Moddaning ikkinchi qismida “Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi

boshqarish prinsiplariga asoslanadi” deyiladi. Ushbu jumlalar O’zbekiston Respublikasi
“Advokatura to’g’risida”gi qonunning 4

-

moddasi keltirilgan Advokatura o‘z faoliyatini qonun

ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshirishiga oid
prinsiplarni yanada mustahkamladi.

1

В. И. Сергеева. “Адвокатура в

России”. Учебник для вузов. Москва юстицинформ

-2011. 51-

с

.

2

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013 yil 27 sentyabrdagi qaroriga 8

-

ILOVA Advokatning kasb etikasi qoidalari 3-band.

3

https://lex.uz/docs/-20596?ONDATE=09.02.2021%2001.


background image

539

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Konstitutsiyaning 142-

moddasida esa “Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga

oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar

berish uchun shart-

sharoitlar ta’minlanadi.

Advokat, uning sha’ni, qadr

-

qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va

qonun bilan muhofaza qilinadi” degan jumlalar qayd etilgan. Ushbu modda advokatlarning

mustaqilligini, uning himoyalanganligini belgilab berdi.

Sohaga oid qabul qilingan yana bir muhim hujjat bu O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning

mustaqilligini kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidir. Ushbu farmon bilan

Advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat
kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini

to‘liq ro‘yobga chiqarish masalasi kun tartibiga qo’yilgan.

Farmon bilan Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-

tadbirlar dasturi belgilab berildi. Dastur doirasida “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab
chiqish belgilandi. Qonun loyihasiga ko’ra:

-

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun

advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddatini olti oydan uch oygacha qisqartirish;

-

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki

prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslarni majburiy stajirovka o‘tashdan

ozod qilish;

-

advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddatini bir

yildan olti oygacha qisqartirish;

-

advokatlarning hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etishi, shuningdek nizolarni sudgacha

hal qilish va taraflarni yarashtirishga qaratilgan huquqlarini kengaytirish;

-

har bir tanlangan ixtisoslik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatish;

-

litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladigan litsenziyani tugatish uchun asos

bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddatini

uch oydan olti oyga uzaytirish;

-

Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr

bildirish huquqini berish;

-

advokatlik byurosini ta’sis etgan advokatlarning o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki

boshqa qonuniy asosda o‘ziga tegishli bo‘lgan turar

-joylarda ushbu turar-joylarni noturar joy

toifasiga o‘tkazmasdan amalga oshirish huquqi;

-

advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;

-

advokatga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash muddatlarini aniq belgilash;

-

litsenziyaning amal qilishini Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga bo‘yicha faqat sud tartibida tugatish;

-

advokatlarga nisbatan intizomiy ishni faqat tegishli malaka komissiyasi yoki Oliy malaka

komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atishni ko‘zda tutish” belgilandi.

-

Ushbu islohotlar mamlakatimizda Advokatura institut rivojlanishiga ulkan turtki berish

bilan bir vaqtda Advokatura va advokatlik faoliyatini liberallashtirib, uning mustaqillik
darajasini yangi bosqichga olib chiqdi.


background image

540

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Qonunchiligimda amalga oshirilgan bu kabi o’zgarishlar Xalqaro doirada mavjud bo’lgan

talablarga ham mos keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Advokatlar rolining asosiy
tamoyillari”ga oid 1990

-

yilda bo‘lib o‘tgan Sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha

sakkizinchi BMT Kongressida qabul qilingan xalqaro normativ hujjat sanaladi. Ushbu hujjat
garchi tavsiyaviy sanalsada, u advokatlarning asosiy huquq va majburiyatlarini, jumladan, so'z
erkinligi, adolatli sud muhokamasiga oid prinsiplarni belgilaydi. Shuningdek, u advokatlarning
ishlash imkoniyati, ularning malakasi, kasbiy tayyorgarligi hamda mustaqilligining muhimligini

ham o‘z ichiga oladi. Uning maqsadi esa Advokatlar huquqlarini himoya qilish, yuridik yordam

erkinligini ta'minlashdan iborat.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,

Advokatura va advokatlik faoliyatining mustaqilligi

huquqiy davlatning ajralmas unsurlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

advokaturaning alohida bob sifatida mustahkamlanishi, advokatlarning kasbiy faoliyatiga har

qanday aralashuv taqiqlanishi va ularning sha’ni hamda huquqlari davlat tomonidan muhofaza

qilinishi

bu sohaga berilgan yuksak e’tiborni anglatadi. Shuningdek, Prezident Farmoni asosida

amalga oshirilayotgan islohotlar advokatura institutini liberallashtirish, huquqiy yordam

ko‘rsatish sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xalqaro standartlarga, xususan, BMTning “Advokatlar rolining asosiy tamoyillari”

hujjatiga mos tarzda olib borilayotgan o‘zgarishlar, advokatlarning mustaqil, erkin va malakali
faoliyat yuritishi uchun qulay huquqiy sharoitlarni yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, sud

-huquq

tizimida tenglik, adolat va inson huquqlari ustuvorligini ta’minlashda advokaturaning rolini

kuchaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

В. И. Сергеева. “Адвокатура в России”. Учебник для вузов. Москва юстицинформ

-

2011. 51-

с

;

2.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

3.

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti s

amaradorligini tubdan

oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmoni;

5.

Advokatning kasb etikasi qoidalari;

6.

https://lex.uz/docs/-20596?ONDATE=09.02.2021%2001;

7.

https://un.org.

References

В. И. Сергеева. “Адвокатура в России”. Учебник для вузов. Москва юстицинформ-2011. 51-с;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni;

Advokatning kasb etikasi qoidalari;