DUNYO IQTISODIYOTIGA GLOBAL MUAMMOLARNING TA’SIRI: XAVFMI YOKI YANGI IMKONIYAT?

Аннотация

Hozirgi paytda butun dunyo ikkita bir-biriga zid bo’lgan yo’nalish orasida asta rivojlanib bormoqda. Bulardan biri, dunyo taraqqiyoti uchun zararli va u uchun ofat keltiruvchi iqlim o’zgarishi, terrorizm va siyosiy urush kabi global muammolardir. Ikkinchisi esa, bu muammolarni bartaraf etish uchun yaratilayotgan yangi texnologiya va yashil biznes kabi yangi loyihalar hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi global muammolarning davlatlar iqtisodiyotiga ta’sirini o’rganish va davlatlar bu muammolarni qanday yengib o’tayotgani, samarali usullarni dunyo miqyosida tatbiq qilish oqibatlarini o’rganish, bu muammolarning iqtisodiyotdagi va davlatlar hayotidagi ijobiy o’rnini o’rganish asosiy yo’nalish qilib olingan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xasanov , N. ., & Mamajonov , M. . (2025). DUNYO IQTISODIYOTIGA GLOBAL MUAMMOLARNING TA’SIRI: XAVFMI YOKI YANGI IMKONIYAT?. Современная наука и исследования, 4(6), 582–590. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/105580
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi paytda butun dunyo ikkita bir-biriga zid bo’lgan yo’nalish orasida asta rivojlanib bormoqda. Bulardan biri, dunyo taraqqiyoti uchun zararli va u uchun ofat keltiruvchi iqlim o’zgarishi, terrorizm va siyosiy urush kabi global muammolardir. Ikkinchisi esa, bu muammolarni bartaraf etish uchun yaratilayotgan yangi texnologiya va yashil biznes kabi yangi loyihalar hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi global muammolarning davlatlar iqtisodiyotiga ta’sirini o’rganish va davlatlar bu muammolarni qanday yengib o’tayotgani, samarali usullarni dunyo miqyosida tatbiq qilish oqibatlarini o’rganish, bu muammolarning iqtisodiyotdagi va davlatlar hayotidagi ijobiy o’rnini o’rganish asosiy yo’nalish qilib olingan.


background image

582

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

DUNYO IQTISODIYOTIGA GLOBAL MUAMMOLARNING TA’SIRI: XAVFMI YOKI

YANGI IMKONIYAT?

Xasanov Ne’matillo Farxodjon o’g’li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya

universitetining

Xalqaro iqtisodiyot va menejment

fakulteti 0-9a-24 guruhi talabasi.

E-mail:

onlyxasanov06@gmail.com

Mamajonov Firdavs Xurshid o’g’li

“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya” universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”

fakulteti 0-9a-24 guruhi talabasi.

E-mail:

mmdjnvxrshdvch@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15664428

Annotatsiya.

Hozirgi paytda butun dunyo ikkita bir-

biriga zid bo’lgan yo’nalish orasida

asta rivojlanib bormoqda. Bulardan biri, dunyo taraqqiyoti uchun zararli va u uchun ofat

keltiruvchi iqlim o’zgarishi, terrorizm va siyosiy urush kabi global muammolardir. Ikkinchisi esa,

bu muammolarni bartaraf etish uchun yaratilayotgan yangi texnologiya va yashil biznes kabi
yangi loyihalar hisoblanadi.

Ushbu maqolaning maqsadi global muammolarning davlatlar iqtisodiyotiga ta’sirini

o’rganish va davlatlar bu muammolarni qanday yengib o’tayotgani, samarali usullarni dunyo
miqyosida tatbiq qilish oqibatlarini o’rganish, bu muammolarning iqtisodiyotdagi va davlatlar
hayotidagi ijobiy o’rnini o’rganish asosiy yo’nalish qilib olingan.

Kalit so’zlar:

Global muammolar, iqlim o’zgarishi, diniy ekstremizm va terrorizm, siyosiy

urushlar.

Abstract.

Currently, the whole world is slowly developing between two conflicting

directions. One of them is global problems such as climate change, terrorism and political war,
which are harmful to the development of the world and cause disaster for it. The second is new
projects such as new technology and green business that are being created to overcome these
problems.

The purpose of this article is to study the impact of global problems on the economy of

countries and how countries overcome these problems, to study the consequences of the
implementation of effective methods on a global scale, and to study the positive role of these
problems in the economy and the life of countries.

Key words:

Global problems, climate change, religious extremism and terrorism,

political wars.

Аннотация.

В настоящее время весь мир медленно развивается между двумя

противоречивыми направлениями. Одним из них являются глобальные проблемы, такие
как изменение климата, терроризм и политическая война, которые наносят вред
развитию мира и вызывают для него катастрофу. Второе это новые проекты, такие как
новые технологии и зеленый бизнес, которые создаются для преодоления этих проблем.

Цель данной статьи

-

изучить влияние глобальных проблем на экономику стран и

то, как страны преодолевают эти проблемы, изучить последствия внедрения
эффективных методов в глобальном масштабе, а также изучить положительную роль
этих проблем в экономике и жизни стран.

Ключевые слова:

Глобальные проблемы, изменение климата, религиозный

экстремизм и терроризм, политические войны.


background image

583

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Kirish

Globallashuv sharoitida dunyo kundan-kunga murakkablashib, turli xil global

muammolar bilan yuzlashmoqda va bu ofatlar insoniyat hayotining barcha jabhalariga, xususan,
iqtisodiyotga ham ijobiy ham salbiy tomondan o

zining chuqur ta

sirini ko

rsatmoqda. Bugungi

kunda insoniyat olamida iqlim o

zgarishi, pandemiyalar, qurg

oqchilik, siyosiy urushlar va

terroristik harakatlar kabi global muammolar xalqaro savdo, investitsiyalar va ishlab chiqarish
jarayonlariga bevosita ta

sir qilmoqda. Ayrim hollarda, bu omillar iqtisodiy inqirozlarga sabab

bo

lsa, ba

zan esa yangi imkoniyatlar yaratib, innovatsiyalar va yangi biznes modellarning

rivojlanishiga turtki bo

lmoqda. Jahon Banki ma

lumotlariga ko

ra, 2023-yil 300 milliard

dollardan ziyodroq zarar keltirgan tabiiy ofatlar ijobiy yo

nalishda ham bevosita ta

sir

ko

rsatgan.

Ya’ni ofatlarni bartaraf etish uchun sarflangan 1.7 trillion dollar natijasida 10 million

ishchi kuchi ish bilan ta’minlandi. Ushbu maqola statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda
global muammolarning jahon iqtisodiyotiga sa’lbiy tasiri bilan bir qatorda u keltirib chiqargan
ijobiy g’oyalarni o’rganadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bu mavzuning jahon miqyosida ekanligi uning nomidan (global) bilinib turibdi va

ko’plab olimlar bu mavzuga aloqador yo’nalishlarda izlanishlar olib borishgan. Bulardan aniq

faktlarga asoslanganlari,

IRENA (2023) "World Energy Transitions Outlook" tadqiqotlari dunyo

miqyosida iqlim o’zgarishi darajasi hamda bu muammo natijasida rivojlanayotgan qayta

tiklanuvchi energiyaning ortishi haqida tadqiqotlar olib boradi va quyosh energiyasi potensialiga

alohida e’tibor beradi.

Axios maqolasi (2024)da esa iqlim o’zgarishi oqibatida atrof

-muhit

qanchalik ifloslanayotganini o’lchash bo’yicha NASA ma’lumotlari yoritiladi. Va so’nggi
yillarda ko’rsatkichlar rekord darajaga yetayotgani ko’rsatiladi.

Terroristik harakatlar iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilib, investitsiyalar kamayishiga

sabab bo‘ladi. Abadie va Gardeazabal (2003) tadqiqotlariga ko‘ra, terrorizm bo‘yicha yuqori
xavf mavjud davlatlarda iqtisodiy o‘sish sustlashadi. Bundan tashqari, iqtisodiy resurslar
xavfsizlik choralariga yo‘naltirilgani sababli ta’lim va infratuzilma rivojiga kam mablag‘

ajratiladi.

Geosiyosiy mojarolar investitsiya oqimlarini to‘xtatib, iqtisodiy inqirozlarga sabab

bo‘ladi. Glick va Taylor (2010) urushlar xalqaro savdoni qisqartirib, inflyatsiyani oshirishini
aniqlashgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF, 2022) Ukraina urushi energiya narxlarini

oshirib, global oziq-

ovqat ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etadi.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada keltirilgan barcha statistik ma’lumotlar Jahon Banki, AQSH federal

zaxirasi va NASA tashkilotining ma’lumotlaridan olingan. Hamda, maqola yozishda mavjud
ma’lumatlarni qayta ko’rib chiqish va tahlil qilish metodologiyasidan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJA

IQLIM O’ZGARISHI

So’nggi yarim asrning eng yuqori darajadagi global muammosiga aylanib ulgurgan iqlim

o’zgarishi muammosining ta’sirini kundan kunga nafaqat ekologik, balki iqtisodiy tizimlarda
ham yaqqol sezish qiyin bo’lmay qoldi. Buni faqatgina muammo sifatida ko’rishni ba’zi olimlar

oqlamaydi. Bu mavzuni ikk

i yo’nalishda, ya’ni uning xavfi va u ilhomlantirgan iqtisodiy

imkoniyatlari, ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.


background image

584

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6


1-Diagramma. Karbon gazlarining har million zarradagi ulushi.

Birinchi uning xavfini ko’rsak, ishlab chiqarish va resurslar tanqisligi iqlim o’zgarishi

oqibatida yuzaga keladigan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. So’nggi 20 yil ichida havo
tarkibidagi CO₂ ning hajmi sezilarli, 377,1 ppm dan 420.33 ppm rekord darajagacha ortgani
ma’lum(1

-Diagrammaga qarang)

1

.

Birgina Amerikaning

o’zida haroratning 1°C ortishi hosildorlikning 4

-11% kamayishi,

qurg’oqchil davlatlarda esa bu ko’rsatkich 16%gacha yetishi mumkin

2

. Bu o’simliklar hajmidagi

qisqarishga asosiy sabab o’simliklarning haroratga chidamsizligi va sug’oradigan suvlarning
yetishmasligi natijasida, hasharot va kasalliklarning avj olishi bo’lib qolmoqda.

Havo

harorati

ortishi

natijasida

yuzaga

keladigan

yana

bir

muammo

GES(gidroelektrostansiya)lar joylashgan hududlarda suv tanqisligini paydo bo’lishi. Bunga
misol qilib O’rta Osiya hududidagi Amudaryo suv sathining 2018

-2022-yillar davrida 1,5 metr

pasaygani natijasida elektr ishlab chiqarish quvvati 120mln KV/soatga qisqarishini keltirish
mumkin

3

.

Boshqa tomondan qaraganda iqlim o’zgarishi har qanday holatda ham baribir yuzaga

kelardi. Shuning uchun bu mavzu haqida so’z borganda, u ilhomlantirgan yangi imkoniyatlarni
aytib o’tish kerak. Ma’lumki, “Yashil iqtisodiyot”ning rivojlanishining asosiy sababchisi atrof

-

muhitning ifloslanishi va havo haroratining ortishi hisoblanadi.

1

Greenhouse gases surged to record levels in 2023.

https://www.axios.com/2024/10/28/greenhouse-gases-2023-record-high?

2

American Economic Assosiation.

https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/aer.101.1.1

3

Amudaryo va GES.

https://www.globaldamwatch.org/


background image

585

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

2-Diagramma. Yashil energiyaning taqsimlanishi.

Dunyo bo’yicha ko’plab rivojlangan davlatlar ishonadiki, qayta tiklanuvchi energiyalarga

sarmoya kiritish kelajakda o’z samarasini beradi. Buni 2024

-yilda Xitoy, AQSH, Yevropa ittifoqi

mos ravishda 117 milliard, 114 milliard, 93 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgani

misolida namoyon bo’ladi. Ularning investitsiyalari asosan quyosh energiyasi(308 milliard),

shamol energiyasi(174 milliard), gidroenergiya(10 milliard) va bioenergiya(8 milliard)ga

yo’nalti

rilgan va bu yuqoridagii grafikda foizlar nisbatida ham berilgan

4

.

Bundan tashqari elektromobillar ishlab chiqarilishi ham ekologik ham iqtisodiy jihatdan

o’sishga o’zining ta’sirini ko’rsatmoqda. “The International Council on Clean Transportation”
ma’lumotiga ko’ra 1dona elektromobil 2023

-

yilda yillik 1.5 tonna CO₂ atmosferaga chiqishini

oldini olgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2025

-yilda 2.2 tonnaga batareyalar tozalaydigan energiyaga

o’tish orqali erishadi

5

. Elektromobillar nafaqat ekologiya balki iqtisod so

hasida ham o’z o’rniga

ega bo’ldi.

Buni 2021-

2023 yillarda 10.5 million xarid amalga oshgani bilan ko’rish mumkin.

DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM

Hozirgi zamonda butun dunyoda yirik global muammoga aylanib ulgurgan diniy

ekstremitik va terroristik harakatlar nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy hayotga ham katta xavf

tug’dirmoqda. Ular halifalik davlatini barpo etish maqsadi yo’lida ko’plab davlatlarda
buzg’unchi ishlarni amalga oshirishi natijasida o’sha davlatga yuqori darajada talofatlar
yetqazmoqda va bu albatta iqtisodiyotga o’z salbiy tasirini o’tkazmasdan qolmaydi. Davlatga
nisbatan biror bir terroristik guruhning xavfi yoki tahdidi borligi o’sha davlatning chegara va
mudofaa xarajatlari o’sishiga va ma’lum miqdorda davlatning iqtisodiy o’sishini
rag’batlantiruvchi islohotlar yoki savdo munosabatlarida xarajatlarni kamaytirishga olib keladi.

Davlatning ichida diniy ektremistik va terroristik guruhlarning mavjudligi sababli tashqi

investorlarning ishonchi pasayadi va davlatga kirib keladigan tashqi investitsiya pasayishi

natijasida davlatning pul aylanmasi bilan bog’liq muammolar yuzaga kela boshlaydi.

Tadbirkorlarning joniga bo’lgan tahdid xavfi va biznes yuritishdagi risk darajasi

ko’tariladi. Bu esa o’z o’rnida biznes sharoitini yomonlashishiga olib keladi. Bu bir necha

4

How do China and America think about the energy transition?

https://www.brookings.edu/articles/how-do-china-and-america-think-about-the-energy-transition/

5

The International Council on Clean Transportation.

https://theicct.org/


background image

586

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

misollarda o’z aksini topadi. Masalan, eng yirik va buzg’unchi terrostik guruhlardan biri bo’lgan
“Al

-

Qoida” misolida ko’rish mumkin. Bu guruh 1988

-yilda vujudga kelgan va hozirda BMT va

dunyoning ko’plab davlatlari tomonidan terroristik guruh deb rasman e’lon qilingan. Ular shu
vaqtgacha bir qancha yirik terroristik harakatlar olib borgan. Xususan, yaxshi tanilgan “11/9”

nomli terrostik harakat ham ushbu guruh tomonidan amalga oshirilgan. Bu terrakt 2001-yilning
11-

sentabrida AQSHda ro’y bergan. Terrakt a’zolari tomonidan egallangan to’rt samalyot

ma’lum binolarga yo’naltirilgan. Bular ichidagi eng daxshatlisi esa Nyu

-

Yorkdagi “egizak”

minoralar bilan to’qnashtirilgan samalyot. Bu terakt AQSH iqtisodiyotiga qay darajada zarar olib
keldi? Bu terrakt natijasida 3000 ga yaqin inson halok bo’ldi va bu AQSHga katta miqdorda

iqtisodiy zarar keltirdi.

[2]

Avvalambor, bu terroristik harakat natijasida samalyot yo’naltirilgan

obyektlar, xususan “egizak” minoralar atrofidagi binolar, ko’chalar va metro yo’llari yo’llari
yuqori darajada talofat ko’rdi. Bularni qayta tiklash va o’z holatiga qaytarish uchun AQSH 100

milliard dollar pul sarfladi.

6

3-Diagramma.

Vafot etgan 2996 nafar inson va undan tashqari minglab jarohatlangan insonlarning

sug’urta pullari uchun sug’urta kompaniyalari 38.1 milliard dollar miqdorida to’lashiga to’g’ri

keldi(3-

Diagramma). Va ya’na asosiy jihat shundaki, bu voqeadan so’ng ko’plab insonlarning

havo transportiga bo’lgan ishonchi ancha pasaydi. Natijada AQSHning yirik aviakompaniyalari

iqtisodiy zarar bilan yuzlashdi. Havo transporti kompaniayalari 20 millard dollar zararga kirdi va
davlatlar bularni saqlab qolish maqsadida 5 milliard dollar miqdorida bevosita yordam puli va 10
milliard miqdorida kredit ajratdi.

6

Kongress Tadqiqot Xizmati:

https://www.everycrsreport.com/reports/RL31617.html?


background image

587

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

4-Diagramma

Bu voqeadan so’ng neft narxlari keskin o’sdi. Masalan, 2001

-yilning 11-sentabr

sanasining o’zida Brent markali neft narxi 5% oshdi. 12

-sentabr kuni West Texas Intermediate

nefti narxi 10% ga oshib 31 dollarga yetdi(4-Diagrammaga qarang)

7

. Buning natjasida, butun

dunyo bo’ylab transport va ishlab chiqarish narxlarini oshishiga olib keldi. Bu shuni ko’rsatadiki,

terroristik harakatlar nafaqat, sodir etilgan joyning iqtisodiyoti, balki butun jahon iqtisodiyotiga

ta’sir qiladi.

Dunyo bo’ylab sodir etilgan va etilayotgan diniy ektremistik va terroristik harakatlar

jahon davlatlari iqtisodiyotiga yuqori darajadagi talofatlar yetkazgan bo’lsa ham, ayrim ijobiy

natijalarga olib keldi. Buning natijasida, davlatlar diniy ekstremistik va terroristik harakatlarga

qarshi kurashish va yo’qotish uchun xavfsizlikni mustahkamlashga ko’proq mablag’ sarflashi

oqibatida, xarbiy mudofaa sanoati rivojlanishiga hamda zamonaviy texnologiya, transport va
kiberxavfsizlik vositalari olib kelinishiga erishildi. Tabiiyki, bu xavfsizlik sohasida yangi ish

o’rinlari yaratilishiga sabab bo’ldi. Masalan, 2020

-yilda AQShda xavfsizlik

texnologiyalari

sohasida 1 milliondan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

5-

Diagramma. AQSHning harbiy xarajatlari(2019-2024).

Hamda AQSHning xarbiy harajatlari yildan yilga ortib bormoqda(5-Diagramma). Diniy

ekteremizm va terrorizm nafaqat yangi ish o’rinlari yaratilishiga, balki xalqaro yordam loyihalari
va chet eldan keladigan sarmoyalarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Masalan,

Afg'onistonga 2001-

yildan keyin yordam sifatida ajratilgan sarmoyalar miqdori $10

milliarddan oshgan.

SIYOSIY URUSHLAR

Bugungi kunning ya’na bir yirik global muammolaridan bo’lgan siyosiy urushlar

oqibatida davlatlar ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan ulkan talofatlar yetkazmoqda.

Mamlakatlar o’rtasidagi urush davomida ko’plab resurslar sarflanishi natijasida ta’lim,

tibbiyot kabi ijtimoiy hayotni ta’minlovchi sohalarda muammolarga olib kelmoqda. Shu bilan bir
qatorda bu albatta iqtisodiy holatga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Mamlakatlar
o’rtasidagi urushlar sababli, ularning xalqaro savdodagi eksport va importi qiyinlashadi:
transport narxlari oshadi va tovarni yetkazib berishda uzilishlar ro’y beradi. Tabiiyki, bu eksport
qilinadigan mahsulotning narxini oshiradi va o’sha mahsulotni import qiladigan davlatga
qimmatroq narxda kirib kelishini anglatadi. Demak, mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy urushlar
nafaqat ularning, balki bu jangda ishtirok etmaydigan davlatlarning ham iqtisodiy ahvoliga ta’sir
ko’rsatadi. Misol tariqasida Rossiya

-

Ukraina urushining O’zekistondagi shakar narxiga tasirini

ko’rish mumkin. Urush boshlangungacha O’zbekistonda 1 kilogramm shakar narxi 8000
so’mdan 10500 so’mgacha edi.

7

Crude Oil Prices:

https://www.macrotrends.net/1369/crude-oil-price-history-chart?


background image

588

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Lekin, urush boshlangandan so’ng esa O’zbekiston shakarni katta qismini Ukrainadan

import qilganligi sababli bu narx 9-

14 ming so’mgacha ko’tarildi

8

. Siyosiy urushlar natijasida

urushda ishtirok etayotgan davlatlarning ichki iqtisodiyotiga sezilarli talofatlar yetkazadi, mehnat

bozori talofat ko’radi: ko’p odamlar ishlarini tashlashi natijasida ishsizlik darajasi ortadi.
Ishsizlikning ortishi esa albatta mamlakatning mahsulot ishlab chiqarishi ya’ni yalpi ichki
mahsulotining hajmiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Misol tariqasida Rossiya

-Ukraina

urushigacha va undan keyingi ukrainaning yalpi ichki mahsulot hajmini ko’rish mumkin

(6-

Diagrammaga qarang).

6-Diagramma. Ukrainaning YaIM hajmi (2019-2024-yillar).

6-

diagrammada ko’rsatilishicha Ukrainaning 2021

-yildagi YaIM hajmi $199,77 milliardni

tashkil etgan urush boshlangandan so’ng esa ko’p odamlar ishlarini tark etib boshqa davlatlarga
ko’chib ketishi natijasida ishsizlik ortdi va buning ortidan ko’plab ishlab chiqaruvchi kompaniya

va fabrikalar yopildi. Bu omillar natijasida 2022-yilda Ukraina iqtisodiyoti 28% ga pasaydi va
YaIM hajmi $161,99 millardgacha tushib ketdi.

Huddi, diniy ektremizm va terrorizmda bo’lganidek siyosiy urushalar vaqtida ham

investorlarning o’sha davlatga nisbatan qo’rquvi paydo bo’ladi, biznes yuritish riski oshishi

natijasida mamlakatga kiradigan tashqi investitsiya miqdori kamayadi. Rossiya-Ukraina urushi

Rossiyaning tashqi investitsiyalar miqdoriga sezilarli darajada ta’sir qildi.

7-

Diagramma: Rossiyaning to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalari (2019

-2024).

8

Qalampir.uz rasmiy sayti..

O‘zbekistonda shakar narxi ko‘tarila boshladi | Qalampir.uz


background image

589

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

7-diagrammada 2019-yilda $31.97 millardni tashkil etdi va pandemiya davrida $9.48

milliardgacha tushib ketdi. Lekin, 2021-

yilda iqtisodiy tiklanish ro’y berib $40.45 millardni

tashkil etdi. 2022-

yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so’ng ko’plab chet el

kompaniyalarining chiqib ketishi natijasida tashqi investitsiyalar hajmi -$39.8 milliardgacha

pasaydi. Va bu pasayish davom etgan holda rekord darajaga ya’ni

-$235 milliardgacha tushib

ketdi. Bu esa Rossiyada investitsiyalar deyarli to’xtaganini bildiradi.

Siyosiy urushlar odatda katta talofatlarga sabab bo’ladi, biroq ba’zi ijobiy natijalarga

erishilganligiga, ham tarixdan ham hozirgi zamondan misollar keltirishi mumkin. Tarixda

bo’lgan voqea sifatida Ikkinchi Jahon Urushini ko’rish mumkin. Ushbu urush natijasida fashistik

rejim tugatildi va inson huquqlari himoyasi kuchaydi. Urushdan keyin Birlashgan Millatlar

Tashkiloti tashkil etildi va davlatlar o’rtasidagi nizolarni tinchlik yo’l bilan hal qilishga yordam
berdi. Jahon urushidan so’ng ko’plab davlatlar mustaqillikga erishdi. Urush davrida
foydalanilgan texnologiyalar esa kelajakda zamonaviy kompyuterlar yaratilishiga turtki bo’ldi.

Hozirgi zamon uchun Rossiya-Ukraina urushini misol qilib olish mumkin. Urush

boshlangandan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya gaziga sanksiyalar qo’ygandan keyin
Rossiya eksportni Osiyo davlatlariga yo’naltirdi. Bundan esa Osiyo davlatlari ham Rossiya ham
manfaatdor bo’ldi. Qo’shimcha qilganda, 2022

-yilda Rossiya neft eksportidan $330 milliarddan

ortiq daromad oldi va bu boshqa yillardagi ko’rsatkichlardan yuqori bo’ldi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, iqlim o’zgarishi, diniy ekstremizm va terrorizm hamda siyosiy

urushlar kabi global muammolar jahon iqtisodiyotiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Lekin, bular natijasida yangi imkoniyatlar ochilishi mumkin. Iqlim o’zgarishi muammosi

resurslar tanqisligi va hosildorlik bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqargan bir vaqtda qayta
tiklanuvchi elektr manbalariga sarmoya kiritishda va elektromobillar ko’proq ishlab chiqarishda

yangi imkoniyatlar yaratadi. Diniy ektremistik va terroristik harakatlar davlatga ham iqtisodiy
ham ijtimoiy tomondan ulkan zararlar yetqazsa ham xavfsizlik tizimlari rivojlanishga va yangi

ish o’rinlari yaralishi kabi ba’zi ijobiy holatlarga sabab bo’ladi. Siyosiy urushlar davlatlarning

investitsiya, mehnat bozori va ishlab chiqarish sohalari kabi yirik iqtisodiy ustunlariga zarba
beradi. Lekin, bu urushlar yangi texnologiyalar rivojlanishiga, iqtisodiyot uchun yangi

imkoniyatlar paydo bo’lishiga va dunyo tartibini ijobiy tomonga o’zgarishiga sabab bo’la oladi.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

American Economic Assosiation.

https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/aer.101.1.1

2.

Amudaryo va GES.

https://www.globaldamwatch.org/

3.

Crude Oil Prices:

https://www.macrotrends.net/1369/crude-oil-price-history-chart?

4.

Dene, M. (2020, July 6). Rising Tides of Terrorism. Foreign Policy Research Institute.

5.

Financial Times. (2024, November 29). Record Global Warming Risks Aggravating War

and Violence. Financial Times.

6.

Global muammolar va imkoniyatlar.txt .

https://www.climate.gov/

7.

Greenhouse gases surged to record levels in 2023.

https://www.axios.com/2024/10/28/greenhouse-gases-2023-record-high?

8.

IRENA Renewable Energy Finance Report 2023.

https://www.irena.org/errors/404?item=%2fpublications%2f2023%2fjul%2frenewable-
energy-finance-flows-2023&user=extranet%5cAnonymous&site=irena-azure-cd


background image

590

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

9.

Kongress Tadqiqot Xizmati.

https://www.everycrsreport.com/reports/RL31617.html?

10.

Middendorp, T., & Bergema, R. (2019, October 10). How Climate Change Fuels Violent

Extremism. Clingendael Institute.

11.

Qalampir.uz rasmiy sayti..

O‘zbekistonda shakar narxi ko‘tarila boshladi | Qalampir.uz

12.

The International Council on Clean Transportation.

https://theicct.org/

Библиографические ссылки

American Economic Assosiation. https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/aer.101.1.1

Amudaryo va GES. https://www.globaldamwatch.org/

Crude Oil Prices: https://www.macrotrends.net/1369/crude-oil-price-history-chart?

Dene, M. (2020, July 6). Rising Tides of Terrorism. Foreign Policy Research Institute.

Financial Times. (2024, November 29). Record Global Warming Risks Aggravating War and Violence. Financial Times.

Global muammolar va imkoniyatlar.txt . https://www.climate.gov/

Greenhouse gases surged to record levels in 2023. https://www.axios.com/2024/10/28/greenhouse-gases-2023-record-high?

IRENA Renewable Energy Finance Report 2023. https://www.irena.org/errors/404?item=%2fpublications%2f2023%2fjul%2frenewable-energy-finance-flows-2023&user=extranet%5cAnonymous&site=irena-azure-cd

Kongress Tadqiqot Xizmati. https://www.everycrsreport.com/reports/RL31617.html?

Middendorp, T., & Bergema, R. (2019, October 10). How Climate Change Fuels Violent Extremism. Clingendael Institute.

Qalampir.uz rasmiy sayti.. O‘zbekistonda shakar narxi ko‘tarila boshladi | Qalampir.uz

The International Council on Clean Transportation. https://theicct.org/