Authors

  • Shirin Askarova
  • Sevinch Ismoilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106444

Keywords:

Ta’lim pedagogik texologiya globallashuv kreativlik ilm-fan mahorat intellektual kadrlar tafakkur mustaqil ishlash jarayon madaniyat koserpsiya o‘yinlar.

Abstract

Ushbu maqolada ta’limni zamon talabi darajasida isloh qilish, uning sifatini yuksak talab darajasiga ko’tarish muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy va xorijiy tajriba keng yoritilgan. Shuningdek maqolada pedagogik texnologiyalardan qo‘llash orali ta’lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy xususiyatlar ko’rsatib berilgan hamda oliy o’quv yurtidagi sifat tizimi tushunchasini asosini ifodalovchi qoidalar keltirilgan.

background image


Iyun, 2025-Yil

231

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANIB KREATIVLIKNI OSHIRISH YO‘LLARI

Askarova Shirin Muxiddin qizi

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

Ismoilova Sevinch Oybek qizi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2BT-24 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15639349

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’limni zamon talabi darajasida isloh qilish, uning sifatini

yuksak talab darajasiga ko’tarish muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, yuqori malakali
kadrlar tayyorlashda milliy va xorijiy tajriba keng yoritilgan. Shuningdek maqolada pedagogik
texnologiyalardan qo‘llash orali ta’lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy xususiyatlar
ko’rsatib berilgan hamda oliy o’quv yurtidagi sifat tizimi tushunchasini asosini ifodalovchi
qoidalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Ta’lim, pedagogik, texologiya, globallashuv, kreativlik, ilm-fan,mahorat,

intellektual kadrlar, tafakkur, mustaqil ishlash, jarayon, madaniyat, koserpsiya, o‘yinlar.

Аннотация. В статье комплексно рассматриваются проблемы реформирования

образования в соответствии с требованиями времени, вывода его качества на высокий
уровень, широко освещается отечественный и зарубежный опыт подготовки
высококвалифицированных кадров. В статье также показаны основные черты,
определяющие качество образовательного процесса посредством использования
педагогических технологий, и представлены правила, составляющие основу концепции
системы качества в высшем учебном заведении.

Ключевые слова: Образование, педагогика, технологии, глобализация, творчество,

наука, умения, интеллектуальные кадры, мышление, самостоятельная работа, процесс,
культура, совосприятие, игры.

Abstract. This article comprehensively examines the problems of reforming education in

line with the requirements of the times, raising its quality to a high level, and widely covers
national and foreign experience in training highly qualified personnel. The article also shows the
main features that determine the quality of the educational process through the use of pedagogical
technologies, and presents the rules that represent the basis of the concept of a quality system in a
higher educational institution.

Keywords: Education, pedagogy, technology, globalization, creativity, science, skills,

intellectual personnel, thinking, independent work, process, culture, co-perception, games.

KIRISH

Hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan

yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb
hisoblaydigan an’anaviy ta’lim yo’sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu
darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab
qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o’zgarishlardan iborat bo’lib qolgan hayotga mustaqil
qadam qo’yayotgan yoshlar ana shunday o’zgarishlarga ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan
tayyor bo’lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o’z o’rnini topolmasligi mumkin. Hozirda
ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay balki, о‘quv jarayonining rivojlanishida katta


background image


Iyun, 2025-Yil

232

rol o‘ynab, uning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb
tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda. Pedagogik texnologiya — ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘lash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi. Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan
texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi.Hozirgi
kunda ta’lim tizimida boy tajribalar yig’ilgan. Kreativ ta'lim texnologiyasi. Kreativlik (ing
"create"-yaratish, "creative"yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarini ishlab chiqishda
tayyor tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobilyat
ma'nosini ifodalaydi. Insondagi kreativlik hususiyati uning aql, tafakkur, tushuncha, dunyoqarashi,
fikrlash, his-tuyg'u, zehinning o'tkirligi kabi jarayonlarda o'z aksini topadi. Kreativlik - muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativ insonni oladigan bo'lsak, unda uning iqtidori
rivojlangan bo'ladi. Amerikalik psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ
fikrlaydigan shaxs har xil dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko'p gapiradigan
shularni yechimini topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi. Kreativ
shaxs muammolarni oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan, o'ziga bo'lgan ishonchi
yuqori darajada bo'lgan odam tushuniladi. Kreativ fikrlaydigan shaxs o'zining muammolarini
bemalol hal qila oladigan yetuk shaxs deb bilaman. Chunonchi, ishbilarmonlik o’yinlari,
kompyuterli o’qitish, individuallashtirilgan o’qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin
tarbiyalash mumkindir. Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda
amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quvmetodik adabiyotlar,
o’quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar
bo’yicha sohaga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga
kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish
yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’lim jarayonini
faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta’lim oluvchilarga
qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan
holda o‘quv materiali o‘zlashtirishga sharoit yaratadi, ta’lim-tarbiyasi butun mashg‘ulot davomida
o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini
ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o‘quv
yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, etarli darajada
tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natijani ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz
yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Innovatsion usullarda dars o‘tish jarayonini, ya’ni zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim davridan boshlab tashkillashtirish ta’lim tizimida
yuqori samara beradi. Bu degani, boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori
hisoblanadi. Ana shu poydevorni mustahkam tarzda bunyod etish kelgusi davrlardagi ta’lim
jarayonlarining o‘tilishida ham qulayli yaratgan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, boshlang‘ich
ta’limdan boshlab tashkil etilgan pedagogik texnologiyalar ta’limning keyingi davrlarida tshkil
etilishida birinchi bosqich vazifasini o‘taydi.Mahalliy maktabgacha ta’limda innovatsion
jarayonlarni rivojlantirish normativ va dasturiy-metodik hujjatlarda aks ettirilgan.


background image


Iyun, 2025-Yil

233

Ushbu ishda ta’limning barcha darajalari, metodologiya xizmati, ilm-fan va amaliyotning

barcha darajadagi mutaxassislar ishtirok etib, birlashtirilgan ta’lim maskani yaratildi.

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har

tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida Respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol
avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik topshiriqlar va ishlanmalar, bolalarni

maktabga tayyorlash bo’yicha zamonaviy shakl va usullarni ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan
mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada tahlil qilinmaganligi hamda ular singari ijtimoiy,
shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga
yo’naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog
kadrlarning aksariyati ijodkor emasligi, ta’lim-tarbiya sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi
faktorlarni keltirish mumkin. Ta’lim jarayoni bola shaxsiga yo’naltirilganligidan kelib chiqib,
maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va
insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta’lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan
tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim. Ta’lim
samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati hamda uning ta’lim
jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarbiyachilarning
pedagogik mahorati darajasi har bir mashg’ulot hamda o’rganilayotgan mavzuning
tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik yondashuvni taqozo
etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo’luvchi holatlarning asosiysi – bu dars
jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi. Maktabgacha ta'lim sifatiga ta'sir
qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali maqsadlardan tashqari maktabgacha ta'limga
davlat me'yorlari (talablari), shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim berish
uchun zarur bo'lgan tashqi resurslar (kadrlar, axborot, moddiy va hokozo) kiradi. Xulosa o’rnida
shuni qayd etish lozimki, texnologik yondashuv asosida ta’limni tashkil etish ijobiy natijalarni
beradi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning

shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga
yo’naltiradi.Ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega
bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli
yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka
toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatin
tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, o’quvchilarning o’quv faoliyatini, shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish,ilg’or
pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik
yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.


REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz.” - T.: O’zbekiston, 2017.

2.

Abdullayeva N.Maktabgacha ta’limga variativ yondashuv asosida takomillashtirish. Ped.
fan. nom… diss. –T.: 2020. – 164 b.


background image


Iyun, 2025-Yil

234

3.

Кларин М. В. Инновационные модели обучения в зарубежных педагогических
поисках. –М.: «Арена», 1994.

4.

Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and
Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage
of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05),
6694-6701.

5.

5.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar
(ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod,
2008.-180 b.

6.

Ishmuhamedov R.J, Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsiontexnologiyalar
(ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy
tavsiyalar).– T.: Iste’dod, 2010.-140 b.

References

Mirziyoyev Sh.M. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.” - T.: O’zbekiston, 2017.

Abdullayeva N.Maktabgacha ta’limga variativ yondashuv asosida takomillashtirish. Ped. fan. nom… diss. –T.: 2020. – 164 b.

Кларин М. В. Инновационные модели обучения в зарубежных педагогических поисках. –М.: «Арена», 1994.

Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6694-6701.

Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.-180 b.

Ishmuhamedov R.J, Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsiontexnologiyalar (ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).– T.: Iste’dod, 2010.-140 b.