16-06-2025
239-242
95
39
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH BO’YICHA MUHIM XALQARO KONVENSIYALAR
Atrof-muhitni muhofaza qilish XXI asrning eng dolzarb global muammolaridan biri bo’lib, iqlim o’zgarishi, biologik xilma-xillikning yo’qolishi, ifloslanish va tabiiy resurslarning tugab qolish xavfi butun insoniyat uchun jiddiy tahdid solmoqda. Bir vaqtlar mahalliy masala sifatida ko’rilgan ekologik muammolar endi global miqyosda hal qilinishi zarur bo’lgan murakkab vaziyatga aylandi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan ko’plab konvensiya va protokollar atrof-muhit muhofazasi sohasida davlatlarning majburiyatlarini belgilab, global ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Ushbu tezis atrof-muhit muhofazasi sohasidagi muhim xalqaro konvensiyalarning huquqiy tabiatini o’rganishga qaratilgan bo’lib, ushbu hujjatlarning amaliy ta’siri va samaradorligiga nur sochadi.